O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar
1. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni to‘lovchilari kimlar?
2. Jismoniy shaxslar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni to‘lovchilari bo‘la olishadimi?
3. Soliqqa tortish obyekti qanday tartibda aniqlanadi?
4. Soliq stavkalari qaysi davlat organi tomonidan belgilanadi?
5. Soliq stavkalari qaysi mezonlar asosida o‘rnatilgan?
6. Qanday yuridik shaxslar suv resurslaridan foydalanilganlik uchun soliqdan ozod etiladi?
7. Dehqon xo‘jaliklari suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni byudjetga to‘lash tartibi qanday amalga oshiriladi?
8. Soliq qaysi muddatda davlat byudjetiga o‘tkaziladi?
9. Bonuslar nima?
10. Er qa’ridan foydalanganlik uchun soliq tushumi asosan qaysi yer osti qazilma boyliklari hissasiga to‘g‘ri keladi?
11. Respublikamizda eng yirik soliq to‘lovchilar jumlasiga qaysi korxonalar kiradi?
12. Er qa’ridan foydalanganlik uchun soliq tushumining asosiy qismi respublikamizning qaysi hududlari hissasiga to‘g‘ri keladi?
13. Er qa’ridan foydalanganda soliqqa tortish obyekti va bazasi qanday aniqlanadi?
14. Qaysi mezonlar asosida soliq stavkalari tabaqalashtiriladi?
15. Hozirgi vaqtda yer osti qazilma boyliklarning nechta turiga nisbatan soliq stavkalari belgilangan?
Topshiriqlar
1. Er qa’ridan foydalanganda va chuv resurslaridan foydalanganda soliqqa tortishning zarurligini o‘rganish.
2. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni davlat byudjetiga ta’minlab beradigan asosiy soliq to‘lovchilar tarkibini o‘rganib chiqish.
3. Soliq kodeksida er qa’ridan foydalanganlik uchun soliqdan imtiyozlar tarkibini o‘rganish.
4. Keng tarqalgan foydali qazilmalarni qazib olish bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar soliq majburiyatlarini amalga oshirish tartibini o‘rganib chiqish.
11-bob. MAHALLIY YIG‘IMLAR
Reja
11.1. Mahalliy yig‘imlar va ularning amal qilish xususiyatlari
11.2. Mahalliy yig‘imlarni hisoblash va to‘lash tartibi
11.3. Patta haqi to‘lovlari
11.4. Mahalliy byudjet daromadlarini shakllantirishda yig‘imlarning ahamiyatini oshirish
Do'stlaringiz bilan baham: |