J. R. Zaynalov, S. S. Aliyeva, Z. O


Belgilangan muddatlarda o‘rnitilmagan va foydalanilmayotgan ji


Download 3.38 Mb.
bet60/122
Sana03.06.2024
Hajmi3.38 Mb.
#1842083
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   122
Bog'liq
2222. Солиқ дарслиги 364 bet

Belgilangan muddatlarda o‘rnitilmagan va foydalanilmayotgan jihozlar uchun korxona mol-mulk solig‘ini ikkilangan stavka bo‘yicha to‘laydi.
Korxona, bino va inshootlarni kurish davomiligining tasdiklangan me’yoriga muvofiq xar bir obyekt bo‘yicha texnologik va boshka jihozlarni o‘rnatish va montaj kilish grafigi o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
Mamlakatda ishlab chiqarilgan va import qilingan jihozni o‘rnatish va montaj kilish grafigida quyidagi topshirish muddatlari hisobga olinadi:

  • yirik texnologik va energetik jihozlarni nomlari ro‘yxati va ularni o‘rnatish grafiklari bo‘yicha montajga topshirishning rejadagi muddatigacha;

  • texnologik liniyalarning texnologik jihozlari va boshka umumzavod jihozlari- jihozni montajga topshirishning o‘rnatilgan rejaviy muddatiga, lekin olti oydan oshmagan muddatigacha;

  • import kilingan jihoz majmuasi - montajga topshirishning rejaviy muddatigacha, lekin bir yildan oshmagan muddatigacha; agar texnik jixatlar bo‘yicha jihozni qismlar bo‘yicha montaj kilish mumkin bo‘lmasa, ularning montajga topshirish muddati jihozning to‘liq majmuasi kelib tushgandan keyingina hisobga olinib boshlanadi.

Alohida import jihozlari, shuningdek kabel maxsulotlari, o‘tkazgich va troslar - montajga topshirishning rejalashtirilgan muddatigacha, lekin olti oydan oshmagan muddatgacha.
Jihozni montaj qilish va o‘rnatish me’yorlari va jadvallari mavjud bo‘lmagan holatda quyidagi muddatlar qo‘llaniladi:

  • mamlakatda ishlab chiqarilgan va import kilingan jihozlar bo‘yicha, ishlab chiqarishga belgilangan, mo‘ljallangan obyektlar bo‘yicha - qurilishning yillik muddati bajarilgandan keyingi oydan;

  • noishlab chiqarishga mo‘ljallangan obyektlar bo‘yicha - qurilish kunidan boshlab olti oy o‘tgach;

  • montaj kilinmaydigan xo‘jalik inventarlari va jihozlari bo‘yicha - qurilish kunidan boshlab.

Yuqorida ko‘rsatilgan qo‘yish va montaj qilish muddatlari buzilgan holatda, shuningdek jihozdan foydalanmaslik oqibatida korxona mol-mulk solig‘iga tortish obyektiga taalluqli bo‘lgan holatda mol-mulk solig‘i ikkilangan stavka bo‘yicha to‘lanadi.
Normativ muddatda tugallanmagan qurilish obyektlari, bo‘sh turgan binolar, yashash uchun mo‘ljallanmagan inshootlar bo‘yicha, shuningdek foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari bo‘yicha yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq ushbu maydonlardan samarasiz foydalanilayotganligi yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda chiqarilgan xulosa asosida, oshirilgan stavkalar bo‘yicha to‘lanadi.
Qurilish obyekti o‘rnatilgan muddatlarda tugatilmasa ham mol-mulk solig‘i to‘lanadi; soliq to‘lovchilari qurilishni amalga oshirayotgan yuridik shaxslar - buyurtmachilar hisoblanadi.



Download 3.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling