J. R. Zaynalov, S. S. Aliyeva, Z. O


Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lovchilar tarkibi


Download 3.38 Mb.
bet69/122
Sana03.06.2024
Hajmi3.38 Mb.
#1842083
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   122
Bog'liq
2222. Солиқ дарслиги 364 bet

8.2. Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lovchilar tarkibi

Mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida er uchastkalariga ega bo‘lgan yuridik shaxslar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari yer solig‘ini to‘lovchilaridir.


Ko‘chmas mulk ijaraga berilgan taqdirda, ijaraga beruvchi yer solig‘ini to‘lovchi bo‘ladi.
Yer uchastkasidan bir nechta yuridik shaxs birgalikda foydalangan taqdirda, har bir yuridik shaxs yer uchastkasining foydalanilayotgan maydonidagi o‘z ulushi uchun yer solig‘ini to‘lovchidir.
Quyidagilar yer solig‘ini to‘lovchilar bo‘lmaydi:

  • notijorat tashkilotlar. Tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilgan taqdirda, notijorat tashkilotlar tadbirkorlik faoliyatida foydalanilgan er uchastkalari

Mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida yuridik shaxslarda bo‘lgan yer uchastkalari soliq solish obyektidir.
Quyidagilarga soliq solish obyekti sifatida qaralmaydi:

  • aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi erlari. Aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi erlari jumlasiga quyidagilar kiradi:

  • maydonlar, ko‘chalar, tor ko‘chalar, yo‘llar, sug‘orish tarmog‘i, sohil bo‘yi erlari va boshqa shu kabi yerlar;

  • aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirish va dam olishi uchun foydalaniladigan yerlar (daraxtzorlar, bog‘lar, sayilgohlar, xiyobonlar, shuningdek ariq tarmoqlari egallagan yerlar);

  • kommunal-maishiy ahamiyatga molik yerlar (dafn etish joylari, maishiy chiqindilarni yig‘ish, qaytadan ortish va saralash joylari, shuningdek chiqindilarni zararsizlantirish hamda utilizatsiya qilish joylari va boshqa shu kabi joylar).

Yer uchastkasining soliq solinmaydigan er uchastkalari maydonlari chegirib tashlangan holdagi umumiy maydoni soliq solinadigan bazadir.
Qaysi er uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi yil mobaynida soliq to‘lovchiga o‘tgan bo‘lsa, o‘sha yer uchastkalari uchun soliq solinadigan baza er uchastkalariga tegishli huquq vujudga kelganidan keyingi oydan e’tiboran hisoblab chiqariladi. Yer uchastkasining maydoni kamaytirilgan taqdirda, soliq solinadigan baza yer uchastkasi maydoni kamaytirilgan oydan e’tiboran kamaytiriladi.
Yuridik shaxslarda yer solig‘i bo‘yicha imtiyoz huquqlari vujudga kelgan taqdirda, soliq solinadigan baza ushbu huquq vujudga kelgan oydan e’tiboran kamaytiriladi. yer solig‘i bo‘yicha imtiyoz huquqi bekor qilingan taqdirda, soliq solinadigan baza ushbu huquq bekor qilinganidan keyingi oydan e’tiboran hisoblab chiqariladi (ko‘paytiriladi).



Download 3.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling