J. R. Zaynalov, S. S. Aliyeva, Z. O


Aktsiz solig‘i to‘lovchilari tarkibi


Download 3.38 Mb.
bet52/122
Sana03.06.2024
Hajmi3.38 Mb.
#1842083
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   122
Bog'liq
2222. Солиқ дарслиги 364 bet

6.2. Aktsiz solig‘i to‘lovchilari tarkibi


Aktsiz solig‘idagi tovarlarni ishlab chiqaruvchilar va aksiz solig‘i solinadigan tovarlarni muomala sohasida sotuvchi yoki iste’molchi ishlab chiqarish xizmat ko‘rsatish subyektlari tomonidan sotib oluvchilar mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar aksiz solig‘ining tulovchilari bo‘lib hisoblanadilar. Bu esa aksiz solig‘ining to‘lovchilarini soliq munosabatlari doirasida va iktisodiy taraqqiyotni ta’minlashdagi mas’uliyatlarini tobora oshirib kelmoqda. Chunki aksiz solig‘i solinadigan tovarlar xalq xujaligining eng nufuzli tarmoqlarida ishlab chiqarilmoqda.
Ular tomonidan ishlab chiqarilgan aksizli tovarlar bevosita muomala sohasiga tushadi. Bu esa aksizli tovarlarning iste’molchilar tomonidan sotib olinishini va pul tushumlarining bank tizimlariga bir tartibda tushishini tartiblaydi.
Aktsiz solig‘i bozor iqtisodiyoti taraqqiyotini ta’minlashda soliq munosabatlarining aktivligini oshirishda muhim rol o‘ynamoqda. Iste’molchiga etib borayotgan qanday aksizli tovar bahosi tarkibidagi iqtisodiy ko‘rsatkichlarning harakatini pul munosabatlari orqali amalga oshirishda muhim va murakkab muammolarni bajarib kelmoqda. Aktsiz solig‘ining boshqa soliqlar bilan o‘zaro bog‘liqdagi va rivojlanish jarayoni birmuncha murakkab vaziyatda amalga oshayotgan bulsada, iqtisodiy taraqqiyotni xalq xo‘jaligining nufuzli tarmoqlari orqali ta’minlashga imkoniyat tug‘dirmoqda.
Respublikamizda bozor munosabatlariga o‘tishning ilk bosqichi ishlab chiqarishning qisqarishi, aholi turmush darajasining pasayishi, pulning qadrsizlanishi va boshqa bir qator ziddiyatli xususiyatlarga ega bulgan chuqur iqtisodiy torlik aksiz solig‘i orqali tartibga solinadi. Chunki ana shunday vaziyat yuzaga kelganda butun og‘irlik markazi asosan davlat byudjeti zimmasiga tushganligi soliq og‘irligining aksiz solig‘iga yuklatilishini taqozo etgan edi. Davlat byudjeti xarajatlarining avvalgi (bozor iktisodiyotiga o‘tish bosqichiga qadar) tarkibiga xos bo‘lmagan yoki favquloddagi holatga xos bo‘lmagan ba’zi bir to‘lovlar ortig‘i bilan amalga oshirilishida (ya’ni ayrim tovar va xizmatlar bahosining qimmatlashuvi munosabati bilan ular bahosining ma’lum miqdorini kompensatsiya qilish, kam ta’minlangan aholi guruhlarini iqtisodiy jihatdan himoyalash, byudjetdan ta’minlanadigan haq to‘lash miqdorini muntazam ravishda qayta ko‘rib chikdsh obyektiv zaruriyatiga aylanganda) aksiz solig‘i byudjet daromadini tartibga soluvchi vosita sifatida soliq munosabatlari doirasida muhim o‘rin egallaydi.
Bunday sharoitlarda aksiz solig‘idan keng foydalanish, soliq stavkasining miqdorini nisbatan aksizli tovarlar bo‘yicha oshirish, soliq imtiyozlarining to‘g‘ri soliqlar bo‘yicha ma’lum darajada qisqartirilishini obyektiv tarzda vujudga keltirdi. Ushbu holat o‘z navbatida ishlab chiqarish hajmini kengaytirish, uning sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilashga imkoniyat tug‘dirib berdi.
Respublika oldida turgan iktisodiy-ijtimoiy muammolarni echish va takomillashtirishda asosiy maqsad soliqlar buyicha og‘irlik markazini aksiz solig‘iga yuklatish va shu orqali korxonalar ixtiyorida qoladigan daromad (foyda)ni oshirish (shu ko‘rsatkichlarga nisbatan soliq stavkasini pasaytirish va shu stavkalarni pasaytiruvchi koeffitsientlarni qo‘llash yo‘li bilan) imkoniyatlari yaratib berildi.
Bunday chora-tadbirlar asosan aksiz solig‘i yordamida korxonalarning moddiy va pul resurslaridan foydalanishdagi huquqlarini kengaytirish, soliq og‘irligini kamaytirish va byudjet daromadlariga muvofiq ravishda korxonalar daromad (foyda)larining oshirilishini nazarda tutadi.
Shuni ham aytib o‘tish kerakki, iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashda aksiz solig‘i fakdt ijobiy omil sifatida soliq munosabatlarida maydonga chiqadi. Ammo boshqa soliq xillari ham o‘z vaqtida aksiz solig‘idan kam bo‘lmagan ijobiy ta’sirchanlik bilan iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlab kelishi sir emas, albatta. Shuningdek, iqtisodiyotni takomillashtirishda boshqa iqtisodiy toifalarning o‘rni juda kattadir. Lekin aksiz solig‘i bozor kon’yukturasiga tez moslashuvi bilan ajralib turganligi bois ayrim iqtisodiy usishlari yuz berganda unga tayanish orqali soliq og‘irligini maqbullashtirish va iqtisodiyotni rivojlantirish chora- tadbirlarini ishlab chiqishini amalga oshirish mumkin.
Aktsizlanadigan tovarlar ishlab chiqaradigan, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, yuridik shaxslar aksiz solig‘i to‘lovchilari hisoblanadi. Soliq solish maqsadida yuridik shaxslar deganda mulkida, xo‘jalik yuritishida yoki tezkor boshqaruvida mol-mulki bo‘lgan va o‘z majburiyatlari bo‘yicha ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, shuningdek mustaqil balans va hisob-kitob varag‘iga ega bo‘lgan alohida korxonalar ham tushuniladi.
Aktsiz to‘lanadigan tovarlar olib kiruvchi, mulkchilik shaklidan qat’i nazar yuridik shaxslar, shuningdek jismoniy shaxslar aksiz solig‘ini to‘lovchilar hisoblanadi. Bunda, agar qonun hujjatlarida boshqa narsa ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, istalgan manfaatdor shaxs to‘lovchi uchun bojxona to‘lovlarini to‘lashga haqlidir.



Download 3.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling