J. R. Zaynalov, S. S. Aliyeva, Z. O


Yer uchastkalarini ijaraga olish va mulk huquqi. Jismoniy shaxslardan undiriladigan yer solig‘ining to‘lovchilari, soliq obyekti va uni aniqlash tartibi


Download 3.38 Mb.
bet73/122
Sana03.06.2024
Hajmi3.38 Mb.
#1842083
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   122
Bog'liq
2222. Солиқ дарслиги 364 bet

8.7. Yer uchastkalarini ijaraga olish va mulk huquqi. Jismoniy shaxslardan undiriladigan yer solig‘ining to‘lovchilari, soliq obyekti va uni aniqlash tartibi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ijaraga berilgan er uchastkalari uchun to‘lanadigan ijara haqi yer solig‘iga tenglashtiriladi. Yer uchastkalarini ijaraga olgan jismoniy shaxslarga yer solig‘ini to‘lovchilar uchun belgilangan imtiyozlar, soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisob-kitoblarni taqdim etish va soliqni to‘lash tartibi tadbiq etiladi.


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga ko‘rsatib o‘tilganidek, O‘zbekiston Respublikasida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yerdan foydalanish va yerga egalik qilish pullidir.
Ushbu soliqdan byudjetdan undiriladigan soliq turi byudjet daromadlarini shakllantirishda alohida ahamiyatga ega. Chunki yer solig‘i davlat byudjeti va soliq to‘lovlari o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni ifodalaydi. Shuning uchun ham u iqtisodiy toifalar turkumiga kiradi.
Yer solig‘i mahalliy soliqlar guruhida kiritilsada, uning stavkalari O‘zbekiston Respublika Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Boshqa mahalliy soliqlar va yig‘imlar esa viloyat hokimliklari tomonidan joriy etiladi.
Mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida er uchastkalariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‘jaliklari yer solig‘ini to‘lovchilardir.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ijaraga berilgan er uchastkalari uchun to‘lanadigan ijara haqi yer solig‘iga tenglashtiriladi. Yer uchastkalarini ijaraga olgan jismoniy shaxslarga yer solig‘ini to‘lovchilar uchun belgilangan imtiyozlar, soliqni hisoblab chiqarish va soliqni to‘lash tartibi tadbiq etiladi.
Yer solig‘i to‘lovchilarini soliq idoralari har yili yil boshiga hisobini olib boradi.

Download 3.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling