J. X. Kambarov 2022 yil «biznes jarayonlarini loyihalash»


Download 145.5 Kb.
bet9/13
Sana17.06.2023
Hajmi145.5 Kb.
#1543228
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Ишчи дастур БЖЛ

Jami

10

10



7.2.Talabalar mustaqil ta’limining mazmuni va hajmi
Talaba mustaqil ishining asosiy maqsadi – o‘qituvchining rahbarligi va nazoratida muayyan o‘quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish uchun bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirish.
Talaba mustaqil ishini tashkil etishda quyidagi shakllardan foydalaniladi:

  • ayrim nazariy mavzularni o‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil o‘zlashtirish;

  • berilgan mavzular bo‘yicha axborot (referat) tayyorlash;

  • nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash;

  • maket, model va namunalar yaratish;

  • ilmiy maqola, anjumanga mahruza tayyorlash va h.k..

“Biznes jarayonlarini loyihalash” bo‘yicha talabaning mustaqil tahlimi shu fanni o‘rganish jarayonining tarkibiy qismi bo‘lib, uslubiy va axborot resurslari bilan to‘la tahminlangan.
Talabalar auditoriya mashg‘ulotlarida professor-o‘qituvchilarning mahruzasini tinglaydilar.. Auditoriyadan tashqarida talaba darslarga tayyorlanadi, adabiyotlarni konspekt qiladi, uy vazifa sifatida berilgan topshiriqlarni bajaradilar. Bundan tashqari ayrim mavzularni kengroq o‘rganish maqsadida qo‘shimcha adabiyotlarni o‘qib referatlar tayyorlaydi hamda mavzu bo‘yicha testlar yechadi. Mustaqil ta`lim natijalari reyting tizimi asosida baholanadi.
Uyga berilgan vazifalarni bajarish, qo‘shimcha darslik va adabiyotlardan yangi bilimlarni mustaqil o‘rganish, kerakli ma`lumotlarni izlash va ularni topish yo‘llarini aniqlash, internet tarmoqlaridan foydalanib ma`lumotlar to‘plash va ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy to‘garak doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola va ma`ruzalar tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. Shuning uchun ham mustaqil ta’limsiz o‘quv faoliyati samarali bo‘lishi mumkin emas.
Uy vazifalarini tekshirish va baholash amaliy mashg‘ulot olib boruvchi o‘qituvchi tomonidan, konspektlarni va mavzuni o‘zlashtirish darajasini tekshirish va baholash esa ma`ruza darslarini olib boruvchi o‘qituvchi tomonidan har darsda amalga oshiriladi.
Fan bo‘yicha talabalarga mustaqil ish uchun 4 soat ajratilgan. Mustaqil ishni tashkil etishda quyidagi shakllardan foydalaniladi: ayrim nazariy mavzularni o‘quv adabiyotlari yordamida o‘zlashtirish; amaliy mashg‘ulotlar uchun topshirilgan, mavzuga doir masalalar, keys-stadi va o‘quv loyihalarini Axborot resurs markazi manbalari hamda izlanish ob’ekti bo‘lmish korxona va tashkilotlarning ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo‘mitasi ma’lumotlarini to‘plagan holda bajarish; ilmiy-amaliy anjumanlarga ma’ruza tezislari va ilmiy maqolalarni tayyorlash.
Talabalarning mazkur fan bo‘yicha mustaqil ishini tashkil etish va uni nazorati “Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi Nizomi” talablari ga muvofiq FarPI uslubiy kengashi tomonidan tasdiqlangan «Kichik biznes va tadbirorlik» fanidan mustaqil ishni bajarish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma asosida fan bo‘yicha mustaqil ishni tashkil etish, nazorat qilish va baholash olib boriladi.
“Biznes jarayonlarini loyihalash” fanidan mustaqil ish majmuasi fanning barcha mavzularini qamrab olgan va fan bo‘yicha belgilangan mashg‘ulot turlariga rejalashtirilgan mustaqil ta`lim mavzulari quyidagi ko‘rinishida shakllantirilgan.
“Biznes jarayonlarini loyihalash” fanidan mustaqil ta’lim sifatida o‘rganiladigan quyidagi mavzular tavsiya etiladi:



Download 145.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling