J. R. Zaynalov, S. S. Aliyeva, Z. O


-bob. SUV RESURSLARIDAN FOYDALANGANLIK UCHUN SOLIQ


Download 3.38 Mb.
bet77/122
Sana03.06.2024
Hajmi3.38 Mb.
#1842083
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   122
Bog'liq
2222. Солиқ дарслиги 364 bet

9-bob. SUV RESURSLARIDAN FOYDALANGANLIK UCHUN SOLIQ


Reja
9.1. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va uning joriy etilish sabablari
9.2. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning obyekti, uni aniqlash tartibi va stavkalari
9.3. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha imtiyozlar tarkibi
9.4. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblash tartibi va byudjetga to‘lash muddatlari


Tayanch so‘z va iboralar
Yuridik shaxs, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.


9.1. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va uning joriy etilish sabablari

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq respublikada joriy qilingan soliq tizimining eng oson va nisbatan takomillashgan shaklidir. Hududimiz sharoitida suv qadrli hisoblanadi. Chunki, respublikamizda qishloq ho‘jaligi asosan sug‘oriladigan erlardan iborat. Suv har qanday davlat uchun asosiy boylik hisoblanadi.


Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq dunyoda birinchi bo‘lib, 1970 yilda Nederlandiya soliq tizimida joriy qilingandi. Xitoy tadqiqotchilariga asosan, Niderlandiyada yer usti suvlarining ifloslanishi oldini olish uchun soliqni joriy etib, natijada kompaniyalar tomonidan suvni ifloslanishi keskin kamaytirilishiga erishilgandi. Keyinchalik yer osti suvlariga ham soliqni joriy etish bilan sanoat va mahalliy ishlab chiqarish korxonalarida suvdan tejab foydalanishni boshlashdi. Tadqiqotchilar shunday xulosa qilishdiki, mazkur soliq yer osti suv resurslarining unumli va samarali, tejab foydalanish imkoni mavjudligini anglatdi43.
1982 yildan 1998 yilga qadar suvdan foydalanayotgan korxonalar “suv uchun to‘lov” to‘lashar edi. Iste’molchilarning suvdan samarali, tejab foydalanish maqsadida respublikamiz soliq qonunchiligiga hamda O‘zbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi qonuniga ko‘ra 1998 yil 1 yanvardan boshlab suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq joriy etildi. O‘sha davrda ushbu soliq umumdavlat soliqlari tarkibiga kirib, respublika byudjetining daromad manbalaridan biri hisoblangan.
Suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanishning asosini etkazib berilayotgan suvga iste’molchilarning qadrli munosabatda bo‘lishi tashkil qiladi. Bunda suv iste’molchilarining suv etkazib beruvchi tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borishlari va suvdan foydalanishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishlari muhim ahamiyatga ega. Bugungi kunda dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida suvdan foydalanganlikni boshqarishning dastaklaridan biri, suv uchun to‘lov hisoblanadi, bu suvdan oqilona foydalanishga turtki bo‘ladi. O‘zbekistonda suvdan foydalanish Soliq Kodeksining X bo‘limi bilan tartibga solinadigan maxsus soliqqa tortiladi.
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lovchilari, bizning mamlakatimiz hududida “suvdan foydalanuvchi” va “suv iste’mol qiluvchi” subyektlar hisoblanadi. Avvalambor iboralarni o‘rganib chiqamiz.
O‘zbekiston Respublikasining «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi Qonuni quyidagi ta’riflarni beradi: 

  • Suvdan foydalanish – yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan suv resurslarini suv obyektidan olmagan holda ulardan o‘z ehtiyojlari uchun foydalanish;

  • Suvni iste’mol qilish – yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun suv resurslaridan ularni suv obyektidan belgilangan tartibda olgan holda foydalanish.




Download 3.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling