J. R. Zaynalov, S. S. Aliyeva, Z. O


Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i


Download 3.38 Mb.
bet65/122
Sana03.06.2024
Hajmi3.38 Mb.
#1842083
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   122
Bog'liq
2222. Солиқ дарслиги 364 bet

7.2-jadval
Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i stavkalari42



Soliq solinadigan obyektlarning nomi

Mol-mulkning kadastr qiymatiga nisbatan soliq stavkasi (%da)

1. Turar joylar, kvartiralar (bundan umumiy maydoni 200 kv.metrdan oshiq bo‘lganlari mustasno), dala hovli qurilmalari va boshqa imoratlar, xonalar va inshootlar

0,2

2. Shaharlarda joylashgan, umumiy maydoni quyidagicha bo‘lgan turar joylar va kvartiralar:
- 200 kv.m.dan oshiq va 500 kv.m.gacha bo‘lgan
- 500 kv.m.dan oshiq bo‘lgan

0,25
0,35

3. Boshqa aholi punktlarida joylashgan, umumiy maydoni 200 kv.m.dan oshiq bo‘lgan turar joylar va kvartiralar

0,25




Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadiga soliqni hisoblab chiqarish maqsadida mol-mulkning kadastr qiymati kadastr hujjatlaridan kelib chiqib belgilanadi, biroq 42 000,0 ming so‘mdan kam bo‘lmasligi kerak.
Izoh:
1. Jismoniy shaxslar mol-mulkini baholash bo‘yicha organlar belgilangan kadastr qiymati bo‘lmasa, soliq undirish uchun Toshkent shahri va viloyat markazlarida 210 000,0 ming so‘m, boshqa shaharlar va qishloq joylarda – 90000,0 ming so‘m miqdorida mol-mulkning shartli qiymati qabul qilinadi.
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlarda belgilangan tartibda ro‘yxatga olinmagan yangi qurilgan turar joylar bo‘yicha jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq mol-mulk shartli qiymatining ikki baravari miqdoridan kelib chiqib undiriladi.
2. Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ayrim toifadagi jismoniy shaxslar uchun mol-mulk solig‘i bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llash maqsadida soliq solinmaydigan maydon umumiy maydonning 60 kv.m. hajmida belgilanadi.
Demak, ko‘rinib turibdiki, har bir narsaning mustahkamligi va samarali ishlashi uning poydevoriga, unga qo‘yilgan tamal toshiga bog‘liq ekan, o‘ziga xos xususiyatlariga ega jismoniy shaxslar mol-mulk solig‘ini hisoblashda, uni takomillashtirilib borishda, shu jumladan soliq to‘lovchilar manfaatlarini inobatga olishda avvalo ushbu soliq to‘lovchilari, obyekti, bazasi, stavkalari masalalariga doimiy oydinlik kiritib borish zarur.
Jismoniy shaxslar mol-mulk solig‘i bo‘yicha imtiyozlar tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 93-moddasi bilan tartibga solinadi. Undan kelib chiqib, imtiyozlar mulkdorlarning tanlanishiga binoan, faqat bir mol-ulk obyektiga taalluqlidir.
Quyidagilarning mulkida bo‘lgan imoratlari, binolari va inshootlariga soliq solinmaydi:

  • "O‘zbekiston Qahramoni", Sovet Ittifoqi Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan, uchala darajali Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolarning;

  • 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilari va partizanlari, ularga tenglashtirilgan shaxslar, ichki ishlar va davlat xavfsizligi organlari tarkibida xizmat qilgan shaxslarning, harakatdagi armiya tarkibiga kirgan harbiy qismlar, shtablar va muassasalarda shtatdagi lavozimlarni egallagan shaxslar, Leningrad shahri qamalida bo‘lganlarning va kontsentratsion lagerlarning sobiq yosh tutqunlari, xizmatni Afg‘oniston Respublikasida va jangovar harakatlar olib borilgan boshqa mamlakatlarda vaqtincha bo‘lgan qo‘shinlarning cheklangan kontingenti tarkibida o‘tagan harbiy xizmatchilar hamda o‘quv va sinov yig‘inlariga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlarning;

  • qahramon onalar, shuningdek o‘n nafar va undan ortiq farzandi bor ayollarning;

  • Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etganlik uchun imtiyozlar olayotgan fuqarolarning (shu jumladan, u erga vaqtincha yoki xizmat safariga yuborilgan fuqarolarning);

  • I va II guruh nogironlarining;

  • muddatli xizmat harbiy xizmatchilari va ularning oila a’zolarining - xizmatni o‘tash davrida;

  • harbiy xizmat majburiyatlarini bajarishda yarador, kontuziya bo‘lganlik yoki shikastlanganlik oqibatida yoki frontda bo‘lish tufayli orttirilgan kasallik oqibatida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning ota-onalari va boshqa turmush qurmagan rafiqalarining (erlarining);

  • O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilari jumlasidan bo‘lgan nogironlarning, ichki ishlar organlarining xizmat vazifalarini ado etayotganda yarador, kontuziya bo‘lganlik yoki shikastlanganlik oqibatida nogiron bo‘lib qolgan boshliqlar va oddiy xizmatchilar jumlasidan bo‘lgan shaxslarning.

Bir vaqtning o‘zida amaliyotda jismoniy shaxslarning yuqoridagi toifalariga tegishli bo‘lgan mol-mulkidan ular tadbirkorlik faoliyati uchun foydalanishlari yoxud bu mulkni yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berishlari mumkin. Bunday holda bu mol-mulklarga nisbatan tegishli soliq imtiyozlari qo‘llanilmaydi.
Mol-mulk solig‘i bo‘yicha soliq solish obyektlari jismoniy shaxslar tomonidan tadbirkorlik faoliyati uchun foydalanilgan yoxud ular yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorlarga ijaraga berilsa, u holda jismoniy shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliq yuridik shaxslar uchun belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda to‘lashlari lozim bo‘ladi (4-chizma).
Ko‘rsatib o‘tilgan imtiyozlar mol-mulk egasining tanlashiga binoan, imtiyoz olish huquqini beruvchi zaruriy hujjatlar taqdim etilganda mol-mulkning faqat bir obyektiga taalluqli bo‘ladi. Bunda imgiyozlar mol-mulk solig‘i bo‘yicha imtiyoz oluvchining mulki bo‘lgan hollardagina taqdim etiladi.
Mulkida soliq solinadigan mol-mulk bo‘lgan pensionerlar uchun mol-mulk solig‘i bo‘yicha soliq solinmaydigan eng kam miqdor umumiy maydonning 60 kv. metri hajmida belgilanadi.
Yil davomida to‘lovchilarda mol-mulk solig‘i bo‘yicha imtiyozga ega bo‘lish huquqi paydo bo‘lgan taqdirda ular ko‘rsatilgan to‘lovlardan ana shu huquq paydo bo‘lgan oydan boshlab ozod etiladilar.
Yil o‘rtasida mol-mulk solig‘i bo‘yicha imtiyoz huquqini yo‘qotganda soliq solish ushbu huquq yo‘qolgan oydan keyingi oydan boshlab amalga oshiriladi.




7.3-chizma. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo‘yicha imtiyozlar



Download 3.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling