J. R. Zaynalov, S. S. Aliyeva, Z. O


Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida jismoniy shaxslardan undiriladigan yer solig‘i va uning iqtisodiy ahamiyati


Download 3.38 Mb.
bet72/122
Sana03.06.2024
Hajmi3.38 Mb.
#1842083
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   122
Bog'liq
2222. Солиқ дарслиги 364 bet

8.6. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida jismoniy shaxslardan undiriladigan yer solig‘i va uning iqtisodiy ahamiyati


Bugungi kunda bozor munosabatlarini yanada tiklanib rivojlanib borayotgan bir sharoitda soliqqa tortish tizimining samarali modeli uzluksiz qidirilmoqda. Zamonaviy soliq munosabatlarini takomillashtirish hozirda o‘ta muhim va murakkab muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Shunga bog‘liq holda, mamlakatimiz rivojlanishining muhim ustuvor yo‘nalishi sifatida soliq siyosatini erkinlashtirishning belgilanishi bejiz emas. Mamlakatimizda amaldagi oshirilayotgan soliq tizimidagi o‘zgarishlar jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i, er uchastkalarini ijaraga olish, mulk huquqi ham o‘zining ta’sirini ko‘rsatmoqda. Bu bir tomondan, soliq tizimidagi o‘zgarishlarni obyektiv jarayon sifatida barcha soha korxonalari bilan birga jismoniy shaxslar faoliyati sohalariga ham ta’sirini xolisona o‘zgarishlarni taqozo etadi. Ikkinchidan, soliq tizimidagi o‘zgarishlar jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘ini tashkil etish jarayonlariga ham o‘zining o‘zini ta’sirini ko‘rsatayotganligi sababli uning bilan bog‘liq bo‘lgan yutuq va muammolardan bilish va tegishli xulosalar chiqarish amaliy ahamiyatga ega. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoev tomonidan jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlarga alohida e’tibor berilganligini e’tirof etish joizdir. Bu soliq tizimiga va jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘iga qo‘yiladigan yangicha talablarga o‘ziga xos yondoshuvlarni joriy etish va ulardan samarali foydalanish muhimdir.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, jismoniy shaxslardan olinadigan soliq, shu jumladan, yer solig‘i muhim ahamiyatga ega. Aytish jarayoni o‘tish davrining ilk yillarida (1990 yil) “Yer to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Unga binoan erga egalik qilish va erdan foydalanishning pullik bo‘lishi belgilandi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo‘lga kiritgach 1993 yil 6 mayda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan “Er solig‘i to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi unda soliq solishning obyektlari va subyektlari imtiyozlar soliq to‘lash tartibi va xokazolar ancha batafsil belgilab berildi. Qonun 1994 yil 1 yanvardan amalga kiritildi. Qonunda erlardan noqishloq ho‘jalik maqsadlarida foydalanadigan yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ining undirish tartiblari belgilab berildi. Shu bilan birga qishloq xo‘jaligini ustuvor rivojlantirish zarurligini e’tiborga olib qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirish bilan shug‘ullanuvchi korxonalar (tashkilotlar) uchun qonunni joriy etish 1995 yil 1 yanvargacha kechiktirildi. Shunday qilib, yer solig‘ining joriy etilishi bilan mamlakatda er munosabatlarini tartibga solishning chinakam iqtisodiy vositalari paydo bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi qabul qilinishi (1997 yil 24 aprel) va 1998 yil 1 yanvardan kuchga kiritilishi bilan yer solig‘ining zamonaviy huquqiy asoslari yaratildi. Hozirgi kunda esa yer solig‘i 2008 yil 1 yanvardan kuchga kirgan yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga asosan undiriladi va huquqiy tartibga solinadi. Bu qonun o‘z tuzilishi, vazifasi, maqsadi va tamoyili va uslubiy asoslariga egadir. Shu qonun asosida yer solig‘i ham ifodasini topdi. yer solig‘i ushbu qonun asosida mahalliy soliqlar tarkibiga kiritilib, mahalliy byudjetga tushrilishi e’tirof etilgan. Iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra yer solig‘i to‘g‘ri soliq hisoblanib, bozor iqtisodiyoti amal qilayotgan mamlakatlarga xos soliq turi hisoblanadi. O‘tgan davrlarda yer solig‘i soliq tizimi ichida daromad taminlagan bir manba bo‘lgan. Buning asosiy sababi o‘sha davrlarda jamiyat strukturasi bilan er orasida yaqin bir aloqaning mavjud bo‘lishi hisoblanadi.
O‘tgan asrlarda, sanoat rivojlanishi davridan oldingi jamiyatlarda ham mulkning er va bino shaklida saqlanib qolishi va soliqqa tortiladigan manbalarning cheklanganligi natijasi yer solig‘ining davlat daromadlari tarkibidagi darajasini ortishiga yo‘l ochgan. Faqat malum bir davrlardan so‘ng ijtimoiy iqtisodiy strukturada yuzaga kelgan, o‘zgarishlar, xususan sanoatning rivojlanishi, ilm-fan taraqqiyoti yangi soliq manbalarini yuzaga keltirdi. Hozirgi kunda yer soliqlaridan taminlangan daromadning past bo‘lishiga qaramasdan ushbu soliqlar soliq tizimlarida o‘z o‘rniga egadir.
Yer solig‘i davlatga daromad taminlash funksiyasi bilan birga daromad va mulk taqsimotidagi nomutanosiblikni yo‘qotishda muhim vosita bo‘lib hisoblanadi. Hozirgi bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida davlat qishloq xo‘jaligi korxonalarini soliqqa tortar ekan, bundan fiskal manfaatdorlikni emas, balki soliqlar orqali qishloq xo‘jaligini boshqarish, ishlab chiqarishni rivojlantirishni, shuningdek ularni ijtimoiy himoya qilishni ko‘zlaydi. Buni qishloq xo‘jaligini soliqqa tortishning o‘ziga xos xususiyatlaridan ham ko‘rishimiz mumkin.
Soliq kodeksiga ko‘ra o‘z mulkida, egaligida, foydalanishida yoki ijara huquqi asosida er uchastkalariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‘jaliklari yer solig‘ining to‘lovchi­lari bo‘lib hisoblanishadi.



Download 3.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling