J. X. Ataniyazov, E. D. Alim ardonoy xalqaro moliya munosabatlari


  Transmilliy korporatsiyalar faoliyatining  asosiy


Download 2.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/33
Sana13.11.2017
Hajmi2.92 Mb.
#20007
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   33

8.2.  Transmilliy korporatsiyalar faoliyatining  asosiy 

xususiyatlari va rivojlanish bosqichlari

Jahon  xo‘jaligida  ro‘y  berayotgan  iqtisodiy  jarayonlarning 

obyektiv  natijasiga  ko‘ra  vujudga  kelgan  transmilliy  korporatsi-

192


yalar o‘ziga  xos  xususiyatga  ega.  Jahon  iqtisodiyotida  transmilliy 

korporatsiyalar  xalqaro  mehnat  taqsimotining  faol  ishtirokchisi 

bo'lib,  uning  rivojlanishiga  o‘z hissasini  qo‘shib  kelmoqda.

Xorijiy mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, transmilliy 

korporatsiyalar,  transmilliy  banklar,  xalqaro  moliyaviy  markazlar 

faoliyati  doirasining  kengayib  borishi  davlatlar  iqtisodiy  rivojla- 

nishida  sezilarli  rol  o‘ynamoqda.

Transmilliy  korporatsiya  deganda  xorijiy  aktivlarga  va xalqaro 

miqyosda iqtisodiyotning biror-bir sohasiga kuchli ta’sir ko‘rsatish 

qobiliyatiga  ega  bo‘lgan  yirik  ishlab  chiqarish  birlashmalari  tu- 

shuniladi.

Transmilliy  korporatsiyalarning  quyidagi  asosiy  xususiyatli 

belgilarini  ajratib  ko‘rsatish  mumkin21:

—  TMKlar  jahon  xo'jaligi  rivojlanishining,  xalqaro  mehnat 

taqsimoti  jarayonining  faol  ishtirokchisi  bo‘lib,  aynan  ular  glo- 

ballashuvni  harakatga  keltiruvchi  kuch  hisoblanadi;

—  milliy  chegaralarda  sodir  bo‘layotgan  jarayonlardan  bir- 

muncha mustaqil holda kapitalni harakatlantirish  imkoniyatining 

mavjudligi;

—  dunyoning  ko‘pgina  mamlakatlarida  o‘zining  operatsiyala- 

rini  amalga  oshirgan  holda jahon  xo‘jaligi  munosabatlarini  tar- 

tibga solishda  ishtirok  etishi;

—  TMKlar  o‘z  tarkibiy  tuzilmasiga  ko‘ra,  ishlab  chiqarish 

korxonalari,  savdo  yoki  moliyaviy  tashkilotlarning  xalqaro  maj- 

muasi  bo‘lib,  asosiy  mamlakatdagi  boshqaruv  qarorlariga  mos 

holda faoliyat  yo‘nalishini  muvofiqlashtirib  boradi;

—  aksionerlik kapitalining mulkchilik huquqi faqat ta’sis etuv- 

chi  mamlakat  vakolatiga tegishli  bo‘ladi;

—  xorijiy bo‘linma va sho‘ba korxonalar milliy ishtirok daraja- 

siga  ko‘ra  aralash bo‘lishi  mumkin;

—  TMK  kapitalining  harakati  korporatsiya joylashgan  mam- 

lakatdagi  sodir bo‘layotgan jarayonlardan  erkin  bo‘ladi;

21

  P .M .X ac



6

yjiaT


0

B.  M exA yH aponHbie  oxoHOMHHecKne  OTHomeHHa.  y n e

6



h h k



.  -   M .:  tOpaiiT, 

2012


.  C. 

459


-

460


.

193


—  TMKlar  asosiy  masalalar  bo‘yicha  yagona  markazdan 

boshqariluvchi  dunyoning  ko‘plab  mamlakatlarida  bo‘linmalar, 

sho‘ba  kompaniyalarini joylashtirishga  asoslangan  xalqaro  ishlab 

chiqarish  tizimini  shakllantirishadi;

—  TMKlar ularga  yuqori  darajada  afzallik  beruvchi  ko‘p  mil- 

latli  aksionerlik kapitaliga  egalik  qilishadi;

—  TMKlar dunyoning turli  mintaqa va mamlakatlari o‘rtasida 

turli xildagi resurslarni (kapital, ishchi kuchlari va boshq.) taqsim- 

lashni  samarali  tarzda amalga oshiradi;

—  TMKlar  ilmiy  tadqiqotlar  va  tajriba  konstruktorlik  ish- 

lari,  nou-xaular,  yangi  mahsulotlar va  texnologiyalarni joriy  etish 

hamda  ommalashtirish,  ilmiy  tadqiqotlarni  moliyalashtirish  so- 

halarida  uzluksiz faoliyat  olib borishadi.

—  mamlakatlar  o‘rtasidagi  xalqaro  iqtisodiy,  ilmiy-tadqiqot 

va  texnologik  hamkorlik  aloqalarining  kengayishiga  faol  yordam 

ko‘rsatadi;

Korporatsiyalar  yuqoridagi  xususiyatli  belgilarga  ega  bo'lgan 

holda  transmilliy  korporatsiya  maqomini  oladi.  Hozirgi  kunda 

faoliyat  ko'rsatayotgan  ko‘pgina  korporatsiyalar  mazkur  xususi- 

yatli  belgilarning  barchasini  o‘zida  mujassamlashtirgan.

Zamonaviy jahon  iqtisodiyotida  transmilliy  va  oddiy  korpo- 

ratsiyalar  o‘rtasidagi  chegara  yetarlicha  farqlanmaydi,  chunki  iq- 

tisodiyot  globallashuvining  rivojlanishi  orqali  ta’minot  bozorlari, 

ishlab  chiqarish  hamda  mulkchilik  munosabatlarida  baynalmi- 

nallashuv jarayonlari  kuchaymoqda.  Shuning  uchun  tadqiqotchi- 

lar  tomonidan  TMKlarni  ajratishda  turli  miqdoriy  mezonlardan 

foydalaniladi.

Dastlab  1960-yillarda  Birlashgan  Millatlar Tashkiloti tomoni- 

dan  yillik  aylanmasi  100  mln  dollardan  ortiq  bo'lgan  hamda 

kamida oltita mamlakatda o‘zining ftliallariga ega bo‘lgan  korpo- 

ratsiyalar TMKlar jumlasiga kiritildi.  Keyinchalik  esa TMKlarni 

ajratishda  bir  qator  mezonlar  qo'llanila  boshladi.  Hozirgi  kunda 

BMT tomonidan  quyidagi  xususiyatli  belgilarga  ega bo‘lgan  kor- 

poratsiyalar TMK jumlasiga  kiritiladi:

194


—  markazlashgan  boshqaruv  tizimi  asosida  muvofiqlashtiril- 

gan  iqtisodiy  siyosatni yuritishi;

—  ishlab  chiqarish  bo‘linmalarining  majburiyatlar  hamda 

resurslar almashinuvida  bir-biri  bilan  faol  hamkorligi;

—  yillik  savdo  hajmi  1  mlrd  dollardan  kam  bo‘lmasligi;

—  umumiy  moliyaviy  aylanma  mablag‘larining  1/5  qismidan 

1/3  qismigacha xorijdagi  operatsiyalarga  to‘g‘ri  kelishi;

—  xorijdagi  aktivlar ulushi  25  foizidan  kam bo‘lmasligi;

—  flliallari  oltitadan  kam  bo‘lmagan  mamlakatlarda  mavjud 

bo‘lishi.

Transmilliy  korporatsiyalar  yuzaga  kelishining  asosiy  sababi 

milliy  davlat  chegaralaridan  chiquvchi  ishlab  chiqarish  kuchlari- 

ning rivojlanishi asosida kapital va ishlab chiqarishning baynalmi- 

nallashuvi  hisoblanadi.

Kapital  va  ishlab  chiqarishning  baynalminallashuvi  xorijda 

ko‘p  sonli  boiinmalariga  ega  boigan yirik  kompaniyalarni  tash- 

kil  etish  va  milliy  korporatsiyalarning  transmilliyga  aylanishi 

orqali xo‘jalik aloqalarining  ekspansiyasi xususiyatiga ega boiadi. 

Kapitalni  xorijga chiqarish xalqaro  korporatsiyalarni tashkil  etish 

va  rivojlantirishda  muhim  omil  hisoblanadi.

Transmilliy  korporatsiyalar  yuzaga  kelishining  sabablari 

qatoriga,  iqtisodiyot  tarmoqlarida  ishlab  chiqarishning  keng 

ko‘lamligini ta’minlovchi yuqori iqtisodiy samaradorligini kiritish 

lozim.  Kuchli  raqobatlashuv  sharoitida  raqobat  kurashiga  dosh 

berish zaruriyati xalqaro ko‘lamda kapital va  ishlab chiqarishning 

bir  joyga  to‘planishiga  imkon  yaratadi.  Natijada  yuqori  foyda 

olish va  ishlab  chiqarish xarajatlarini  kamaytirish  imkoniyati  yu- 

zaga  keladi  hamda  global  miqyosda  oqilona  faoliyat shakllanadi.

TMKlar  rivojlanishining  uchta  asosiy  bosqichini  ajratib 

ko'rsatish  mumkin:

Birinchi  bosqich  XX  asrning  boshlariga  to‘g‘ri  kelib,  bu  bos- 

qichda  TMKlar  tomonidan  iqtisodiy  jihatdan  kam  rivojlan- 

gan  xorijiy  mamlakatlarning  xomashyo  tarmoqlariga  investitsiya 

mablag‘lari yo‘naltirildi, shuningdek, ta'minot va sotuv bo‘linmalari

195


tashkil  etildi.  Bu paytda  xorijda yuqori  texnologiyali  sanoat  ishlab 

chiqarishlarini tashkil  qilish foyda keltirmasdi.  Chunki bir tomon- 

dan  qabul  qiluvchi  mamlakatlarda  zaruriy  malakali  mutaxassis- 

lar  yetishmasdi,  texnologiyalar  esa  hali  yuqori  darajada  avtomat- 

lashgan  tizimga  ega  emasdi.  Boshqa  tomondan  esa,  korxonalarga 

yangi  texnologiyalarni  joriy  etish  natijasida  ularning joriy  ishlab 

chiqarish  holatida  yuzaga  keladigan vaziyatni  hisobga  olish  lozim 

edi.  Ushbu  davrda  transmilliylashuv  jarayoni  turli  mamlakatlar 

firmalarining  birlashishi,  ular  tomonidan  ta’minot  bozorlarining 

bo‘lib  olinishi  hamda  kelishilgan  narx  siyosatining  yuritilishida 

namoyon boidi.

Transmilliy  korporatsiyalar  rivojlanishining  ikkinchi  bos- 

qichi XX asrning  o‘rtalariga tegishli  boiib,  bu  bosqichda  nafaqat 

rivojlanayotgan  mamlakatlarda,  balki  rivojlangan  mamlakatlarda 

ham  xorijiy  ishlab  chiqarish  boiinmalari  rolining  kuchayishi  so- 

dir  boidi.  Xorijiy  ishlab  chiqarish  boiinmalari  ham  oldin  TMK 

uchun  asosiy mamlakatda ishlab chiqarilgan  mahsulotlarni ishlab 

chiqarishga  ixtisoslasha  boshladi.  Asta-sekinlik  bilan  TMKlar- 

ning xorijiy boiinmalari  mahalliy bozorlardagi talabni qondirish- 

ga yo‘naltirilgan faoliyatini kuchaytirdilar.  Oldin jahon xo‘jaligida 

xalqaro  kartellar faoliyat  yuritgan  boisa,  so‘ngra  mustaqil  tashqi 

iqtisodiy  strategiyasini  amalga  oshiruvchi  yetarlicha  yirik  milliy 

kompaniyalar vujudga  keldi.

TMKlar  soni  va  ular  ahamiyatining  ortishi  ko'proq  1960-yil- 

larda  fan-texnika  inqilobining  ta’siri  ostida  sodir  bo‘ldi.  Yangi 

texnologiyalarning  joriy  etilishi  va  ishlab  chiqarish  operatsi- 

yalarining  yanada  soddalashtirilishi  natijasida  faoliyat  ko'lamini 

yanada  kengaytirishga  imkoniyat  yaratildi.  Transport  va  axborot 

tizimlarining  rivojlanishi,  o‘z  navbatida  mazkur  imkoniyatni 

amalga  oshirishga yordam  berdi.

Shuningdek,  mazkur  bosqichda  TMKlar  tomonidan  ishlab 

chiqarish  resurslari  arzon  bo'lgan  mamlakatlarda  bo‘linmalarni 

tashkil  etishga  qaratilgan  strategiya  amalga  oshirilishi  kuchay- 

tirildi.


196

XX  asrning  oxirida  TMKlar  rivojlanishining  zamonaviy  bos- 

qichi  yuzaga  keldi.  TMKlar  rivojlanishining  mazkur  bosqichiga 

xos  bo‘lgan  xususiyat  ular tomonidan  ishlab  chiqarish  tarmoqla- 

rini tashkil etishni global ko'lamda amalga oshirilishida namoyon 

bo‘ldi.

TMKlar  tomonidan  xorijiy  bo‘linmalarni  tashkil  etish  strate- 



giyasida mamlakatlardagi ishlab  chiqarish xarajatlari  tahlili  ham- 

da  ishlab  chiqarilishi  rejalashtirilgan  mahsulotlarga  bo‘lgan talab 

darajasi  muhim  o‘rin  tutadi.

TMKlar  o‘z  faoliyati  davomida  xalqaro  ishlab  chiqarish  bilan 

jahon  savdosini  o‘zaro  birlashtirishga  erishdilar.  Ular  o‘zlarining 

xorijiy bo‘linmalari va sho‘ba korxonalari orqali dunyoning o‘nlab 

mamlakatlarida  yagona  ishlab  chiqarish  va  moliya  strategiyasi 

bo‘yicha faoliyat  yuritishadi.

Zamonaviy  jahon  xo‘jaligida  TMKlar  rolini  quyidagi 

ko‘rsatkichlar yordamida  ko‘rish  mumkin:

—  TMKlar jahon savdosining qariyb 2/3 qismini nazorat etadi;

—  dunyo  sanoat  ishlab  chiqarishining  taxminan  1/2  qismi 

TMKlar hisobiga to‘g‘ri  keladi;

—  TMKlar  bo‘linmalarida  barcha  ish  bilan  band  aholining 

qariyb  10%  faoliyat  yuritadi;

— jahondagi  mavjud  patent,  litsenziya  va  nou-xaularning 

deyarli  4/5  qismi TMKlar tomonidan  nazorat  qilinadi.

TMKlar  faoliyati  rivojlanishini  rag‘batlantirishda  davlat 

muhim  rol  o‘ynaydi.  Bunda  hukumat  xalqaro  shartnomalar, 

iqtisodiy  va  savdo  birlashmalari,  turli  xildagi  davlatlararo  keli- 

shuvlarni  tuzish  asosida  xorijiy  investitsiyalarni jalb  etish  hamda 

ta’minot bozorlari bilan ta’minlash  orqali o‘z TMKlari faoliyatini 

rag'batlantiradi.

8.3.  Transmilliy korporatsiyalar  faoliyatining  iqtisodiyot 

uchun  afzalliklari

Jahon  iqtisodiyotida  globallashuv  jarayonlarining  kuchayib 

borishida  transmilliy  korporatsiyalar  muhim  o‘rin  tutadi,  ya’ni

197


aynan transmilliy korporatsiyalar globallashuv jarayonlarini hara- 

katga  keltiruvchi  kuch  sifatida  qaraladi.  Chunki  transmilliy  kor- 

poratsiyalar  fiiiallarining  dunyo  mamlakatlari  bo'ylab  tarqalishi, 

mazkur  mamlakatlar  iqtisodiyotida  ishlab  chiqarishning  rivojla- 

nishiga  hamda  eksport  hajmining  oshishiga  olib  keladi.  Eksport- 

import  operatsiyalarining  rivojlanishi  esa,  o‘z  navbatida  mam- 

lakatlar  iqtisodiyotining  ochiqligini  ta’minlaydi.

Transmilliy  korporatsiyalarda  kapitalning  harakati,  odatda, 

korporatsiya joylashgan  davlatda  bo‘layotgan jarayonlardan  mus- 

taqil  ravishda  sodir  bo‘ladi.

Jahon  iqtisodiyotida  transmilliy  korporatsiyalar  yirik  inves- 

titsiya  va  yuqori  malakali  mutaxassislarni  talab  qiluvchi  yuqori 

texnologiyaii,  ilmtalab  sohalarga  kirib  boradi.  Ushbu  sohalarni 

transmilliy  korporatsiyalar tomonidan  monopoliya qilish  tenden- 

siyasi  ro‘y  bermoqda.

Transmilliy  korporatsiyalar  o‘rtasidagi  birlashish  va  qo‘shib 

olishlar  kompaniyalarning  mehnat,  ilmiy-texnik  va  moliyaviy 

resurslarini  birlashtirish  hisobiga  raqobat afzalliklariga  erishishga 

yo‘naltirilgan.  Shuningdek,  ishlab' chiqarishni  kengaytirish  hiso- 

biga  iqtisodiy  samaraga  erishish,  yangi  bozorlarga  kirish,  ishlab 

chiqarishni  diversifikatsiyalash,  yangi  aktivlardan  foydalanish  va 

boshqalarga  ega  bo‘lish  imkoniyati  yuzaga  keladi.  Shuningdek, 

transmilliy  korporatsiyalar o‘rtasidagi  birlashish  va  qo‘shib  olish- 

lar jarayoni  jahon  iqtisodiyoti  hamda  milliy  iqtisodiyotlar  rivoj- 

lanishiga  ta'sir  etuvchi  muhim  omil  bo‘lib  hisoblanadi.  Bu  holat 

o‘z  navbatida  transmilliy  korporatsiyalarning  barqaror  faoliyat 

ko'rsatishiga  ham  ta’sir ko‘rsatadi.

Transmilliy  korporatsiyalar  xalqaro  moliya  munosabatlari 

rivojlanishida  muhim  o‘rin  egallaydi.  Chunki  aynan  transmilliy 

korporatsiyalarning  faoliyati  orqali  butun  dunyo  bo‘ylab  inves- 

titsiyalar  oqimi  harakat  qiladi.  Transmilliy  korporatsiyalar  to- 

monidan  mamlakat  iqtisodiyotiga  kiritilgan  investitsiyalar  milliy 

iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.  Xu- 

susan,  mamlakatimiz  iqtisodiyotiga  ham  keyingi  yillarda  dunyo-

198


dagi  yetakchi  transmilliy  korporatsiyalar  tomonidan  investitsiya- 

lar jalb  etilmoqda.  Bunday  transmilliy  korporatsiyalar jumlasiga, 

Coca  Cola,  Jeneral  Motors,  Mitsui,  Hyundai,  Nestle,  Samsung 

va  boshqalarni  kiritishimiz  mumkin.

Transmilliy  korporatsiyalar  tomonidan  mamlakatlar  milliy 

iqtisodiyotiga  kiritilayotgan  investitsiyalar  natijasida  mazkur 

mamlakatning jahon  xo'jaligi  bilan  aloqalari  rivojlanib  boradi. 

Bu  holat  esa,  xalqaro moliya  munosabatlari  rivojlanishiga ijobiy 

ta’sir  ko'rsatadi.  Chunki  transmilliy  korporatsiyalar  bir  vaqt- 

ning  o‘zida,  xalqaro  investitsiya  munosabatlari,  eksport-import 

operatsiyalari,  xalqaro valuta munosabatlari,  xalqaro lizing mu- 

nosabatlari  hamda  xalqaro  moliya  bozorlaridagi  operatsiyalar 

rivojlanishiga  o'zining  ta’sirini  o‘tkazadi.  Mazkur  munosabat- 

larning  barchasini  xalqaro  moliya  munosabatlari  o‘zida  mujas- 

sam  etadi.

Korporatsiyalarning milliy va jahon iqtisodiyoti uchun muhim- 

ligi  ular  shakllanishi  va  faoliyat  yuritishi jarayonlarining  tegishli 

ilmiy  tahlilini  talab  etadi.  Kapital  va  ishlab  chiqarishning  keng 

ko‘lamda  bir joyga  to‘planishi  asosida yuzaga  keluvchi birlashgan 

korporativ  tuzilmalar bugungi  kunda  milliy  va jahon  iqtisodiyo- 

tining  muhim  subyektlari bo‘lib  hisoblanadi.  Biroq ularning mil- 

liy va jahon  iqtisodiyotiga ko‘rsatadigan ta’siri  ijobiy hamda salbiy 

bolishi  mumkin.  TMKlar quyidagi  afzalliklarga  ega:

—  o‘z  tuzilmasida  ta'minot,  ishlab  chiqarish,  ilmiy-tadqiqot, 

taqsimlash  va  sotish  korxonalarini  birlashtirgan  barcha  yirik 

kompaniyalar  uchun  muhim  hisoblangan  raqobatbardoshlikni 

kuchaytirish  va samaradorlikni  oshirish  imkoniyati;

—  aktivlarni  samarali boshqarish  imkoniyati;

—  xorijiy  mamlakatlarning  resurslaridan  foydalanish  (qabul 

qiluvchi  mamlakatlarning  moliyaviy  resurslari,  ishlab  chiqarish 

imkoniyatlari,  ilmiy-tadqiqot  salohiyati,  xomashyo  resurslari 

hamda  yuqori  malakali  ishchi  kuchlaridan  foydalanish)  yo‘li  bi- 

lan raqobatbardoshlikni kuchaytirish va samaradorlikni  oshirish- 

ning qo‘shimcha  imkoniyatlari;

199


—  qabul  qiluvchi  mamlakatlardagi  raqobatchilarning  salohi- 

yati,  bozorlarning  istiqboli  haqidagi  ma’lumotlarni  olish  imkoni- 

yati  hamda  xorijiy  bo‘linmalar  mahsulotlarining  iste’molchilarga 

yaqinligi.  Shuningdek,  TMKlar bo‘linmalari asosiy kompaniya va 

bo‘linmalarning  boshqaruv  va  ilmiy-texnik  salohiyatining  yuqo- 

riligi  natijasida  qabul  qiluvchi  mamlakatlardagi  korxonalarga  qa- 

raganda  muhim  afzalliklarga ega  bo‘ladi;

—  mamlakatlar  bozorlariga  kirishdagi  turli  xildagi  proteksio- 

nistik to‘siqlarni tovarlar eksportini  kapital eksportiga  (jumladan, 

xorijiy filiallarni  tashkil etish) almashtirish yo'li bilan oldini olish 

imkoniyati;

—  xorijiy  bo'linmalarning  ishlab  chiqarish  faoliyatiga  asosiy 

kompaniya  tomonidan  yaratilgan  yuqori  texnologiyalar  va  yangi 

turdagi  mahsulotlar  ishlab  chiqarishning  doimiy  ravishda  joriy 

etilishi;

—  dunyoning  turli  mamlakatlariga  o‘zining  ishlab  chiqarish- 

larini  joylashtirish  orqali  ishlab  chiqarish  faoliyatida  yuzaga  ke- 

ladigan  risklarni  kamaytirish  imkoniyati.

Korporatsiyalarning yirik kapitalning afzalliklari  bilan  bog‘liq 

bo‘lgan  ijobiy  tomonlari  iqtisodiy  adabiyotlarda  yetarli  darajada 

o‘rganilgan.

TMKlarning  milliy  iqtisodiyot  uchun  quyidagi  ijobiy  tomon- 

larini  alohida  ajratib  ko‘rsatish  mumkin:

—  aholi  va  sanoat  uchun  keng  ko‘lamda  mahsulotlar  ishlab 

chiqarish  va  xizmatlar ko‘rsatish  imkoniyati;

—  milliy  iqtisodiyotga  yangi  fan-texnika  yutuqlarining  kirib 

kelishi;

—  iqtisodiyotning  turli  tarmoqlarida  barqaror  rivojlanishni 

ta’minlash;

—  mamlakat  mintaqalarida  iqtisodiy rivojlanishni  ta’minlash;

—  yangi  ish  o‘rinlarini yaratish;

—  kadrlar malakasining  oshishi;

—  resurslardan  samarali  foydalanish  tizimining  vujudga  keli- 

shi;


200

—  milliy ishlab chiqaruvchilarning xalqaro  mehnat  taqsimoti- 

ga  qo‘shilishini  ta’minlash;

—  investitsion  faollikni  oshirish;

—  yirik loyihalarni  moliyalashtirish  imkoniyati  va boshqalar.

TMKlarning  mamlakatlar  iqtisodiyotiga  ko‘rsatadigan  salbiy

ta'siri  ular  afzalliklarining  davom  etishi  bo‘lib,  asosan,  ularning 

juda  yirik  o‘lchamdagi  moliyaviy  resurslarni  to‘plashi  ularga  bu- 

tun  tarmoqlarni  va alohida  mintaqalarni  nazorat  qilish  imkonini 

berishi,  shuningdek,  iqtisodiy rivojlanish  sur’atlariga  ta’sir  qilishi 

bilan  bogiiq.  Shuningdek,  TMKlarning  milliy  iqtisodiyot  ho- 

latiga salbiy ta’sirlari  quyidagilarda  namoyon  boiadi:

—  milliy  ishlab  chiqaruvchilar  imkoniyatlarini  cheklab 

qo‘yilishi;

—  investitsion  va  ishlab  chiqarish  jarayonlari  rivojlanishida 

risklarning oshishi;

—  monopollashuv  holatining yuzaga  kelishi;



8.1-jadval

TMKlar  faolijr'atining natijalari

Qabul  qiluvchi mam- 

lakatlar uchun

Kapitalni xorijga 

chiqaruvchi  mam- 

lakatlar uchun

Butun jahon 

xo‘jaligi  uchun

Ijobiy

natijalar



qo‘shimcha  resurs- 

larni  olish (kapital, 

yangi texnologiyalar, 

boshqaruv tajribalari, 

malakali  mehnat); 

ishlab chiqarish va 

bandlik darajasining 

oshishi;


raqobatning kuchayi- 

shi;


davlat budjetiga qo‘- 

shimcha daromadlar- 

ning tushishi.

iqtisodiy tartib- 

larning birxil- 

lashuvi;


boshqa mamlakat- 

lar iqtisodiyotiga 

ta’sir etish daraja- 

sining ortishi; 

daromadlarning 

oshishi.


globallashuv- 

ning kuchayi- 

shi;

jahon xo‘- 



jaligida 

hamjihat- 

likning oshishi; 

ijtimoiy jahon 

xo‘jaligining 

yaxshilanishi 

uchun sharoit- 

lar yaratish.

201


Jadvcilning davomi

Salbiy


natijalar

jahon xo'jaligida rnam- 

lakatlar ixtisoslashuvini 

tanlashda tashqi  nazorat- 

ning  kuchayishi; 

milliy biznesning  o‘rnini 

boshqa  turdagi sohalar 

egallashi;

milliy iqtisodiyot beqa- 

rorligining o'sishi; 

soliqlardan qochish ho- 

latlarining kuchayishi; 

korporatsiyalar tomoni- 

dan mablag‘larni  asosiy 

mamlakatdagi  ilmiy 

tadqiqotlarni  rivojlanti- 

rishga yo‘naltirilishi.

davlat  nazorati 

rolining pasayi- 

shi;


kapitalni  inves- 

titsiyalar shaklida 

olib chiqilishi 

natijasida ish 

joylarining qisqa- 

rishi;


soliqlardan

tushadigan

mablag‘larning

kamayishi.

xususiy 

manfaat- 

larga xizmat 

ko'rsatuvchi 

iqtisodiy 

tizim


markazlar- 

ining paydo 

bo'lishi.

—  TMK  tomonidan  ichki  narxlarning  qo‘llanilishi  tufayli 

budjet  daromadlarining  qisqarishi;

—  milliy  iqtisodiyotning  birmuncha  istiqbolli  va  rivojlangan 

tarmoqlarini  TMKlar  tomonidan  egallanishi  tufayli  milliy  kor- 

xonalar faoliyatining  sustlashuvi.

Shuningdek,  qabul  qiluvchi,  kapitalni  xorijga  chiqaruvchi 

mamlakatlar  hamda  butun  jahon  iqtisodiyoti  uchun  TMKlar 

faoliyatining  ayrim  oqibatlarini  quyidagi  jadval  ma’lumotlarida 

ko‘rishimiz  mumkin.

Korporatsiyalar  uchun  faoliyatning  transmilliylashuvi  iqti- 

sodiy  risklarni  pasaytiradi,  lekin  qabul  qiluvchi  mamlakat- 

lar  uchun  bu  holat  aksincha  bo‘ladi.  Chunki  transmilliy 

korporatsiyalar  iqtisodiy  qiyinchiliklarni  boshdan  kechirayot- 

gan  mamlakatlarni  tark  etgan  holda  o‘z  kapitalini  mamlakat 

o‘rtasida  ko‘chirishi  mumkin.  Tabiiy  ravishda,  bunday  sharoit- 

larda  transmilliy  korporatsiya  kapitali  chiqib  ketgan  mamlakat- 

dagi  holat  yanada  yomonlashishi,  ishsizlik  darajasining  oshishi

202


va  iqtisodiyot  uchun  boshqa  salbiy  holatlarni  yuzaga  keltirishi 

mumkin.


Raqobat  kurashida  o‘z  o‘rnini  saqlashi  uchun  har  bir  TMK 

doimiy ravishda  nazoratidagi kapital  hajmini va faoliyat ko‘lamini 

oshirgan  holda  rivojlanib  boradi  hamda  muayyan  bosqichda 

uning faoliyati mamlakat  iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsata bosh- 

laydi,  chunki  davlat  manfaatlari  bilan  alohida  tuzilmalarning 

manfaatlari  doimo  bir-biriga  mos  kelavermaydi.  Yuzaga  keluvchi 

muammolarni  oldini  olish  uchun  qanday  sharoitlarda  TMKlar- 

ning  mamlakat  iqtisodiyotiga  salbiy  ta’sir  ko‘rsatishi  mumkin- 

ligini  aniqlash  hamda  ularning  faoliyatini  tartibga  solish  me- 

xanizmlarini  ishlab  chiqish  lozim.



Download 2.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling