Jadidchilik harakatining yirik vakillari jadidchilik umummilliy harakat sifatida
Turkistonda Jadidchilik harakati va uning tarixiy ahamiyati
Download 41.77 Kb.
|
JADIDCHILIK HARAKATINING XARAKTER YO’NALISHI
Turkistonda Jadidchilik harakati va uning tarixiy ahamiyati
Chor hukumati Turkiston xalqlarini har tomonlama ezib, mustamlakachilik zulmini kuchaytirayotgan bir paytda o‘lkada millat manfaatini o‘ylydigan taraqqiyparvar kuchlar ham bo‘lib, ular turli tabaqalarga: hunarmand, dehqon, burjuaziya va ruhoniylarga mansub edilar. Ular xalqning milliy ongini o‘stirish, o‘zligini anglatishni maorifatdan qidiradilar. Bunday kishilar - jadidlar deb nomlandi. Jadidchilik harakatining turk dunyosidagi g‘oyaviy otasi Qrim tatar farzandi Ismoil Gaspirali (Gaspirinskiy) hisoblanadi. U turli ilmlardan xabardor, bir necha chet tillarni mukammal bilgan, ilm-fan yutuqlari bilan tanishgan. Musulmon turkiy olamini jahon maorifati, ilmiy darajasiga ko‘tarish maqsadini qo‘yadi. Rossiya mustamlakasida bo‘lgan musulmon hududlarida maorifni isloh qilish, ularda diniy taolim bilan birga dunyoviy bilmlarni o‘qitish masalasini ko‘taradi. 1884 yilda Qrimdagi Boqchasaroyda jadid maktabini ochib, o‘zi tuzgan dastur va darslik asosida 40 kunda 12 o‘quchining savodini chiqardi. Bu usul - xarf tovush usuli, “usuli jadid” nomi bilan tez shuhrat qozonadi. Ismoil Gaspirinskiy o‘z g‘oyalarini “Tarjimon” gazetasi orqali targ‘ib qiladi. 1888 yilda “Rahbari muallimin” yoki muallimlarga yo‘ldosh” kitobini nashrdan chiqardi. Unda jadid maktablarini qurish, dars tashkil qilish, o‘tish mazmuni, jihozlanishi, dars jadvali, taotillar, imtihonlarni tashkil qilish ko‘rsatib berilgan. 1893 yilda Ismoliy Gaspirinskiy Turkistonga keldi. Ziyolilar vakillari bilan uchrashdi. Buxoro amiri xuzurida bo‘lib, uni zo‘rg‘a 1 ta jadid maktabi ochishga ko‘ndiradi. Biroq ruhoniylar qutqusiga uchgan amir Buxorodagi yangi fikr tarafdorlarini zindonga tashlaydi. I.Gaspirinskiy 1904 yilda Buxoroga yana kelib, amir bilan muzokaralar olib boradi va uning otasi nomi bilan ataluvchi “Muzaffariya” jadid maktabini ochishga ruxsat oldi. Gaspirinskiyning Turkistonga safari o‘lkada jadidchilik xarakatini rivojlanishi va keng yoyilishiga tapsir qi ldi. 1903 yilda Turkiston o‘lkasida 102 ta boshlang‘ich va 2 ta o‘rta jadid maktabi bor edi. XX asr boshlarida jadidlardan Maxmudxo‘ja Behbudiy, S.Ayniy, A.Avloniy, Munavvar Qori, Fitrat keyinchalik ’amza Cho‘lpon va boshqalar vatanparvar va millatparvar yoshlarni tarbiyalashdek ishga bosh bo‘ldilar. Jadidlarning Turkiston ozodligi uchun kurashida asosan uch yo‘nalish mavjud bo‘lgan. Bular: yangi usul maktablarini ochish; umidli yoshlarni chet elga o‘qishga yuborish; turli maorifiy jamiyatlarni tuzish va ziyolilarning firqasini tashkil qilish edi. Jadidlar bir necha matbuot organlarini tashkil qilganlar. 1906 yilda “Taraqqiy”, “Xurshid” gazetalari. 1907 yilda “Shuhrat” gazetasi chiqarildi. M.Behbudiy 1913 yilda “Samarqand” gazetasini chiqardi. 1913 yil 20 avgustdan “Oyna” jurnali, 1914 yildan “Sadoyi Turkiston” va boshqalar nashr qilindi. 1909 yilda Munavvar qori maslakdosh do‘stlari bilan “Jamiyati xayriya”ni tashkil qiladi. Bu jamiyat “Dorul ojizin”ni ochib, bir necha ojiz va bechoralarni tarbiyaga oladi, bir necha maktab va madrasalarga 100 so‘m, 200 so‘mdan xayriyalar beradi. 60 ta faqir va bechora bolalarni turli maktablarda o‘qitadi. Jadidlar bu jamiyat orqali Rossiya va Tukiyadagi oliy o‘quv yurtlariga yoshlarni yuborib o‘qitish bilan ham jiddiy shug‘ullanardilar. 1910 yilda Ufadagi “Oliya” madrasasida 10 dan ortiq o‘zbek o‘qigan. Bu yillarda Moskva, Peterburg, Varshava va Olmoniyada ham o‘zbeklar o‘qiganlar. Buxoroda tashkil qilingan “Tarbiyan aftol” jamiyati 1911 yilda 11 ta, 1912 yilda 30 ta talabani Turkiyaga o‘qishga jo‘natdi. Rossiyada adliya sohasi bo‘yicha taolim olgan Asadulaxo‘ja o‘g‘li Ubaydullaxo‘ja o‘zbek ziyolilarining “Taraqqiyparvarlar” firqasini tuzadi. Firqa 1914 yildan “Sadoyi Turkiston” gazetasini chiqaradi. Gazeta atrofiga M.Behbudiy, Munavvarqori, A.Qodiriy, A.Avloniy X.’.Niyoziy, Lutfullo Olimiy, Cho‘lpon va boshqalar uyushib, Turkiston xalqlari tarixi, madaniyati, istiqboli haqida ko‘plab maqola, hikoya, qissalar eolon qilganlar. XULOSA O‘zbek teatr sanoatiga ham birinchi bo‘lib jadidlar asos solganlar M.Behbudiyning “Padarkush” poyesasi o‘zbek dramachiligining birinchi namunasi hisoblanadi. “Padarkush” 1914 yil 15 yanvarda Samarqandda sahnaga qo‘yiladi. Bu poyesa 1914 yil 27 fevralda Toshkentdagi Kolizey binosida A.Avloniyning “Turon” gruppasi tomonidan qo‘yiladi. A.Avloniyning o‘z ham rolp o‘ynaydi. Spektaklp oldidan Munavvar qori nutq so‘zlab, teatrning xalqqa foydasi haqida gapiradi. A.Avloniy esdaliklariga ko‘ra, bu spektaklp 1914-1916 yillarda Farg‘onaning ko‘plab shaharlarida ko‘rsatilgan. Jadidlar maktablar ochish bilan birga, qator darsliklar ham yaratganlar. Masalan, M.Behbudiyning “Muntahabi jug‘rofiyo umumiy” (Qisqacha umumiy geografiya), “Kitobatul aftol (Bolalar maktablari), “Muxtasari tarixi islom” (Islomning qisqacha tarixi), “Madxali jug‘rofiyon umroniy” (Aholi geografiyasiga kirish), “Muxtasar jug‘rofiyon Rusiy” (Russiyaning qisqacha geografiyasi), ’amzaning boshlang‘ich sinflar uchun alfbosi va boshqalar shular jumlasidandir. Xulosa qilib aytganda, Turkiston jadidlari, o‘zlarining butun faoliyatlarini Turkiston xalqlarini, maorifatli, madaniyatli qilishga qaratdilar. Bu ishda M.Behbudiy, Munavvarqori, A.Avloniy, A.Qodiriy, Ayniy, ’amza, Fitrat, Botu, Cho‘lpon va boshqalaning xizmatlari katta bo‘ldi. Chunonchi, O‘zbekiston prezidenti I.Karimov “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q” asarida aytganlaridek, XX asr boshidagi maorifatchilik harakati namoyondalari boylik uchun, shon-shuhrat uchun maydonga chiqishmadi. Ular maktablar ochgani, xalqni o‘z haq-huquqlarini tanishga daovat etganlari uchun birov maosh to‘lamagan. Ular o‘t bilan o‘ynashayotganlarini, istibdodga qarshi kurashayotganliklari uchun ayovsiz jazolanishlarini oldindan bilishgan. Bilaturib ongli ravishda mana shu yo‘ldan borganlar. Chunki vijdonlari, iymonlari shunga daovat etgan. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Avloniy A."Tarjimai xol. Tanlangan asarlar.2-jild.T., "Ma'naviyat", 1998 yil 288-bet". 2. Munavvarqori A. "Qizil O'zbekiston" 1927 yil, 7iyun. Ziyo uz. Com. 3. Qosimov B."Milliy uyg'onish", T.,"Sharq",2004 yil,53-bet. 4. Toshqulov J. Yosh xivaliklar: siyosiy qarashlarining tadrijiy rivojlanishi// Xalq va demokratiya, 1992,3-4-son. 5. Behbudiy B. "Behbudiy kutubxonasi", "Oyina" jurnali, 1914 yil 26 aprel, №27. Tanlangan asarlar. Jild-II.-T.: Akademnashr, -2018yil 14-bet. 6. Baxrom Irzaev. "O'zbek yoshlari va xorijiy ta'lim" T., "Akademnashr" 2018. 7. Behbudiy B."Tiyotr nadur", "Oyina" jurnali, 1914 yil 10 may, №29. Tanlangan asarlar. Jild-II.-T.: Akademnashr, -2018yil 15-bet. 8. Sabirdinov A. O'zbek romanchiligi; kecha va bugun. Izlanishlar samarasi. // O'zbekiston adabiyoti va san'ati, 2005 yil 28 yanvar. 9. Behbudiy B."Ikki emas, to'rt til lozim", "Oyina" jurnali, 1913 yil 10 avgust, №1. Tanlangan asarlar. Jild-I.-T.: Akademnashr, -2018yil 396-bet. 10. Mamasaliev, M. M. (2020). MAIN DIRECTIONS OF THE INFLUENCE OF MODERN CIVILIZATION ON THE SPIRITUAL IMAGE OF THE INDIVIDUAL. Vestnik nauki, 3(11), 5-8. 11. Buriev, I. I., & Mamasaliev, M. M. (2020). PATRIOTIChESKOE VOSPITANIE MOLODOGO POKOLENIYa. Vestnik nauki i obrazovaniya, (22-2 (100)). 12. Kurbonova, M. B., & Mamasaliev, M. M. (2020). STRUKTURA SOTSIALNOGO STATUSA MOLODEJNOGO SOOB^ESTVA. In INNOVASIONNOE RAZVITIE: POTENSIAL NAUKI I SOVREMENNOGO OBRAZOVANIYa (pp. 210-213). 13. Allanazarov, M. K., & Mamasaliev, M. M. (2020). ANALYSIS OF COMPREHENSION METHODS IN THE GNOSEOLOGY OF ALLAME TABATABAI. In INNOVASIONNOE RAZVITIE: POTENSIAL NAUKI I SOVREMENNOGO OBRAZO VANIYa (pp. 106-109). Download 41.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling