J. R. Zaynalov, S. S. Aliyeva, Z. O


Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ining soliq obyekti


Download 3.38 Mb.
bet70/122
Sana03.06.2024
Hajmi3.38 Mb.
#1842083
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   122
Bog'liq
2222. Солиқ дарслиги 364 bet

8.3. Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ining soliq obyekti

Mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida yuridik shaxslarda bo‘lgan yer uchastkalari soliq solish obyektidir.


Quyidagilarga soliq solish obyekti sifatida qaralmaydi:

  • aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari. Aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi erlari jumlasiga quyidagilar kiradi:

  • maydonlar, ko‘chalar, tor ko‘chalar, yo‘llar, sug‘orish tarmog‘i, sohil bo‘yi erlari va boshqa shu kabi yerlar;

  • aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirish va dam olishi uchun foydalaniladigan yerlar (daraxtzorlar, bog‘lar, sayilgohlar, xiyobonlar, shuningdek ariq tarmoqlari egallagan yerlar);

  • kommunal-maishiy yerlar (qabristonlar, chiqindilarni zararsizlantirish va ularni utilizatsiya qilish joylari va boshqa shu kabi joylar);

  • zahira yerlar.

Yer uchastkasining soliq solinmaydigan yer uchastkalari maydonlari chegirib tashlangan holdagi umumiy maydoni soliq solinadigan bazadir.
Qaysi yer uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi yil mobaynida soliq to‘lovchiga o‘tgan bo‘lsa, o‘sha er uchastkalari uchun soliq solinadigan baza yer uchastkalariga tegishli huquq vujudga kelganidan keyingi oydan e’tiboran hisoblab chiqariladi. Yer uchastkasining maydoni kamaytirilgan taqdirda, soliq solinadigan baza yer uchastkasi maydoni kamaytirilgan oydan e’tiboran kamaytiriladi.
Yuridik shaxslarda yer solig‘i bo‘yicha imtiyoz huquqlari vujudga kelgan taqdirda, soliq solinadigan baza ushbu huquq vujudga kelgan oydan e’tiboran kamaytiriladi. yer solig‘i bo‘yicha imtiyoz huquqi bekor qilingan taqdirda, soliq solinadigan baza ushbu huquq bekor qilinganidan keyingi oydan e’tiboran hisoblab chiqariladi (ko‘paytiriladi).


8.4. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i stavkalari

Yer soliq stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Yerning asosiy foydalanish maqsadiga va soliq to‘lovchilarning toifasiga qarab yer soliq stavkalari bir necha turlarga bo‘linadi:



  • jamoa qishloq xo‘jalik sug‘oriladigan yerlardan foydalanganlik uchun;

  • lalmikor ekinzorlar, bo’z yerlar va ko‘p yillik ko‘chatzorlardan foydalanganlik uchun;

  • sug‘orilmaydigan hashakzorlar va yaylovlardan foydalanganlik uchun;

  • qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishida foydalanilmaydigan boshqa erlardan foydalanganlik uchun;

  • Toshkent shahar yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun;

  • shahar va qo‘rg‘onlarda yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun;

  • korxona, muassasa va tashkilotlardan qishloq joylarda joylashgan yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun.

Korxonalar va fuqarolar uchun yer soliq stavkalari alohida-alohida belgilanadi. Shaharlar va shahar qo‘rg‘onlarining ma’muriy chegaralarida joylashgan qishloq xo‘jalik ahamiyatiga molik erlar uchun yer solig‘i qishloq xo‘jalik erlariga belgilangan stavkalarning ikki barobar miqdorida undiriladi.
Sug‘orilmaydigan pichanzor va yaylovlar uchun olinadigan yer solig‘i stavkalari eng past qilib belgilangan soliq stavkalaridir.
Er soliq stavkalari ma’muriy va sanoat markazlariga nisbatan er uchastkalarining joylashgan joyiga qarab qishloq xo‘jalik erlari uchun belgilangan stavkaga o‘sib boruvchi koeffitsentlar qo‘llaniladi:

  1. Toshkent shahri atrofida 20 kmgacha joylashgan bo‘lsa – 1,3 koeffiyentda.

  2. Viloyat markazlari atrofida 15 kmgacha joylashgan bo‘lsa – 1,2 koeffiyentda.

  3. Tuman markazlari atrofida 10 kmgacha joylashgan bo‘lsa – 1,15 koeffiyentda.

  4. Shahar atrofida radiusi 5 kmgacha joylashgan bo‘lsa – 1,1 koeffiyentda.

Yer uchastkasi mulkdorining, yer egasi, yerdan foydalanuvchi yoki ijarachining aybi bilan qishloq xo‘jaligi yerlarining sifati yomonlashgan (bonitet balli pasaygan) taqdirda, yer solig‘i yerning sifati yomonlashguniga qadar belgilangan stavkalar bo‘yicha yuridik shaxslar tomonidan to‘lanadi.
Shaharlar va shaharchalarning ma’muriy chegaralarida joylashgan qishloq xo‘jaligi ahamiyatiga molik yerlar uchun yer solig‘i qishloq xo‘jaligi yerlari uchun belgilangan stavkalarning ikki baravari miqdorida to‘lanadi.



Download 3.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling