J. R. Zaynalov, S. S. Aliyeva, Z. O


Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ini to‘lash muddatlari


Download 3.38 Mb.
bet66/122
Sana03.06.2024
Hajmi3.38 Mb.
#1842083
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   122
Bog'liq
2222. Солиқ дарслиги 364 bet

7.9. Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ini to‘lash muddatlari


Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 95 - moddasida aks ettirilgan.
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq davlat soliq xizmati organlari tomonidan hisoblab chiqariladi.
Mol-mulk solig‘i bo‘yicha imtiyozlar huquqiga ega bo‘lgan shaxslar zarur hujjatlarni davlat soliq xizmati organlariga taqdim etadilar.
Imoratlar, binolar va inshootlar uchun mol-mulk solig‘i ularning har yil 1 yanvardagi holati yuzasidan texnik inventarizatsiyalashning hududiy kadastr byurolari taqdim etadigan inventarizatsiya qiymatiga doir ma’lumotlar asosida hisoblab chiqariladi, bunday ma’lumotlar bo‘lmagan taqdirda esa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan, qayta baholanganidan keyin qayta hisob-kitob qilingan mol-mulkning shartli qiymati qabul qilinadi.
Bir necha mulkdorning ulushbay asosidagi umumiy mulki bo‘lgan imoratlar, binolar va inshootlar uchun mol-mulk solig‘i har bir mulkdor tomonidan ushbu imoratlar, binolar va inshootlardagi ulushiga mutanosib ravishda to‘lanadi. Yangi imoratlar, binolar va inshootlar bo‘yicha soliq ular barpo etilgan yoki olingan yildan keyingi yilning boshidan e’tiboran to‘lanadi.
Meros bo‘yicha o‘tgan mol-mulkdan soliq merosxo‘rlardan meros ochilgan paytdan boshlab undiriladi. Mol-mulk yo‘q qilingan, butunlay vayron bo‘lgan hollarda mol-mulk solig‘i undirish ular yo‘q qilingan yoki butunlay vayron bo‘lgan oydan e’tiboran to‘xtatiladi.
Mol-mulkka mulk huquqi taqvimiy yil davomida bir mulkdordan boshqasiga o‘tganda soliqni birinchi mulkdor o‘sha yilning 1 yanvaridan bu mol-mulkka mulk huquqini yo‘qotgan oyning boshigacha to‘laydi, yangi mulkdor esa – mulk huquqini qo‘lga kiritgan oydan e’tiboran to‘laydi.
Taqvimiy yil davomida imtiyozga ega bo‘lish huquqi paydo bo‘lgan taqdirda mol-mulk solig‘i ana shunday huquq vujudga kelgan oydan e’tiboran qayta hisoblab chiqiladi.
Mol-mulk solig‘ini to‘lash haqidagi to‘lov xabarnomalari to‘lovchilarga davlat soliq xizmati organlari tomonidan har yili 1-maydan kechiktirmay topshiriladi. Bu soliqni soliq davri uchun to‘lash teng ulushlarda har hisobot yilida ikki marta, birinchi marta 15-iyunga qadar, ikkinchi marta esa 15 dekabrga qadar amalga oshiriladi. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘lash usuli – kadastrli usul hisoblanib, soliqni bunday usul bilan to‘lashning o‘ziga xos hususiyati shundan iboratki, mol-mulkka uning tashqi belgilari, mo‘ljallanayotgan daromad asosida soliq solinishi bois, soliqni to‘lash vaqti daromadni olish vaqti bilan hech qanaqa bog‘liq emas va shu munosabat bilan mol-mulk solig‘ini to‘lash uchun yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan qatiy muddat belgilanadi (O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 95-moddasi).
Aytish joizki, soliq solish obyekti yo‘q qilingan, vayron qilingan, buzib tashlangan holatlarda, bu soliqni undirish mol-mulk yo‘q qilingan, vayron bo‘lgan yoki buzib tashlangan oydan boshlab to‘xtatiladi. Nihoyat kalendar yil mobaynida imtiyoz huquqi vujudga kelganda, jismoniy shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliqni qayta hisob-kitob qilishda ushbu huquq vujudga kelgan oy inobatga olinadi.
Jismoniy shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliq miqdoriga (summasiga) mol-mulkning inventarizatsiya qiymati va ushbu soliqqa nisbatan o‘rnatilgan soliq stavkasi bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Jismoniy shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliq mexanizmida yuqoridagi real vaziyat, xususan, mamlakatimiz aholisining turmush tarzi, mentaliteti, daromadlari darajasi, mol-mulkka nisbatan asrlar davomida shakllangan milliy munosabatlar hisobga olingan. Shunday bo‘lsada, ushbu soliq turini rivojlantirish orqali byudjet daromadlarini yanada to‘ldirib borish uchun keng imkoniyatlar yaratilishi mumkin bo‘ladi.
Shu o‘rinda yana shuni ta’kidlash joizki, agar jismoniy shaxs, ya’ni soliq to‘lovchi tomonidan ortiqcha summalar to‘langan bo‘lsa, soliq va yig‘imlar bo‘yicha qarzlar mavjud bo‘lmasa, ushbu summalar uning yozma arizasiga ko‘ra o‘ttiz kun ichida soliq to‘lovchiga qaytariladi yoki kelgusi to‘lovlar hisobiga qayd etilishi mumkin bo‘ladi.
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq to‘lovchilari hisobi davlat soliq xizmati organlari tomonidan har bir yilning 1 yanvaridagi holat bo‘yicha shahar va tumanlar bo‘yicha, texnik inventarizatsiyalash hududiy kadastr byurosida mavjud bo‘lgan imoratlar egalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga binoan o‘tkaziladi.
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘g‘ri hisoblab chiqarish va byudjetga to‘lash ustidan nazoratni davlat soliq xizmati organlari, xususan “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunning 9-moddasiga asosan uchastka davlat soliq inspektorlari amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradilar.
Uchastka inspektori ishining boshqalardan farq qiladigan xususiyati uning soliq to‘lovchilarga juda ham yaqinligidadir. Soliq organlarining yuridik shaxslar bilan ishlaydigan xodimlari asosan buxgalterlar bilan muloqotda bo‘ladilar, ular esa ozmi-ko‘pmi savodli mutaxassislar, katta jamoalarning vakillaridir. Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish va nazorat qilish xodimlarining esa shaxsan har bir kishi bilan ishlashiga to‘g‘ri keladi. Bo‘lim xodimlari amalda tez-tez oddiy haqiqatni tushuntirishlariga to‘g‘ri keladi, holbuki ularni hamma bilishi kerak. Ishning xususiyati ayni shunday. Uchastka inspektorlari faoliyatining samarasini, birinchidan, unga biriktirilgan uchastkadagi soliq to‘lovchilarning soliq qonunlarini buzish hollari kamayishiga, ikkinchidan, ularning qonunlarni qanchalik bilishlariga va aholining soliq madaniyatiga qarab baholash mumkin.



Download 3.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling