J. R. Zaynalov, S. S. Aliyeva, Z. O


Jismoniy shaxslardan undiriladigan yer solig‘i stavkalari, uni hisoblash, byudjetga undirish tartibi va uni to‘lash muddatlari


Download 3.38 Mb.
bet75/122
Sana03.06.2024
Hajmi3.38 Mb.
#1842083
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   122
Bog'liq
2222. Солиқ дарслиги 364 bet

8.9. Jismoniy shaxslardan undiriladigan yer solig‘i stavkalari, uni hisoblash, byudjetga undirish tartibi va uni to‘lash muddatlari

Jismoniy shaxslarning yer solig‘ining soliq organlari tomonidan hisoblab chikiladi.


Jismoniy shaxslarning yer solig‘ining hisoblash uchun soliq idoralari shahar, tuman er fondi ma’lumotlari xokimliklarning qarorlari asosida hamda uyma uy yurib o‘tkazilgan tekshirishlar asosida er uchastkalari maydonini aniqlab chiqadilar.
Jismoniy shaxslarning yer solig‘i har yilning boshida soliq organlari tomonidan hisoblab chikiladi va to‘lov xabarnomasi yoziladi.
Kalendar yil soliq davridir
Yer solig‘ini hisoblab chiqarish davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat soliq xizmati organlari yer solig‘ini to‘lovchilar bo‘lgan jismoniy shaxslarning hisobini muntazam yuritadi.
Imtiyozlarni olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar er uchastkasi joylashgan erdagi davlat soliq xizmati organlariga ushbu imtiyozlarga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarni mustaqil ravishda taqdim etadi.
Yer solig‘i summasi va uni to‘lash muddatlari ko‘rsatilgan to‘lov xabarnomasi jismoniy shaxslarga davlat soliq xizmati organlari tomonidan har yili 1 maydan kechiktirmay topshiriladi.
Yil mobaynida er uchastkasi maydoni o‘zgarganda va imtiyozlarga bo‘lgan huquqlar vujudga kelganida (bekor qilinganda) davlat soliq xizmati organlari mazkur o‘zgarishlardan keyin bir oy ichida yer solig‘ini qayta hisob-kitob qilishlari hamda soliq to‘lovchiga yer solig‘i summasi va uni to‘lash muddatlari ko‘rsatilgan yangi yoki qo‘shimcha to‘lov xabarnomasini taqdim etishlari kerak.
Yer solig‘i er uchastkasining mulkdori, erga egalik qiluvchi, erdan foydalanuvchi yoki ijarachining yashash joyidan qat’i nazar, yer uchastkasi joylashgan hududdagi tuman yoki shaharning mahalliy byudjetiga to‘lanadi.
Yil mobaynida ajratilgan yer uchastkalari uchun yer solig‘i jismoniy shaxslar tomonidan yer uchastkasi ajratilganidan keyingi oydan e’tiboran to‘lanadi.
Yer uchastkasi maydoni kamaytirilgan taqdirda, yer solig‘ini to‘lash er uchastkasi kamaytirilgan oydan e’tiboran to‘xtatiladi (kamaytiriladi).
Yer solig‘i bo‘yicha imtiyozlar belgilangan taqdirda, bu soliq imtiyoz huquqi vujudga kelgan oydan e’tiboran to‘lanmaydi. yer solig‘i bo‘yicha imtiyozlarga bo‘lgan huquqlar bekor qilingan taqdirda, bu soliq mazkur huquq bekor qilinganidan keyingi oydan e’tiboran to‘lana boshlaydi.
Belgilangan tartibda berilgan yer uchastkalari uchun yer solig‘i yer uchastkasidan foydalanish faktidan qat’i nazar, jismoniy shaxslar tomonidan to‘lanadi.
Soliq davri uchun yer solig‘i to‘lash jismoniy shaxslar tomonidan hisobot yilining 15 oktyabriga qadar amalga oshiriladi.
Er uchastkalari uchun kaysi paytdan boshlab haq to‘lash kerak va mulk huquqi alohida turgan binolarga o‘tish chogida ushbu majburiyatlar qachon tugalanadi? Munozara hozirga kadar davom etyapti. Ba’zi mutaxassislar fikricha, yuridik va jismoniy shaxslar binolar va inshootlar sotilishi chogida ular egalagan er uchun soliqni xaridor ushbu uchastkaga doir huquqini ro‘yxatdan o‘tkazmaguniga kadar to‘lashlari kerak. Uylashimizcha, bu Soliq kodeksiga zid keladi. 103-moddaning uchinchi qismida muvofiq er uchastkasi olib quyilgan (kamaytirilgan), haqi tulab kaytarib olingan, soitilgan takdirda soliq undirish u amalga oshirilgan oydan e’tiboran tuxtatiladi (kamaytiriladi). Kodeksining ushbu me’yoriga kura, undagi binolar va inshootlar sotilishi natijasida er uchastkasi kamaygan takdirda, tegishincha, ushbu oyda soliq summasi ham kamayadi. Xuddi shu tartib xarib qiluvchi tomonga ham ta’lukli, ya’ni unda alohida turgan binolarni xarid qilish paytidan majburiyatlar yuzaga keladi. Hisobvarak-faktura va qabul qilish topshirish dalolatnomasini imzolash sanasi binolar va inshootlarni xarid qilish (sotish) sanasi hisoblanishiga e’tibor karatish lozim. Birok amaldagi tajribaning ko‘rsatishicha, xaridor va sotuvchi xar doim ham er uchastkasiga doir o‘z huquqlarini kaytadan ro‘yxatdan o‘tkazavermaydi. Ana shunda er doir to‘lovlar bo‘yicha majburiyatlar ijrosi masalasi xal etilmay kolaveradi. Shu sababli er uchastkalariga doir huquqning o‘tish paytini, binobarin, ular uchun soliq tulanishini ham oydinlashtiradigan me’yorni kiritish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Prezidentning 2005 yil 22 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining 2006 yilga asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametri to‘g‘risida» PQ-244-son qarori bilan yuridik va jismoniy shaxslar uchun yer solig‘i stavkalari 1,5 baravariga indeksatsiyalangan. Bunday ko‘paytirishning bir qismi shu bilan shartlanganki, yer solig‘i stavkalari sumda belgilangan va uni inflyatsiya darajasini hisobga olgan holda indeksatsiyalar lozim. Bundan tashkari, keyingi yillarda soliq yukini bevosita soliqlardan yer solig‘i muhim urin tutadigan resurs soliqlariga kayta taqsimlash tamoyili kuzga tashlanmoqda.



Download 3.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling