J. R. Zaynalov, S. S. Aliyeva, Z. O


Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning stavkalari va ularning tabaqalanishi


Download 3.38 Mb.
bet84/122
Sana03.06.2024
Hajmi3.38 Mb.
#1842083
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   122
Bog'liq
2222. Солиқ дарслиги 364 bet

10.3. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning stavkalari va ularning tabaqalanishi

Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkalarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi va soliq to‘lovchilarga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilangan tartibda etkaziladi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-3454 sonli Qaroriga muvofiq 2018 yilda yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari miqdorlari belgilangan. Har bir yer ostidan olinadigan foydali qazilma uchun alohida turdagi soliq stavkalari belgilab qo‘yildi (10.1-jadval).
10.1-jadval
Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari

Soliqqa tortish obyektining nomi

Soliq solinadigan bazaga nisbatan, foizda

1. Asosiy va qo‘shimcha foydali qazilmalar olinishiga nisbatan soliq stavkalari




Energiya manbalari:




Tabiiy gaz

30,0

Utilizatsiya qilingan tabiiy gaz

9,0

Er ostidan qazib olingan gaz

2,6

Nobarqaror gaz kondentsati

20,0

Neft

20,0

Ko‘mir

4,0

Rangli va noyob metallar:




Tozalangan mis

8,1

Molibdenli sanoat mahsuloti

4,0

Kontsentrantlangan qo‘rg‘oshin

4,0

Metall rux

4,0

Volfram kontsentrati

10,4

Uran

10,0

Asl metallar:




Oltin

5,0

Kumush

8,0

Qimmatbaho, yarim qimmatbaho va zib-ziynat uchun toshlar xom-ashyosi

24,0

Qora metallar:




Temir

4,0

Kon-kimyo xom-ashyosi:




Tosh (ovqatga ishlatiladigan) tuz

3,5

Kaliy tuzi

3,5

Natrit sulfat

3,5

Fosforitlar (grafitlarda)

5,0

Karbonat xom-ashyosi (ohaqtoshlar, dolomitlar)

3,5

Glaukonit

3,5

Mineral pigmentlar

4,8

Kon-ruda xom-ashyosi:




Plavik shpatli kontsentrat

21,2

Tabiiy grafit

8,0

Ikkilamchi boyitilmagan kulrang kaolin

7,9

Kvarts – dala shtapli xom –ashyosi

6,5

Shisha xom –ashyosi

3,0

Betonitli loy

4,8

Talk va talk toshi

4,0

Talkomagnizit

4,0

Mineral buyoqlar

5,7

Vollostanit

4,0

Asbest

4,0

Mineral tola ishlab chiqarish uchun bazalt

4,0

Bariy kontsentrati

4,0

Metallurgiya uchun noruda xom-ashyosi:




O‘tga chidamli, qiyin eruvchan, qoliblash gilmoyasi

4,0

Ohaktoshlar, dolomitlar

4,0

Kvarts va kvartsitlar

6,5

Qoliplash qumlari

4,0

Noruda qurilish materilalari:




Tsement xom-ashyosi

5,0

Tabiiy bezaktoshdan bloklar

5,0

Marmar ushog‘i

5,0

Gips toshi, ganch

5,0

Keramzit xom –ashyosi

5,0

G‘isht – cherepitsa (qumoqsimon, lyossimon jinslar, zichlovchi sifatida lyosslar, qumlar va boshqalar)

5,0

Gips va angidrit

5,0

Arralanadigan, xarsangtosh va shag‘al uchun toshlar

5,0

Qurilish qumlari

5,0

Tosh-shag‘al aralashmasi, shag‘al aralashmasi, mayda toshlar, shag‘al

5,0

Qumtoshlar

5,0

Chig‘anoq

5,0

Slanetslar

5,0

Agloporit

5,0

Boshqa keng tarqalgan foydali qazilmalar (margellar, argelitlar, amvritlar va boshqalar)

5,0

2. Foydali qazilmalarni qazib olish va mineral xom-ashyoni qayta ishlash jarayonida olingan texnogen hosilalardan foydalanganlik huquqi uchun

asosiy foydali qazilma boyligini qazib olganlik stavkasidan 30 %



10.4. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha imtiyozlar va ularning qo‘llanilish tartibi

Quyidagilar yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni to‘lashdan ozod etiladilar:


a) yer osti boyliklarini geologik jihatdan o‘rganuvchi yuridik va jismoniy shaxslar;
b) geologik, mineralogik va boshqa alohida qo‘riqlanadigan tabiiy hududlarda ilmiy ish olib boruvchi yuridik va jismoniy shaxslar;
v) hamma joyda tarqalgan foydali qazilmalarni ularga berilgan yer uchastkalari doirasida belgilangan tartibda, o‘z xo‘jalik va maishiy ehtiyojlari uchun qazib olishni amalga oshiruvchi yer egalari va erdan foydalanuvchilar.
Soliq qonunchiligiga muvofiq yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlar uchun o‘z hududida qazib olingan va ishlatiladigan keng tarqalgan foydali qazilmalar hajmi er qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni to‘lashdan ozod etiladi.
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi amalga joriy etilishidan avval qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq soliq to‘lovchilarga taqdim etilgan soliq imtiyozlari ular taqdim etilgan muddat tugashiga qadar saqlanadi.


10.5. Soliqni hisoblash va byudjetga o‘tkazish muddati. Soliq bo‘yicha hisob-kitoblarni topshirish muddatlari

Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha hisob-kitoblar quyidagi muddatlarda taqdim etiladi:



  • yuridik va jismoniy shaxslar (mikrofirmalar va kichik korxonalardan tashqari) soliq qonunchiligiga muvofiq belgilangan shakl bo‘yicha soliqni to‘lash uchun belgilangan muddatda;

  • mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan – birinchi chorak, yarim yillik, 9 oy yakunlari bo‘yicha hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmasdan soliq qonunchiligiga muvofiq shakl bo‘yicha oyma-oy taqsimlangan holda, yil yakunlari bo‘yicha esa – yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda davlat soliq xizmati organlariga o‘sib boruvchi yakun bilan taqdim etiladi.

Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni yuridik shaxslar quyidagi tartib va muddatlarda to‘laydilar:
a) foydali qazilmalarni qazib olganlik va texnogen hosilalardan foydalanganlik uchun – har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning yigirmanchi kuniga qadar;
b) rangli tosh xom-ashyosi, paleontologik qoldiqlar va boshqa geologik kollektsiya materiallari namunalarini to‘plaganlik uchun har chorakda hisob-kitoblarni taqdim etish uchun belgilangan kundan kechiktirmay.
Bunda mikrofirmalar va kichik korxonalar soliq qonunchiligiga muvofiq belgilangan shakl bo‘yicha hisob-kitoblarni taqdim etadilar.
Keng tarqalgan foydali qazilmalarni qazib olish bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar yiliga bir marotaba, keyingi yilning 20 yanvaridan kechiktirmay, davlat soliq xizmati organlarining xabarnomasi bo‘yicha hisob-kitobni ularga taqdim etadilar va yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni to‘laydilar.
Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq umumdavlat solig‘i hisoblanadi va respublika byudjetiga kiritiladi.
Yuridik shaxslarning er qa’ridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha hisob-kitoblari buxgalteriya hisobi byudjetga to‘lovlar bo‘yicha (turlar bo‘yicha) qarzlarni hisobga olish hisobvarag‘ida yuritiladi.
Hisoblab yozilgan soliq summasi quyidagicha aks ettiriladi: davr xarajatlarini hisobga olish hisobvarag‘ining debeti; byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni hisobga olish hisobvarag‘ining krediti.
Byudjetga o‘tkazilgan soliq summalari quyidagicha aks ettiriladi: byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni hisobga olish hisobvarag‘ining debeti; pul mablag‘larini hisobga olish hisobvarag‘ining krediti.
Soliq to‘lovchi tomonidan ortiqcha soliq summalari to‘langan holda, boshqa soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha qarz bo‘lmagan taqdirda, ushbu summalar soliq to‘lovchiga uning yozma arizasiga ko‘ra o‘ttiz kun ichida qaytariladi yoki kelgusi to‘lovlar hisobiga o‘tkaziladi.
Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni to‘lovchilar O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar. Soliq to‘lovchilar davlat soliq xizmati organlarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari ustidan davlat soliq xizmatining yuqori organlari yoki sudga shikoyat qilish huquqiga ega bo‘ladilar.
Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning to‘g‘ri hisoblab chiqilishi va to‘lanishi ustidan nazoratni O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlari O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradilar.



Download 3.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling