J. X. Ataniyazov, E. D. Alim ardonoy xalqaro moliya munosabatlari


Download 2.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/33
Sana13.11.2017
Hajmi2.92 Mb.
#20007
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
20007

MUNOSABATLARI'>J.X.  ATANIYAZOV,  E .D .  ALIM ARDONOY

XALQARO  MOLIYA 

MUNOSABATLARI

O‘ZBEKISTON  RESPUBLIKASI  OLIY VA 0 ‘RTA MAXSUS 

TA’LIM  VAZIRLIGI

J.X.  ATANIYAZOV,  E.D.  ALIMARDONOV



XALQARO  MOLIYA 

MUNOSABATLARI

Oliy  va  o ‘rta  maxsus  ta'lim  vazirligi  tomonidan 

5230600  — «Moliya» y o ‘nalishi  talabalari 

uchun  darslik sifatida  tavsiya  etilgan

0 ‘zbekiston  faylasuflari  milliy jamiyati  nashriyoti 

Toshkent  — 2014


UO‘K:  39.72(075)

KBK:  65.5 

A  87

Ataniyazov  J.X.

A  87  Xalqaro  moliya  munosabatlari:  darslik  /   J.X.Ataniyazov, 

E.D.Alimardonov;  O'zbekison  Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taiim  

vazirligi.  —  Toshkent:  0 ‘zbekiston  faylasuflari  milliy  jamiyati  nashri- 

yoti,  2014.  -   432  b.



UO‘K:  339.72(075) 

KBK:  65.5

Iqtisod  fanlari  doktori,  professor  N.X. Jumayev tahriri  ostida.

Taqrizchilar:

T.S.Malikov  — iqtisodiyot  fanlari  doktori,  professor.

N.G‘. Karimov  —  iqtisodiyot  fanlari  doktori,  professor.

Darslikda  «Xalqaro  moliya  munosabatlari»  fanining  asosiy  masa- 

lalari  qisqa  va  tushunarli  tilda bayon  etilgan.

Ushbu  darslikda  xalqaro  moliya  va  uning jahon  iqtisodiyoti  rivojla- 

nishidagi  oTni, jahon  iqtisodiyotining globallashuvi va jahon moliyaviy- 

iqtisodiy  inqirozi,  xalqaro  moliya  tashkilotlarining  xalqaro  moliya  mu- 

nosabatlari  taraqqiyotidagi  oTni,  xalqaro  valuta  operatsiyalari,  jahon 

valuta  tizimi  va  uning  rivojlanish  bosqichlari,  xalqaro  moliya  muno- 

sabatlarida  valuta  risklarini  boshqarish,  xalqaro  korporatsiyalar  faoli- 

yatining  rivojlanishi,  xalqaro  iqtisodiy  integratsiya jarayonlari,  xalqaro 

moliya  munosabatlarida toTov balansini boshqarish,  xalqaro  moliya bo- 

zori va uning rivojlanish xususiyatlari, yevrobozorlarning yuzaga kelishi 

va  ulardagi  operatsiyalar,  xalqaro  kredit  va  investitsiya  munosabatlari- 

ning  rivojlanishi,  moliyaviy  derivativlar bozori,  0 ‘zbekistonning  xalqa- 

ro moliya munosabatlariga integratsiyalashuvi kabi masalalar yoritilgan.

Darslik  oliy  o‘quv  yurtlarining  iqtisodiy  yo‘nalishida  tahsil  olayot- 

gan  talabalarga,  ilmiy  izlanuvchilarga  hamda  mazkur fanni  o‘qitadigan 

professor-o‘qituvchilarga  moTjallangan.

ISBN  978-9943-391-78-9

©  0 ‘zbekiston faylasuflari  milliy jamiyati  nashriyoti,  2014



KIRISH

Mamlakatimizda  ijtimoiy-iqtisodiy  islohotlarni  izchil  amal- 

ga  oshirish,  milliy  iqtisodiyotni  yangi  davr  darajasiga  ko'tarish, 

eksportga  yo'naltirilgan  ishlab  chiqarish  tarmoqlarini  vujudga 

keltirish  va  jahon  iqtisodiyoti  integratsiyasiga  jadal  kirib  borish 

xalqaro  moliya  munosabatlarini  barqaror  rivojlantirishni  taqozo 

etadi.

Hozirgi  vaqtda  mamlakatimiz  ijtimoiy-iqtisodiy  taraqqiyo- 



ti  iqtisodiyotni  modernizatsiyalash,  ishlab  chiqarishda  tarkibiy 

o'zgarishlarni  amalga  oshirish,  iqtisodiyot  tarmoqlarida  zamo- 

naviy  texnika-texnologiyalarni  joriy  qilish  va  shu  asosda  raqo- 

batbardoshlikka  erishish,  jahon  bozorlaridan  mustahkam  o‘rin 

egallash,  mamlakatimizning  eksport  salohiyatini  oshirish  kabi 

vazifalarni  amalga oshirish  bilan bevosita bog‘liq.  Mazkur masa- 

lalarni  ijobiy hal  qilishda  mamlakatning xalqaro  moliya  munosa- 

batlaridagi  ishtiroki  muhim  o‘rin  tutadi.

«Xalqaro  moliya  munosabatlari»  fani  ixtisoslik  fanlaridan  biri 

bo‘lib,  iqtisodiy yo'nalishlar bo‘yicha ta’lim  olayotgan talabalarga 

mo‘ljallangan.  Mazkur  darslik  oliy  ta’limning  bakalavriat  bos- 

qichida  o‘qitiladigan  «Xalqaro  moliya  munosabatlari»  fani  ham- 

da  magistratura  bosqichida  o‘qitiladigan  «Xalqaro  moliya»  fa- 

nining  o‘quv  dasturlariga  muvofiq  tarzda  yozilgan.  Darslikdan 

amaliyotchi-mutaxassislar,  ilmiy  izlanuvchilar va  mazkur  sohaga 

qiziquvchilar foydalanishlari  mumkin.

Darslikning  asosiy  maqsadi  moliyaviy  globallashuv  sharoitida 

xalqaro  moliya  munosabatlarida  yuzaga  keladigan  jarayonlarni 

o‘rganish  hamda  xalqaro  moliya  munosabatlarini  rivojlantirish 

istiqbollari  yuzasidan  talabalarda  tegishli  nazariy  fikr  va  taas- 

surotlarni  hosil  qilish,  amaliy  ko'nikma  va bilimlarni  shakllanti- 

rishdan  iboratdir.

Ushbu  darslikda  xalqaro  moliya  va  uning  jahon  iqtisodiyo- 

ti  rivojlanishidagi  o‘rni,  jahon  iqtisodiyotining  globallashuvi  va 

jahon  moliyaviy-iqtisodiy  inqirozi,  xalqaro  moliya  tashkilotlari-

3


ning  xalqaro  moliya  munosabatlari  taraqqiyotidagi  o‘rni,  xalqaro 

valuta operatsiyalari, jahon valuta tizimi va uning rivojlanish bos- 

qichlari, xalqaro moliya munosabatlarida valuta risklarini boshqa- 

rish,  xalqaro  korporatsiyalar  faoliyatining  rivojlanishi,  xalqaro 

iqtisodiy integratsiya jarayonlari,  xalqaro moliya  munosabatlarida 

to‘lov balansini boshqarish,  xalqaro moliya bozori va uning rivoj- 

lanish xususiyatlari,  yevrobozorlarning yuzaga kelishi va ulardagi 

operatsiyalar,  xalqaro  kredit va  investitsiya munosabatlarining  ri- 

vojlanishi,  moliyaviy derivativlar bozori,  0 ‘zbekistonning xalqaro 

moliya  munosabatlariga  integratsiyalashuvi  kabi  masalalar bayon 

qilingan.

Darslik mualliflari  ma’lumotlarni aniq,  mantiqiy ketma-ketlik 

asosida  bayon  etishga  harakat  qilishgan.  Har  bir  bob  yakunida 

tayanch  so‘z  va  iboralar,  takrorlash  uchun  savollar,  mustaqil 

o‘rganish  uchun  topshiriqlar hamda test  savollari  keltirilgan.

Ishonchimiz  komilki,  ushbu  darslikni  yanada  takomillashti- 

rish yuzasidan  bildiriladigan fikr-mulohazalar uning yanada mu- 

kammallashuviga  xizmat  qiladi.  Shu boisdan,  bildirilgan taklif va 

mulohazalar uchun mualliflar oldindan o‘z minnatdorchiliklarini 

izhor etadilar.

4


1-bob.  XALQARO  MOLIYA VA UNING  JAHON 

IQTISODIYOTI  RIYOJLANISHIDAGI  0 ‘RNI

1.1.  Xalqaro  moliyaning iqtisodiy  mohiyati  va  ahamiyati.

1.2.  Jahon  moliyaviy  muhiti  va  unda xalqaro  moliya  munosa- 

batlarining tutgan  o‘rni.

1.3.  Milliy  iqtisodiyot  rivojlanishida  xalqaro  moliya  munosa- 

batlarining  roli va ahamiyati.



1.1.  Xalqaro  tnoliyaning iqtisodiy  mohiyati va  ahamiyati

Xalqaro  moliya  —  xalqaro  moliyaviy  resurslar  majmuini  va 

ularning  harakatlanishini  ifodalovchi  tushuncha  hisoblanadi. 

Xalqaro  moliya  munosabatlari  muayyan  maqsadlarni  amal- 

ga  oshirish  uchun  xalqaro  darajada  shakllantirilgan  moliyaviy 

resurslarni  taqsimlash  va  ulardan  foydalanish  jarayonidagi  iqti- 

sodiy  munosabatlarni  ifodalaydi.  Xalqaro  moliya  munosabatlari 

o‘ziga  xalqaro  valuta  munosabatlari,  xalqaro  kredit  munosabat- 

lari,  xalqaro  investitsiya  munosabatlari,  xalqaro  savdo.  munosa- 

batlari,  xalqaro  soliq  munosabatlari,  xalqaro  lizing  munosabat- 

lari,  mamlakatlar  to‘lov  balansini  boshqarish,  xalqaro  moliya 

tashkilotlari  bilan  aloqalar  kabi  munosabatlarni  qamrab  oladi. 

Globallashuv jarayoni  — jahon  savdosining  o‘sishi,  ishlab  chiqa- 

rishnirig  ixtisoslashuvi  va  kengayishi,  kapitalning  xalqaro  oqi- 

mi  rivojlanishi,  xizmatlar  va  mahsulotlarning  xalqaro  harakati 

xalqaro  moliyaning  rivojlanishiga  zamin  yaratdi.  Shuningdek, 

mazkur holat jahon moliya bozorlarining,  xalqaro moliyaviy kor- 

poratsiyalarning  yuzaga  kelishiga,  davlatlararo  moliyaviy  muno- 

sabatlarning  va  xalqaro  moliyaviy  faoliyatning  boshqa  jihatlari 

murakkablashuviga olib  keldi.

Xalqaro  moliya  doimiy  o‘zgaruvchan  xalqaro  pul  tizimlari- 

ning  holati  va  rivojlanishini,  alohida  mamlakatlar  to‘lov  balan- 

sining  o‘zgarishini,  xalqaro  moliya  bozorlari,  xalqaro  moliyaviy 

korporatsiyalar,  xalqaro  bank  va  investitsion  faoliyatni  namoyon 

etadi.  Xalqaro  moliya  tizimining  asosiy  ishtirokchilari  bo‘lib  qu-

5


yidagilar hisoblanadi:  banklar,  transmilliy korporatsiyalar,  portfel 

investorlar va  xalqaro  rasmiy  qarzdorlar.  Xalqaro  moliyaviy  ope- 

ratsiyalar  alohida  mamlakatlarning  moliya  tizimiga  jiddiy  ta’sir 

ko‘rsatuvchi  kuch  hisoblanadi.

Xalqaro  moliya  o'zida  obyektiv  asosga  ega  bo‘lgan  moliyaviy 

munosabatlarni  ifodalaydi.  Xalqaro  moliyaning  moddiy  asosi 

bo‘lib  mamlakatlar  o‘rtasida  amalga  oshiriladigan  xalqaro  moli- 

yaviy  oqimlar,  jumladan,  pul  oqimlari  —  import  qilingan  mah- 

sulot  va  xizmatlarning  to‘lovlari  hamda  mahsulot  va  xizmatlar 

eksportidan  kelgan  valuta  tushumlari,  ushbu  oqimlar  xo‘jalik 

yurituvchi  subyektlar  moliyasini  ifodalashi  mumkin,  lekin  ular 

turli  mamlakatlarga  tegishli  bo‘ladi,  shu  boisdan  mamlakatlar 

o‘rtasidagi  pul  oqimlari  harakatini  namoyon  etadi.  Shuningdek, 

kredit  mablag'lari  oqimi  ham  ikki  tomonlama  bo‘lib  hisobla- 

nadi,  bir  tomondan  qarzning  berilishi  bo‘lsa,  boshqa  tomondan 

esa,  uning  qaytarilishi  va  foizlarning to‘lanishi  namoyon  bo‘ladi. 

Shunday  qilib,  mazkur  oqimlar  asosida  moliyaviy  resurslarning 

mamlakatlar o'rtasidagi harakati yuzaga keladi.  Ularning taqsim- 

lanishi  bir tomondan  valuta  kurslari  asosida,  ikkinchi  tomondan 

esa,  bojxona  tariflari  asosida  boshqariladi.

Moliyaviy  resurslar  xalqaro  moliya  tashkilotlari  va  institutlari 

faoliyati  jarayonida  shakllanadi  va  foydalaniladi.  Mazkur  insti- 

tutlar  va  tashkilotlar  davlatlararo  tuzilmaga  ega  bo‘lib  muayyan 

funksiyalarni  bajaradi.  Ularning  moliyaviy  ta’minoti  umumlash- 

gan  (masalan,  BMT  budjeti)  yoki  maqsadli  (aniq  dasturlar  va 

tadbirlar uchun mo‘ljallangan)  fondlar orqali  amalga  oshiriladi.

Moliyaviy  resurslarning  muayyan  qismini  xalqaro  darajada 

markazlashuvi  jahon  xo'jaligi  ehtiyojlarini  ta’minlaydi,  bunday 

resurslarni  shakllantirishning  iqtisodiy  shart-sharoitlari  bo‘lib, 

iqtisodiy  integratsiyaning  kuchayishi,  turli  sohalardagi  xalqaro 

loyiha va dasturlarni  amalga oshirishda mamlakatlarning ishtiro- 

ki,  kredit va  savdo  munosabatlarini rivojlanishi  hisoblanadi.

Shunday  qilib,  xalqaro  moliya  —  bu  xalqaro  moliya  bozori 

va  xalqaro  institutlar  tomonidan  shakllanishi,  taqsimlanishi  va

6


ishlatilishini  o‘z  ichiga  olgan  moliyaviy  resurslar  harakati  aso- 

sida  hosil  bo'lgan  munosabatlar  tuzilmasi  bo‘yicha  murakkab 

tizimdir.

Mamlakat  davlat  moliyasining  xususiyatlari  sifatida  quyidagi- 

larni  keltirish  mumkin:

—  bitta  mamlakat  hududidan chiqmaydi;

—  xorijiy  subyektlarni jalb  qilmaydi;

—  milliy qonunchilik  asosida  amalga  oshiriladi;

—  mamlakat  ichida  amalga  oshiradigan  hisob-kitoblarni 

o‘zida ifodalaydi.

Xalqaro  moliya  esa  turli  xildagi jihatlarni  o'rganadi.  Bularga:

—  iqtisodiy kategoriya sifatida — moliyaviy resurslarning fond- 

lari  bo‘lib,  xalqaro  iqtisodiy munosabatlarni  rivojlantirish  asosida 

tashkil  etilgan  hamda  xalqaro  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  umumiy 

ehtiyojlarni  qondirish  va jahon  darajasida  ijtimoiy  takror  ishlab 

chiqarishning  rentabelligini  va  uzluksizligini  ta'minlash  uchun 

foydalaniladi;

—  institutsional jihatdan — bu banklar, valuta va fond birjalari, 

xalqaro  moliya  institutlari,  mintaqaviy  moliya-kredit  tashkilot- 

lari,  xalqaro  va  mintaqaviy  iqtisodiy  tashkilotlar  va  birlashmalar 

majmui  bo‘lib,  ular orqali jahon  moliyaviy oqimlarining  harakati 

amalga  oshiriladi;

—  iqtisodiy  munosabat  sifatida  — bu,  jahon  bozorida  kapital, 

xizmatlar,  tovarlar  harakati  vaqtida  milliy  mahsulotlarning  qay- 

ta  taqsimlanishi  jarayonida  yuzaga  keluvchi  pul  ko‘rinishidagi 

munosabat.  Davlatlararo  va  transmilliy  moliya-kredit  munosa- 

batlarini  o‘z  ichiga  oladi  va  ularda  xorijiy  elementlar  ishtirokini 

ifodalaydi.

Xalqaro  moliyaning  asosiy  funksiyalariga  quyidagilar kiradi:

—  taqsimlash  funksiyasi;

—  nazorat  funksiyasi;

—  takror ishlab chiqarish jarayoniga moliya yordamida xalqaro 

valuta-kredit  va  moliya  tashkilotlarining  aralashuvi  bilan  bog‘liq 

tartibga solish  funksiyasi;

7


—  barqarorlashtirish  funksiyasi.  Mazkur  funksiya  jahon 

xo‘jaligi tizimida  iqtisodiy va  ijtimoiy munosabatlar uchun barqa- 

ror sharoitni  yaratishda  namoyon  bo'ladi.

Xalqaro moliya  munosabatlari  shakllanishi  va  rivojlanishining 

asosiy omillari  quyidagilardan  iborat:

1.  Jahon bozorlarining vujudga kelishi, ayniqsa tovar bozorlari.

2.  Xalqaro  mehnat  taqsimoti.

3.  Iqtisodiy aloqalarning baynalminallashuvi  va globallashuvi.

4.  Iqtisodiy  va  ijtimoiy  sohalarda  integratsiya jarayonlarining 

kuchayishi.

5.  Ilmiy-texnika taraqqiyoti.

6.  Xalqaro  moliya  munosabatlarining ko‘p tomonlama tartib- 

ga solish tizimini  takomillashtirilishi.

7.  Jahon  iqtisodiyotida global  muammolarning  keskinlashuvi.

Xalqaro  moliya  jahon  xo‘jaligining  aniqlovchi  tizimlaridan

biri  hisoblanib,  milliy  va  jahon  iqtisodiyotiga  aniqlovchi  ta’sir 

ko‘rsatadi.

I.l-rasm .  Xalqaro  moliya  munosabatlari  va xalqaro  qayta  ishlab 

chiqarish jarayonlarining  o‘zaro  bog‘liqligi

Xalqaro  moliya  yaxlit  tizim  sifatida  faoliyat  ko‘rsatadi  va 

uning elementlariga  quyidagilar kiradi:

8


—  Jahon  valuta  tizimi  —  milliy  va  zaxira  valutalar,  xalqaro 

jamoaviy  valutalar,  o‘zaro  konvertirlash  shartlari,  valuta  pariteti, 

valuta kursi,  valuta kurslarini  tartibga solishning  milliy va xalqa- 

ro  mexanizmlaridan tashkil  topgan;

—  Xalqaro  hisob-kitoblar  —  moliyaviy  instrumentlar,  ishlab 

chiqarish  omillari,  tovarlar  harakati,  shuningdek,  xalqaro  hisob- 

kitoblar  bilan  bog‘liq  barcha  operatsiyalarni  aks  ettiruvchi  to‘lov 

balansiga  xizmat qiladi;

—  Xalqaro moliya bozorlari va muayyan moliyaviy instrument- 

lar savdosi  mexanizmlari  — valuta,  kredit,  qimmatli  qog‘ozlar;

—  Xalqaro  soliqqa  tortish  — pul  mablagiari  fondlarini  shakl- 

lantirish  metodi  sifatida;

—  TMKlarning  xalqaro  moliyaviy  menejmenti,  bunda  trans- 

milliy  moliyalashtirish,  risklarni  boshqarish,  xalqaro  investitsi- 

yalash jarayoni  asosiy o‘ringa chiqadi.

1.2.  Jahon  moliyaviy muhiti va  unda xalqaro  moliya 

munosabatlarining tutgan  o‘rni

Jahon  iqtisodiyotining  tizim  sifatidagi  faoliyati  tovarlar,  xiz- 

matlar  va  ishlab  chiqarish  omillarining  harakati  bilan  bog‘liq. 

Ushbu  bogiiqlik  asosida  xalqaro  moliya  munosabatlari  yuzaga 

keladi.

Xalqaro  moliya  munosabatlari  bu  xalqaro  moliya  bozori 



ishtirokchisi boigan shaxsning qaroriga muvofiq tarzda o‘ziga te- 

gishli  boigan xorijiy valutalarning  harakat jarayonini tavsiflovchi 

fundamental  iqtisodiy kategoriyadir.

1970-yillarda  xalqaro  moliya  tizimida  sezilarli  o‘zgarishlar 

sodir  boidi  va  mazkur  o‘zgarishlar  ta’sirida  zamonaviy  jahon 

valuta-moliya  tizimi  shakllana  boshladi.  Jahon  moliya  tizimida- 

gi  o‘zgarishlar  va  xalqaro  moliya  munosabatlarining  rivojlanishi 

ko‘p  jihatdan  transmilliy  korporatsiyalar  faoliyati  bilan  bog‘liq 

bo‘lib,  ular  tomonidan butun  dunyo  bo‘ylab  ishlab  chiqarish tar- 

moqlarini  vujudga  keltirish  hamda  barcha  resurslardan  samarali 

foydalanishga  qaratilgan  global  strategiya  amalga  oshirildi.  Shu-

9


ningdek,  xalqaro  moliya  munosabatlari  rivojlanishida  moliyaviy 

jihatdan  barqaror hamda  ko‘p  sonli xorijiy filiallarga  ega  bo‘lgan 

transmilliy banklar  muhim  rol  o‘ynadi.

Xalqaro  kreditlashdan  foydalanish  xususiyatining  o‘zgarishi 

bilan  bog'liq  ravishda  xalqaro  kredit  bozori  hajmi  keskin  ortib 

bordi.  Uning  oxirgi  yo‘nalishi  nafaqat  xalqaro  ayirboshlash  so- 

hasi  (mahsulotlar,  xizmatlar  va  boshq.)  balki,  ishlab  chiqarish 

sohasi  ham  bo‘ldi.  Bu  holat,  birmuncha  yirik  kreditlarni  uzoq 

muddatlarga  jalb  etishni,  shuningdek,  moliya-kredit  xizmatlari 

majmuasini  rivojlantirishni  talab  etardi.  1970-yillarda  xalqaro 

kreditni  to‘lov  balansining  taqchilligini  bevosita  yoki  bilvosita 

moliyalashtirish  uchun  foydalana  boshladilar.  Xususiy  firmalar 

bilan  bir  qatorda  yirik  qarzdorlar  sifatida  hukumatlar,  davlat 

tashkilotlari  va  korxonalar,  xalqaro  kredit  tashkilotlari  yuzaga 

keldi.

Ushbu  davrda  neft  import  qiluvchi  rivojlangan  va  rivojlana- 



yotgan  mamlakatlar  to‘lov  balanslari jami  taqchilligining  qariyb 

60%  xalqaro  kapital  bozorlari  hisobiga  moliyalashtirildi.  Xalqaro 

kredit  hajmining  oshishi  nafaqat  yevrokreditlarning  o‘sishi  hiso- 

biga  balki,  xorijiy  kreditlash  bozorlari  kengayishi  hisobiga  sodir 

bo‘ldi.  Yaponiya  milliy  valutasi  «iena»  hisobiga  xorijiy  kreditlar 

bozori hajmining oshishi  natijasida Tokioda ienadagi xorijiy obli- 

gatsiyalar  emissiyasi  hajmi  keskin  ortdi.  Mazkur  holat  natijasida 

Yaponiya ienasi yevrovaluta bozorida  keng qo'llanila boshlandi.

1970-yillarda  xalqaro  kapital  bozori  kengayishiga  bir  qator 

omillar  ta’sir  ko‘rsatdi  va  natijada  xalqaro  resurslar  aylanishi  va 

likvidligi oshib bordi.  Ushbu davrda jahon iqtisodiyoti  ikkita  neft 

inqirozini  boshdan  kechirdi  va  neft  narxining  birdaniga  keskin 

o‘zgarishiga sabab bo‘ldi.  Mazkur holat  natijasida  neft eksport qi- 

luvchi  mamlakatlarda yirik valuta ortiqchaligi,  neft  import  qiluv- 

chilarda  esa,  jumladan  ko‘plab  rivojlangan  mamlakatlarda  joriy 

hisoblar  bo‘yicha  taqchillik  yuzaga  keldi.  Bu  taqchillik  asosan 

retsipient-mamlakatlarga xalqaro banklar,  yevroobligatsiyalar bo- 

zori orqali tushgan  neftedollarlar hisobiga qoplandi.

10


Jahon  iqtisodiyotida  ro‘y  bergan  boshqa  muhim  o‘zgarishlar 

ham  xalqaro  moliya  munosabatlari  rivojlanishiga  ijobiy  va  sal- 

biy jihatdan  sezilarli  darajada  ta’sir  ko'rsatdi.  Ushbu  o'zgarishlar 

jumlasiga  jahon  va  hududiy  valuta  tizimlaridagi  o‘zgarishlar, 

valuta  tizimi  tamoyillarining  o‘zgarishi,  qarzdorlik  inqirozlari, 

mamlakatlar  tomonidan  iqtisodiy  integratsion  birlashmalarning 

tuzilishi,  xalqaro  va  mintaqaviy  moliya  tashkilotlarining  vujudga 

kelishi,  transmilliy korporatsiya va banklar faoliyatining kengayi- 

shi, jahonda  ro‘y  bergan  moliyaviy-iqtisodiy  inqirozlarni  kiritish 

mumkin.


1.2-rasm. Xalqaro moliyaning tuzilmasi

Xalqaro  moliyaning  barcha  tashkiliy  elementlari jahon  moli- 

yaviy  muhitida birlashadi.

Jahon  moliyaviy  muhiti  investorlar  va  korporatsiyalar  moli- 

yasi,  banklar  boshqaruvchilari  qabul  qiluvchi  qarorlarga  ta'sir 

ko‘rsatadi hamda jahon moliya bozori  o‘sishi sharoitini aniqlaydi.

Xalqaro  moliya  tizimining  asosiy  funksiyalari  sifatida  qu- 

yidagilarni ko‘rsatish  mumkin:

11


—  valutalar  ayirboshlash  va  hisob-kitob  tizimi  shartlarining 

birxillashuvi;

—  valuta kurslari rejimlarini tartiblashtirish va valuta cheklov- 

larini tartibga solish;

—  xalqaro  valuta  likvidligini  tartibga solish;

—  kredit,  sug‘urta,  investitsiya  va  fond  operatsiyalari  xalqaro 

qoidalarini  birxillashtirish;

—  mazkur  funksiyalarni  amalga  oshiruvchi  va  nazorat  qiluv- 

chi  xalqaro  moliya  institutlarini  tashkil  etish.

Xalqaro  moliya  munosabatlarining  subyektlari  sifatida  qu- 

yidagilar  ishtirok  etadi:  davlat,  korxona,  tashkilotlar,  firmalar 

hamda  xalqaro  tashkilotlar  va  moliya  institutlari,  transmilliy 

korporatsiyalar,  transmilliy  banklar,  birjalar,  jismoniy  shaxslar. 

Xalqaro  moliya  munosabatlari  turli  mamlakatlarning  xo‘jalik 

yurituvchi  subyektlari  o‘rtasida,  davlat  va  boshqa  mamlakatlar 

hukumatlari  hamda  xalqaro  tashkilotlar  o'rtasida,  davlat va  kor- 

xonalar  bilan  xalqaro  moliya  institutlari  o‘rtasida  yuzaga  kelishi 

mumkin.


Davlat  xalqaro  moliya  sohasida  faoliyat  ko'rsatuvchi  asosiy 

subyekt  hisoblanadi.

Markaziy banklar  — bu  iqtisodiyotni  davlat  tomonidan  tartib- 

ga  solish  organlari  bo‘lib,  ularga  monopol  tarzda  banknotalar 

chiqarish,  pul  muomalasi,  kredit va  valuta  kursini  tartibga  solish, 

valuta  zaxiralarini saqlash  vazifalari  biriktirilgan.

Xalqaro  tashkilotlar — ular xalqaro  shartnoma  asosida  tashkil 

etilgan  bo‘lib,  doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi  organlarga ega bo‘lgan 

holda jahon  xo‘jaligi  birliklarining  iqtisodiy,  ijtimoiy rivojlanishi- 

ga yordamlashish vazifalarini bajaradi.

Xalqaro  valuta-kredit  va  moliya  tashkilotlari  —  jahon  iqti- 

sodiyotini  barqarorlashtirish  maqsadida  xalqaro  valuta  va  moli- 

ya-kredit  munosabatlarini  tartibga  solish  uchun  davlatlararo 

kelishuvlar asosida tashkil  etilgan iqtisodiy tashkilotlar.

Xalqaro  moliyaning  rivojlanishida  transmilliy  korporatsiyalar 

va transmilliy banklar kabi  subyektlar faol  rol  o‘ynaydi.

12


Download 2.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling