J. S. Sattorovning umumiy tahriri ostida


Download 17.02 Mb.
Pdf просмотр
bet1/53
Sana15.12.2019
Hajmi17.02 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
74348

0 ‘ZBEKIST0N  RESPUBLIKASI  OLIY  VA 

0 ‘RTA  MAXSUS  TA’LIM  VAZIRLIGI

J.  Sattorov,  S.  Sidiqov,  S. Abdullayev,  A.  Ergashev, 

Z. Xaidmuhamedova,  Ya. Kulmurodova,

U.  Qosimov,  N. Akbarov

AGROKIMYO

0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  va  o'rta  maxsus  ta 'lim  vazirligi 

tomonidan  5141000  —  «Tuproqshunoslik»  ta ’lim  y o ‘nalishi  talabalari 

uchun  darslik  sifatida  tavsiya  etilgan

O'zRFA  akademigi,  professor J.S.  Sattorovning 

umumiy  tahriri  ostida

Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi 

Toshkent — 2011

UDK:  631.5(075)

631.8(075)

BBK  40.4ya73 

A28


Taqrizchilar:

I.T.  TUROPOV  — Toshkent Davlat Agrar universiteti Seleksiya,  urug'chilik 

va  о ‘sim liklam i  himoya  qilish  fakulteti  Agrokimyo  va 

tuproqshunoslik kafedrasi mudiri,  qishloq x o ja lik  fanlari 

doktori,  professor,

F.X.  XOSHIMOV  —  Samarqand  QX1  kafedra  mudiri,  qishloq  xo'jalik 

fanlari  doktori,  professor,

L.T.  TU RSUNO V  —  O'zbekiston  M illiy  universiteti  Tuproqshunoslik 

kafedrasi  mudiri,  professor,

X.X.  TURSUNOV  -   professor

A28 


Agrokimyo:  universitetlarning  tuproqshunoslik,  agrokimyo, 

melioratsiya,  agronomiya,  bog'dorchilik,  o ‘rmonchilik,  ekologiya 

sohalarining  talabalari  uchun  darslik  /J.S .  Sattorov  [va  boshq.]; 

J.S.  Sattorovning tahriri ostida; 0 ‘zR Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi.

— Т.:  Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2011. -   552 b.

1.  Sattorov, Jo‘raqul Sattorovich

ISBN 978-9943-05-404-2

U s h b u   d a r s l i k d a   A g r o k i m y o   f a n i n i n g   p r e d m e t i ,   v a z i f a l a r i ,  ta r ix i, 

t e k s h i r i s h   u s l u b l a r i ,   q o n u n i y a t l a r i ,  

0

‘s i m l i k l a r n i n g   k im y o v iy   ta r k ib i  va 



o z i q l a n i s h i ,   o ‘s i m l i k l a r   o z i q l a n i s h   n u q t a y i   n a z a r i d a n   t u p r o q l a r n i n g  

x o ss alari,  o ‘g ‘itla r,  u l a r n i n g   tu r l a r i ,   o li n is h i,  q o ‘lla n is h i,  o ‘g ‘it  q o 'l l a s h  

t i z i m i n i   is h lab   c h i q i s h   v a   as o s iy   q i s h l o q   x o 'j a l i k   e k i n l a r i n i   o ' g ' i t l a s h .  

a g r o k i m y o n i n g   ekolo g ik   m u a m m o l a r i   b a y o n   etilgan.

D a rs l ik   u n iv e r site t  va  q is h lo q   x o 'ja lik   oliy  o ' q u v   y u r t la r i n in g   T u p r o q ­

sh u n o s lik ,  A g ro k im y o   va  a g r o t u p r o q s h u n o s l i k   t a ’lim   y o 'n a li s h la r i  talab alar i 

u c h u n   m o 'l ja l la n g a n .

UDK:  631.5(075) 

6 3 1 .8 ( 0 7 5 )  

BBK 

40.4ya73

I S B N   9 7 8 -9 9 4 3 - 0 5 -4 0 4 -2

NAMANGAN  DAVLAT 

UNIVERSITETI

Ahborot-resurs  markazi

i  J.S.  Sattarov  va  boshq,  2011

i  Cho'lpon  nomidagi  nashriyot-matbaa  ijodiy uyi,  2011


KIRISH

Kimyo  fani  inson  hayoti  va  ishlab  chiqarishning  ko‘p  sohalariga 

xizmat  qiladi.  Kimyo  fani  taraqqiy  etgan  sari,  uning  xizmat  doirasi 

kengayib  borm oqda.  T araqqiyotning  hozirgi  bosqichida  qishloq 

xo‘jaligini ham kimyosiz tasaw ur qilish  mumkin  emas.  Masalan,  katta 

maydonlarda  makro,  m ikroo‘g‘itlarsiz  hosilning  miqdorini  va  sifatini 

oshirish  m um kin  emasligi  aniq.  Pestitsidlarsiz  qishloq  xo'jaligida 

zararkunandalarga,  kasallik tarqatuvchi  mikroblarga va yow oyi o ‘sim- 

liklarga  qarshi  muvaffaqiyat  bilan  kurashish  qiyin.

0 ‘sim lik la rn in g   o ‘sish i,  ta ra q q iy o tin i  b o sh q arish g a  im kon 

beru v ch i  stim u la to rla r,  v ita m in la r,  fe rm e n tla r,  g o rm o n larn in g  

aham iyati  beqiyosdir.  Bir  so‘z  bilan  aytganda,  dehqonchilikda  ham 

kimyo  fanining  ko‘plab  m ahsulotlari-m oddalari  ishlatiladi.

Kimyoning  dehqonchilikda  qo'llanilishini  agronomik  kimyo  deb 

atasa  b o 'la d i  va  m a n tiq   n u q ta y i  n a z a rid a n   bu  fan g a  qish lo q  

xo‘jaligining  kimyo  fani  aralashgan  barcha  yo'nalishlari  kiradi,  deb 

hisoblaymiz.  H ar  bir  yo‘nalish  agrokimyo  fani  tarkibida  mustaqil 

yirik  bo‘limni  tashkil  qiladi.  Bular  —  «o‘g‘itlar  va  ularni  qoilash», 

«o‘simliklarni  kimyoviy  yo‘l  bilan  himoya  qilish»,  «o‘simliklarning 

o ‘sishini,  taraqqiyotini  kimyoviy  y o i  bilan  boshqarish»,  «kimyoviy 

melioratsiyalash»  va  hokazolardir.

Xalq xo‘jaligining muhim tarmoqlaridan biri o'simlik mahsulotlarini 

yetishtirish  hisoblanadi.  0 ‘zbekiston  mustaqillikka  erishgach,  qishloq 

xo'jaligi  mahsulotlarini  ishlab  chiqarishda  muhim  ijobiy  o ‘zgarishlar 

ro ‘y  bermoqda.

Respublikaning  «oltin»  boyligi  hisoblangan  sug'oriladigan  va 

lalm ikor  yerlardan  foydalanishning  yangi  shakllari  vujudga  keldi, 

dehqonchilikka  oid  zamonaviy  texnologiyalar  har  xil  tuproq  va  iqlim 

sharoitlarida sinab ko‘rilmoqda va qo'llanilmoqda.  K o‘pdan ko‘p xorijiy 

davlatiar  investitsiyalari  ishlab  chiqarishning  asosiy  va  yordam chi 

tarmoqlariga  yo'naltirilm oqda.

Qishloq  xo‘jaligida  ishlab  chiqarishning  bozor  munosabatlariga

з


monandligi  tuproq  unumdorligi,  mazkur  yerlarda  yetishtirilayotgan 

ekinlar  hosildorligi,  o ‘g‘itlardan  ilmiy  asoslangan  holda  foydalanish, 

ya’ni  dehqonchilik  madaniyatiga  bog'liqdir.  Shularni  nazarda  tutgan 

holda  ushbu  darslikda  qishloq  xo‘jaligi  uchun  mutaxassis  tayyorlash 

bo‘yicha  bakalavriaturaning  o'quv  rejasida  ajratilgan  soat  hajmida  va 

qo'yiladigan  talab  doirasida  agrokimyo,  o‘simlikshunoslik,  o ‘simlik- 

larning  oziqlanish  nuqtayi  nazaridan  tuproq  xossalari,  o ‘g ‘itlar  va 

o ‘g‘it  qo‘llashga  oid  nazariy  va  amaliy  tushunchalar  bayon  qilingan.

Darslik  «tuproq-o‘sim lik-o‘g ‘it»  tizimida  yozilib,  mavzular  shu 

uchala obyekt o'rtasidagi  aloqa,  bog‘liqlik va o ‘zaro bir-biriga ta ’sirni 

hisobga  olgan  holda  o ‘g‘it  berish  yo‘li  bilan  tuproq  unumdorligini 

k o ‘tarish ,  olinayotgan  ho siln in g   m iqdori  va  sifatini  yaxshilash 

masalalarini  yoritishga  bag‘ishlanadi.

0 ‘g‘itlar tuproq  unumdorligini  ko‘tarishda,  hosilni  oshirishda juda 

kuchli  omil  hisoblanadi.  C hunki  o ‘g ‘itlar  yordamida,  eng  aw alo, 

tuproq  gumus,  azot  va  boshqa  kul  elementlar  bilan  boyiydi.  Buning 

natijasida  qishloq  xo'jalik  ekinlari  hosili  ko‘payib,  sifati  yaxshilanib 

boradi.  Ekinlardan  olinadigan  hosilning  qariyb  yarmi  (ba’zi  hollarda 

60-70%   i)  mineral o ‘g‘itlar hisobiga olinadi. Aksariyat ekinlarda o ‘g‘it 

qo ilash   bilan  bog‘liq  sarf-xarajat  hosil  bilan  kamida  2—3  barobar 

bo‘lib  qaytadi.

0 ‘g‘itlardan  olinadigan  iqtisodiy  samara  tuproq-iqlim  sharoitlari, 

o‘g‘itlarning  m e’yori,  muddati  va yuksak agrotexnika tadbirlari asosida 

q o ilash   bilan  uzviy  bog‘liq.  1980-yilda  dunyo  bo‘yicha  111,7  mln.  t 

mineral  o ‘g‘it  ishlatilgan  bo‘lsa,  XXI  asrning boshlariga  kelib,  xalqaro 

amaliy  tizimli  tahlil  instituti  (TIASA)  hisobi  bo‘yicha  287  mln.  t, 

BMT  qoshidagi  Sanoat  taraqqiyoti  tashkiloti  (U N ID O )  m a’lumoti 

b o ‘yicha  307  mln.  t  mineral  o‘g‘it  tayyorlandi.  2015—2020-yillarda 

bu  k o ‘rsatkich  2—3  m arta  oshadi.  H ozirgi  ku n d a  rivojlangan 

mamlakatlarda  kishi  boshiga  145  kg,  rivojlanayotgan  mamlakatlarda 

esa  atigi  23  kg  mineral  o ‘g‘it  to ‘g‘ri  keladi.  0 ‘zbekistonda  azotli 

o ‘g ‘it  unga  b o ‘lgan  talabga  ko‘ra  70%,  fosforli  o ‘g‘it  40%  ishlab 

chiqiladi,  kaliyli  o ‘g‘itlar  esa  xomashyo  yo‘qligi  sababli  um um an 

tayyorlanmaydi.

Qishloq xo'jaligini  imkon qadar mexanizatsiyalash,  elektrlashtirish, 

kimyolashtirish va  melioratsiyalash  asosida jadal  rivojlantirish  Respub- 

likamiz  agrar  siyosatining  asosi  hisoblanadi.  Mustaqillikning  birinchi 

kunlaridan  boshlab  o ‘g‘it  ishlab  chiqarishni  ko'paytirish,  ular  assorti- 

mentini  yaxshilash,  «...  qishloq  xo'jaligini  zarur  mineral  o ‘g‘itlar,

4


0

‘simliklarni himoya qilish vositalari bilan ta ’minlashni  nafaqat tubdan 

o'zgartirishi,  balki  agrokimyo  qoidalariga  q at’iy  amal  qilishda  talab- 

chanlikni  oshirishi,  ularni  qo‘llash  madaniyatini  yuksaltirish  lozim» 

ligiga  jiddiy  e ’tibor  berildi.

1996-yilning  7-avgustida  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  M ah- 

kamasining  «Qishloq  xo‘jalik  ishlab  chiqarishida  agrokimyo  xizmati 

ko‘rsatishni takomillashtirish chora-tadbirlari to ‘g‘risida»gi qarori  ham 

dehqonchilikni  kimyolashtirishni kuchaytirishda m uhim  qadam bo‘ldi. 

Qurayotgan jamiyatimiz maqsadi va vazifasidan  kelib chiqib,  o ‘g‘itlarni 

qo‘llashda  asosiy  e ’tibor  ularni  samarali  qo‘llashga  qaratilishi  kerak. 

C hunki  iqtisodiy  nuqtayi  nazardan  foyda  berm aydigan  o ‘g‘itlarni 

qo‘llash  moddiy  zarar  keltiradi,  xolos.

Agrokimyo  fanining  muhim  yo‘nalishlaridan  yana  biri  —  o ‘g‘itlar 

qo‘llash  ekologiyasidir.  0 ‘g‘itlar  n o to ‘g‘ri  qo‘llansa  atrof-m uhitni 

ifloslantiradi va ekologik muammolarni  keltirib chiqaradi.  0 ‘g‘it qo‘lla- 

ganda  ekologiya  muvozanatini  buzmaslik  asoslarini  ham   talabalar 

yaxshi  bilishlari  lozim.



Hurmatli  talaba! 0 ‘simliklarning  oziqlanishi,  tuproq  unumdorligi 

va  o ‘g‘it  qo‘llash  sohasida  erishilgan  yutuqlar  bilan  bir  qatorda  shuni 

ta ’kidlash  kerakki,  o ‘simlik tom onidan  oziq  elementlarni  o ‘zlashtirish 

yo'nalishida  hali  ko‘p  yechilmagan  muammolar  mavjud.  H atto  ayrim 

hollarda  yechilgan  masalalar bo'yicha  ham  bahslar  b o ‘lib  turadi.  Shu 

munosabat bilan ushbu darslikda keltirilgan m a’lumot,  usul, tushuncha 

va  kam chiliklar  haqida  o ‘z  fikrlaringizni  bildirm oqchi  b o ‘lsangiz, 

oldindan  sizga  minnatdorchilik  bildiramiz.



I   bob.  AGROKIMYO  HAQIDA  TU SH U N C H A

AGRONOMIK  KIMYONING  PREDMETI 

VA  USULLARI

Inson oziqlanishi o ‘simlik mahsulotining miqdori va sifatiga bog‘liq. 

Bundan  tashqari,  o ‘simlik  mahsuloti  sanoat  uchun  xomashyo  bo‘lib 

xizmat  qiladi.

Hosil  miqdori juda  ko‘p  omillarga  bog‘liq,  shularning  ichida  eng 

m uhim laridan  biri  qishloq-xo‘jalik  ekinlarini  oziq  elementlar  bilan 

kerakli  miqdorda  va  o'z  vaqtida  ta ’minlashdir.

K o‘pchilik  tuproqlar  tabiatan  o ‘simlik  oladigan  shaklda  oziqa 

elementlarni  (azot,  fosfor,  kaliy,  magniy,  oltigugurt,  kalsiy,  mis,  bor, 

marganes,  rux,  molibden,  kobalt va boshqa elementlar)  kam miqdorda 

saqlaydi.

Hosil  bilan  har  yili  tuproqdan  katta  miqdorda  oziqa  elementlar 

daladan  chiqib  ketadi.  Ulardan  xolos  bir  qistnigina  organik  massalar 

va  oziq  m oddalar  shaklida  tuproqqa  qaytib  keladi.

Bunga  yana  yuvilib  ketadigan,  havoga  uchib  ketadigan,  tuproqda 

reaksiyaga  kirishib  cho‘kmaga  tushadigan  oziq  m oddalar  miqdorini 

ham   qo‘shish  kerak  bo‘ladi.

Atm osfera  azotini  o ‘zlashtiradigan  dukkakli  o ‘simliklar,  erkin 

yashovchi  azatobakterlar,  fosfobakter  yordam ida  tuproqda  yuzaga 

keladigan  o\siml.ik  olishi  mumkin  bo'lgan  shakldagi  oziq  elementlar 

birikmalari  tuproqdagi  defitsitni  to ‘liq  qoplay  olmaydi.

Xolos,  qo‘shimcha  holatda 

0

‘g‘itlar  sifatida  beriladigan  oziq  ele- 



mentlargina  tuproqdagi  yetishmay  qolgan  oziq  moddalarning  o'm ini 

qoplashi,  tuproqda  oziq  moddalar  miqdorini  ko'paytirishi  mumkin. 

Ana  shu  o ‘g ‘it  berishning  optimal  tizimini  yaratish  bilan  agrokimyo 

fani  shug‘ullanadi.

Bundan  tashqari,  tabiatda  nordon,  sho‘rtob  va  taqirli  tuproqlar 

uchraydi.  N ordon  tuproqlar tarkibidagi  natriy  ionlarni  siqib  chiqarish 

uchun  kimyoviy  usullardan  foydalanish  yaxshi  samara  beradi.

Bu yo‘nalish ham agrokimyo fanida alohida b o ‘limni taslikil qiladi. 

Shundan  kelib  chiqib  agrokimyo  fanining  predm etini  aniqlash  kerak 

b o ‘ladi.

6


Agrokimyo  fani  o ‘simlik  oziqlanishi  va tuproq  meliorativ  holatini 

yaxshilash  jarayonlarida  o ‘simlik,  tuproq  va  o ‘g‘it  o ‘rtasidagi  o ‘zaro 

munosabatni  o ‘rganadi.  Buni  akademik  D .N .  Pryanishnikov quyidagi 

uchburchak shaklida  ko‘rsatgan  (1-rasm):



1-rasm.  Tuproq-o‘g‘it-o ‘simlik tizimining o‘zaro 

munosabati  sxemasi.

0 ‘simlik,  tuproq va o ‘g ‘itlarning o ‘zaro ta ’sirini o'rganganda  iqlim 

va boshqa sharoitlar hisobga olinadi ham da bu bog‘lanishni quyidagicha 

tasvirlash  mumkin  (2-rasm.)



2-rasm. Tuproq-iqlim-o‘g‘it-o‘simlik tizimining 

o‘zaro  munosabati  sxemasi.

Agrokimyo  faninmg  asosiy  maqsadi,  shu  fanning  asosiy  quroli 

b o ‘lgan  o ‘g ‘itlar  yordamida  eng  aw alo   tuproq  meliorativ  holatini, 

unumdorligini yaxshilash va shu orqali  o'simliklar hosilining miqdorini 

ko‘paytirib,  sifatini  oshirishdan  iboratdir.

Shu  maqsaddan  kelib  chiqib,  agrokimyoning  asosiy vazifasi  quyi­

dagicha  aniqlanadi:  turli  tuproq  sharoitlarida  har xil  o ‘g‘itlar  samara- 

dorligini  aniqlash,  dehqonchilikda  oziq  m oddalar  aylanish  doirasini 

o ‘rganish,  tuproq va o ‘simliklarda borayotgan jarayonlarga  ijobiy ta ’sir 

qilish  tadbirlarini  ishlab  chiqishdir.

7


0 ‘simliklar oziqlanishini  o ‘rganish  agrokimyoni  aw alo  o'simliklar 

fiziologiyasi va biokimyosi  bilan  uzviy bogiaydi.  Tuproqda  o ‘g‘itlarni 

o ‘zgarishi  tuproqning xossalariga,  kimyoviy va  mikrobioiogik jarayon- 

lariga bog‘liq bo‘lib, agrokimyo fanini tuproqshunoslik, tuproq kimyosi, 

biologiyasi  va  mikrobiologiya  fanlari  bilan  bogMaydi.

Agrokimyo  dehqonchilik  va  tuproq  melioratsiyasi,  o ‘simlikshu- 

noslik,  o ‘simliklarni himoya qilish,  mexanizatsiya hamda iqtisod fanlari 

bilan  bog'langan  holda  ish  olib  boradi.

Agrokimyo fani  o 'z oldiga qo‘ygan vazifalarni  hal qilishda o‘zining 

maxsus  tadqiqot  usullaridan  foydalanadi.

Agrokimyoviy  tadqiqotlar  qo'yilgan  maqsad  va  vazifalardan  kelib 

chiqqan  holda  laboratoriya,  vegetatsion,  lizimetr, dala va ishlab chiqa- 

rish  tajribalari  usullari  bilan  amalga  oshiriladi.

Bu usullar birgalikda qo'llaniladi va bir-birini to ‘ldiradi.  Laborato­

riya  yordamida  asosan  tuproq,  o ‘simlik  va  o ‘g‘itlar  kimyoviy  analiz 

qilinadi  hamda  kichik  laboratoriya  tajribalari  o ‘tkaziladi.

Vegetatsion  tajribalar-maxsus  uychalar,  issiq  xona,  fitotron  va 

vegetatsion  m aydonchalarda  amalga  oshiriladi  va  albatta  o'sim lik 

o ‘stirish  bilan  bog‘liq  bo‘ladi.

Vegetatsion  tajribalar yordamida ayrim omillarning,  shujum ladan, 

oziq elementlarni o ‘simlikning o ‘sishi,  rivojlanishi,  modda altnashinuvi 

va  hosildorligi  ta ’siri  o ‘rganiladi.

Lizimetr  tajribalar  maxsus  qurilmalarda  tabiiy  sharoitga  yaqinroq 

bo‘lgan  muhitda  olib  boriladi.  Bu  usul  yordamida  tuproqdagi  oziq 

elementlar migratsiyasi, transformatsiyasi, tuproq xossalarining o‘zgari- 

shi  hamda izotop usullar yordamida o ‘simliklarning modda almashinuvi 

va  mahsulotning  sifatini  o ‘zgarishi  kabi  masalalar  o ‘rganiladi.

Dala  tajribasi  usuli  ishlab  chiqarish  sharoitiga  yaqin  bo‘ladi  va 

to ‘g ‘ridan -to ‘g‘ri  dalada  har  xil  kattalikdagi  m aydonchalarda  olib 

boriladi.  M aydonning  katta-kichikligiga  qarab  makro  va  mikro  dala 

tajribalari  bo‘ladi.

Hali  katta  maydonlarga  chiqarish  erta  bo'lgan  masalalar  oldin 

mikro-dala  tajribalarida  o'rganiladi,  undan  keyin  esa  katta  dalalarda 

makrodala  tajribalari  usuliga  o ‘tiladi.  Shunday  masalalar borki,  ularni 

mikro-dala tajribalarida  o ‘rganish  yetarli  hisoblanadi.  Agrokimyo  fani 

ishlab chiqarish  tajriba usulidan ham foydalanadi.  Bunda tajriba uchun 

olingan  yer  maydoni  kattaligi  jihatdan  ishlab  chiqarish  maydonlariga 

yaqin  bo‘ladi.  Shuning  uchun  ham  ishlab  chiqarish  tajribasi  natijalari 

asosida  ishlab  chiqilgan  tavsiyalarni to ‘g‘ridan-to‘g‘ri  ishlab  chiqarish

8


sharoitida  foydalanilsa  bo‘ladi.  Bulardan  tashqari,  agrokimyo  fani 

kimyo,  fizika,  o ‘simliklar  fiziologiyasi,  mikrobiologiya,  amaliy  m ate- 

matika  va  boshqa  fanlar  uslubiyatlaridan  ham  foydalanadi.

AGROKIMYONING  BOSHQA  FANLAR  0 ‘RTASIDA 

TUTGAN  0 ‘RNI

Agrokimyo  asoslari  o ‘simliklarning  ildiz  orqali  oziqlanish  na- 

zariyasini,  o ‘simliklarning  oziqlanishi  nuqtayi  nazaridan  tuproqning 

holati  va  xossalari,  ularni  yaxshilash,  o ‘g‘itlarning  xossalari  haqidagi 

ta ’limotni  o ‘z  ichiga  oladi.

Agrokimyo yashil o ‘simliklarning funksiyasini,  o'simliklar organiz- 

mining  hayotiy  jarayonlari  qonuniyatlarini  o'rganuvchi  fan  bo‘lib, 

o‘simliklar  fiziologiyasi  fani  bilan  cham barchas  bog‘liqdir.  Agroki- 

myoning tarkibida o'simliklar organizmining xususiyatlari,  oziqlanishi 

haqidagi  bilimlar  asosiy  qismni  tashkil  qiladi.

0 ‘simliklardan yuqori hosil olish uchun  ishlab chiqiladigan tadbirlar 

o ‘simlik  organizmini  chuqur bilish,  tashqi  muhit  sharoitlarini  o ‘simlik 

talabi  darajasida  moslashtirish  haqidagi  bilimlarga  asoslanadi.  Tashqi 

muhit xususiyatlarini  iqlimshunoslik, tuproqshunoslik fanlari o ‘rganadi. 

Ammo  bu  fanlarning  kimyoviy jarayonlar b o ‘limlarini  agrokimyo  fani 

ham o ‘rganadi va yuqorida aytilgan fanlar bilan chambarchas bog‘liqdir 

(1-jadval).

1-jadval

Agrokimyoning  boshqa  fanlar  o ‘rtasida  tutgan  o ‘rni

Obyekt va obyekt 

o'rganuvchi fanlar

Uslubiy

fanlar

Agrokimyo

Agrofizika

Agrobiologiya

0 ‘sim lik

O 's im iik ia r

fiziologiyasi

O ‘sim likkim yosi

(m odda


alm ashinuvi)

0 ‘sim likdagi  fizik 

jaray o n   (energiya 

alm ashinuvi)

K o'payish,

rivojlanish

T  uproq

T u p ro q sh u -

noslik

T  uproq 



kimyosi

T  uproq 

fizikasi

T u p ro q

biologiyasi

Iqlim


Iq lim sh u ­

noslik


Atm osfera

kimyosi


A tm osfera-

fizikasi


A tm osfera

biologiyasi

A grotexnik

tad b irlar

D eh q o n ch ilik

0 ‘g ‘itlar

qo 'lla sh

T u p ro q q a  ishlov 

berish

Seleksiya



Bundan  tashqari,  agrokimyo  fani  dehqonchilik  fani  bilan  ham 

qattiq  aloqada,  chunki  uni  «o‘g‘itlar  qo'llash»  bo‘limini  agrokimyo

9


fani  ishlab  chiqadi.  0 ‘g‘itlar  tizimini  tuproq  sharoitiga,  o ‘simliklar 

turi  va  naviga  qarab  o ‘zgartirib  turadi.

Bu jadvaldan  ko‘rinib  turibdiki,  agrokimyo,  agrofizika,  agrobiolo- 

giya  fanlari  uslubiy  fanlarga  kiradi.  Ya’ni,  bu  fan  o ‘zining  mavjud 

uslublari  bilan  o ‘simlikni,  havoni,  tuproqni  o'rganib,  shu  bilimlar 

asosida  o ‘g‘it  qo ‘llash  tizimini  ishlab  chiqadi.

Tuproqqa ishlov berish,  o ‘simlikni parvarishlash,  namlik,  karbonat 

angidrid  gazi  bilan  ta ’minlash,  o ‘sishni  susaytiruvchi  va  kuchay- 

tiruvchi  m oddalarni  qo‘llash  kabilar  foydalaniladigan  o ‘g‘itlarning 

turlari,  shakli,  miqdori  tuproqqa  solish  uslublari,  m uddatlari  bilan 

o ‘zaro  moslashtirilishi  lozim.  Bunday  o ‘zaro  moslikka  putur yetishi, 

yuqorida  qayd  etilgan  ekinni  parvarish  qilish  usullarining  samarasini 

juda  pasaytiradi.

0 ‘z vaqtida K.A.  Timiryazov «mineral  o ‘g‘itlardan  samarali  foyda- 

lanish  zamonaviy  dehqonchilik  fanining  asosi  bo‘lishi  bilan  birga  u 

agronomik kimyo va o ‘simliklar fiziologiyasiga tayangan bo'lishi lozim»

—  degan  edi.  Agrokimyo  —  ham  kimyoviy,  ham  biologik  va  qishloq 

xo‘jalik  fanidir.  Agrokimyogar  muayyan  ekin  navidan  yuqori  hosil 

yetishtirish  uchun  o ‘g‘itlardan  foydalanib,  dehqonchilikda  qo'llanila- 

digan  ham m a  ta ’sir  etish  usulublaridan  bir  yo'la  foydalanadi.  Lekin 

bunda ta ’sir etish  doirasining oqibatini  qay darajada bo'lishini  inobatga 

olinishi  lozim.  Masalan,  azotli  o ‘g‘itlardan  to ‘g‘ri  foydalanmaslik yer 

osti  suvlarini  nitratlar  bilan  ifloslanishiga  olib  keladi.  Ichiladigan  suv, 

sabzavot  va  boshqa  o ‘simliklarda  nitratlarning  tez  to'planishi  odam 

va  hayvon  organizmidagi  modda  almashinuvini  ham  izdan  chiqaradi.

AGROKIMYO  FANINING  RIVOJLANISH  TARIXI 

0 ‘simliklarning  oziqlanishi  to‘g‘risidagi 

ilk  fikrlar

Agrokimyo  fani  dehqonchilikning  hayotiy  zarur  talablari  asosida 

yuzaga keldi.  M a’lumki,  dehqonchilik insoniyat tarixidagi eng qadimiy 

ishlab chiqarish sohasi hisoblanadi.  Dehqonlar juda qadim zamonlardan 

buyon  tuproq  unumdorligini  oshirish  uchun  turli  tum an  vositalardan 

foydalanib kelganlar.  Bu vositalar ko‘p hollarda tavakalchasiga ishlatilsa 

ham,  o ‘zining  ijobiy  natijalarini  bergan.

Masalan,  qadimgi rimliklar tuproqqa chorva mollarining axlatlaridan 

tashqari kul,  gips,  ohak va mergel kabi mineral  m oddalarni ham  solish

10


lozimligini  yaxshi  bilganlar.  Tuproqning  tiplariga  qarab  mergelning 

turli  xillarini  qo‘llash  yaxshi  natija  berishini  e’tiro f  qilganlar.  Shu- 

ningdek,  ekinlar almashlab ekilganda,  tuproqqa solinadigan  moddalar 

yakka  ziroatchilikdagidan  ko'ra  yuqori  sam ara  berishi  am alda  isbot- 

langan.

Ayrim  o'simliklarning  gullash  davrida  urib,  tuproqqa  aralashtirib 



yuborish,  izidan  ekiladigan ekin  hosildorligini sezilarli darajada oshirishi 

Vezuviy  vulqoni  yon  bag‘irlarida  lyupin  o ‘sim ligini  yetishtirish 

jarayonida  aniqlangan.

Lekin  tuproqqa  aralashtirib  yuborilgan  ko‘k  massa  uni  azot  bilan 

boyitishini,  shuningdek,  vulqon  lavasi  tarkibidagi  ko‘p  miqdordagi 

qiyin  eriydigan  fosfor  va  kaliyni  lyupinning  ildizidan  ajraladigan 

nordon  suyuqlik  eritib,  o ‘simlik  o ‘zlashtira  oladigan  holatga  o ‘tkazib 

berishini  mahalliy  aholi  bilmagan,  albatta.

M eksikada  yashagan  hindu  qabilalari  o ‘zlarining  ehtiyojlaridan 

ortib  qolgan,  shuningdek,  to ‘lqinlar  qirg‘oqqa  chiqarib  tashlagan 

baliqlarni  maydalab,  tuproqqa solish,  makkajo‘xori  hosildorligiga ijobiy 

ta ’sir ko‘rsatishni  kuzatganlar,  lekin uning mohiyatini tushunib yetma- 

ganlar.  D ehqonchilik  «kashf  qilingan»  ilk  davrlarda  insonlar  hosil 

taqdirini  bevosita  xudolarning  nomi  va  faoliyati  bilan  bog'laganlar. 

Lekin vaqt o ‘tishi bilan agrotexnika tadbirlarining,  shu jumladan o ‘sim- 

liklarni  oziqlantirishning dehqonchilikdagi  ahamiyati yaqqol  namoyon 

bo‘la  bordi  va  bu  masalaga  oid  asarlar  paydo  bo‘ldi.  Masalan,  o ‘z 

davrining  m ashhur  kishisi  Kolumellaning  asarlarida  dehqonchilikka 

oid  kitob  yozgan  50  dan  ortiqroq  tadqiqotchining  nomi  keltirilgan. 

Lekin  ularning juda  ham  kam  qismi  bizgacha  yetib  kelgan.

M iloddan  avvalgi  V III  asrda  G esiod  dehqonchilik  taqvim ini 

nazm da  ifoda  qilgan  bo‘lsa,  undan  uch  asr  keyin  (miloddan  avvalgi  V 

asr)  K senofondning  «Iqtisod»  asarida  dehqonchilik  masalalari  bir 

muncha  keng  bayon  qilindi.

« 0 ‘simliklar  qanday  qilib  va  nim a  bilan  oziqlanadi»  —  degan 

savol  q ad im -q ad im lard an   buyon  in so n larn i,  ayniqsa  ilm  ahlini 

qiziqtirib  kelgan.

Bu  savolga  birinchi  bo‘lib  buyuk  yunon  mutafakkiri  Arastu  (Aris- 

totel)  eramizdan  avvalgi  TV—IT I  asrlarda  to ‘g‘ri javob  berdi.  U  o ‘sim- 

liklar  o ‘zlarining  ildizlari  bilan  tuproqdan  kerakli  oziq  moddalarni 

o ‘zlashtiradi,  degan  xulosaga  keldi.

Feofrast  (Arastuning eng iqtidorli  shogirdi) ustoziga qarshi o ‘laroq, 

o ‘simliklar  faqatgina  yashil  barglari  bilan  oziqlanadi,  ildizlar  esa,

11


o ‘simJiklarni  substratda  tutib  turish  uchun xizmat qiladi,  degan g‘oya- 

ning  tarafdori  edi.

M ana  shu  ikkita  taxmin  (gipoteza)  keyinchalik  o'simliklarning 

oziqlanishidagi  bitta jarayomiing  ikki  tom onini-ildizdan  (mineral)  va 

havodan  (fotosintez)  oziqlanishlarning  rivojlanishiga  asos  bo‘ladi.

Feofrastni  botanika fanining  «otasi»  deb ataydilar.  Lekin u tuproq- 

shunoslik  haqida  fikr  yuritib,  uning  xossalari  va  tarkibini  o ‘rgangan, 

ekinlarni  guruhlashga  harakat  qilib,  ularga  o'g ‘it  (mahalliy  o ‘g‘it, 

albatta)  turlarini  tavsiya  qilgan  edi.

Yunonistonda dehqonchilik va o‘simliklarning oziqlanishi  haqidagi 

fikrlar ancha  erta  shakllangan  boMsa,  dunyoning  boshqa  chekkalarida 

bir  m uncha  keyinroq  paydo  bo‘ldi.  Miloddan  awalgi  II  asrda  rimlik 

Katon  (yirik  quldor  va  davlat  arbobi)  «Dehqonchilik»  asarini  yozdi. 

Asarda  «tuproq  unumdorligi  nima»  degan savolgau  «yerni shudgorlash, 

shudgorlash  va  go‘nglash»  deb  javob  berdi.

M iloddan  awalgi  35-yilda  Varron  (81  yoshda)  qishloq  xo‘jaligiga 

oid  traktat  yozdi.  Bunda  u  ko‘proq  Feofrastning  fikrlariga  tayanadi.

Eramizning  boshlariga  kelib  Italiyada  dehqonchilikka  oid  ko‘p 

sondagi adabiyotlar to ‘plandi.  Ayrim  ekinlarni  (sabzi,  karam,  bug'doy, 

tok  va  boshqalar)  o ‘g‘itlashga  doir  maxsus  asarlar  yozildi.  Masalan, 

Kolumella  o ‘z  ishiarida  o ‘g ‘itlashga  jiddiy  e ’tibor  berib,  go‘ng  va 

ko‘kat o ‘g‘itlardan tashqari  yerlarga yog‘och  kuli  ham da tuproq solish 

ekinlar  hosildorligiga  ijobiy  ta ’sir  ko‘rsat.ishni  ta’kidlagan.

Shu  zaylda  o ‘simliklarning  oziqlanishi  to ‘g‘risidagi  m a’lumotlar 

asta-sekin to ‘planib bordi,  lekin ularni jamlash va tartibga solish uchun 

muayyan  bir  dastur  bo‘lmaganligi  sababli  nazariya  yaratish  imkoni 

bo‘lmadi.

Qadimgi  faylasuflarda suv,  yer,  havo va olov  (harorat va yorug‘lik) 

o'simliklarning  asosiy  hayotiy  omillari,  tuproqlar  tarkibidagi  «yog1» 

ularni  sem irtiradi,  «semiz»  tuproqlar  esa  unum dor  bo‘ladi,  degan 

aqida  mavjud  edi.

Bu  fikr  keyinchalik  chirindi  bilan  oziqlanish  nazariyasiga  asos 

bo‘lgan  bo‘lsa,  ajab  emas.

Keyinchalik cherkovning reaksion ta ’sirida bo‘lsa kerak, XVI asming 

o ‘rtalarigacha  O vro‘pada 

0

‘sim liklarning  oziqlanishini  o ‘rganish 



borasida  diqqatga  sazovor  ishlar  amalga  oshirilmadi.

0 ‘rta  asr  tadqiqotchilari  asosan  qadimgi  faylasuflaming  fikrlarini 

takrorlash  bilan  birga  ko‘proq  «Oyning  nurini  qo‘llanilayotgan  go‘ng 

samaradorligiga  ta ’sirini»  o ‘rganish  bilan  mashg'ul  bo‘ldilar.

12


Каталог: Elektron%20adabiyotlar -> 40%20Кишлок%20ва%20урмон%20хужалиги
40%20Кишлок%20ва%20урмон%20хужалиги -> A. ramazonov, S. Buriyev tuproqshunoslik va dehqonchilik
40%20Кишлок%20ва%20урмон%20хужалиги -> T o s h k e n t davlat a g r a r u n IV e r s it e t I s. A. Azimboyev dehqonchilik, tuproqshunoslik ya
40%20Кишлок%20ва%20урмон%20хужалиги -> Ipakchilik va tutchilik o'krkuston
40%20Кишлок%20ва%20урмон%20хужалиги -> U sm o n norqulov, h a m id u L l a sheraliyev
40%20Кишлок%20ва%20урмон%20хужалиги -> T. U. Usmonov, B. C. Mirzayev
40%20Кишлок%20ва%20урмон%20хужалиги -> A. Q. Qayimov, E. T. Berdiyev dendrologiya
40%20Кишлок%20ва%20урмон%20хужалиги -> M u o ‘K: 638. 21 (075) kbk 46. 92 I 70 a 90 Taqrizchilar
40%20Кишлок%20ва%20урмон%20хужалиги -> X. Q. Nomozov, sh. M. Turdimetov o'zbekiston tuproqlari va ularning


Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling