J. R. Zaynalov, S. S. Aliyeva, Z. O


yilda O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan aksizli tovarlarga nisbatan aksiz solig‘i stavkalari


Download 3.38 Mb.
bet55/122
Sana03.06.2024
Hajmi3.38 Mb.
#1842083
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   122
Bog'liq
2222. Солиқ дарслиги 364 bet

2019 yilda O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan aksizli tovarlarga nisbatan aksiz solig‘i stavkalari29

Tovarlar nomi

Soliq stavkasi

foiz-larda

bir o‘lchov birligiga, so‘mda

1. Etil spirti (1 dal. uchun)


9800

2. Vino (1 dal tayyor mahsulot uchun)
- tabiiy ravishda achitilgan natural vinolar (etil spirti qo‘shilmagan holda)
- boshqa vinolar


7700
13200

3. Konyak (1 dal tayyor mahsulot uchun)


92500 (40%dan yuqori 152400)

4. Aroq va boshqa alkogolli mahsulotlar (1 dal tayyor mahsulot uchun)


84500 (40%dan yuqori 140300)

5. Pivo (1 dal tayyor mahsulot uchun)


9200

6.Filtrli, filtrsiz sigaretalar, papiroslar (1 ming dona uchun)


117900

7. Zargarlik buyumlari

25


8. "Jeneral Motors O‘zbekiston" AJ ishlab chiqargan avtomobillar

3




9. Mobil aloqa xizmati

15




10. Kumushdan ishlangan oshxona anjomlari

11


11. Neft mahsulotlari (1 tonna uchun):



Ai-80 benzini


32143

Ai-91, Ai-92, Ai-93 benzini


35343

Ai-95 benzini


40898

dizel yoqilg‘isi


27340

EKO dizel yoqilg‘isi


28425

Aviakerosin


5058

Dizel yoki karbyurator (injektor) dvigatellari uchun motor moyi


20700

12. Tabiiy gaz, shu jumladan, eksport

15


13. Ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan sotiladigan suyultirilgan gaz ("O‘ztransgaz" AK mintaqalararo unitar korxonalari tomonidan aholiga sotiladigan gaz hajmi bundan mustasno), shu jumladan, eksport

26


14. Polietilen granulalar

25




15. Oxirgi iste’molga sotish bo‘yicha







Benzin, 1 l uchun




285

Dizel yoqilg‘isi, 1 l uchun




285

Suyultirilgan gaz, 1 l uchun




285

Siqilgan gaz, 1 kub uchun




360

Benzin, 1 t uchun




378480

Dizel yoqilg‘isi, 1 t uchun




346275

Suyultirilgan gaz, 1 t uchun




540645

Qat’iy miqdorlarda belgilangan aksiz solig‘i stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan narxlarning dinamikasi hamda mahsulotning sotilishi hajmidan kelib chiqqan holda yil mobaynida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.


"Jeneral Motors O‘zbekiston" AJ avtomobillari, tabiiy va suyultirilgan gazga aksiz solig‘ini to‘lovchilar va uni to‘lash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Qimmatbaho metallarga doir aksiz solig‘ini to‘lovchilar, uning stavkalari va to‘lash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.


6.5. Aktsiz solig‘ini hisoblash tartibi va muddatlari

O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan, aksiz to‘lanadigan tovarlar bo‘yicha aksiz solig‘ini to‘lash boshqa bojxona to‘lovlarini to‘lashdan oldin yoki u bilan bir vaqtda amalga oshiriladi. To‘ldirilgan hujjat bilan birga taqdim etilgan, to‘lashga qabul qilinganligi to‘g‘risida bank belgisi bo‘lgan to‘lov topshiriqnomasi to‘lovchi tomonidan aksiz solig‘i to‘langanini tasdiqlaydi.


O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan tovarlarga aksiz solig‘ining summasi respublika byudjetiga kirim qilinadi.
Davlat bojxona qo‘mitasi hududiy bojxona boshqarmalarining qaroriga ko‘ra to‘lovchiga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan 1999 yil 16 martda 03/8-78-son bilan tasdiqlangan Bojxona to‘lovlarini kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lashni taqdim etish to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga (ro‘yxat raqami 697, 1999 yil 8 aprel) muvofiq tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi sanasidan boshlab 2 oydan oshmaydigan muddatga aksiz solig‘ini kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash taqdim etilishi mumkin.
To‘lovchilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligiga muvofiq sotishning haqiqiy hajmidan kelib chiqib hisoblab chiqarilgan aksiz solig‘i summasi byudjetga quyidagi muddatlarda to‘lanadi:
1. Joriy oyning 13-kunidan kechiktirmay - joriy oyning birinchi o‘n kunligi uchun;
2. Joriy oyning 23-kunidan kechiktirmay - joriy oyning ikkinchi o‘n kunligi uchun;
3. Keyingi oyning 3-kunidan kechiktirmay - hisobot oyining qolgan kunlari uchun.
Tovarga ilova qilinadigan hujjatlarda ko‘rsatilgan mahsulot yuklab jo‘natilgan kun sotish kuni bo‘lib hisoblanadi.
O‘n kunlik to‘lovlar bo‘yicha aksiz solig‘ining kelib tushgan summasi Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to‘lovchilarning shaxsiy hisobvaraqlarida bir vaqtda soliqni “Hisoblab yozish” va “To‘lash” ustunlarida aks ettiriladi.
Aktsiz solig‘i bo‘yicha hisob-kitob ro‘yxatdan o‘tkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organlariga taqdim etiladi: korxonalar tomonidan (mikrofirmalar va kichik korxonalardan tashqari) - hisobot oyidan keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmasdan har oyda; mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan - birinchi chorak, yarim yillik va 9 oy yakunlari bo‘yicha, o‘n kunliklarga taqsimlagan holda, hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmasdan, yil yakunlari bo‘yicha esa - yillik moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatida.
Dam olish (ishlanmaydigan) yoki bayram kuniga to‘g‘ri keladigan aksiz solig‘ini to‘lash muddatlari, tegishincha, hisob-kitobni taqdim etish muddatlari ham dam olish yoki bayram kunidan keyingi birinchi ish kuniga ko‘chiriladi.
Hisobot davri mobaynida o‘n kunlik to‘lovlar bilan kiritilgan aksiz solig‘i summalari tegishli hisobot davri uchun hisob-kitob bo‘yicha hisoblab chiqarilgan soliq summasida hisobga olinishi kerak.
Ortiqcha kiritilgan aksiz solig‘i summalari bo‘lg‘usi to‘lovlar hisobiga kiritiladi yoki uning yozma arizasi olingan kundan boshlab Davlat soliq xizmati organi tomonidan 30 kun ichida to‘lovchiga qaytariladi (agar byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz mavjud bo‘lmasa). Ortiqcha kelib tushgan aksiz solig‘i summasi o‘ttiz kun ichida qaytarilishi yoki kelgusi to‘lovlar hisobiga kiritilishi kerak.
Ular to‘langan yoki undirilgan paytdan boshlab bir yil davomida to‘lovchi ortiqcha to‘langan yoki undirilgan aksiz solig‘i summalari qaytarilishini talab qilib, murojaat etishi mumkin.
Ortiqcha to‘langan aksiz solig‘i summalarini qaytarish bojxona organlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etish bilan amalga oshiriladi:

  1. To‘lovchining yozma arizasi, unda ortiqcha to‘lash yoki undirish sabablari ko‘rsatiladi, shuningdek pul mablag‘lari qaytarilishi kerak bo‘lgan to‘lovchining bank rekvizitlari beriladi;

  2. Aktsiz solig‘ini hisoblab chiqarish va undirish uchun asos bo‘lgan bojxona yuk deklaratsiyasi;

  3. Ijrosi to‘g‘risida bank belgisi qo‘yilgan, aksiz solig‘ining tegishli summalarini to‘lashga oid to‘lov hujjati;

  4. Tovarlar (ishlar, xizmatlar) chegaradan haqiqatda olib o‘tilgani to‘g‘risida chegara bojxonasining belgisi qo‘yilgan (zarur hollarda) tovarga ilova qilinuvchi hujjatlar.

Ortiqcha to‘langan aksiz solig‘i summalarini qaytarish umumiy tushumlar hisobiga amalga oshiriladi. Ortiqcha to‘langan aksiz solig‘i summalarini qaytarishning boshqa qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan 2000 yil 29 iyunda 02/8-27-son bilan tasdiqlangan Ortiqcha to‘langan yoki undirilgan bojxona to‘lovlarini qaytarish to‘g‘risida yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 947, 2000 yil, 14 iyul, Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2000 yil, 13-son)ga binoan tartibga solinadi.
Aktsiz solig‘i bo‘yicha byudjet bilan hisob-kitoblar hisobi byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni hisobga olish hisobvaraqlarida yuritiladi. Aktsiz solig‘ining byudjetga kiritiladigan hisoblab chiqarilgan summasi xaridorlar va buyurtmachilardan olinadiganlarni hisobga olish hisobvarag‘i debeti hamda byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni hisobga olish hisobvarag‘i krediti bo‘yicha aks ettiriladi. Byudjetga aksiz solig‘i summasini to‘lash byudjetga to‘lovlarga doir qarzlarni hisobga olish hisobvarag‘i debeti bo‘yicha pul mablag‘larini hisobga olish hisobvaraqlari bilan korrespondentsiyada aks ettiriladi.
Aktsiz markalarini xarid qilish chog‘ida boshqa joriy aktivlarni hisobga olish hisobvarag‘i debeti va pul mablag‘larini hisobga olish hisobvarag‘i krediti bo‘yicha buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi.
Mahsulotni markalash uchun aksiz markalaridan foydalanishga qarab buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi: davr xarajatlarini hisobga olish hisobvarag‘i debeti va boshqa joriy aktivlarni hisobga olish hisobvarag‘i krediti.
Soliq to‘lovchilar aksiz solig‘ining to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi va o‘z vaqtida to‘lanishi uchun O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar. Aktsiz solig‘ining to‘g‘ri hisoblanishi va o‘z vaqtida to‘lanishi uchun javobgarlik to‘lovchilar va deklarantlar zimmasiga yuklanadi.
To‘lovchi tomonidan aksiz solig‘i bo‘yicha byudjet oldidagi majburiyatlar bajarilmagan taqdirda bojxona xizmatlari tegishli summalarni, shuningdek muddati kechiktirilgan har bir kun uchun, qonun hujjatlariga muvofiq undirish kuni ham qo‘shiladi, 0,5 foiz miqdorida penyalarni undiradilar.
Olib kiriladigan tovarlar bo‘yicha undiriladigan aksiz soliqlarining byudjetga kirim qilinishi ustidan nazoratni bojxona organlari amalga oshiradi.



Download 3.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling