J. R. Zaynalov, S. S. Aliyeva, Z. O


Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i stavkalari va imtiyozlari


Download 3.38 Mb.
bet61/122
Sana03.06.2024
Hajmi3.38 Mb.
#1842083
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   122
Bog'liq
2222. Солиқ дарслиги 364 bet

7.5. Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i stavkalari va imtiyozlari

Korxonalar mol-mulki 2019 yildan boshlab 2% stavka bo‘yicha soliqqa tortiladi.


Stavka mol-mulkni qayta baholash hisobi bilan uning qoldiq qiymatiga nisbatan belgilanadi.
Qayta baholash tashkilot asosiy fondlarining qiymati amaldagi baholarga muvofiq kelishi uchun o‘tkaziladi.
Bunda “1-yanvar holatiga asosiy fondlarni yillik qayta baholashni o‘tnkazish tartibi to‘grisidagi nizom”ga muvofiq qayta baholash maqsadlarida tashkilotlarning asosiy fondlari deganda:

Asosiy fondlar qiymatini qayta baholash qayta baholashni amalga oshirish davridagi narxlar darajasidan kelib chiqqan holda 1-yanvar holati bo‘yicha xar yilda (joriy yilning 1- fevraligacha) o‘tkaziladi.
Qayta baholashda asosiy vositalarning to‘liq tiklash qiymati, ya’ni obyektlarni yaratish (qurish), tashish, o‘rnatish (montaj) xarajatlari, shuningdek, import qilinadigan obyektlar uchun bojxona to‘lovlari va h.k.larni hisobga olgan holda mavjud bozor narxlari (tariflari) bo‘yicha ularni namunaviy yangi obyektlarga to‘liq almashtirish vaziyatida korxona tomonidan amalga oshirilishi kerak bo‘lgan xarajatlarning to‘liq qiymati aniqlanadi.
Asosiy vositalarni to‘liq tiklash qiymati tashkilot karashlari bo‘yicha yoki qayta baholashni o‘tkazish davrida 1-yanvardan murakkablashuvchi namunaviy baholangan yangi obyektlarning hujjat bilan tasdiklangan bozor narxlari bo‘yicha alohida obyektlarning qiymatini to‘gridan-to‘gri kayta hisoblash yo‘li bilan (to‘gridan-to‘gri qayta baholash metodi) yoki asosiy fondlarning ko‘rinishi bo‘yicha differentsiallashtirish orqali va ularni yaratish davrlariga bog‘liq holda asosiy fondlar qiymatini o‘zgartirish bo‘yicha indekslarni qo‘llash orqali alohida obektlarni boshlangich (tiklanuvchi) qiymatini indeksatsiyalash yo‘li bilan (indeks metodi) aniqlanadi.
Bunda asosiy fondlarning bir turdagi obyektlari bo‘yicha (markalari xususiyatlari va h.k. bo‘yicha) yagona metod qo‘llanadi.
Qayta baholash tashkilotlar tomonidan mustaqil yoki mutaxassislar qonunchilikka muvofiq baholash faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘lgan ekspertlarni jalb qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Er uchastkalari va tabiatdan foydalanish obyektlari qiymati qayta baholashga taallukli emas.
Ko‘rsatilgan imtiyozlar savdo-vositachilik korxonalari, shuningdek erkin konvertirlangan valyutaga paxta tolasi, paxta qog‘ozi, neft, neft mahsulotlari, gaz kondensatlari, tabiiy gaz, elektr energiya, kimmatbaho rangli va qora metallarni eksport qiluvchi ishlab chiqarish korxonalari uchun qo‘llanilmaydi.



Download 3.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling