Jabrlanuvchini joydan joyga ko’chirish
Download 1.42 Mb.
|
1 2
Bog'liqJabrlanuvchini joydan joyga ko
Jabrlanuvchini joydan joyga ko’chirishReja:Jabrlanuvchini jarohatlovchi omillarning ta’siridan xalos etishJabrlanganga birinchi yordam ko‘rsatish usullariJabrlanuvchini jarohatlovchi omillarning ta’siridan xalos etishJabrlanuvchiga yordam ko‘rsatish uni jarohatlovchi omillarning ta’siridan xalos etish vaqtidan boshlanadi: elektr uskunasini o‘chirish, tok o‘tkazuvchi qismlardan kuchlanishni uzish yoki jabrlanuvchini undan ajratib olish; jabrlanuvchini qadam kuchlanishi maydonidan olib chiqish va boshqalar; suvdan tortib olish; xavfli (gazlangan, changlangan, havoning harorati oshgan yoki pasaygan va h.) zonadan olib chiqish; ishlab chiqarish uskunalarini, harakatdagi mashinalar va mexanizmlarni to‘xtatish; bug‘ yoki suvni o‘chirish; yonayotgan kiyimlarni o‘chirish va boshqalar. Bundan yordam ko‘rsatayotgan shaxsning o‘zi ham, tegishli himoya vositalaridan foydalangan holda, o‘zini shu jarohatlovchi omillarning ta’siridan saqlashi lozim. Jabrlanuvchi, faqat unga yoki yordam beruvchi shaxsga u yerda bo‘lish xavfli bo‘lganda yoki o‘sha joyda yordam ko‘rsatib bo‘lmasa, masalan tayanchda, machtada, kajavada va h. yurakka massaj qilish imkoni bo‘lmaganda boshqa joyga ko‘chiriladi. Elektr tokining ta’siridan ozod qilish. Elektr toki urganda jabrlanuvchini imkoni boricha tezroq elektr toki ta’siridan xalos etish lozim. Chunki elektr tokining ta’siri qancha ko‘p bo‘lsa, organizmdagi elektr jarohati shunchalik og‘irroq bo‘ladi. Kuchlanish ostidagi tok o‘tkazuvchi qismlarga tegib ketish, ko‘p hollarda mushaklarning ixtiyoriy bo‘lmagan ravishda qisqarishiga va nafas olish va qon aylanish organlari faoliyatining buzilishi yoki umuman to‘xtab qolishiga olib keluvchi holatga sabab bo‘lishi mumkin. Agar jabrlanuvchi simni qo‘lida ushlab turgan bo‘lsa, uning barmoqlari shunday qattiq qisiladiki, simni uning qo‘llaridan bo‘shatib bo‘lmaydi. Shuning uchun yordam beruvchining birinchi harakati elektr uskunasining jabrlanuvchi tegib turgan qismini tezroq o‘chirishdan iborat bo‘lishi kerak. Elektr uskunasini uzgich, biriktirgich-ajratgich (rubilnik) yoki boshqa o‘chiruvchi apparat yordamida (1-rasm), hamda saqlagichlarni olib qo‘yish, shtepsel ulamasini ajratish, havo liniyasida sim tashlab sun’iy qisqa tutashuv hosil qilish yo‘li bilan o‘chirish mumkin. 1-rasm. Elektr uskunasini o‘chirish yo‘li bilan jabrlanganni tok ta’siridan ozod qilish Agar jabrlanuvchi tepada turgan bo‘lsa, uning balandlikdan yiqilib tushishi uskunani o‘chirilishi va shu tariqa jabrlanuvchini tok ta’siridan xalos etilishiga olib keladi. Bu holda qo‘shimcha jarohatlarning oldini olish choralarini ko‘rish kerak. HLning tayanchlaridan jabrlanuvchini tushirish tartibi mazkur Yo‘riqnomaning ilovasida tavsiya qilingan. Uskunani o‘chirish bilan bir vaqtda chiroq ham o‘chib qolishi mumkin, shuning uchun kunduzgi yoritish bo‘lmaganda, elektr uskunaning o‘chirilishi va jabrlanuvchiga yordam ko‘rsatilishini kechiktirmasdan, boshqa manbadan yoritish (xonaning portlash va yong‘in xavfsizligini e’tiborga olib avariyaviy yoritish, akkumulyatorli fonarlar va h.) ta’minlanishi kerak. Agar elektr uskunasini tezlik bilan o‘chirish imkoni bo‘lmasa, bu holda jabrlanuvchini u tegib turgan tok o‘tkazuvchi qismlardan ajratish choralari ko‘rilishi kerak. Bunda yordam beruvchi shaxs, barcha hollarda, ehtiyot choralarini ko‘rmasdan jabrlanuvchiga tegib ketishi mumkin emas, chunki uning hayoti uchun xavflidir. Xuddi shuningdek, u tokning yerga tutashuv joyida o‘tkazuvchi qismga o‘zi tegib ketmaslik yoki qadam kuchlanishi ta’siriga tushmaslikni nazorat qilib turishi kerak. 1000 gacha V. kuchlanishda jabrlanuvchini tok o‘tkazuvchi qismlardan yoki simdan ajratish uchun kanop, yog‘och, taxta yoki elektr tokini o‘tkazmaydigan boshqa quruq jismdan foydalanish kerak (2-rasm). rasm. 1000 V gacha kuchlanishli elektr uskunalarida simni yog‘och bilan olib tashlash yo‘li bilan jabrlanuvchini tok ta’siridan ozod qilish Jabrlanuvchini tok o‘tkazuvchi qismlardan kiyimidan tortib (kiyimi quruq va badaniga yopishmagan bo‘lsa), masalan kamzul yoki paltosining etagidan, yoqasidan tortib ajratish mumkin, bunda uning atrofidagi metall buyumlar yoki jabrlanuvchi badanining kiyimsiz joylariga tegib ketmasligi kerak (3-rasm). Jabrlanuvchini oyog‘idan tortib ham chetga olib qo‘yish mumkin, bundan yordam beruvchi shaxs o‘z qo‘llarini izolatsiya qilmasdan turib, jabrlanuvchining kiyimiga yoki poyafzaliga tegishi mumkin emas, chunki ular nam bo‘lishi va elektr tokini o‘tkazishi mumkin. Qo‘llarini izolatsiya qilish uchun yordam beruvchi, ayniqsa u jabrlanuvchi badanining kiyim tegmagan joylaridan ushlashi kerak bo‘lganda, yordam beruvchi shaxs dielektrik qo‘lqoplar kiyishi yoki qo‘liga sharf o‘rashi, qo‘liga movut furajkani, kamzuli yoki rasm. 1000 V gacha kuchlanishli elektr uskunalarida jabrlanuvchini quruq kiyimidan tortib tok ta’siridan ozod qilish paltoning yengini kiyib olishi, jabrlanuvchining ustiga rezina gilamchani, rezinali mato (plash) yoki oddiy quruq matoni tashlashi kerak. Shuningdek, yordam ko‘rsatuvchi shaxs rezina gilamcha, quruq taxta yoki elektr tokini o‘tkazmaydigan har qanday taglik, quruq kiyimlar o‘rami va h. ustiga turib o‘zini izolatsiya qilishi mumkin. Jabrlanuvchini tok o‘tkazuvchi qismlardan ajratishda bir qo‘l bilan harakat qilish lozim (4-rasm). rasm. Jabrlanuvchini 1000 V. gacha kuchlanishli tok o‘tkazuvchi qismlardan ajratish Agar elektr toki jabrlanuvchi orqali yerga o‘tib ketayotgan bo‘lsa va u tok o‘tkazuvchi element (masalan, simni) talvasada qo‘lida mahkam ushlab olgan bo‘lsa, eng osoni jabrlanuvchini yerdan ajratgan holda (uning tagiga quruq taxta tiqib yoki uning oyog‘ini arqon yoki kiyimi yordamida yerdan uzib qo‘yish) tokning ta’sirini to‘xtatish mumkin, bunda yordam ko‘rsatuvchi shaxs o‘ziga nisbatan ham jabrlanuvchiga nisbatan ham yuqorida ko‘rsatilgan ehtiyot choralarini ko‘rishi kerak. Shuningdek simni yog‘och dastagi quruq bo‘lgan bolta bilan (5-rasm) yoki dastagi izolatsiyalangan asboblardan (ombir, yassi jag‘li ombirdan) foydalangan holda uzish mumkin. Dastagi izolatsiyalanmagan asbobning dastagiga quruq mato o‘rab ham foydalanish mumkin. Simlarni fazalar bo‘yicha, ya’ni har bir fazani alohida uzish lozim, bunda odam o‘zini yerdan izolatsiyalashi (quruq taxtalar, yog‘och narvon va h. ustida turishi) kerak. rasm. 1000 V. gacha kuchlanishli elektr uskunalarida simlarni uzish yo‘li bilan jabrlanuvchini tok ta’siridan ozod qilish 1000 V.dan yuqori kuchlanishda jabrlanuvchini tok o‘tkazuvchi qismlardan ajratish uchun himoya vositalaridan: dielektrik qo‘lqoplar va botiqlar 1000 V. gacha kuchlanishli elektr uskunalarida izolatsiyalaydigan shtanga yordamida simlarni chetga olish yo‘li bilan jabrlanuvchini tok ta’siridan ozod qilish qiyish va tegishli kuchlanishga mo‘ljallangan shtanga yoki izolatsiyalangan omburlardan foydalanish lozim (6-rasm). 6 — 20 kV. li elektr uzatish havo liniyalarida, ularni tezlik bilan ta’minlash manbai tomonidan uzish mumkin bo‘lmasa, HLni o‘chirish uchun sun’iy ravishda qisqa tutashuv hosil qilish kerak. Buning uchun HL simlariga izolatsiyalanmagan egiluvchan o‘tkazgichni tashlash lozim. Tashlanayotgan o‘tkazgich, u orqali qisqa tutashuv toki o‘tayotganida, kuyib ketmasligi uchun yetarlicha kesimga ega bo‘lishi shart. O‘tkazgich tashlanishidan oldin, uning bir uchi zaminlanishi (metall tayanchga, zaminlovchi tushirgich yoki alohida zaminlagich va boshqalarga ulanishi) kerak, ikkinchi uchiga esa tashlaganda qulay bo‘lishi uchun yuk osilsa yaxshi bo‘ladi. O‘tkazgichni shunday tashlash kerakki, u odamlarga, shu jumladan yordam ko‘rsatuvchi shaxsga ham jabrlanuvchiga ham tegib ketmasligi kerak. O‘tkazgichni tashlayotganda dielektrik qo‘lqoplar va botiklar kiyib olish shart. Yordam ko‘rsatuvchi shaxs, agar o‘tkazuvchi qism (sim va h.) yerda yotgan bo‘lsa qadam kuchlanishi xavfini esda tutishi kerak. Bu zonada ayniqsa ehtiyotkorlik bilan, yerdan izolatsiya bo‘lishi uchun himoya vositalari (dielektrik kalishlar, botiklar, gilamchalar, izolatsilovchi tagliklar) va elektr tokini yomon o‘tkazadigan (quruq yog‘ochlar, xodalar va h.) jismlardan foydalangan holda harakat qilish lozim. Tutashuv tokining yerga yoyilishi zonasida himoya vositalarisiz harakat qilganda, oyoqlarni bir-biridan uzmay yerda surib yurish kerak (7-rasm). rasm. Tutashuv tokining yerga yoyilishi zonasida to‘g‘ri harakatlanish: a — tok o‘tkazuvchi qismning yerga tutashuv nuqtasidan uzoqlashish; b — poyafzal izlari Jabrlanuvchi tok o‘tkazuvchi qismlardan ajratilganda uni shu zonadan tok o‘tkazuvchi qismdan (simdan) kamida 8 metr masofaga olib chiqish lozim. Suvdan chiqarib olish. Cho‘kayotgan odamning qutqarishda asosiy qoida — o‘ylab, xotirjam va ehtiyotkorlik bilan harakat qilishdan iborat. Agar cho‘kayotgan odamning qutqarish to‘g‘risidagi chaqirig‘i eshitilgan bo‘lsa, uning holatidan boxabar bo‘linganligi va unga yordam ko‘rsatilishi haqida, albatta, javob qaytarilishi lozim. Bu cho‘kayotgan odamning ruhini ko‘taradi va unga kuch bag‘ishlaydi. Agar mumkin bo‘lsa, cho‘kayotgan yoki suzib charchagan odamga uni qirg‘oqqa, qayiqqa tortib olish uchun langarcho‘p yoki kiyimining uchini uzatishi yoki qo‘l ostidagi qandaydir suzadigan jism yoki maxsus qutqaruvchi moslamalarni tashlashi kerak. Qutqaruvchi jismni shunday tashlash kerakki, u cho‘kayotgan odamga urilib ketmasligi lozim. Agar bunday jismlar bo‘lmasa yoki ulardan foydalanganda ham cho‘kayotgan odamni qutqarib bo‘lmasa, unda qutqarish uchun unga yordamga suzib borish kerak. Yordam ko‘rsatuvchi shaxs o‘zi nafaqat yaxshi suzish va sho‘ng‘ishni bilishi, balki jabrlanuvchini tashish usullarini va uning osilib olishidan o‘zini bo‘shatishni bilishi kerak. Ommaviy baxtsiz hodisalarda har bir cho‘kayotgan odamga alohida yordam ko‘rsatishga harakat qilish kerak. Suzib turib birdaniga bir nechta odamga yordam ko‘rsatib bo‘lmaydi. Yordam ko‘rsatish uchun tez suvga sakrash kerak bo‘lsa, kiyimni va poyafzalni echib olish kerak. Suvning tubi va chuqurligi noma’lum bo‘lgan joylarda suvga kalla tashlab sho‘ng‘ib bo‘lmaydi. Suvga sakrash joyini shunday tanlash kerakki, oqimning tezligidan foydalanib hodisa ro‘y bergan joyga tezroq yetib borish mumkin bo‘lsin. Suvning harorati past bo‘lganda yoki suzayotgan odam charchaganida uning boldir, son mushaklarida yoki barmoqlarida tomir tortishib qolishi mumkin. Boldir mushaklarida tomir tortishganda chalqancha suzib tomir tortishib qolgan oyoqni oldinga cho‘zish va uning barmoqlarini o‘ziga qaratib tortish tavsiya etiladi. Son mushaklarida tomir tortishganda oyoqni tizada kuch bilan bukish yordam beradi, bunda oyoqning tagini qo‘l bilan sonning ichki tomoniga bosib turish kerak. Qo‘l barmoqlari ivishganda qo‘lni mushtum qilgan holda suvdan chiqarib qattiq silkitish kerak. Suzib charchagan odamga quyidagicha yordam ko‘rsatish mumkin. Yordam ko‘rsatuvchi odam charchagan odamning oldinga cho‘zgan qo‘llarining bilaklari tagiga o‘z yelkalarini tutishi va “brass” usuli bilan suzib uni o‘zi bilan olib ketishi lozim (8-rasm, a, b). Agar suzib charchagan odam yordam ko‘rsatuvchi odam bilan bir maromda oyog‘i bilan suza olsa, uni olib chiqish yanada osonroq bo‘ladi. Suzib charchagan odamning qo‘llari yordam ko‘rsatayotgan odamning yelkalaridan sirpanib tushib ketmasligini kuzatib turish kerak. 8-rasm. Suzishdan charchagan odamga yordam ko‘rsatish: a — chalqancha suzib qutqarish; b — oldiga olib qutqarish Cho‘kayotgan odamga orqasidan turib yordam ko‘rsatish kerak, chunki umidsizlik va qo‘rquv cho‘kayotgan odamga kuch beradi va u yordam berayotgan odamga yopishib olib uni ham cho‘ktirishi mumkin. Agar cho‘kayotgan odam yordam berayotgan odamni baribir ushlab olgan bo‘lsa, chuqur nafas olgan xolda suvning tagiga sho‘ng‘ish kerak. Bunda cho‘kayotgan odam suvning ustida qolish uchun yordam berayotgan odamni qo‘yib yuboradi. Cho‘kayotgan odam ushlab olishidan qutulishning bir nechta usullari mavjud: agar cho‘kayotgan odam yordam berayotgan odamning old tomonidan tanasidan yoki bo‘ynidan ushlab olgan bo‘lsa, bir qo‘l bilan uning belidan ushlab turib, boshqa qo‘lning kafti bilan cho‘kayotganning dahaniga tiralish, burnini qisish va kuch bilan dahaniga itarish kerak. Juda bo‘lmaganda yordam ko‘rsatuvchi shaxs cho‘kayotgan odamning qornidan pasiga tizzasi bilan tiralishi va undan kuch bilan itarilishi lozim (9-rasm); rasm. Cho‘kayotgan odam old tomondan ushlab olganida qutilish agar cho‘kayotgan odam yordam beruvchi bo‘ynining orqa tomonidan ushlab olgan bo‘lsa, bir qo‘l bilan cho‘kayotgan odamning bilagidan ushlab olish, ikkinchi qo‘l bilan esa shu qo‘lning tirsagidan itarib, cho‘kayotgan odamning qo‘lini keskin o‘zining boshi ustidan o‘tkazib yuborish va qo‘lni bo‘shatmay turib uni o‘ziga orqasi bilan o‘girish hamda uni qirg‘oqqa qarab sudrash lozim (10- rasm); rasm. Cho‘kayotgan odam orqa tomondan ushlab olganida qutulish agar cho‘kayotgan odam yordam beruvchining bilaklaridan ushlab olgan bo‘lsa, qo‘llarni mushtum qilib kuch bilan tashqariga chiqib ketishga harakat qilish kerak va shu bilan bir vaqtda oyoqlarni qoringa tortib cho‘kayotgan odamning ko‘ksiga tiralish va undan itarilish kerak (11-rasm); rasm. Cho‘kayotgan odam qo‘l bilaklaridan ushlab olganida qutilish agar cho‘kayotgan odam yordam beruvchining oyoqlaridan ushlab olgan bo‘lsa, undan o‘zini bo‘shatish uchun bir qo‘l bilan boshini o‘ziga bosib turib, ikkinchi qo‘lda uning dahanidan ushlab o‘ziga teskari qilib burish kerak (12-rasm). rasm. Cho‘kayotgan odam oyoqlardan ushlab olganida qutulish Agar cho‘kayotgan odam suv ostiga kirib ketgan bo‘lsa, uning ketidan sho‘ng‘ish kerak. Uni darhol topib bo‘lmasa, bir necha marta parallel sho‘ng‘ish kerak. Agar cho‘kayotgan odamning orqa tomonidan suzib kelish mumkin bo‘lmasa, unda eng yaxshisi undan bir necha metr berida sho‘ng‘ib, uning yon tomonidan suzib kelish kerak va bir qo‘l bilan uning tizzasidan itarib, ikkinchi qo‘l bilan boshqa oyog‘idan ushlash, siltab o‘ziga teskari qaratib olish va qirg‘oqqa olib chiqish kerak (13-rasm). rasm. Cho‘kayotgan odamni o‘ziga orqasini qilib Agar jabrlanuvchi suvning ostida tepaga qarab yotgan bo‘lsa, yordam beruvchi odam sho‘ng‘ib uning boshi tomonidan suzib borishi kerak, agar jabrlanuvchi pastga qarab yotgan bo‘lsa — uning yoniga oyoq tomonidan suzib borishi kerak. Ikkala holatda ham yordam beruvchi odam jabrlanuvchini qo‘ltig‘ini tagidan ushlab olib, ko‘tarishi va suvning tubidan kuch bilan itarilib cho‘kkan odam bilan suvning ustiga chiqib olishi va qirg‘oqqa qarab suzishi kerak. Cho‘kayotgan odamni bir necha usulda qirg‘oqqa olib chiqish mumkin: boshidan ushlab (14-rasm). Buning uchun yordam berayotgan odam cho‘kayotgan odamni chalqancha holatga o‘tkazishi uni shu holatda ushlab turib, yuzini kafti bilan (kafti bilan quloqlarini berkitib, katta barmoqlari bilan lunjidan, kichkina barmoqlari bilan esa past jag‘idan) ushlashi va suvning ustidan ushlab qirg‘oqqa tomon olib borishi kerak. Yordam berayotgan odamning o‘zi ham chalqancha suzishi lozim; rasm. Cho‘kayotgan odamni boshidan ushlab qutqarish Qo‘lidan ushlab (15-rasm). Buning uchun yordam berayotgan odam cho‘kayotgan odamning orqasidan suzib kelishi, uning tirsaklarini orqasiga o‘tkazishi va uni o‘zining bag‘riga bosib erkin usulda suzib qirg‘oqqa olib borishi kerak; rasm. Cho‘kayotgan odamni qo‘lidan ushlab qutqarish qo‘l ostidan ushlab (16-rasm). Buning uchun yordam berayotgan odam cho‘kayotgan odamning orqasidan suzib kelishi, o‘zining o‘ng (chap) qo‘lini tezlik bilan uning o‘ng (chap) qo‘li ostiga o‘tkazib olishi, cho‘kayotgan odamning ikkinchi qo‘lini tirsagidan teparog‘idan ushlashi uni o‘zining bag‘riga bosib yonboshlab suzib qirg‘oqqa olib borishi kerak. rasm. Cho‘kayotgan odamni qo‘lini ostidan ushlab qutqarish a — ko‘kragi ustidan; b — orqa tomonidan Hushidan ketgan odamni qirg‘oqqa olib chiqish uchun yordam berayotgan odam yonboshlab suzishi va jabrlanuvchini sochidan yoki yoqasidan tortishi kerak. Cho‘kayotgan odamni har qanday usullar bilan qirg‘oqqa olib chiqishda uning og‘zi va burni suvdan tepada bo‘lishi kerak. Cho‘kayotgan odamni qayiq yordamida qutqarish. Cho‘kayotgan odamni qutqarish uchun maxsus buyumlarsiz qayiqda suzib borilganda, o‘zi bilan langar, cho‘p, yog‘och va h. olib borish, agar cho‘kayotgan hushini yo‘qotmagan bo‘lsa uni cho‘kayotgan odamga uzatish kerak. Agar qayiqda odam bitta o‘zi bo‘lsa, bu holda u suvga sakramagani ma’qul, chunki boshqaraolmaydigan qayiqni suv oqimi olib ketishi mumkin. Qayikni cho‘kayotgan odamning oldiga faqat yon tarafi bilan emas, balki old yoki orqa uchi bilan olib borish kerak. Cho‘kayotgan odamni qayiqqa yo old yo orqa uchidan olish kerak, chunki uni qayiqning yon tomonidan olinadigan bo‘lsa qayiq ag‘darilib ketishi mumkin. Agar qayiqdagi yordam ko‘rsatuvchi ikkinchi odam, cho‘kayotgan odamni qayiqdan turib suvdan ushlab ketishi mumkin bo‘lsa, cho‘kayotgan odamni qayiqqa olmasa ham bo‘ladi. Gaz bilan zaharlangan shaxslarni gazlangan zonadan olib chiqish. Zaharli gazlar chiqishi mumkin bo‘lgan xonadagi shaxs o‘zini noxush sezsa yoki unda zaharlanish alomatlari (asabiylashish, bo‘shashish holati, bosh aylanishi, ko‘ngil aynashi va boshqalar) paydo bo‘lsa, bu holda ushbu odamni tezlik bilan xonadan toza havoga olib chiqish kerak. Jabrlanuvchining holati xonadan o‘zi chiqa olmaydigan darajada og‘irlashsa, xonadan tashqarida uni kuzatib turgan shaxs uni zudlik bilan xonadan tashqariga yetaklab yoki ko‘tarib olib chiqishi kerak. Kuzatib turgan shaxs jabrlangan odamga yordam ko‘rsatish uchun gaz bilan zaharlangan xonaga kirishidan oldin, o‘zining yonida bo‘lishi kerak bo‘lgan kislorodli (izolatsiyalaydigan) yoki shlangli protivogaz niqobini taqib olishi lozim. Bunday hollarda filtrlovchi protivogazlarni taqish man etiladi. Kabel inshootlari yoki gaz quvurlari qudug‘ida turgan shaxs o‘zini noxush sezganda yoki unda zaharlanish alomatlari paydo bo‘lganda, quduqni tepasida uni kuzatib turgan shaxslar, darhol saqlagich kamarining yelka tasmalariga biriktirilgan arqondan foydalanib uni quduqdan chiqishiga yordam berishi yoki quduqdan chiqarib olishi kerak. Gaz bilan zaharlangan xonadan olib chiqilgan shaxsning holati yaxshilanmasa va unda zaharlanish alomatlari saqlanib qolsa, bu holda jabrlangan shaxs zudlik bilan davolash muassasasiga yuborilishi lozim. Yonayotgan kiyimni o‘chirish. Agar odamning ustidagi kiyimi yonayotgan bo‘lsa, olovni imkoni boricha tezroq o‘chirish kerak, ammo bunda olovni himoya qilinmagan qo‘llar bilan o‘chirish mumkin emas. Kiyimi yonayotgan odam, odatda, o‘zini u yoqdan bu yoqa uradi, yuguradi. Darhol uni to‘xtatish choralari ko‘rilishi kerak, uning harakatlari oqibatida olov yanada kuchayadi. Yonayotgan kiyimni tezlik bilan echib tashlash yoki suv quyib, qishda esa qor bilan o‘chirish kerak. Yonayotgan kiyimda yerda dumalab ham olovni o‘chirish mumkin. Yonayotgan kiyimdagi odamning ustiga qalin mato, ko‘rpa, brezent tashlash mumkin, olov o‘chganidan keyin jabrlangan odamning terisiga issiqlik ta’sirini kamaytirish uchun uni olib qo‘yish kerak. Yonayotgan kiyimdagi odamni boshi bilan o‘rab bo‘lmaydi, chunki bu uni nafas yo‘llarining jarohatlanishi va olovdan chiquvchi zararli moddalar bilan zaharlanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling