J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy
TMKlar faoliyatining natijalari
Download 1.93 Mb.
|
J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy
TMKlar faoliyatining natijalari
Jadvalning davomi
TMK tomonidan ichki narxlarning qo'llanilishi tufayli budjet daromadlarining qisqarishi; milliy iqtisodiyotning birmuncha istiqbolli va rivojlangan tarmoqlarini TMKlar tomonidan egallanishi tufayli milliy kor xonalar faoliyatining sustlashuvi. Shuningdek, qabul qiluvchi, kapitalni xorijga chiqaruvchi mamlakatlar hamda butun jahon iqtisodiyoti uchun TMKlar faoliyatining ayrim oqibatlarini quyidagi jadval ma'lumotlarida ko'rishimiz mumkin. Korporatsiyalar uchun faoliyatning transmilliylashuvi iqti sodiy risklarni pasaytiradi, lekin qabul qiluvchi mamlakat lar uchun bu holat aksincha bo'ladi. Chunki transmilliy korporatsiyalar iqtisodiy qiyinchiliklarni boshdan kechirayot gan mamlakatlarni tark etgan holda o'z kapitalini mamlakat o'rtasida ko'chirishi mumkin. Tabiiy ravishda, bunday sharoit larda transmilliy korporatsiya kapitali chiqib ketgan mamlakat dagi holat yanada yomonlashishi, ishsizlik darajasining oshishi va iqtisodiyot uchun boshqa salbiy holatlarni yuzaga keltirishi mumkin. Raqobat kurashida o'z o'rnini saqlashi uchun har bir TMK doimiy ravishda nazoratidagi kapital hajmini va faoliyat ko'lamini oshirgan holda rivojlanib boradi hamda muayyan bosqichda uning faoliyati mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta'sir ko'rsata bosh laydi, chunki davlat manfaatlari bilan alohida tuzilmalarning manfaatlari doimo bir-biriga mos kelavermaydi. Yuzaga keluvchi muammolarni oldini olish uchun qanday sharoitlarda TMKlar ning mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin ligini aniqlash hamda ulaming faoliyatini tartibga solish me xanizmlarini ishlab chiqish lozim. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling