J. R. Zaynalov, S. S. Aliyeva, Z. O


Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning obyekti, uni aniqlash tartibi va stavkalari


Download 3.38 Mb.
bet78/122
Sana03.06.2024
Hajmi3.38 Mb.
#1842083
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   122
Bog'liq
2222. Солиқ дарслиги 364 bet

9.2. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning obyekti, uni aniqlash tartibi va stavkalari

O‘z faoliyatida suvdan foydalanuvchi yuridik shaxslar, dehqon xo‘jaliklari (yuridik shaxs tashkil etadigan va yuridik shaxs tashkil etmaydigan) hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lovchilardir.


Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqqa tortish tartibi soliq solishning alohida tartibi o‘rnatilgan to‘lovchilarning ayrim toifalariga tadbiq etilmaydi.
Bunda, agar soliq solishning alohida tartibi o‘rnatilgan to‘lovchilar asosiy faoliyat turi bilan bir qatorda boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullansalar, ular alohida hisob olib borishlari va shu faoliyatda foydalaniladigan suv hajmidan kelib chiqib suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lashlari kerak.
Suvdan foydalanish joyida yuridik shaxslar, davlat soliq xizmati organlarida ro‘yxatga olinish joyidan qat’i nazar, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘laydilar.
Aholi punktlarining suv ta’minoti uchun suv etkazib beruvchi yuridik shaxslar o‘z faoliyatida ishlatiladigan suv uchungina soliq to‘lovchilar hisoblanadi.
Yer usti va yer osti manbalaridan foydalaniladigan suv resurslarining hajmi soliq solish obyekti hisoblanadi.
Yer usti manbalariga kiradi: daryolar, ko‘llar, suv omborlari, er yuzasidagi boshqa havzalar va suv manbalari, turli xil kanal va hovuzlar.
Yer osti manbalariga kiradi: artezian quduqlar va skvajinalar, vertikal va gorizontal zovur tarmog‘i.
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi va soliq to‘lovchilarga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilangan tartibda etkaziladi. Suvdan qishloq xo‘jalik ekinlari va ko‘chatlarini sug‘orish uchun foydalanadigan yordamchi xo‘jaliklarga ega yuridik shaxslar, shuningdek ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va o‘quv yurtlarining o‘quv-tajriba xo‘jaliklari soliqni qishloq xo‘jalik korxonalari uchun belgilangan stavkalar bo‘yicha to‘laydilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 27 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2017 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-2699 sonli Qaroriga muvofiq 2017 yilda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari quyidagi jadvaldagi miqdorlarda belgilangan (9.1-jadval).
9.1-jadval

Download 3.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling