J. R. Zaynalov, S. S. Aliyeva, Z. O


Download 3.38 Mb.
bet57/122
Sana03.06.2024
Hajmi3.38 Mb.
#1842083
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   122
Bog'liq
2222. Солиқ дарслиги 364 bet

Tayanch so‘z va iboralar
Yuridik shaxs, jismoniy shaxs, mol-mulk, mol-mulk solig‘i, mol-mulkning o‘rtacha yillik qoldiq qiymati, belgilangan muddatlarda ishlatilmagan obyektlarga soliq, ko‘p qavatli kvartira, soliq imtiyozlari.


7.1. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimiga mol-mulk solig‘ining joriy etilishi va uning iqtisodiy mohiyati
Xo‘jalik subyektlari o‘z faoliyatlariyai yurgizishda mehnat mahsuli bo‘lmish mulkdan keng foydalanadi. Umuman iqtisodiy formatsiyalardan qa’tiy nazar jamiyat o‘ziga zarur bo‘lgan mahsulotni ishlab chiqarish uchun mehnat vositalari va mehnat buyumlardan keng foydalaniladi. Avvalo mehnat vositalari deb mahsulot ishlab chiqarishda bevosita qatnashadigan mehnat kurollari hamda shu ishlab chikdrishda bevosita qatnashmaydigan lekin uning uchun ma’lum sharoitlar yaratib uni tashkil qilishga uzoq muddat xizmat qiladigan mulklarga aytiladi. Ularga imoratlar, jihozlar, transport vositalari, uy-joy ishnootlari va boshqalar kiradi.
Yuridik shaxslarning mol-mulklarining asosiy xususiyatlaridan biri shundan iboratki, ular ishlab chiqarish jarayonida uzoq muddat xizmat qiladi va shu bilan birga o‘zining dastlabki jismoniy ko‘rinishini saqlab qoladi. Ular mahsulot ishlab chiqarish jarayoni uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni yaratib berishda uzoq muddat qatnashsa ham asta-sekin eskirib boradi va eskirgan qismini ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxiga amortizatsiya ajratmasi ko‘rinishida qisman-qisman o‘tkazib boradi. Shuning uchun ham korxonalar ushbu mol-mulklardan foydalanish jarayonida, ularni to‘g‘ri va unumli ishlatib, imkoni boricha ko‘p va sifatli mahsulot ishlab chiqarishni, har ishlab chiqarishga sarflangan har bir so‘mning rentabellik darajasini oshirilishini ta’minlashga harakat qilishadi. Shuningdek, mavjud qonunchilikka ko‘ra barcha korxonalar mol-mulklari uchun byudjetga soliq to‘lash majburiyatiga ham egadir. Bu soliqlar summasi mol-mulklarning miqdoriga qarab mutanosib ravishda o‘zgarishi mumkin, ya’ni mol-mulklarning qiymati oshgan sari soliqlar summasi ham oshib boradi. Bunday soliq siyosati korxonalar diqqatini ortiqcha asosiy va aylanma mablaglardan voz kechishiga va eng zarur bo‘lgan mol-mulklarnigina olib qolib, ulardan unumli foydalanishga qaratadi.
Bozor iqtisodiyotini shakllantirish bosqichida mol-mulk solig‘ini rag‘batlantiriuvchi va korxonalarni tejamkorlikka undovchi xususiyalari inobatga olinib, O‘zbekiston Respublikasining 1991 yil 15 fevraldagi «Korxonalar, tashkilotlar va birlashmalardan olinadigan soliqlar to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq, u joriy etildi va sunggi yillarda qabul qilingan qonunlar orqali uning ayrim jihatlari takomillashtirilib turildi.
Mol-mulk solig‘i to‘lovchilari bo‘lib xo‘jalik yuritishda, mulkchilikda yoki operativ tarzdagi boshqaruvda mol-mulkka ega bo‘lgan va o‘z majburiyatlariga ana shu mol-mulk bilan javob beradigan, shuningdek mustaqil balansga va hisob-kitob raqamiga ega bo‘lgan hamma turdagi korxonalar hisoblanadi.
Mol-mulk solig‘ini tulovchi bo‘lgan korxonalar soliqni o‘zlarining yuqorida sanab o‘tilgan asosiy vositalaridan to‘lashadi. Shuningdek, mol-mulk solig‘i lizing shartnomasiga ko‘ra sotib olingan vositalar nomoddiy aktivlardan ham to‘lanadi. Albatta, barcha asosiy vositalarning lizing buzilishi uchun uning ijara muddati asosiy xizmat muddatining 80 foizidan ortiq bo‘lishi; ijarachi asosiy vositalarni ijara tugaganidan so‘ng belgilanadigan narx bo‘yicha xarid qilish huquqiga ega bo‘lishi; ijaraga olingan asosiy vositalarning ijara tugallanganidagi qoldiq qiymati ularning ijara boshlanishidagi qiymatining 20 foizidan kamini tashkil etishi; ijaraga olingan butun davr uchun joriy tulovlarning summasi ijaraga olingan vositalar qiymatining 90 foizidan ortiq bo‘lishi zarur.
O‘zbekistonda korxonalar faoli­yatini soliqqa tortish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri korxonalarning mol-mulkiga solinadigan soliqning joriy qilinishi bo‘ldi. Mol-mulk solig‘i dastlab, O‘zbekiston Respublikasining 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan “Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to‘g‘risida” gi Qonuniga asosan joriy etildi va shu bilan birga korxonalarning ishlab chiqarish fondlariga to‘lov hamda transport vositalariga solinadigan soliq bekor qilindi.
Hozirgi vaqtda ushbu soliqning huquqiy asosi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida” gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari hamda boshqa soliq qonunchiligi bilan bog‘liq bo‘lgan me’yoriy hujjatlar hisoblanadi.
O‘zbekiston soliq tizimida yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i to‘g‘ri soliqlar tarkibiga kiradi va mohiyatiga ko‘ra bu soliq asosiy fondlar shaklidagi resurslarga nisbatan belgilangan soliq hisoblanadi. Mazkur soliq bo‘yicha tushumlar summasi to‘liq mahalliy byudjetlarga tushadi va u byudjetning barqaror daromad manbalaridan biri hisoblanadi.
Mahalliy iqtisodchi olim B.Umarov mol-mulk solig‘iga ta’rif bera turib “mol-mulklarni soliqqa tortish korxonani soliq bilan tartibga solish bo‘lib, maxsus huquqiy tartibga ega” deya e’tirof etib o‘tgan30.
Yana bir yosh iqtisodchi olimlardan A.X. Islamkulov mol-mulk solig‘i birinchi navbatda cheklangan resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlovchi, ikkinchi tomondan korxona faoliyatini tartibga solishga xizmat qiluvchi moliyaviy dastag hisoblanadi, deb e’tirof etgan31.
Mamlakat soliq tizimida mol-mulk solig‘ini joriy qilishdan ko‘zlangan maqsad birinchidan, korxonalar o‘zlarining xo‘jalik faoliyatini yuritishda ortiqcha va foydalanilmayotgan mol-mulkini sotishga qiziqishini uyg‘otish bo‘lsa, ikkinchidan, korxonalar balansidagi mol-mulkdan samarali foydalanishni rag‘batlantirishdan iborat. Chunki, korxonalarning ma’naviy va jismoniy tomondan eskirgan asosiy vositalarini yangi, ilg‘or texnologiya-uskunalar bilan yangilashi ishlab chiqarilayotgan tovarlarning bahosini arzonlashtiradi va raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarishga imkon beradi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning balansidagi barcha mulklardan soliq to‘lashga majbur qilish uni ortiqcha bino, inshootlar, mashina va uskunalardan qutilishiga undaydi. Bu esa, o‘z navbatida, ishlab chiqarish vositalari bozorini shakllantirishga, mahsulot tannarxini pasaytirishga hamda raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatini yaratadi. Shuningdek, mol-mulk solig‘i daromad va mulk taqsimotidagi nomutanosiblikni bartaraf etishning muhim vositasi hisoblanadi. Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ining davlat byudjeti daromadlari tarkibidagi ulushi yuqori salmoqqa ega emas. Hozirgi vaqtda ushbu soliqning tushumi O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetining soliqli daromadlarida 2,3 – 4,5 foiz oralig‘ini tashkil etmoqda (10-jadvalga qarang).

Download 3.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling