J: yer egaligi jamiyati
Download 15.86 Kb.
|
Zakovat 7-sinf
1. O‘rta asrlar davrida shakllangan yer egaligi munosabatlari insoniyat tarixida muhim o‘rin tutib, u Yevropada feodal, Osiyoda esa ..... deb ataladi? Diqqat savol Osiyoda yer egaligi munosabatlari nima deb atalganini toping? J:yer egaligi jamiyati 2. O‘rta asrlar davrida Yevropada yirik yer egalari nima deb nomlanganini toping? J: feodal 3. XI asrda Xitoyda, XV asr o‘rtalarida Yevropada bu narsaning yaratilishi yozma manbalar sonining keskin ko‘payishiga olib keladi. Diqqat savol bu ixtiro nomini toping? J: kitob bosish dastgohlarining 4. “Germaniya” asarining muallifi kim? J: Korneliy Tatsit 5. Ma‘lumki germanlar jamoasi davlat vujudga kelguniga qadar urug‘chilik bosqichini boshdan kechirgan. Shu bois siyosiy tuzilishining asosini qabila tashkil etgan. Diqqat savol german qabilalarida qabilani kim boshqargan? J: xalq yig‘inida saylab qo‘yilgan konunglar (zodagon shaxslar) 6. Ilk o‘rta asrlarda Germanlarda Xalq majlisi oliy hokimiyat organi hisoblanganini bilamiz. Diqqat savol xalq majlisi yig‘inlarida kimlar ishtirok etganlar? J: Qabilaning barcha qurollangan erkin vakillari 7. Drujina nima? J: harbiy bo‘linmalar 8. Ma‘lumki, IV–V asrlarda mulkiy tabaqalanishning kuchayishi, o‘zaro va tashqi urushlarning ko‘payib borishi natijada siyosiy tuzumda ham o‘zgarishlar boshlandi. IV–V asrlarda germanlarning qaysi qabilalarida yirik qabila ittifoqlari shakllanadi? J: alemann, got, frank 9. Qadimgi germanlar dinida alohida e’tiborga ega kohinlar, muhtasham ibodatxonalar, dabdabali marosimlar bo‘lmagan. Ular nimalarni ilohiylashtirganlar? J: tabiat kuchlari – osmon, momaqaldiroq, shamol va yerni ilohiylashtirganlar. 10. Ma‘lumki, German qabilalari Yevropaning shimolida hamda Reyndan Elba daryosigacha bo‘lgan hududlarda yashashgan. Diqqat savol bir nechta german qabilalarining nomini yozib bering. J: vandallar, vestgotlar (g‘arbiy gotlar), ostgotlar (sharqiy gotlar), angllar, sakslar, franklar va boshqa 11. Qadimgi va Ilk o‘rta asrlarda Rim shahri qanday nom bilan ulug‘langanini toping? J: Boqiy shahar 12. Vestgotlar 410-yil kim boshchiligida Rimni egallaydi? J: Alarix 13. 418-yili janubi-g‘arbiy Galliyada ilk varvar qirolligini qaysi german qabilalari tuzgan? J: vestgotlar 14. Ma‘lumki, germanlarning vandal va alan qabilalari shimoliy Afrikada, ostgotlar – Italiyada, franklar – Galliyada joylashib, o‘z davlatlarini barpo etadilar. Diqqat savol anglosakslar qayerda o‘z davlatiga asos soladilar? J: Britaniya orollarida 15. So‘nggi Rim imperator kim? J: Romul Avgustul 16. Ma‘lumki, Ostgotlar Italiyada poytaxti Ravenna bo‘lgan kuchli qirollik tuzganlar. Diqqat savol Ularning antik madaniyatni saqlash va Rimni qayta tiklashni maqsad qilgan qiroli kim bo‘lganligini aniqlang? J: qiroli Teodorix 17. Ma‘lumki german qabilalari bir qancha davlatlar tuzgan edi. Diqqat savol German qabilalari barpo etgan davlatlar orasida mustahkam va uzoq yashagani qaysi qirollik bo‘lgan? J: Franklar qirolligi 18. Yer-mulk faqat erkaklar tomonidan meros sifatida avloddan-avlodga o‘tgan, jinoyatlarning turiga qarab turli xil jarima va jazo choralari qo‘llanilgan. Qonunlarda ijtimoiy tengsizlik o‘z aksini topgan bo‘lib, zodagonlar, erkin franklar, qaram kishilar yoki qullar sodir etgan jinoyatlariga qarab turlicha jarimalarga tortilganlar. Diqqat savol yuqoridagi qoidalar ilk o‘rta asrlardagi qaysi qonun hujjatida belgilab qo‘yilgan edi? J: Sali haqiqati 19. Kim Merovinglar sulolasiga asos soldi? J: Xlodvig 20. U taxtga da’vogarlarning barchasini bartaraf etib, xalq yig‘inlarini chaqirmay qo‘yadi. Diqqat savol ushbu ta‘rif kim haqida? J: Xlodvig 21. Xlodvig davlatida viloyatlarni kim boshqargan? J: graflar Download 15.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling