J. R. Zaynalov, S. S. Aliyeva, Z. O


O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti daromadlari tarkibida yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘inining ulushi, (foizda)


Download 3.38 Mb.
bet58/122
Sana03.06.2024
Hajmi3.38 Mb.
#1842083
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   122
Bog'liq
2222. Солиқ дарслиги 364 bet

7.1-jadval
O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti daromadlari tarkibida yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘inining ulushi, (foizda)32

Ko‘rsatkichlar

Yillar

2013

2014

2015

2016

2017

Davlat byudjeti daromadlarida jami soliqlar tushumi

100

100

100

100

100

Jami Davlat byudjeti daromadlarida mol-mulk solig‘ining ulushi

2,6

4,4

5,1

4,2

4,5

shu jumladan, yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ining ulushi

2,3

3,9

4,7

3,9

4,5

Jami mulkiy soliqlar tushumida yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ining ulushi

86,0

90,1

92,6

92,3

92,8

Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ining mahalliy byudjetlar daromadlaridagi ulushi

7,1

7,7

7,9

7,8

7,8

Jadval ma’lumotlariga ko‘ra jami mulkiy soliqlar tushumida yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ining ulushi 2015 yilda 2011 yilga nisbatan 6,8 punktga oshganligini ko‘rish mumkin. Bu holatni soliqqa tortish tartiblarini yanada takomillashib borayotganligi bilan izohlamoq kerak. Bunga bir xil ahamiyatli va samarasiz bo‘lgan imtiyozlarni bekor qilinayotganligini misol keltirish mumkin.




7.2. Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i to‘lovchilari tarkibi

O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi va “Yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘ini hisoblash va byudjetga to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi yuriknomaga muvofiq amalga oshiriladi. (MYu №1107-modda. 11.03.2002).


O‘zbekiston Respublikasi hududida soliq solinadigan mol-mulkka ega bo‘lgan yuridik shaxslar – O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari;
agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘z mulkida ko‘chmas mulkka ega bo‘lgan yuridik shaxslar – O‘zbekiston Respublikasining norezidentlaridir. Agar ko‘chmas mulk mulkdorining joylashgan erini aniqlash imkoni bo‘lmasa, bu mol-mulk qaysi shaxsning egaligida va (yoki) foydalanishida bo‘lsa, shu shaxs soliq to‘lovchidir. O‘zbekiston Respublikasi norezidentining faoliyati soliq Kodeksining 20-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasidagi doimiy muassasa orqali amalga oshiriladigan faoliyat deb e’tirof etiladi.
Quyidagilar yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘lovchilar bo‘lmaydi:

  • notijorat tashkilotlar. Notijorat tashkilotlar tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirgan taqdirda, ushbu bo‘limda nazarda tutilgan tartibda yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘lovchilardir;

  • soliq solishning soddalashtirilgan tartibi nazarda tutilgan yuridik shaxslar.

Shu bilan birga agar soliqka tortishning alohida tartibi urnatilgan yuridik shaxslar asosiy faoliyat kurinishi bilan bir katorda boshqa faoliyat kurinishlari bilan shug‘ullansa, u holda ular bulim hisobini yuritishlari va qonunchilikka muvofiq mol-mulk solig‘ini to‘lashlari shart.



Download 3.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling