J. R. Zaynalov, S. S. Aliyeva, Z. O


O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar


Download 3.38 Mb.
bet82/122
Sana03.06.2024
Hajmi3.38 Mb.
#1842083
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   122
Bog'liq
2222. Солиқ дарслиги 364 bet

O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar
1. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni to‘lovchilari kimlar?
2. Jismoniy shaxslar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni to‘lovchilari bo‘la olishadimi?
3. Soliqqa tortish obyekti qanday tartibda aniqlanadi?
4. Soliq stavkalari qaysi davlat organi tomonidan belgilanadi?
5. Soliq stavkalari qaysi mezonlar asosida o‘rnatilgan?
6. Qanday yuridik shaxslar suv resurslaridan foydalanilganlik uchun soliqdan ozod etiladi?
7. Dehqon xo‘jaliklari suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni byudjetga to‘lash tartibi qanday amalga oshiriladi?
8. Soliq qaysi muddatda davlat byudjetiga o‘tkaziladi?
9. Bonuslar nima?


Topshiriqlar
1. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni davlat byudjetiga ta’minlab beradigan asosiy soliq to‘lovchilar tarkibini o‘rganib chiqish.
2. Soliq kodeksida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan imtiyozlar tarkibini o‘rganish.

10-bob. YER QA’RIDAN FOYDALANUVCHILAR UCHUN SOLIQLAR VA MAXSUS TO‘LOVLAR




Reja
10.1. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning o‘ziga xos xususiyatlari
10.2. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning to‘lovchilar tarkibi va soliq obyekti
10.3. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning stavkalari va ularning tabaqalanishi
10.4. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha imtiyozlar va ularning qo‘llanilish tartibi
10.5. Soliqni hisoblash va byudjetga o‘tkazish muddati. Soliq bo‘yicha hisob-kitoblarni topshirish muddatlari


Tayanch so‘z va iboralar
Yuridik shaxs, jismoniy shaxs, er qa’ridan foydalanganlik uchun soliq, ruda, foydali qazilma.


10.1. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning o‘ziga xos xususiyatlari

O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan soliq siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri – soliqlarning cheklangan resurslardan samarali va oqilona foydalanishini rag‘batlantiruvchi mexanizmini ishlab chiqishga qaratilgan. So‘nggi yillarda soliq tizimini takomillashtirishda resurs soliqlariga ustuvor ahamiyat qaratilishiga qaramasdan, amaldagi soliqlar tizimining tabiiy resurslardan samarali foydalanishni rag‘batlantirishga ta’siri unchalik sezilmayapti. Buning asosiy sabablarini amaldagi tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog‘liq soliqlar mexanizmidagi muammolarning mavjudligi va soliqlarning rag‘batlantiruvchi roli hamda ularning tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga bo‘lgan ta’sirchanligi etarli darajada emasligi bilan izohlash mumkin.


Iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiyalashning hozirgi bosqichidagi talablar yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq uchun ikki muhim vazifani keltirib chiqaradi, ya’ni ularning birinchisi byudjet tizimining daromadlar qismini moliyaviy mablag‘lar bilan muntazam ravishda shakllantirish bo‘lsa, ikkinchisi esa cheklangan tabiiy resurslardan samarali foydalanish va bu jarayonni rag‘batlantiruvchi mexanizmining ta’sirchanligini ta’minlashdan iboratdir.
Soliqqa tortish maqsadida yer osti boyliklari deganda er qobig‘ining yuqori qismini qamrab oladigan hamda foydali qazilmalarni tadqiq qilish va qazib olish mumkin bo‘lgan makon, foydali qazilmalar deganda - iqtisodiy va sog‘lomlashtirish ahamiyatiga ega geologik hosilalar qaraladi.
Tabiiy resurslar umummilliy boylik hisoblanib, ular davlat tomonidan muhofaza qilinadi. Zero, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida qayd etilganidek: «Yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir» (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 55-moddasi).
Mamlakat soliq tizimida tabiiy resurs soliqlarining rolini oshirish, ular orqali xo‘jalik subyektlarining tabiiy resurslardan tejamkorlik va oqilona foydalanishini ta’minlashga erishish mumkin.
Olib borilayotgan soliq siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri, bu – yer osti boyliklaridan samarali foydalanish maqsadida ularni davlat byudjeti daromadlaridagi salmog‘ini oshirishdan iboratdir. Buning asosiy sababi mamlakatimizda mavjud bo‘lgan yer osti boyliklaridan ularning qayta tiklanmasligini hisobga olgan holda o‘z o‘rnida foydalanishni ko‘zda tutadi. Xozirgi kunda ustuvor yo‘nalishlardan biri – bu mamlakatimiz hududida mavjud bo‘lgan resurslaridan maqsadli va samarali foydalanishdir. 2019 yilda belgilangan byudjet-soliq siyosatining muhim jihatlaridan biri – yer osti boyliklaridan tejamli va samarali foydalanishga qaratilganligidir. yer osti boyliklar har qanday davlat uchun asosiy boylik hisoblanadi.
Respublikamiz qonunchiligiga ko‘ra mavjud yer osti boyliklari umumdavlat mulki hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 23 sentyabrdagi “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq, 1995 yildan boshlab yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq joriy etildi va yer osti boyliklaridan foydalanuvchilar ularning hajmidan kelib chiqqan holda soliq to‘lay boshladilar.
Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning joriy etilishidan asosiy maqsad – umumdavlat mulki hisoblangan yer osti boylaridan oqilona tarzda butun jamiyat a’zolarini va kelajak avlod manfaatlarini hisobga olgan holda foydalanish samaradorligini oshirish hisoblanadi.
O‘zbekistonda 2002 yil 13 dekabrdagi “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri tasdiqlandi va ushbu qonunning asosiy vazifasi bo‘lib, yer osti boyliklariga egalik qilish, ulardan foydalanish va tasarruf etishda yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solishdan iborat ekanligi belgilandi.
Soliq kodeksiga ko‘ra yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq umumdavlat soliqlari tarkibiga kiradi. Ushbu soliq tabiiy boyliklardan foydalanishning samaradorligini ta’minlash bilan birga sof fiskal vazifani ham bajaradi.
Respublikamizda er qa’ridan foydalanganlik uchun soliq yer osti boyliklarining 56 turiga nisbatan belgilangan bo‘lsada, byudjetga soliq tushumi faqatgina 4-5 turdagi yer osti boyliklariga mutloq ravishda bog‘liq bo‘lib qolmoqda.



Download 3.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling