Xalqaro kapital harakatining mohiyati va xalqaro moliya bozorining tarkibiy tuzilishi.
Xalqaro moliya bozorining rivojlanish va xalqaro kapital harakatining zamonaviy tendensiyalari.
Xalqaro moliya bozorini tartibga solish usullari va me xanizmi.
Xalqaro kapital harakatining mohiyati va xalqaro moliya bozorining tarkibiy tuzilishi
Xalqaro kapital harakati sifatida mamlakatlar o'rtasidagi moli yaviy resurslar oqimi milliy investitsiya va jamg'arma o'rtasidagi nomutanosiblik oqibatida kelib chiqadi. Xalqaro kapitallar hara kati - ayni vaqtda nisbiy ortiqcha bo'lgan pul yoki tovar moddiy mablag'larni mamlakat chegarasidan chetga joylashtirilishidir. Bu iboraning sinonimi kapital eksporti yoki kapitalni chiqarishdir.
Moliyaviy globallashuv sharoitida xalqaro kapitallar harakatida o'ziga xos xususiyatlari sifatida quyidagilar namoyon bo'ladi:
jahonda kapitalning notekis joylashishi. Bunda kapital resursi kapitalga boy mamlakatdan kapitalga muhtoj mamlakatga qarab oqib boradi;
ko'p mamlakatlarda jamg'arma va investitsiyaning no mutanosibligi. Buning natijasida investitsiya uchun ortiqcha mablag'lar yoki defitsit sodir bo'ladi. Oqibatda mos ravishda kapi talning sof eksporti yoki importi vujudga keladi;
mamlakatlarning investitsion muhitidagi, shuningdek kapi tal qo'yilmalar uchun sharoitlardagi farqlanishlar;
kapital egasining kapitaldan foydalanish samaradorligidagi farqlar va uning boshqa chet eldagi kapitalni egallashga qara tilgan harakatlari hamda kapitaldan samarasiz foydalanayotgan joydan o'rin olishga harakat qilishi;
iqtisodiy resurs sifatida odatda kapitalni yuqori darajada safarbar etilishi. Bu holat jahon iqtisodiyoti globallashuvi, erkin Iashuvi, transmilliylashuvi va integratsiyalashuvi sharoitida yana da ko'proq kuchga ega bo'ladi.
Xalqaro kapitalning asosiy shakllari sifatida rasmiy kapital, xususiy kapital, qisqa, o'rta va uzoq muddatli, tadbirkorlik kapi tali, ssuda kapitali, to'g'ridan to'g'ri investitsiyalar, portfel inves titsiyalarni keltirib o'tish inumkin. Ular o'rtasida o'zaro bog'liqlik va milliy iqtisodiyot uchun qanday shaklda qo'yish afzal ekan ligini 13.1-rasmda ko'rishimiz mumkin.
Xalqaro kapitalning asosiy shakllari sifatida rasmiy kapital - davlatlararo tashkilotlar va hukumat qarorlari asosida davlat bud jeti mablag'larini chet eldan qabul qilish yoki chet elda joylashti rishdir.
Moliya bozori .konsepsiyasi
- milliy iqtisodiyot uchun afzalligi yuqori
Do'stlaringiz bilan baham: |