J. R. Zaynalov, S. S. Aliyeva, Z. O


-bob. YURIDIK SHAXSLARDAN OLINADIGAN YER SOLIG‘I


Download 3.38 Mb.
bet68/122
Sana03.06.2024
Hajmi3.38 Mb.
#1842083
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   122
Bog'liq
2222. Солиқ дарслиги 364 bet

8-bob. YURIDIK SHAXSLARDAN OLINADIGAN YER SOLIG‘I




Reja
8.1. Yer solig‘i joriy etilishining asosiy sabablari
8.2. Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lovchilar tarkibi
8.3. Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ining soliq obyekti
8.4. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i stavkalari
8.5. Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha imtiyozlar va soliqni hisoblash va byudjetga to‘lash tartibi
8.6. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida jismoniy shaxslardan undiriladigan yer solig‘i va uning iqtisodiy ahamiyati
8.7. Er uchastkalarini ijaraga olish va mulk huquqi. Jismoniy shaxslardan undiriladigan yer solig‘ining to‘lovchilari, soliq obyekti va uni aniqlash tartibi
8.8. yer solig‘i bo‘yicha jismoniy shaxslarga beriladigan imtiyozlar
8.9. Jismoniy shaxslardan undiriladigan yer solig‘i stavkalari, uni hisoblash, byudjetga undirish tartibi va uni to‘lash muddatlari


Tayanch so‘z va iboralar
Yuridik shaxs, jismoniy shaxs, er, yer solig‘i, er uchastkasi, jamoa qishloq xo‘jalik sug‘oriladigan er, ball boniteti, soliq imtiyozlari.


8.1. Yer solig‘i joriy etilishining asosiy sabablari


O‘zbekiston Respublikasida yerdan foydalanish va yerga egalik qilish pullidir.
Yer solig‘i davlat byudjeti va soliq to‘lovlari o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni ifodalaydi. Shuning uchun ham u iqtisodiy toifalar turkumiga kiradi.
Yer solig‘ining iqtisodiy mohiyati mazmunini ochishda davlat byudjeti mol-mulk soliq to‘lovchilari o‘rtasidagi yuzaga keladigan ko‘p qirrali munosabatlarning xarakterini o‘rganish lozim. U ayrim to‘g‘ri soliqlardan farqli o‘laroq mahalliy soliqlar guruhiga kiradi.
Yer solig‘i mahalliy soliqlar guruhida bo‘lsa ham, uning stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Boshqa mahalliy soliqlar va yig‘imlar esa viloyat hokimliklari tomonidan joriy etiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida yer solig‘i davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatini yurgizishda ham muhim o‘rin egallamoqda. Respublika Oliy Kengashi 1993 yil 6 mayda «Yer solig‘i to‘g‘risida» qonun qabul qilinishi orqali erga bo‘lgan egalik munosabatlarini tubdan o‘zgartirdi. Aholining keng qatlami erdan foydalanishda eng asosiy maqsad erning unumdorligini oshirish, erga to‘g‘ri ishlov berish va erdan olingan mahulotlarni xalq manfaatlarining kondirilishiga jalb etish bo‘lib hisoblanmoqda.
Erdan unumli foydalanish, uni hosildarlikdagi mavqeini oshirish asosan soliq munosabatlari orqali amalga oshirilishi bu borada oqilona soliq siyosatining yurgizilishini taqozo etadi. Lekin yer solig‘ini joriy etish yer qonunchiligi bilan belgilanadi. Chunki yer qonuniga muvofiq yerlarni toifalarga bo‘lishi va unda asosan yer unumdorligining etiborga olinishi erga nisbatan o‘ziga xos soliq munosabatlarini yurgizishni taqozo etadi.
Mamlakatimizda «Yer to‘g‘risida»gi qonunga asosan yer soliq munosabatlar yangi pog‘onaga ko‘tarildi va yer solig‘ini soliq tizimidagi ahamiyati ancha oshirildi. Yerga egalik qilish ham endigi kunda soliq munosabatlari orqali tartibga keltirilib turilmoqda. Bu esa yer solig‘ini byudjet ixtiyoriga to‘liq va belgilangan muddatlarda undirilishi uchun ham zamin yaratib berdi. Shuningdek ushbu qonunga muvofiq, yerlarning o‘nta sinfga bulinishi asoslandi va uning negizida soliq stavkalarining belgilanishi ta’minlandi.
Yer solig‘ining amal qilishini huquqiy jihatdan asoslanganligi bozor iqtisodiyoti sharoitida yer solig‘ining mohiyatini tubdan o‘zgartirdi. Yer solig‘ining yer sinflariga qarab differentsiyalashtirilgan tizimining joriy etilishi har bir jamoa va shirkat xo‘jaliklari va fermerlar tomonidan yerdan unumli foydalanishga imkon yaratadi. Natijada byudjet daromadida nafaqat yer solig‘i to‘lovlarini dinamik oshishi kuzatildi, balki bir vaqtning o‘zida yerning hosildorligi oshdi. Jamoa va shirkat xo‘jaliklari tomonidan ham xarajat qilish orqali katta daromadlarni qo‘lga kiritila boshladi. Agar 1993-1998 yillarda jamoa xo‘jaliklarining 50 foizidan ortig‘i erdan hosil olish maqsadida katta xarajatlarni amalga oshirib ko‘zda tutilgan daromadlarni qo‘lga kiritishga tuliq erishmaganliklari tufayli jamoa xo‘jaliklariga nisbatan o‘zgacharoq soliq munosabatlarining qo‘llanishiga sabab bo‘ldi (ya’ni foyda solig‘ini rentabellik darajalariga nisbatan undirish, erga nisbatan amal qiluvchi soliqlarni hisoblashda va byudjetga undirishda xaddan tashqari imtiyozlarning joriy etilishi va xokazolar shular jumlasidandir).
Bu borada shuni ham ta’kidlash joizki, erga nisbatan sayoz soliq munosabatlarini 1998 yilga qadar amal qilishi yer maydonlaridan foydalanishda uning sifat darajasiga salbiy ta’sir etdi. Oxir-oqibat yer maydonlaridan uzoq muddatlarda foydalanib kelinganligi, uning egalariga ko‘zda tutilgan natijalarni qo‘lga kiritilishiga imkon beradi. Tuproqda erroziya sodir bulishi yoki yerning turlanishi bir vaqtning o‘zida katta-katta moliyaviy resurslarni jalb etilishini talab etdi. Bunday sharoitlarda yerga nisbatan oqilona soliq tizimini joriy etish muhim holga aylanib qoldi.
Tuproq erroziyasini bartaraf etish, er unumdorligini oshirish uchun ma’lum moliyaviy mablag‘lar talab qilindi. Qaysiki, ular yerning meliorativ holatini aniqlashda, sug‘orish inshootlarini qurishda, zovurlarni o‘tkazishda va ta’mirlashda ishlatilishini taqozo etadi.
Yangi xo‘jaliklarning tashkil qilinishi qurilish ishlarining kengayishi yer zahiralarining kamayishiga ham olib keldi. Sug‘oriladigan yer maydonlari ham yildan-yilga qisqartirib boriladi.
Tabiiyki, bunday yuzaga kelgan sharoitda yer maydonlaridan ijara shartlari asosida samarali foydalanish muhim iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘ladi.
Shuningdek, yerdan pul to‘lab foydalanish, ijara haqi, yerning normativ bahosi yer to‘lovining shakllarini yuzaga keltiradi. Yer egalari va yerdan foydalanuvchilarga ijaradorlikdan tashqari, har yili yer solig‘ini to‘lovchisi bo‘ladi. Ijaraga berilgan yerlar uchun ijara haqi undirila boshlandi. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko‘zda tutilgan hollarda yer uchastkalarini xarid qilish va o‘z egaligiga sotib olish uchun, shuningdek bank kreditini, yerni garovga qo‘yib olish uchun, yerning normativ bahosi o‘rnatilishi yerga bo‘lgan munosabatda tub o‘zgarish yasadi.
Natijada Respublikamiz hududida yerni mulk qilib, egalik qilish, foydalanish uchun yoki ijaraga berilgan yuridik shaxslar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet ellik fuqarolar va fuqarolikga ega bo‘lmagan shaxslar yer solig‘i va ijara haqi to‘lovchilari sifatida soliq munosabatlarini aktivlashtiradilar.
Amalda yer solig‘ini va ijara haqini undirish obyektlari bo‘lib yuridik shaxslar va fuqarolarga berilgan yer uchastkalari (qishloq xo‘jalik yerlari, fuqarolarga shaxsiy yordamchi xo‘jaligini yuritish, individual uy-joy qurilishini olib borish, bog‘dorchiliq polizchilik va chorvachiliq uy-joy, dala hovlisi, tadbirkorlik faoliyati va o‘zga maqsadlar uchun berilgan yer uchastkalari; sanoat, transport, aloqa, boshqa moddiy ishlab chiqarish sohalari va noishlab chiqarish sohasi korxonalari uchun yerlar) hisoblanadi.
Umuman yer solig‘i, belgilangan tartibda yuridik shaxs va fuqarolarga mulk sifatida tasarruflik qilishi, egalik qilish va foydalanish uchun berilgan soliq solinadigan yer maydoni, shu jumladan, bino va inshootlar bilan band bo‘lgan maydondan, shuningdek bino va inshootlarga qarash uchun zarur bo‘lgan yer uchastkalaridan bir yilga mo‘ljallab undirilishi shakllantirildi. Shuningdek qancha yuridik shaxslar yoki fuqarolar alohida foydalansa, unda yer solig‘i bunday uchastkaning har bir qismi bo‘yicha alohida qilib hisoblab chiqiladigan bo‘ldi. Bu shaxslar va fuqarolar birgalikda foydalanadigan er maydoni ularning alohida tasarrufida bo‘lgan binolar maydoniga proportsional ravishda soliqlarni hisoblab chiqarish uchun ular o‘rtasida takrimlanishi ta’minlandi.
Yuridik shaxslar va fuqarolarning umumiy egaligida bo‘lgan binolarga, xizmat ko‘rsatuvchi yer uchastkalariga yer solig‘i, ularning bu binolardagi ulushiga teng ravishda hisoblab chiqariladi.
Bu borada shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari qaroriga muvofiq yer uchastkalarini ijaraga olgan yuridik va jismoniy shaxslar yer solig‘i o‘rniga byudjetga ijara haq to‘lashlari mumkin. Ammo ijara haqi ta’riflarining kelishuviga binoan belgilanadi, lekin bu haq qonun hujjatlarida belgilangan yer solig‘ining bir stavkasidan kam va uch stavkadan ko‘p bo‘lmasligi, yerlardan qishloq xo‘jalik ehtiyojlari uchun foydalanilgan taqdirda esa bir stavka miqdorda bo‘lishi kerak. Shunday qilib, yer solig‘ini shakllantirish bevosita uning to‘lovchilari tomonidan yurgiziladigan faoliyagiga ham bog‘liqdir. O‘z mulkida, egaligida yoki foydalanishda er uchastkalariga ega bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar yer solig‘i to‘lovchilari bo‘lib hisoblanadilar. Shuningdek belgilangan tartibda yagona soliq to‘lanadigan soliq to‘lashning soddalashtirish tizimiga o‘tgan kichik korxonalar, ham yer solig‘i bo‘lib hisoblanadilar. Ammo yuzaga keltirishda soliq obyektlarini to‘g‘ri izohlash muhim ahamiyatga egadir.
Yuridik shaxslar uchun quyidagi yer uchastkalari soliq solinadigan obyekt bo‘lib hisoblanadi:

  • qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mulk qilib olingan yer uchastkalari;

  • qishloq yoki o‘rmon xo‘jaligi yuritish uchun egalik qilishga berilgan er uchastkalari;

  • korxonalar, binolar va inshootlar qurish uchun yoki qishloq xo‘jaligiga taalluqli bo‘lmagan boshqa maqsadlarda foydalanish uchun berilgan er uchastkalari;

  • korxonalar binolar yoki inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi o‘tishi bilan birga egalik qilish va foydalanish huquqi ham o‘tgan er uchastkalari.

Jismoniy shaxslar uchun soliq solinadigan yer uchastkalariga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • turar joylar etagida va jamoat erlarida shaxsiy yordamchi xo‘jalikni yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga berilgan yer uchastkalarini;

  • yakka tartibda uy-joy qurish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik kdaishga berilgan yer uchastkalarini;

  • jamoa bogdorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun berilgan er uchastkalarini;

  • xizmat yuzasidan qonun hujjatlariga muvofiq berilgan chek erlarni;

  • meros bo‘yicha xadya qilinishi yoki sotib olinishi natijasida uy-joy, va xovli bilan birgalikda egalik qilish huquqi ham o‘tgan er uchastkalarini;

  • qonun hujjatlarida belgilaigan tartibda mulk qilib olingan yer uchastkalarini;

  • tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun doimiy foydalanishga yoki ijaraga berilgan yer uchastkalarini. Bularning hammasi soliq obyektini yuzaga keltiruvchi aktiv ko‘rsatkichlar bo‘lib hisoblanadi.




Download 3.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling