J. X. Ataniyazov, E. D. Alim ardonoy xalqaro moliya munosabatlari


  I.A  Karimov.  Bizdan  ozod  va  obod  Vatan  qolsin.  T.2.  -   T.:  «Olzbekiston»


Download 2.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/33
Sana13.11.2017
Hajmi2.92 Mb.
#20007
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33

29  I.A  Karimov.  Bizdan  ozod  va  obod  Vatan  qolsin.  T.2.  -   T.:  «Olzbekiston», 

1996.  11-12-b.

386


0 ‘zbekiston  Respublikasida  tashqi  iqtisodiy  faoliyatning 

obyektlari  bo‘lib,  hamma  turdagi  resurslar,  xalq  xo‘jaligining 

barcha  tarmoqlari  va  sohalarida  yaratiladigan  tovarlar  hamda 

ko‘rsatiladigan  xizmat,  qimmatbaho  qog'ozlar,  fan-texnika  mah- 

sulotlari,  intellektual va boshqa boyliklar hisoblanadi.  0 ‘zbekiston 

Respublikasi  qonunlari  bilan  tashqi  iqtisodiy  faoliyatda  foydala- 

nish  man  etiladigan  obyektlar bundan  mustasnodir.

Mulkchilikning  shakllaridan  qat’i  nazar,  0 ‘zbekiston  Res- 

publikasida  tashqi  iqtisodiy  aloqalarning  ishtirokchilari  sifatida 

ro‘yxatga  olinib,  respublika  hududida  yoki  uning tashqarisida  ish 

olib borayotgan yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan ajnabiy 

yuridik  va  jismoniy  shaxslar,  xalqaro  tashkilotlar  0 ‘zbekiston 

Respublikasi  tashqi  iqtisodiy  faoliyatining  subyektlari  bo‘lishi 

mumkin.


Tashqi  iqtisodiy faoliyat  subyektlari:

—  0 ‘zbekiston  Respublikasi  hududida  amal  qilib  turgan  qo- 

nun  normalari  va  normalarga,  hamma  tomonidan  e’tirof etilgan 

xalqaro  normalar va  qoidalarga rioya etishi;

—  belgilangan 

tartibda 

tashqi 

iqtisodiy 



aloqalarning 

ishtirokchisi  sifatida  ro‘yxatdan  o‘tishi  hamda  buxgalteriya  va 

statistika  hisobotlarini  taqdim  etishi;

—  xalqaro  hamkorlik doiralarida  bajarilayotgan  ishlar,  qidiruv 

ishlari va  loyihalarning  sanitariya-gigiyena,  ekologiya  talablari va 

boshqa talablarga  muvofiqligi  haqida  ekspertiza xulosasini  olishi;

—  ro‘yxati  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  huzuridagi 

Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan  belgilanadigan  tashqi  iqtisodiy 

faoliyatning  ayrim  turlarini  amalga  oshirish  huquqini  beruvchi 

litsenziyaga  ega bo‘lishi  shart.

Mulkchilikning  shakllari  va  tashqi  iqtisodiy faoliyatining  tur- 

laridan  qat’i  nazar,  tashqi  iqtisodiy  faoliyatning  barcha  subyekt- 

lari  tashqi  iqtisodiy  faoliyatni  arnalga  oshirishda  teng  huquqlarga 

ega bo‘ladi.

Tashqi  iqtisodiy faoliyatning har bir subyekti amal qilib turgan 

qonunlar doirasida  tashqi  iqtisodiy  aloqalardagi  o‘z  ishtirokining

387


turlari,  shakllari  va  yo‘nalishlarini  mustaqil  belgilashi,  o‘z  xo- 

hishiga  qarab  tashqi  iqtisodiy  faoliyatini  amalga  oshirish  uchun 

zarur  bo‘lgan  yuridik  va jismoniy  shaxslarni  belgilangan  tartib- 

da  shartnoma  asosida  yoki  boshqacha  tarzda  haq  to‘lab  yoxud 

to‘lamasdan jalb  etishi  mumkin.

Tashqi  iqtisodiy  faoliyatining  har  bir  subyekti  0 ‘zbekiston 

Respublikasi  qonun  hujjatlariga  muvofiq  tashqi  iqtisodiy faoliyat- 

ning  natijalariga,  shu  jumladan  chet  el  valutasidagi  daromadga 

egalik  qilishga,  ulardan  foydalanishga  va  ularni  tasarruf etishga 

haqlidir.  Uning  qaroriga  ko‘ra  tashqi  iqtisodiy  faoliyatning  nati- 

jalariga  egalik  qilish,  ulardan  foydalanish  va  ularni  tasarruf etish 

huquqlari  qonunlarda  belgilangan  tartibda  boshqa  yuridik  va 

jismoniy  shaxslarga  o‘tkazilishi  yoxud  ularga  ishonib  topshiri- 

lishi  mumkin.  Huquqlar  ana  shu  tarzda  o‘zgaga  o‘tkaziladigan 

taqdirda tomonlar o‘zaro munosabatlarni shartnomalar (bitimlar) 

asosida tartibga  soladilar.

Mamlakatimizda  tashqi  iqtisodiy  faoliyatni  davlat  tomonidan 

tartibga  solish  quyidagilarni  o‘z  ichiga oladi:

—  tashqi  iqtisodiy faoliyat  subyektlarini  ro‘yxatdan  o‘tkazish;

—  tabaqalashtirilgan  soliqlar va  imtiyozlar sistemasi,  shu jum- 

ladan  valuta  bo‘yicha ham  belgilanish;

—  tashqi  iqtisodiy faoliyatni axborot bilan ta’minlashning dav- 

lat  tizimini  yaratish;

—  ayrim  mintaqalar,  tarmoqlar  va  korxonalarning  tashqi 

iqtisodiy  faoliyatni  amalga  oshirish  va  rivojlantirishi  uchun 

dotatsiyalar,  subsidiyalar,  subvensiyalar,  budjetdan  qarz  berish 

tarzida  moliyaviy  yordam  ko‘rsatish,  tavakkalchilikni  sug‘urta 

qilish;


—  respublika  tashqi  iqtisodiy  aloqalarining  turli  shakllarini 

rivojlantirishga  qaratilgan  aniq  maqsadli  kompleks  dasturlarni 

ishlab  chiqish,  pul  bilan  ta’minlash  va ekspertiza  qilish;

—  0 ‘zbekiston  Respublikasiga  olib kelinadigan  va  0 ‘zbekiston 

Respublikasidan  olib  chiqib  ketiladigan  tovarlar  va  boshqa  mol- 

mulklarni  hujjatlashtirish;

388


—  mahsulotni  (ishlarni,  xizmatlarni)  eksport  va  import  qilish 

tartibini  belgilash;

—  valuta  va  boshqa  fondlar  mablaglarini  vujudga  keltirish  va 

ulardan  foydalanish.



15.2.  Mamlakat  tashqi  iqtisodiy faoliyatining  ustuvor 

yo‘nalishlari

Keyingi  yillarda  0 ‘zbekistonning  xalqaro  hamjamiyatda 

hamda  iqtisodiy  maydondagi  nufuzi  va mavqei  oshib  bormoqda. 

Bunda  davlatimiz  hukumati  tomonidan  mamlakatni  ijtimoiy- 

iqtisodiy  rivojlanish  strategiyasining  puxta  ishlab  chiqilganligi, 

iqtisodiy islohotlar maqsadi  va vazifalari,  ularni  amalga  oshirish 

yo‘llarining  aniq  va  to‘g‘ri  ko‘rsatib  berilganligi  bu  yo‘ldagi  yu- 

tuq  hamda  marralarning  salmoqli  bo‘lishiga  imkoniyat  yarat- 

moqda.

Ma'lumki,  tashqi  iqtisodiy  faoliyat  milliy  iqtisodiyot  rivojla- 



nishining  muhim  vositasi  bo‘lib  hisoblanadi.  U  mamlakatning 

jahon  hamjamiyatiga  boigan  aloqasini  ifodalab,  uning  istiqbo- 

lini  belgilab  beradi.  Eksport  salohiyatini  oshirish  orqali  mam- 

lakat  ichida  ixtisoslashtirilgan  ishlab  chiqarishning  rivojlanishi- 

ga  erishiladi.  Mamlakat  eksporti  hamda  importining  qiymati 

o‘rtasidagi  farq,  ya'ni  saldo  tashqi  iqtisodiy  faoliyat  samarador- 

ligining  muhim  iqtisodiy  ko‘rsatkichi  bo‘lib  hisoblanadi.  Ushbu 

ko‘rsatkich  milliy  daromad  darajasiga  ko‘p  tomonlama  ta’sir eta- 

di.  Sababi,  import  va  eksport  hajmidagi  sezilarli  o‘zgarish  ham 

mamlakatdagi  daromad,  bandlik  va  narx  darajalarida  muayyan 

tebranishlarni keltirib chiqarishi  mumkin.  Keyingi yillarda mam- 

lakatimizda  keskin  raqobatlashuv  sharoitida  ishlab  chiqarilayot- 

gan  mahsulotlarning  jahon  va  mintaqaviy  bozorlarda  xaridorgir 

bo‘lishi  va  mustahkam  o‘rin  egallashi  uchun  bir qator chora-tad- 

birlar  amalga  oshirilmoqda.

Hozirgi  kunda  mamlakatimizda  importning  o'rnini  qoplash 

va  eksportga  yo‘naltirilgan  ishlab  chiqarishni  qo‘llab-quvvatlash 

dasturi  amalga  oshirilmoqda.  Mazkur dasturning  maqsadi,  mav-

389


jud  resurs  va  ishlab  chiqarish  salohiyatidan  imkon  boricha  to‘liq 

va  sarnarali  foydalanish  hamda  uni  rivojlantirish  asosida  eksport 

hajmining  barqaror  o‘sishi  uchun  qulay  shart-sharoitlarni  yara- 

tishdir.


Tashqi  iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish  uchun  xorijiy 

sarmoyalarni  ustuvor  yo‘nalishlarga  keng jalb  qilish,  ularga kafo- 

lat  va  imkoniyatlar  berish,  litsenziyalar,  nou-xaular  sotib  olishga 

qaratilgan  izchil  siyosat  olib  borilmoqda.

Tashqi  iqtisodiy  faoliyatni  takomillashtirish  va rivojlantirishda 

quyidagilarni  ustuvor yo‘nalishlar sifatida keltirish  mumkin:

—  Respublikaning  eksport  qudratini  rivojlantirish  va  yanada 

mustahkamlash,  eksportga  yo‘naltirilgan  iqtisodiyotni  shakllan- 

tirish;

—  eksport  imkoniyatlarini  kengaytirish,  jahon  bozorlariga 



kirib  borish  uchun,  avvalo,  qimmatbaho  xomashyoni  qayta  ish- 

lash  negizida  tayyor  mahsulot  ishlab  chiqaruvchi  qo‘shma  kor- 

xonalarni  rivojlantirish zarur.  Eksportni kengaytirishga qaratilgan 

strategiyani  faol  qo‘llash  bilan  bir  qatorda  importning salmog‘ini 

qisqartirishga  qaratilgan  siyosatni  izchillik  bilan  o‘tkazish, 

o‘zimiz  ishlab chiqarishimiz mumkin bo‘lgan  tovarlar va  mahsu- 

lotlarning  chetdan  keltirilishini  oqilona  darajada  kamaytirib  bo- 

rish  talab  qilinadi;

—  tashqi  iqtisodiy  faoliyatni  yanada  erkinlashtirish,  xo‘jalik 

ishlarini  yurituvchi  subyektlarga  xorijiy  sheriklar  bilan  bevosita 

aloqalar o'rnatishda, o‘z mahsulotini chet ellarda sotishda ko'proq 

erkinliklar  berish,  tovarlani  eksport  va  import  qilishda  birmun- 

cha  imtiyozli  tartibni joriy  qilish  borasida  aniq  maqsadni  ko‘zlab 

siyosat  o‘tkazish;

—  xorijiy  investitsiyalar jalb  qilish  orqali  amalga  oshirilayot- 

gan  sanoat  loyihalarning  bir-biriga  bog'liqligini  ta’minlash,  ular 

o‘rtasidagi  o‘zaro  iqtisodiy  va  ishlab  chiqarish  hamkorlik  va  in- 

fratuzilmani  rivojlantirish  va  bu  orqali  import  o‘rnini  bosuvchi 

va  eksportga  mo'ljallangan  tayyor  mahsulot  ishlab  chiqarish  va 

yetishtirishga  erishish;

390


—  olib  borilayotgan  islohotlarda hududiy diversifikatsiya  siyo- 

satini  yanada  kuchaytirish,  nafaqat  markaziy  hududlarda,  balki 

chekka  tumanlarda  ham  yirik  sanoat  obyektlari  qurishni  keng 

yo‘lga  qo‘yish;

—  tashqi  iqtisodiy  faoliyat  tarkibiy  qismlari  majmuini  ixtisos- 

lashtirilgan  tashqi  savdo,  lizing,  konsalting va  sug‘urta  firmalari, 

tashqi aloqalarni  rivojlantirish  manfaatlari va  shartlariga  mos  ke- 

ladigan  transport,  aloqa  va kommunikatsiyalar tizimlarini  vujud- 

ga  keltirish;

—  xalqaro  huquq  va  tashqi  iqtisodiy  faoliyat,  bank  tizimi,  hi- 

sob-kitob va statistik hisob sohasida malakali kadrlar tayyorlashni 

tashkil  qilish.

Tashqi  iqtisodiy  faoliyatning  mazkur  yo‘nalishlarini  izchil 

tarzda  amalga  oshirish  orqali  mahsulotlar  raqobatbardoshligini 

oshirish  mamlakatimiz  iqtisodiyotining jahon  iqtisodiy hamjami- 

yatida  munosib  o‘rin  egallashiga  imkon  beradi.

0 ‘zbekiston  Respublikasining  eksport  salohiyatini  rivojlanti- 

rish bo'yicha yaqin kelajakka mo‘ljallangan strategiyasining asosiy 

yo‘nalishlari  quyidagilardan  iborat:

birinchidan,  eksportni  rag‘batlantirish  uchun  avvalo,  barqa- 

ror  makroiqtisodiy  sharoit  yaratish,  inflyatsiya  sur’atini  prognoz 

darajasida  ushlab  turish,  valuta  almashtirish  kurslarining  keskin 

tebranishlariga  yo‘l  qo‘ymaslik;

ikkinchidan,  xo‘jalik  yurituvchi  subyektlarning  mulk  shakli- 

dan  qat’i  nazar,  import  qilinayotgan  ishlab  chiqarish  vositalarini 

olish  uchun  bir xil  imkoniyatga  ega  bo‘lishlarini  ta’minlash;

uchinchidan,  yetuk  mutaxassislarni  tayyorlash  va  qayta  tay- 

yorlash  borasidagi  islohotlarni  davom ettirish;

to‘rtinchidan,  eksport  salohiyatini  rag'batlantirish  maqsadida 

ishlab  chiqarish  tarmoqlarida  yuqori  texnologiyalardan  foydala- 

nish  ko‘lamini  kengaytirish;

beshinchidan,  mamlakatda  erkin  iqtisodiy  zonalarni  tashkil 

etish  va  rivojlantirish  asosida eksport salohiyatini  oshirish.

391


15.3.  O‘zbekistonda tashqi  savdo  aloqalarini  rivojlantirishga 

qaratilgan chora-tadbirlar tizimi

Tashqi  savdo  aloqalari  xalqaro  hamkorlikning  muhim  sohala- 

ridan  biri  bo‘lib,  turli  mamlakatlar  bilan  ilmiy-texnik,  madaniy 

aloqalarni  yo‘lga  qo‘yish  ular  o‘rtasida  diplomatik  munosabat- 

lar  o‘rnatish  iqtisodiyotni  faol  va  har  tomonlama  rivojlantirish, 

ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni  hal  etishda yordam beruvchi  vo- 

sitadir.

Mamlakatimizda  tashqi  savdo  aloqalarini  rivojlantirish, jahon 

bozorlariga yuqori sifatli  tayyor mahsulotlar bilan kirib  borish  va 

mustahkam  o‘rin  egallash,  eksport  hajmini  oshirishga  qaratilgan 

islohotlar amalga  oshirilmoqda.

Mazkur  islohotlar  doirasida  mamlakatimizda  eksport  qiluv- 

chilar  faoliyatini  rag‘batlantirish  uchun  qator  imtiyozlar  yaratib 

berilgan.  Ushbu  imtiyozlar quyidagilarda  namoyon bo‘ladi:

—  qo‘shilgan  qiymat  solig‘iga  imtiyozlar;

—  aksiz  solig'iga  imtiyozlar;

—  daromad  solig‘iga  imtiyozlar;

—  mulk solig‘iga  imtiyozlar.

O‘zbekiston  Respublikasi  Soliq  kodeksining  212-moddasiga 

asosan  tovarlarni  chet  el  valutasida  eksportga  realizatsiya  qilish 

oborotiga  nol  darajali  stavka  bo‘yicha  qo‘shilgan  qiymat  solig‘i 

solinadi,  ya’ni bu  eksport  qilinadigan tovarlarni  ishlab  chiqarish- 

da foydalanilgan moddiy resurslar uchun  qo‘shilgan qiymat solig‘i 

summasini to‘lashdan  ozod  etilishini  anglatadi.

Quyidagilarga  esa  aksiz  solig‘i  solinmaydi:

—  aksiz to‘lanadigan tovarlarni  ularning ishlab chiqaruvchilari 

tomonidan  eksportga  realizatsiya  qilishga,  bundan  0 ‘zbekiston 

Respublikasi Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan belgilanadigan  akt- 

siz  to'lanadigan tovarlarning ayrim  turlari  mustasno;

—  keyinchalik  0 ‘zbekiston  Respublikasining  bojxona  hududi- 

dan  olib  chiqib  ketilishi  sharti  bilan  «bojxona  hududida  qayta 

ishlash» bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlardan ishlab chiqa-

392


rilgan qayta ishlash mahsuli bo'lgan aktsiz to‘lanadigan tovarlarni 

topshirishga  ( 0 ‘zbekiston  Respublikasi  Soliq  kodeksi  230-mod- 

da).

0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2000-yil  5-iyunda- 



gi  PF-2613-sonli  «Eksport  mahsuloti  ishlab  chiqaruvchilarni 

rag‘batlantirish  borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 

Farmoniga  muvofiq,  eksportga  mahsulot  ishlab  chiqaruvchi  kor- 

xonalarning  eksport  salohiyatini  kengaytirish,  ularni  mulkchilik 

shaklidan qat’i nazar, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, amal- 

dagi  soliq imtiyozlarini tartibga solish  va eksportga  mo‘ljallangan 

raqobatdosh  mahsulot  ishlab  chiqarishni  ko‘paytirishga  shunday 

imtiyozlarning  rag‘batlantiruvchi  ta’sirini  kuchaytirish  maqsa- 

dida,  eksport  qiluvchi  korxonalar  uchun  foyda  solig‘i  va  mulk 

solig‘ini  to‘lash  tartibi umumiy sotish  hajmida  o‘zi ishlab  chiqar- 

gan  va  erkin  almashtiriladigan  valutaga  sotilgan  tovarlar,  ishlar, 

xizmatlar  eksportidagi  (ishlar  bajarilgan,  xizmatlar  ko‘rsatilgan 

joydan  qat’i  nazar)  ulushiga  bog‘Iiq  holda  quyidagicha  belgilan- 

gan:


—  eksport ulushi  15 foizdan 30 foizgacha miqdorda bo‘lganida 

belgilangan  foyda  solig‘i  va  mulk  solig‘i  stavkalari  30  foizga  ka- 

maytiriladi;

—  eksport  ulushi  30  va  undan  ko‘proq  foiz  bo‘lganida  belgi- 

langan  foyda  solig‘i  va  mulk  solig‘i  stavkalari  50  foizga  kamayt- 

iriladi.


Mazkur imtiyozlar erkin  almashtiriladigan valutaga xomashyo 

mahsulotlari  — paxta  tolasi,  ip  gazlama  kalavasi,  lint,  neft,  neft 

mahsulotlari,  gaz  kondensati,  tabiiy  gaz,  elektr  energiyasi,  qim- 

matbaho,  rangli  va  qora  metallar  eksport  qiluvchi  savdo-vosita- 

chilik  korxonalariga,  shuningdek,  ishlab  chiqarish  korxonalariga 

tatbiq  qilinmaydi.

Mikroflrma  va  kichik  korxonalar,  o‘zi  ishlab  chiqargan  mah- 

sulotlar eksportidan olingan xorijiy valutadagi  tushumni majburiy 

sotishdan  ozod  etiladi,  tabiiy  gaz  eksporti  va  tranzitini  amalga 

oshiruvchi  korxonalar bundan mustasno.

393


lshlab chiqarish  korxonalariga tovarlarini eksport  qilish uchun 

o‘z  ishlab  chiqarish  mahsulotlarini  reklama  qilish  va  tashqi  bo- 

zorning  marketing  tadqiqotlarini  olib  borish  maqsadida  xorijda 

savdo  uylari  hamda  vakolatxonalar  ochishga  ruxsat  beriladi.

Tovar  konsignatsiya  shartlarida,  bank  kafolatnomasi  yoki 

siyosiy  va  tijorat  tavakkalchiliklaridan  eksport  kontraktlarini 

sug‘urtalash  polisini taqdim etmasdan eksportchi tomonidan chet 

eldagi  korxona  nomiga:

—  o‘z ishlab chiqargan mahsulot ustav jamg‘armasida eksport- 

chining  ulushi  kamida 51  foizni  tashkil  qiladigan  chet  eldagi kor- 

xona  nomiga  eksport  qilinganda  yetkazib  berilishi  mumkin;

—  bojxonada  rasmiylashtirilgan  kundan  boshlab  180  kun  mo- 

baynida eksportchi  shartnomalar (kontraktlar)  asosida chet  eldagi 

korxonalar  nomiga  olib  chiqilgan  tovarlar bo‘yicha  valuta  tushu- 

mi tushishini yoxud  ushbu  tovarlarning  0 ‘zbekiston  Respublikasi 

hududiga  qaytarishni  taTninlaydi.

0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 2011-yil  7-yanvardagi 

PQ-1464-sonli Qarori bilan tasdiqlangan 2011—2015-yillar davrida 

0 ‘zbekiston iqtisodiyotida islohotlar ko‘lamini chuqurlashtirish va 

kengaytirish,  mamlakatda  ishbilarmonlik  muhitini  shakllantirish 

mezonlarini  va  baholash  tizimini  belgilash  va  amalga  oshirish 

chora-tadbirlari  Davlat  dasturiga  muvofiq,  xorijiy  mamlakatlar 

tajribasidan  kelib  chiqqan  holda,  tovarlarni  elektron  deklaratsiya 

qilish  tizimini  bosqichma-bosqich  joriy  etish  nazarda  tutilgan. 

Mazkur hujjat  loyihasi  Davlat  Bojxona  Qo‘mitasi  tomonidan  ish- 

lab chiqilgan bo‘lib,  hozirgi vaqtda manfaatdor vazirlik va  tashki- 

lotlar tomonidan  muvofiqlashtirilmoqda.

0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2011-yil  14-yan- 

vardagi  PF-3557-sonli  «Mamlakatda  demokratik  islohotlarni 

yanada  chuqurlashtirish  va  fuqarolik  jamiyatini  rivojlantirish 

Konsepsiyasining  ustuvor  yo‘nalishlarini  demokratik  bozor  is- 

lohotlarini  chuqurlashtirish  va  iqtisodiyotni  liberallashtirish 

sohasida  amalga  oshirish  bo‘yicha  chora-tadbirlar  to‘g‘risida» 

Farmoyishining  bajarilishi  yuzasidan,  0 ‘zbekiston  Respublikasi

394


Bojxona kodeksining yangi tahrirdagi  loyihasi ishlab chiqilgan va 

Oliy  Majlisga ko‘rib chiqish uchun kiritilgan.  Bojxona qonunchi- 

ligidan  foydalanishni  mazkur  qonun  loyihasi  bilan  birxillashti- 

rish  va  soddalashtirish  maqsadida,  amaldagi  Bojxona  kodeksi  va 

0 ‘zbekiston  Respublikasining  «Bojxona  ta'riflari  to‘g‘risidagi» 

Qonuni birlashtirilgan hamda xalqaro norma va standartlar bilan 

muvofiqlashtirilgan.

0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2011-yil  25-avgust- 

dagi  PQ-1604-son  «Byurokratik  to'siqlarni  bartaraf  etish  va 

tadbirkorlik  faoliyati  erkinligini  yanada  oshirish  chora-tadbir- 

lari  to‘g‘risida»  Qaroriga  muvofiq,  tovarlarni  eksport  qilishda 

to‘lanadigan  bojxona  rasmiylashtiruvi  yig‘imlarining  amaldagiga 

qaraganda  o‘rtacha  2  marotabaga kamaytirishni  nazarda tutuvchi 

yangi  stavkalari  tasdiqlangan.

Mazkur  Qarorga  muvofiq  belgilanganki,  2011-yilning  1-ok- 

tabridan  boshlab  tovarlar,  ishlar  va  xizmatlarni  eksport  qiluvchi 

mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun davlat bojxona xizmati 

organlarida  eksport  kontraktlarini  hisobga  qo‘yish  tovarlarning 

bojxona  rasmiylashtiruvi  jarayonida  bevosita  bojxona  postlari- 

da  amalga  oshiriladi  ( 0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 

1997-yil  10-oktabrdagi  PF-1871-sonli  Farmoni  bilan  tasdiqlan- 

gan  ro‘yxatga  muvofiq  xomashyo  tovarlari  eksportidan  tashqari). 

Shunday  qilib,  2011-yil  1-oktabrdan  boshlab,  eksport  qiluvchi 

korxonalar  uchun  bojxona  rasmiylashtiruvi,  deklaratsiya  qilish, 

sertifikatlashtirish,  sanitariya-epidemiologiya  nazorati  va  tovar- 

larning bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida qatnashadigan boshqa 

tashkilotlar  faoliyatining  bir vaqtning  o'zida  amalga  oshirilishini 

ta'minlaydigan  «bir darcha»  tamoyili  asosida  mexanizmi  faoliyat 

yuritmoqda.

Bundan  tashqari,  mazkur  Qarorga  muvofiq,  kichik  biznes  va 

xususiy  tadbirkorlik  subyektlari  tovarlarini  eksport  qilishga  ix- 

tisoslashtirilgan  « 0 ‘ztadbirkoreksport»  tashqi  savdo  kompaniyasi 

tashkil  etilgan  va  uning  asosiy  vazifalari  etib  quyidagilar  belgi- 

langan:


395

—  kichik biznes va xususiy tadbirkorlik  subyektlariga ularning 

tovarlarini  to‘g‘ridan to‘g‘ri eksport qilish shartnomalari bo'yicha, 

shuningdek,  xorijda tashkil etiladigan savdo uylari orqali sotishda 

ko‘maklashish;

—  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  subyektlari  mahsulot- 

larini  eksport  qilishga  doir  amaldagi  shartnomalar  garovi  asosi- 

dan  eksportdan  oldingi  moliyalashtirishni tashkil  etish;

—  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  subyektlari  buyurt- 

malariga  ko‘ra  respublikada  ishlab  chiqarilmaydigan  texnologik 

asbob-uskunalar,  ehtiyot  qismlar,  butlovchi  buyumlar,  xomashyo 

va  materiallarni  yetkazib  berish;

— eksport  mahsulotlarini  sertifikatlashtirishda  kichik  biznes 

korxonalariga  ko‘maklashish,  reklama  tadbirlarini  o‘tkazish, 

xalqaro  yarmarkalar  va  ko‘rgazmalarni  tashkil  etish  va  qatna- 

shish,  manfaatdor  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  subyekt- 

larini  axborot  va  maslahat xizmatlari  bilan  ta'minlash.

0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2011-yil  25-av- 

gustdagi  PQ-1604-sonli  «Byurokratik to'siqlarini  bartaraf etish 

va  tadbirkorlik  faoliyati  erkinligini  yanada  oshirish  chora-tad- 

birlari  to‘g‘risida»  Qaroriga  muvofiq,  Vazirlar  Mahkamasining 

«Birjadan tashqari valuta bozorini yanada rivojlantirish va mus- 

tahkamlash  chora-tadbirlari  to‘g‘risida»  2000-yil  29-iyunda- 

gi  245-sonli  Qarori  5-bandiga  o'zgartirishlar  kiritilgan  va  bu 

chet  el  valuta  tushumi  tushishini  kechiktirgan  eksport  qiluvchi 

tashkilotlarga  jarima  sanksiyalarini  yengillashtirishni  nazarda 

tutadi.  Jumladan,  chet  eldan  valuta  tushumi  tushishining  bel- 

gilangan  muddatlari  o‘tgandan  keyin  30  bank  kunidan  ko‘proq 

muddatga  kechikishiga  yo‘l  qo‘ygan  eksportchiga  (kichik 

biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  subyektlari  uchun  —  60  bank 

kuni)  nisbatan  soliq  organlari  tomonidan  quyidagi  sanksiyalar 

qo‘llaniladi:

—  valuta  tushumi  tushishi  belgilangan  muddatdan  180  kun- 

gacha  kechikkanda  —  tushmagan  valuta  mablag‘lari  summasiga 

nisbatan  10  foiz  ekvivalentda;

396


—  valuta tushumi tushishi belgilangan muddatdan  180 kundan 

365  kungacha kechikkanda — tushmagan valuta mablag‘lari sum- 

masiga  nisbatan  20  foiz  ekvivalentda;

—  valuta  tushumi  tushishi  belgilangan  muddatdan  365 

kundan  ortiq  muddatga  kechikkanda  —  tushmagan  valuta 

mablag‘lari  summasiga  nisbatan  qo'shimcha  ravishda  70  foiz 

ekvivalentda;

—  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2011-yil  30-de- 

kabrdagi PF-4399-sonli « 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 

ayrim  hujjatlariga  o'zgartishlar  kiritish,  shuningdek,  ba’zilarini 

o‘z  kuchini  yo‘qotgan  deb  hisoblash  to‘g‘risida»  Farmoniga  mu- 

vofiq  tovuq  go‘shtini  eksport  qilishni  taqiqlash  bekor  qilingan.

Bundan  tashqari  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 

2012-yil  26-martdagi  PQ-1731-sonli  «Eksport  qiluvchi  kor- 

xonalarni  rag‘batlantirishni  kuchaytirish  va  raqobatbardosh 

mahsulotlarni  eksportga  yetkazib  berishni  kengaytirish  borasida 

qo‘shimcha  chora-tadbirlar  to‘g‘risida»gi  Qaroriga  muvofiq,  ma- 

halliy  tovar  (ish,  xizmat)  ishlab  chiqaruvchi  korxonalarga  qu- 

yidagi  huquqlar beriladi:

—  xalqaro  moliya  institutlari,  donor  mamlakatlar,  xorijiy  dav- 

latlar  hukumatlari,  boshqa  norezidentlar  mablag‘lari  hisobidan 

0 ‘zbekiston  Respublikasi  hududida  amalga  oshiriladigan  loyiha- 

lar  bo‘yicha  xalqaro  tenderlarda  xorijiy  qatnashchilar  bilan  teng 

sharoitlarda, jumladan  ishlab  chiqarilgan  tovar  (ish,  xizmatjlarni 

yetkazib  berishga  chet  el  valutasida  shartnomalar  tuzgan  holda 

ishtirok  etish;

—  0 ‘zbekiston  Respublikasi  hududida foydalanish  nazarda tu- 

tilgan  o‘zida  ishlab  chiqarilgan  tovar  (ish,  xizmat)larni  yetkazib 

berishga  to‘g‘ridan  to‘g‘ri  bitimlar  shartida  norezidentlar  bilan 

xorijiy valutada shartnomalar tuzish.

Belgilanadiki,  mazkur bandda ko‘rsatilgan  shartnomalar  faqat 

xizmat  ko‘rsatayotgan  vakolatli  bankda  hisobga  qo‘yilgan  va 

eksport  qiluvchi  korxonalardek  soliq  imtiyozlari  berilgan  holda 

eksport  shartnomalariga  tenglashtiriladi.

397


Bunda,  mazkur  Qarorga  binoan  belgilab 

q o ‘yilganki,  2012- 

yil  1-apreldan  boshlab  yangi  qurilish,  mavjud  ishlab  chiqarish- 

larni  modernizatsiyalash  va texnologik  yangilashga  valuta  kredit- 

lari  bo‘yicha  asosiy  qarzni  qaytarishga  joriy  to‘lovlar  bo‘yicha 

yo‘naltiriladigan  valuta  tushumi  qismini  vakolatli  banklarga  maj- 

buriy  sotishdan  asosiy  qarz  batamom  to‘lab  bo‘linadigan  mud- 

datga  qadar ozod  qilinadi.

Sifatni  boshqarish  tizimlarini  joriy  etish,  mahsulotlarning 

xalqaro  standartlarga  muvofiqligini  sertifikatsiyadan  o‘tkazish, 

shuningdek,  laboratoriya  testlari  va  sinovlarini  o‘tkazish  kom- 

plekslarini  xarid  qilishga  yo‘naltiriladigan  mablag‘larga  yangi 

texnologik  uskunalarni  sotib  olishda  nazarda  tutilgan  yagona 

soliq  to‘lovi  bo‘yicha  soliq  solinadigan  bazani  kamaytirishning 

amaldagi  tartibi  mikrofirmalar  va  kichik  korxonalar uchun  tatbiq 

etilsin.


Mazkur  qarorga  binoan  tijorat  banklariga  eksport  operatsi- 

yalari  bo'yicha  faktoring  xizmatlarini  amalga  oshirishning  chek- 

langan  muddatini  60  kundan  90  kunga  uzaytirgan  holda  eksport 

operatsiyalari  bo‘yicha  faktoring  xizmatlarini  amalga  oshirish 

hajmini  kengaytirish  tavsiya  etilsin.

0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2012-yil  18-iyuldagi 

PF-4455-sonli  «lshbilarmonlik  muhitini  yanada  tubdan  yax- 

shilash  va  tadbirkorlikka  yanada  keng  erkinlik  berish  chora-tad- 

birlari  to‘g‘risida»gi  Farmoniga  muvoFiq,  2012-yilning  1-avgus- 

tidan  boshlab,  tadbirkorlik  faoliyati  (shuningdek,  eksportchilar) 

uchun  shart-sharoitlarni  yanada  yaxshilashga  yo‘naltirilgan  aniq 

me’yor  va  chora-tadbirlar joriy  qilingan.  Mazkur  Farmonga  bi- 

noan,  qonunchilikni  takomillashtirish  va  ishbilarmonlik  muhi- 

tini  yanada  tubdan  yaxshilashga  hamda  tadbirkorlikka  yanada 

keng  erkinlik  berishga  yo‘naltirilgan  tadbirlarni  amalga  oshirish 

bo‘yicha  2013—2014-yillarda joriy  etilgan  kompleks  chora-tadbir- 

lar  Dasturi tasdiqlangan.

Mamlakatimiz  hukumati tomonidan tashqi  savdo siyosatining 

oqilona  tarzda  yuritilayotganligi  tashqi  iqtisodiy  aloqalarning

398


jadal  sur'atlarda  rivojlanishini  ta'minlamoqda.  Ushbu  barqaror 

rivojlanish  sur’atlarini  ta’minlash  mamlakatimizning  xalqaro 

moliya  munosabatlari tizimida munosib o‘rin  egallashida  muhim 

ahamiyat  kasb  etadi.



Download 2.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling