J. R. Zaynalov, S. S. Aliyeva, Z. O


Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida jismoniy shaxslar to‘laydigan mol-mulk solig‘i va uning ahamiyati


Download 3.38 Mb.
bet63/122
Sana03.06.2024
Hajmi3.38 Mb.
#1842083
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   122
Bog'liq
2222. Солиқ дарслиги 364 bet

7.7. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida jismoniy shaxslar to‘laydigan mol-mulk solig‘i va uning ahamiyati


O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq, jismoniy shaxslar byudjet bilan uzviy soliq munosabatlaridan biri – bu ularning mol-mulkiga soliqnadigan soliq orqali amalga oshiriladi. Soliq kodeksining 272-277-moddalarida ushbu turdagi soliq to‘lovchilar, soliq solish obyekti, soliq solinadigan baza, imtiyozlar, soliq stavkasini qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari, soliq hisoblab chiqarish va to‘lash tartiblari belgilangan.
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq mahalliy soliqlar tarkibiga kiradi. U ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra, ikki vazifani bajarishga xizmat qiladi:

  • byudjet daromadlarini shakllantirish. Ushbu jarayon ko‘p hollarda fiskal tartibda soliq tushumlari deb e’tirof etiladi;

  • jismoniy shaxslar tasarrufidagi mol-mulkidan samarali foydalanishga xizmat ko‘rsatish. Ushbu vazifa ham aksariyat holatlarda ushbu soliq turi soliq to‘lovchilarni rag‘batlantirish mumkinligi ilgari suriladi.

Ushbu vazifalar soliq funksiyalariga tenglashtirilmaydi, ammo soliq funksiyalarini jozibadorligini mustahkamlashda alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bois qayd etilgan birinchi vazifa barcha soliq to‘lovchilar uchun tushunarli bo‘lib, u hech kimda shubha tug‘dirmaydi. Soliq kodeksiga binoan jismoniy shaxslar daromadidan bir qismi bu jismoniy shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliq shaklida byudjet daromadlariga undiriladi. Byudjetga undiriladigan mazkur soliq byudjet daromadlarini shakllantirishda taqsimot funksiyasini bajaradi. Bu soliqning jismoniy shaxslar tasarrufidagi mol-mulkidan samarali foydalanishga ta’sir ko‘rsatish holatini nazorat ostiga olish bevosita soliqlarni nazorat funksiyasini amal qilishdan darak beradi. Bunda ham soliq to‘lovlarini mol-mulkka nisbatan shakllantirilishi, uning xususiyatidan kelib undirilish tartibi, soliq to‘lovchilarga imtiyozlarni yaratilishi soliq to‘lovchilarini rag‘batlantirish mumkinligini anglatadi. Rag‘batlantirish mol-mulkni inventarizatsiya qiymatini inobatga olinishida muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasi bir kator me’yoriy-huquqiy hujjatlarining taxlili ularning bir biriga va tilga olingan koidaga muvofiq kelmasligi ko‘rsatdi, shuningdek ta’riflarning noaniq ekanligini aniqladi, ularga xorijiy investorlar O‘zbekiston iqtisodiyotiga kapital quyish uchun tusiklar sifatida karashi mumkin.
Chunonchi, Konstitutsiya 53-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilishicha, xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin.
Shu bois ham bunday tartibni «O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida»gi qonun 32-moddasining 1-bandi mol-mulkni ko‘paytirishni cheklashni nazarda tutadi.
Fuqarolik kodeksi 166-moddasining uchinchi qismiga ko’ra, mulkdorning mol-mulkini olib qo’yishga, shuningdek uning huquqlarini cheklashga faqat qonunlarda nazarda tutilgan hollardagina yo’l qo’yiladi. Mazkur holda qonun chiqaruvchi «qonunlar» atamasi qo’yiladi. «Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida»gi qonunning 6-moddasiga ko’ra, Konstitutsiya va O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis palatalarining qarorlari ular sirasiga kiradi. Shu tariqa, Fuqarolik kodeksining mazmunidan kelib chiqilsa, Senat ma’qullashi va Prezident imzosi bo‘lmasa ham, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qarorini qabul qilish yo’li bilan mol-mulkni musodara qilish mumkin.
Rivojlangan demokratik mamlakatlarda har kanday shakldagi mulkni majburan olib qo’yish faqat sudning qaroriga ko’ra yuz beradi. Mazkur tamoyil har bir shaxsning o‘z mulkini chetdan qilinadigan uzboshimchalikdan sudda himoyalash huquqini ta’minlaydi. U o‘z nuqtai nazarini himoya qilish, shuningdek mutanosib kompensatsiyani talab etish imkoniyatini beradi.
Iqtisodiyot asoslarini erkinlashtirish va mulkchilik turli shakllarining, shu jumladan xususiy mulkning davlat tomonidan huquqiy ta’minoti bozor iqtisodiyotiga o‘tishningeng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Ana shu maqsadlarda O‘zbekistonda mulk huquqini ta’minlashni kafolatlaydigan bir qator me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilinadi.Ular sirasiga Konstitutsiya, Fuqarolik kodeksi, «O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida»gi qonun va boshqa hujjatlarni kiritish mumkin.
Mol-mulk soliq to‘lovlari bo‘yicha imtiyozga ega jismoniy shaxslar, shubhasiz, kam soliq to‘laydilar. Inventarizatsiya qiymati nisbatan past mol-mulkga ega bo‘lgan soliq to‘lovchi jismoniy shaxslar bu soliqni kam to‘lashlari tabiiy holdir va aksincha ham bo‘lishi mumkin.
Rivojlangan demokratik davlatning tajribasi shuni isbotlaydiki, davlat barcha shakllarga mansub mulkning har kanday tashki xurujlardan daxlsizligini ta’minlaydigan, uni olib quyish usullari esa faqat qonunlar bilan cheklanadigan va faqat sud qaroriga ko’ra yuz beradigan xollardagina jamiyatning gullab-yashnashiga erishiladi. Mazkur holat mulk huquqining isbot talab qilmaydigan qoidasi hisoblanadi va xususiy kapital manfaatlarini qo’riqlashga xizmat qiladi.
Bozor munosabatlarining rivojlanishi sharoitida to‘g‘ri, real soliqlar – mol-mulk soliqlarining roli sezilarli darajada oshdi. O‘zbekistonda bu soliqlar guruhiga quyidagilar tegishlidir: mol-mulk solig‘i va yer solig‘i.
Bir tomondan bu soliqlar soliqka tortiladigan obyektning tashki bklgilari olinadi v maqsadsha muvofiq subyektning daromadligiga bog‘liq bulmaydi. Boshqa tomondan sunggi yillarda mol-mulk soliqlari ko‘pchilik hollarda daromad solig‘iga kushimcha sifatida qaralmoqda va to‘g‘ridan to‘g‘ri bo‘lmasa-da, to‘lovchining daromadliligi hisobga olinmoqda.
Mol-mulk soliqlarining o’ziga xos xususiyati bozor munosabatlari rivojlanishi miqyosida namoyon bo‘ladi. Mantikan kelib chiqqan holda, oldin to‘lov manbasiga kiritilmagan ixtiyoriy daromad oxir-oqibat aniq mulk (hashamatli uy, katta yer uchastkasi va hokazolar) shaklida shakillantiriladi, davlat esa rivojlangan iqtisodiyot orqali yuqori daromadga ega bo‘lgan shaxslar soliq yukini kuchaytiradi.
Mol-mulk soliqlari, shu bilan birga “sanitar” soliqlar deb ham yuritiladi, ya’ni ular ko’char va ko‘chmas mulkdan qanchalik samarali foydalanishidan qat’iy nazar undiriladi.
Davlat tomonidan mol-mulk soliqlariga nisbatan yuqori stavkalarning qo‘llanilishi mulkdorlar tomonidan xususiy obyektlarga nisbatan ehtiyotkoronv munosabatlarda bulishga olib keladi va samarasiz foydalanilayotgan jihoz, transport va yer uchastkalaridan kutulish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Shu asnoda, O‘zbekistonda mol-mulk solig‘i soliq to‘lovchi tomonidan mazur mulk foydalanilmayotganligidan qat’iy nazar unliriladi. Mol-mulk soliqlari mintakaviy byudjetlarning asosiy daromad manbasi hisoblanadi va bu aynan mahalliy hokimliklar tomonidan ularga nisbatan e’tibor kuchli ekanligidan dalolat beradi.



Download 3.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling