J. X. Ataniyazov, E. D. Alim ardonoy xalqaro moliya munosabatlari


Download 2.92 Mb.

bet5/33
Sana13.11.2017
Hajmi2.92 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33

4-bob.  XALQARO  MOLIYA TASHKILOTLARINING 

XALQARO  MOLIYA MUNOSABATLARI 

TARAQQIYOTIDAGI  0 ‘RNI

4.1.  Xalqaro moliya tashkilotlarining tasniflanishi va umumiy 

tavsifi.

4.2.  Xalqaro  Valuta  Fondining  maqsadi  va  faoliyatining  mo- 

hiyati.

4.3.  Jahon  banki  guruhi  va  unga  kiruvchi  tashkilotlar  faoli- 



yati.

4.4.  Mintaqaviy valuta-kredit  va  moliya tashkilotlari.



4.1.  Xalqaro  moliya tashkilotlarining tasniflanishi va 

umumiy tavsifi

Xalqaro  valuta-kredit  va  moliya  munosabatlarining  tashkiliy 

tuzilmasi  o‘ziga  ko‘plab  xalqaro  tashkilotlarni  qamrab  oladi. 

Ulardan ba'zilari ko'pgina vakolatlarga hamda yuqori  miqdordagi 

moliyaviy  resurslarga  ega  bo‘lgan  holda  xalqaro  valuta-kredit  va 

moliya  munosabatlarini  tartibga  solishda  ishtirok  etadi.  Boshqa- 

lari  esa  hukumatlararo  muhokama  etish  uchun  forumlar  tashkil 

etish  hamda  valuta-kredit  va  moliya  siyosati  bo‘yicha  tavsiyalar 

ishlab chiqish bilan  shug‘ullanadi.

Xalqaro  moliya  tashkilotlari  o‘zida jahon  iqtisodiyoti  barqa- 

rorligini  ta’minlash  uchun  moliya  va  valuta-kredit  munosabat- 

larini  tartibga  solish  maqsadlarida  davlatlararo  kelishuv  asosida 

tashkil  etilgan xalqaro tashkilotlarni  ifodalaydi.

Xalqaro  moliya  tashkilotlarining  yuzaga  kelishiga  asosan ja- 

hon  xo‘jaligida  globallashuv  jarayonlarining  rivojlanishi  hamda 

xalqaro  moliya  bozorlaridagi  va jahon  valuta  tizimidagi  beqaror- 

likning kuchayishi  sabab  bo‘ldi.  Ular asosan  ikkinchi jahon uru- 

shidan  keyin  tashkil  topgan  va  hozirgi  vaqtda  mamlakatlarning 

valuta-kredit  va  moliya  munosabatlari  sohasidagi  hamkorligini 

rivojlantirishda  hamda  ushbu  munosabatlarni  davlatlararo  dara- 

jada tartibga  solishda muhim  rol o'ynamoqda.

54


Xalqaro  moliya  tashkilotlari  vujudga  kelishining  birinchi 

bosqichi  birinchi  va  ikkinchi  jahon  urushlari  orasidagi  davrga 

to‘g‘ri  keladi.  Xalqaro  moliya  tashkilotlari  vujudga  kelishining 

ikkinchi  bosqichi  hamda  ular  faoliyatining  kuchayish  jarayo- 

ni  ikkinchi  jahon  urushidan  so‘ng  mustamlakachilik  tizimi- 

ning  parchalanishi  va  1970-yillardagi  iqtisodiy  o‘zgarishlar  bi- 

lan  bog‘liqdir.  Shu  bilan  birgalikda  1980-yillarning  boshlarida 

xalqaro  moliya  tashkilotlari  faoliyatida  uchinchi  bosqichning 

boshlanganligini qayd  etishimiz mumkin.  Chunki bu davrda ja- 

hon  iqtisodiyotida  globallashuvning  kuchayishi  hamda  integra- 

tsion  jarayonlarning  jadallashuvi  kabilarni  ko‘rsatish  mumkin. 

Dunyodagi  bir  qator  davlatlarning  hukumat  organlari  zamo- 

naviy  xalqaro  iqtisodiy  munosabatlardagi  muammolarni  birga- 

likda  hal  etishga  ehtiyoj  sezdilar  va  buning  natijasida  xalqaro 

tashkilotlarga bo‘lgan  talab  yanada ortib bordi.

Xalqaro  moliya  tashkilotlariga  Xalqaro  Valuta  fondi,  Jahon 

banki,  Yevropa  tiklanish  va  taraqqiyot  banki,  Xalqaro  hisob- 

kitoblar  banki,  Osiyo,  Amerika,  Afrika  mintaqaviy  rivojlanish 

banklari  va boshqalar kiradi.

Xalqaro  moliya  tashkilotlarining  faoliyati jahon  xo‘jaligining 

barqarorligiga  erishishga  hamda  valuta-moliya  sohasidagi  muno- 

sabatlarning  uzluksizligini  ta’minlashga  yordam  beradi.  Eng  av- 

valo,  bunga bo'lgan  zaruriyat  davlatlar o‘rtasidagi  o‘zaro aloqalar 

ko‘lamining ortib borishi, shuningdek,  ularning o'zgaruvchan xu- 

susiyatga  ega  ekanligi  bilan  izohlanadi.  Shuningdek,  ular  mam- 

lakatlar  va  davlatlar  o‘rtasida  hamkorlikni  tashkil  etish  uchun 

forum sifatida xizmat  qilishga ham yo‘naltirilgan.

Bundan  tashqari,  jahon  xo‘jaligining  muhim  muammolari 

bo‘yicha  tavsiyalar  ishlab  chiqish  va  rivojlanish  tendensiyalari 

to‘g‘risidagi  ma’lumotlarni  umumlashtirish,  tahlil  etish  hamda 

o'rganish  sohasida  xalqaro  valuta-moliya  tashkilotlarining  aha- 

miyati  ortib bormoqda.

Xalqaro moliya tashkilotlarining vujudga kelishiga va faoliyati- 

ning  rivojlanishiga  quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatgan:

55


—  xo'jalik  hayoti  baynalminallashuvining  kuchayishi,  shu- 

ningdek,  milliy  chegaralardan  tashqariga  chiquvchi  transmilliy 

korporatsiyalar va transmilliy banklarning tashkil  topishi;

— jahon xo'jaligida  moliyaviy munosabatlarni xalqaro  tartibga 

solishga  bo‘lgan  ehtiyojning kuchayishi;

— jahon  valuta  tizimi,  xalqaro  valuta-kredit,  qimmatbaho 

qog'ozlar  va  oltin  bozorlaridagi  yuzaga  keladigan  muammolarni 

hamkorlikda  hal  qilish zaruriyatining  ortib  borishi.

Xalqaro  valuta-kredit  va  moliya  tashkilotlari  tomonidan  baja- 

riladigan  asosiy funksiyalarga  quyidagilar kiradi:

1.  Axborot  funksiyasi.

Xalqaro  moliya  tashkilotlari  jahon  xo‘jaligi  rivojlanishining 

umumiy  tendensiyalari  hamda  biror-bir  davlatning  iqtisodiy  ho- 

lati  to‘g‘risida ma’lumotlar olish  mumkin bo‘lgan axborot  marka- 

zi  rolini  bajaradi.  Xalqaro  valuta-kredit  tashkilotlari  o‘tkazilgan 

xalqaro konferensiyalar, yig‘ilishlar,  tadqiqotlar natijalari bo‘yicha 

stalistik  materiallarni  nashr etib boradi.

2.  Maslahatchi  funksiyasi.

Xalqaro  moliya  tashkilotlari  mamlakatlarning  hukumatlariga 

valuta-kredit  va  moliya  siyosatini  o‘tkazish  bo‘yicha  maslahatlar 

berib  boradi.

3.  Tartibga solish funksiyasi.

Xalqaro  moliya  tashkilotlari  xalqaro  moliya  munosabatlarini 

tartibga  solish  funksiyasini  ham  bajaradi.  Jumladan,  XVF  to‘lov 

balansida  muammolarga  ega bo‘lgan  mamlakatlarga  vaqtinchalik 

moliyaviy  yordam  ko‘rsatadi.  XVF  mamlakatlarga  milliy  valuta 

kursini bir maromda saqlash uchun ham bir necha bor vaqtincha- 

lik yordam  ko‘rsatgan.

4.  Bashorat  qilish  funksiyasi.

Xalqaro  moliya tashkilotlari  milliy va jahon  iqtisodiyoti  rivojla- 

nishining bashoratini amalga oshiradi. Xalqaro moliya tashkilotlari 

universallik darajasi va maqsadlariga bog‘liq holda jahon ahamiyati- 

ga ega bo‘lgan, mintaqaviy, shuningdek, faoliyati jahon xo‘jaligining 

ma’lum bir sohasini  qamrab oluvchi  tashkilotlarga ajratiladi.

56


Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning asosiy shakllarini tartibga 

soluvchi xalqaro tashkilotlarni tashkil etish g‘oyasi  1929—1933-yil- 

lardagi jahon  iqtisodiy inqirozi  ta'siri  natijasida yuzaga  keldi.

Xalqaro  moliya  tashkilotlari  jahon  iqtisodiyotini  rivojlan- 

tirish  sohasidagi  muayyan  masalalarni  hal  etish  uchun  a’zo 

mamlakatlarning  moliyaviy  resurslarini  birlashtirish  orqali 

tashkil  etiladi.  Ushbu  masalalar  quyidagilardan  iborat  bo'lishi 

mumkin:


—  xalqaro savdoni rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvat!ash, jahon 

iqtisodiyotini  tartibga  solish  hamda barqarorlashtirish  maqsadida 

xalqaro valuta  va  fond bozoridagi  operatsiyalar;

—  budjet  taqchilligini  moliyalashtirish  va  davlat  loyihalarini 

amalga  oshirishga  kreditlar — davlatlararo  kreditlar;

—  xalqaro  biznesga  ijobiy  ta'sir  ko‘rsatishga  (masalan,  in- 

fratuzilma  loyihalari,  informatsion  texnologiyalar  sohasidagi  lo- 

yihalar,  transport  va  kommunikatsiya  tarmoqlarini  rivojlantirish 

va  boshq.)  ichki  loyihalar  (bitta  mamlakatning  yoki  rezidentning 

tijorat tashkiloti  manfaatlariga bevosita daxldor bo‘lgan loyihalar) 

sohasidagi  kreditlash va  investitsiya  faoliyati;

—  fundamental  ilmiy tadqiqotlarni  moliyalashtirish va hayriya 

faoliyati  (xalqaro  yordam  dasturlarini  moliyalashtirish).

Xalqaro  moliya  tashkilotlari  quyidagi  maqsadlarni  ko‘zlagan 

holda  faoliyat  yuritadi:

— jahon  iqtisodiyoti  va  xalqaro  moliyani  barqarorlashtirish 

maqsadida jahon  hamjamiyatida  harakatlarni birlashtirish;

—  valuta  va  moliya-kredit  munosabatlarini  xalqaro  tartibga 

solishni  amalga  oshirish;

— jahon valuta va  moliya-kredit  siyosatining strategiya va tak- 

tikasini  hamkorlikda  ishlab  chiqish  va  muvofiqlashtirish.

Xalqaro  moliya  tashkilotlarida  qatnashish  darajasi  va  alohida 

mamlakatlarning ta’siri  ularning kapitaldagi  bo‘nagining miqdori 

bilan  aniqlanadi.

Xalqaro  moliya  tashkilotlari  faoliyatining  samaradorligi 

muayyan  darajada  a’zo  mamlakatlarning  hukumati  va  davlat

57


tashkilotlari bilan bo‘ladigan  o‘zaro  munosabatga bog‘liq bo'ladi. 

Shunday  ekan,  xalqaro  moliya  tashkilotlarining  investitsion 

faoliyati  ko‘p  hollarda  yirik  xalqaro  loyihalar  bo'yicha  risklarni 

boshqarish  va  sug‘urtalashni  amalga  oshiruvchi  davlat  tashkilot- 

lari  bilan  yaqin  hamkorlikni  talab  etadi.

4.2.  Xalqaro Valuta  Fondining maqsadi va faoliyatining mohiyati

Xalqaro  Valuta  fondi,  XVF  (ing.  International  Monetary 

Fund,  IMF)  -   Birlashgan  Millatlar  Tashkilotining  (BMT)  ix- 

tisoslashgan  tashkilotlaridan  bo‘lib,  shtab-kvartirasi  AQSHning 

Vashington  shahrida  joylashgan.  1944-yil  22-iyulda  BMTning 

valuta-moliya  masalalari  bo‘yicha  Bretton-Vudsdagi  konferensi- 

yasida XVF bitimining  asosi  ishlab  chiqildi.  XVF tashkil  topgan 

rasmiy sana  —  1945-yil  27-dekabr  bo‘lib,  bunda  bitimning oxirgi 

varianti  29  ta  davlat  tomonidan  imzolandi.  XVF  o‘z  faoliyatini 

1947-yil  1-martdan  Bretton-Vuds  tizimining  bir  qismi  sifatida 

boshladi.  Shu  yili  Fransiya  birinchi  kreditni  oldi.  Hozirgi  kunda 

XVF  186  davlatni  birlashtirib,  uning  tuzilmasida  133  mamlakat- 

dan  2500  mutaxassis  ishlaydi.

XVF  —  a’zo  davlatlar  o‘rtasida  valuta-kredit  munosabatlari- 

ni  tartibga  solish  va  ularga  to‘lov  balansining  kamomadi  bilan 

bog'liq  valutaviy  qiyinchiliklar  paytida  chet  el  valutasida  qisqa 

va  o‘rta  muddatli  kreditlar  berish  yo‘li  bilan  moliyaviy  yordam 

ko‘rsatish  uchun  mo‘ljallangan  hukumatlararo  tashkilotdir.

XVF  Kelishuvlar moddalarining birinchi  moddasiga  muvoFiq, 

uning  maqsadlari  qatoriga  quyidagilar kiradi:

—  xalqaro  valutaviy  muammolarni  bartaraf  etish  borasida 

maslahatlar  va  hamjihatlik  mexanizmini  ta'minlovchi  doimiy 

institut  orqali  xalqaro valutaviy hamkorlikni  rag'batlantirish;

—  xalqaro  savdoning  kengayishi  va  muvozanatli  o‘sishini 

qo'llab-quvvatlash  va  shu  orqali  bandlik  hamda  real  daromad- 

larning  yetarlicha  yuqori  darajasini  ushlab  turish  va  iqtisodiy  si- 

yosatning  bosh  maqsadi  sifatida  barcha  a’zo  davlatlar  resurslari- 

ning samaradorligini  oshirishga hissa qo‘shish;

58


—  a’zo  davlatlar  o'rtasida  joriy  bitimlarga  doir  ko‘p  tomon- 

lama to‘lovlar tizimini tashkil etish va jahon savdosi rivojlanishiga 

to‘sqinlik  qiluvchi  valuta  ayirboshlashdagi  cheklovlarni  bekor  qi- 

lishga ko‘maklashish;

—  a’zolarning  umumiy  resurslari  hisobidan  yetarlicha  xavf- 

siz  asosda  mablag‘  bilan  ta’minlash  orqali  ularning  ishonchini 

qozonish  va  shuning  asosida  ularga  to‘lov  balansidagi  nomuvo- 

fiqliklar  (tartibsizliklar)ni  milliy  yoki  xalqaro  taraqqiyotga  g‘ov 

bo‘ladigan chora-tadbirlarsiz to‘g‘rilash  imkonini  berish;

—  yuqoridagilarga muvofiq a’zo davlatlarning xalqaro to‘lovlar 

balanslaridagi  nomuvofiqlik  (muvozanatsizlik)larning  davomiy- 

ligini  qisqartirish va uning  darajasini  pasaytirish.

XVFni  tashkil  etish  mobaynida  qat’iy  belgilangan  paritet 

tizimining tamoyillari shakllantirilgan bo‘lib, ularga valutalarning 

oltin  paritetiga  muvofiq tarzda ularning  rasmiy almashuv kursini 

o‘rnatish,  a’zo  mamlakatlar  tomonidan  almashuv  kurslarining 

valuta yo‘lakchasi  (1945—1971 -yillarda — ±1%,  1971—1973-yillarda 

-   ±2,25%)  doirasida  bo‘lishi  ta’minlanishi,  oltinning jahon  puli 

funksiyasi  saqlanishi  bilan  birga,  AQSH  dollariga  ushbu  funk- 

siyani  bajaruvchi  valuta  maqomining  berilishi  kabilarni  kiritish 

mumkin.

Bretton-Vuds  tizimi  tanazzulga  uchragach,  majburiy  valuta 



yo‘lakchalari bekor qilindi va valuta kursining erkin suzish tizimiga 

o‘tildi.  Shuningdek, oltin demonetizatsiya qilindi,  ya'ni oltin stan- 

darti,  xalqaro hisob-kitoblarda va  Markaziy bankning zaxiralarini 

shakllantirishda  oltindan  majburiy  foydalanish  amaliyoti,  AQSH 

dollarining  oltinga  erkin  ayirboshlanishi  bekor  qilindi.  Bundan 

tashqari,  har bir  mamlakat valuta  kursi  rejimini  mustaqil  tanlash 

huquqiga  ega  bo‘ldi.  Shunday  ho‘lsada,  XVF  nizomiga  muvofiq,

a)  mamlakatda  moliyaviy va valuta siyosati barqarorligini  qo‘llab- 

quvvatlash  hamda  Markaziy  bank  tomonidan  valuta  kursining 

kuchli  tebranishi  yuz  berganda  intervensiyadan  foydalanilishi;

b)  bir  tomonlama  ustunlikka  ega  bo'lishga  qaratilgan  valuta  kur- 

sining  manipulyatsiyasidan  voz  kechish;  d)  valutani  tartibga  so-

59


lish  va  valuta  kursi  mexanizmida  ko'zda  tutilayotgan  o‘zgarishlar 

haqida  XVFni  zudlik  bilan  xabardor  qilish;  e)  valutalarni  oltinga 

bog‘lab qo‘yish tartibidan  voz kechish talab  etiladi.

XVF bu taraqqiyot  instituti emas,  Kelishuvlar moddasiga  mu- 

vofiq,  qashshoq  mamlakatlarda  infratuzilmani  shakllantirish, 

eksport  va boshqa sektorlarni  diversiflkatsiya qilish yoki  ta’lim  va 

sog‘liqni  saqlash  tizimini  rivojlantirish  maqsadida kreditlar ajrat- 

maydi.


Har  qanday  mamlakat  xoh  u  rivojlangan  bo‘lsin,  xoh  u  sust 

rivojlangan,  agar  u  kapitallar  bozorida  qulay  shartlarda  xalqaro 

to‘lovlarni  amalga  oshirish  va  zaxiralarning  muvofiq  darajasini 

ta’minlash  uchun  yetarlicha  moliyalashtirish  manbasini  topa  ol- 

masa,  to‘lov  balansi  bilan  bog'liq  muammolarni  bartaraf  etish 

uchun moliyaviy yordam so‘rab XVFga murojaat  qilishi mumkin. 

XVF Jahon  banki  va boshqa taraqqiyot  agentliklaridan  farqli  ra- 

vishda loyihalarni  moliyalashtirmaydi.

XVF faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘lib quyidagilar hisob- 

lanadi:


— jahon  valuta tizimini  nazorat  qilish;

—  pul  siyosatidagi  xalqaro hamkorlikka  yordam  berish;

— jahon savdosini  kengaytirish;

—  XVF a'zolarini  kreditlash;

—  valuta ayirboshlash  kurslarini  barqarorlashtirish;

—  debitor mamlakatlarga  maslahatlar berish;

—  SDR chiqarish  orqali  likvid  mablag‘larni  yaratish;

—  iqtisodiy siyosat  va  texnik yordam sohasida tavsiyalar ishlab 

chiqish.

—  xalqaro  moliya statistikasi  standartlarini ishlab  chiqish;

—  xalqaro  moliya statistikasi  to‘plamlarini  e’lon  qilish.

XVF  Kelishuv  moddalariga  muvoflq  fondning  vazifalari  qa-

toriga  xalqaro  valuta  tizimini  nazorat  qilish  va  uning  samarali 

faoliyat  ko‘rsatishini  ta'minlash  kiradi.  XVF jahon  valuta  tizimi 

ustidan, jumladan,  a’zo  mamlakatlarning  valuta  kursi  sohasidagi 

siyosati ustidan  nazoratni  amalga oshiradi.

60


XVF  nazorat  funksiyasini  amalga  oshirish  bilan  birgalikda 

mamlakatlarning  umumiy  iqtisodiy  holati  va  uning  iqtisodiy  si- 

yosat  sohasidagi  strategiyasi  bo‘yicha  atroflicha  tahlil  o‘tkazadi. 

XVF  nuqtayi  nazariga  ko‘ra  mamlakatning  samarali  va  izchil 

iqtisodiy  siyosati  milliy  valuta  ayirboshlash  kurslarini  va  jahon 

valuta  tizimini  barqarorlashtirishga,  jahon  xo‘jaligida  iqtisodiy 

o‘sishni ta’minlashga  imkon  yaratadi.

XVF  ushbu  sohada  mamlakatlarning  o‘ziga  tegishli  bo‘lgan 

majburiyatlarini  bajarishini  nazorat  qiladi.  Bu  majburiyatlarga 

narxlar  barqarorligini  saqlagan  holda  yuqori  bandlik  darajasini 

ushlab  turuvchi  va  iqtisodiy  o‘sishga  yordam  beruvchi  moliyaviy 

va iqtisodiy siyosat  o‘tkazish.

XVF  nazoratni  amalga  oshirish  uchun  davriy  va  maxsus 

maslahatlarni  tatbiq  etadi.  Davriy  maslahatlar barcha  a’zo  mam- 

lakatlarga  har  yilda  o‘tkaziladi,  bunda  XVF  a’zo  mamlakat- 

larning  umumiy  iqtisodiy  holati  va  valuta  siyosati  to‘g‘risidagi 

ma’lumotlarga  ega  bo‘lishi  lozim.  Agarda  biror-bir  a’zo  mam- 

lakatda  og‘ir  iqtisodiy  vaziyat  yuzaga  kelgan  bo‘lsa  yoki  bunga 

shubha sezilsa XVF darhol undan  chiqish  yoki oldini  olish yuza- 

sidan  tegishlicha  chora-tadbirlarni  amalga  oshiradi.

Davriy  maslahatlar  XVF  ekspertlari  guruhi  tomonidan 

o'tkaziladi.  Ular  eksport  va  import,  ish  haqi  darajasi,  narxlar, 

aholi  bandligi,  moliyaviy  bozorlar  konyunkturasi,  investitsiya- 

lar  hamda  valuta  ayirboshlash  kurslarini  shakllantirishga  ta’sir 

ko‘rsatuvchi boshqa ko‘rsatkichlar bo‘yicha statistik ma'lumotlarni 

to‘playdi.  Keyin  esa,  davlat  tuzilmalarining  vakillari  bilan  iqti- 

sodiy  siyosatni  baholash  maqsadida  muhokama  tashkil  etiladi, 

shuningdek,  o‘z valutasini  ayirboshlashdagi  cheklovlarni  bartaraf 

etish uchun mamlakat  amalga  oshirgan  chora-tadbirlarning  nati- 

jasi  o‘rganiladi.

Muhokama yakuni bo‘yicha XVF ekspertlari batafsil ma’lumot 

tayyorlaydi  va  u  keyinchalik  Boshqaruv  kengashida  muhokama 

etiladi.  Muhokama  natijalari  bo‘yicha  xulosa  tayyorlanadi  va 

mamlakat hukumatiga taqdim etiladi.  Unda ko‘pincha mamlakat

61


tomonidan  amalga  oshirilayotgan  iqtisodiy  siyosatning  samara- 

dorligini  oshirish bo‘yicha fondning  tavsiyalari o‘rin  oladi.

XVF  maxsus  maslahatlarni  jahon  iqtisodiyotida  yetakchi 

o'rinda  turuvchi,  iqtisodiy  siyosati  jahon  xo‘jaligi  faoliyatiga 

sezilarli  darajada  ta’sir  ko‘rsatuvchi  sanoati  rivojlangan  mam- 

lakatlar bilan  o‘tkazadi.  Maslahatning  maqsadi  bo‘lib, jahondagi 

iqtisodiy vaziyatni va iqtisodiy rivojlanishning istiqbollarini baho- 

lash hisoblanadi.

SDR chiqarish  orqali likvid mablag‘larni yaratish jahon valuta 

tizimini  barqarorlashtirishga  va  xalqaro  hisob-kitoblarni  erkin 

amalga  oshirishga  imkon  yaratishi  kerak.  XVF  a’zo  mamlakat- 

larning  oltin-valuta  zaxiralari  tarkibi  va  darajasiga  ko‘ra  xalqaro 

miqyosda likvidlik holatiga alohida e’tibor qaratadi. Bunga bog‘liq 

holda  XVFning  muhim  funksiyasi  bo‘lib  qo‘shimcha  xalqaro 

zaxira  aktivlariga  bo‘lgan  uzoq  muddatli  ehtiyojni  ta'minlash 

uchun  emissiya  qilingan  SDRni  taqsimlash  hisobiga  o‘zining 

a'zolariga qo‘shimcha likvid mablag‘larni taqdim etish hisoblana- 

di.  0 ‘zining nizomiga  muvofiq xalqaro valuta fondi  SDRni jahon 

valuta  tizimining  asosiy  zaxira  aktivi  bo'lishiga  yordam  berishi 

lozim.


Jamoa  valutasi  SDR  zaxira  milliy valutalari  va  oltin  bilan  bir 

qatorda  zaxira  aktivi  funksiyasini  bajaradi.  U  rasmiy  aktiv  bo‘lib 

undan  foydalanish  va  egalik  qilish  huquqi  faqat  XVFga,  uning 

a'zolariga va belgilangan  rasmiy ishtirokchilarga berilgan.

XVF ishtirokchi mamlakatlar o‘rtasida SDRni ularning kvota- 

lariga  proporsional  miqdorda  taqsimlaydi.  SDRning jahon valuta 

tizimida  zarur  bo'lgan  umumiy  miqdorini  belgilash  va  bu  miq- 

dorni  oshirish  masalalari  faqat  XVF vakolatlariga  kiradi.  SDRni 

taqsimlash to‘g‘risidagi qaror besh yilgacha davomiylikdagi davrga 

qabul  qilinadi  va  bunda  inflyatsiya  va  ortiqcha  talabni,  shuning- 

dek,  iqtisodiy  turg‘unlikni  oldini  olish  uchun  mavjud  zaxira  ak- 

tivlarini to'ldirishga bo'lgan jahon iqtisodiyotining uzoq muddatli 

ehtiyoji  hisobga olinadi.  SDRni yangidan taqsimlash  to‘g‘risidagi 

taklif XFVning taqsimlovchi-direktorlari tomonidan  Ijroiya  ken-

62


gashning roziligi bilan kiritiladi va  uni  Boshqaruvchilar kengashi 

tasdiqlaydi.

XVFning  oliy  boshqaruv  organi  bo‘lib,  har  bir  a’zo  mam- 

lakatdan  boshqaruvchi  vakil  va  uning  o‘rinbosaridan  iborat 

bo‘lgan  boshqaruvchilar  Kengashi  hisoblanadi.  Odatda,  ular 

Moliya  vazirlari  yoki  Markaziy  bank  boshqaruvchilari  bo‘ladi. 

Kengash  Fond  faoliyatining  asosiy  masalalarini  hal  etadi,  bu- 

larga:  Kelishuv  moddasiga  o'zgartirishlar  kiritish,  a’zolikka 

mamlakatlarni  qabul  qilish  va  a’zolikdan  chiqarish,  ularning 

kapitaldagi  ulushini  aniqlash  va  qayta ko‘rib  chiqish,  ijrochi  di- 

rektorlarni  saylash.  Boshqaruvchilar odatda yilda bir marta  ses- 

siyada  to‘planadilar.

Ustav  kapitali  taxminan  217  mlrd.  SDRni  tashkil  etadi.  U 

a’zo  mamlakatlarning  bo‘naklari  hisobiga  shakllanadi,  odatda 

o‘z  kvotasining  25%  SDRda  yoki  boshqa  a’zolarning  valutasida, 

qolgan 75%  o'zlarining milliy valutasida to‘lanadi.  Ularning kvo- 

tasi  o‘lchamidan  kelib  chiqib  a’zo  mamlakatlar  o‘rtasida  ovozlar 

taqsimlanadi.  XVFda yuqori ovoz miqdorini  quyidagi mamlakat- 

lar  egallagan  (2011-yil  holati  bo'yicha):  AQSH  —  16,7%,  Ger- 

maniya  —5,82%,  Yaponiya  —  6,24%,  Buyuk  Britaniya  — 4,30%, 

Fransiya  — 4,30%,  Saudiya  Arabistoni  — 2,81%,  Xitoy  — 3,82%, 

Rossiya  —  2,39%.  Yevropa  Ittifoqining  27  ta  a’zo  mamlakati- 

ning  ulushi  —  32,07%,  XVFda  29  ta  sanoati  rivojlangan  davlat- 

lar  (IHTTga  a’zo  mamlakatlar)  60,35%  miqdoridagi  ovozga  ega. 

Fond  a’zoligini  84%dan  ortig‘ini  tashkil  etuvchi  qolgan  mam- 

lakatlarning  ulushi  atigi  39,65%ga  to‘g‘ri  keladi.

Xalqaro  Valuta  Fondining  eng  muhim  vazifalaridan  biri  a’zo 

mamlakatlarning  to‘lov  balansida  qiyinchiliklar  yuzaga  kelganda 

kreditlar berish orqali yordam ko‘rsatish hisoblanadi.  Bu moliyaviy 

yordam  mamlakatlarga o‘zining  xalqaro  zaxiralarini  to‘ldirishga, 

milliy  valutasini  barqarorlashtirishga,  import  to‘lovlarini  amalga 

oshirishni  davom  ettirishga  hamda  mavjud  muammolarni  hal 

etish  bo'yicha  chora-tadbirlar  qabul  qilish  orqali  faol  iqtisodiy 

o‘sish uchun  sharoitni tiklashga  imkon  yaratadi.

63


XVFning  kreditlash  dasturlarini  quyidagi  kategoriyalarga 

ajratish  mumkin:

1.  Rezerv (Stand-By) kelishuvlari asosan qisqa muddatli to‘lov 

balansi  muammolarini  bartaraf  etishga  mo‘ljallangan.  XVF- 

ning  eng  yirik  kreditlari  ham  mazkur  kategoriyaga  tegishlidir. 

1997-yilda  XVF  Qo‘shimcha  rezerv  dasturini  amaliyotga  joriy 

qildi.  Mazkur  dastur  kapital  hisobraqami  bilan  bogiiq  inqiroz- 

larni  boshdan  kechirayotgan  davlatlarga  zudlik  bilan juda  qisqa 

muddatli  kreditlarni  ajratishni  ko‘zda tutadi.

2.  Uzaytirilgan  fond  dasturi  XVF  tomonidan  toiov  balan- 

si  qiyinchiliklariga  yuz  tutgan  mamlakatlarga  ko‘maklashish 

maqsadida  joriy  qilingan  boiib,  bunda  muammolar  qisman 

strukturaviy  muammolar  bilan  bogiiq  va  uni  bartaraf  etish 

makroiqtisodiy  nomuvofiqliklarga  nisbatan  uzoqroq  muddatni 

taqozo  etadi.

3.  Qashshoqlikni  qisqartirish  va  iqtisodiy  o‘sish  dasturi  aso- 

sida  XVF  yillik  foiz  stavkasi  0,5  foiz  va  so‘ndirish  muddati 

10 yil  bo‘lgan  kreditlarni  o'zining  eng  qashshoq  a’zo  davlatlariga 

taqdim  etadi.  Ta'kidlash  lozimki,  XVF  kreditlarining  ko‘pchilik 

qismi  shu  kategoriyaga  mansubdir.  2005-yilda  Ekzogen  shok- 

lar  dasturi  ishlab  chiqilib  tasdiqlandi.  Bu  dastur  asosida  Qash- 

shoqlikni  qisqartirish  va  iqtisodiy  o‘sish  dasturi  orqali  kredit  ol- 

maydigan sust rivojlangan davlatlarga ularning nazorat doirasidan 

tashqarida bo‘lgan shoklar tufayli vujudga keladigan to‘lov balansi 

muammolarini bartaraf etish  uchun  kreditlar taqdim etiladi.



Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling