Jadidchilik miiliy maʼrifatparvarlik harakatining tarafdori. Turkiyada oʻqigan. Inqilobga qadar Oʻrta Osiyoni Rossiyadan ozod qilinishi harakatlarida faol qatnashgan, politsiya nazorati ostida boʻlgan


Download 19.35 Kb.
Sana26.01.2023
Hajmi19.35 Kb.
#1128427
Bog'liq
Abdurauf Fitrat


Abdurauf Fitrat
Abdurauf Fitrat (1886, Buxoro shahri, Buxoro amirligi — 4-oktabr, 1938,Toshkent shahri, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbek tarixchisi, filolog, tarjimon, yozuvchi, dramaturg va shoir, zamonaviy oʻzbek tili va adabiyoti asoschilaridan biri, Oʻrta Osiyo jadidchiligining taniqli vakillaridan biri, birinchi oʻzbek professori (1926).
Jadidchilik miiliy maʼrifatparvarlik harakatining tarafdori. Turkiyada oʻqigan. Inqilobga qadar Oʻrta Osiyoni Rossiyadan ozod qilinishi harakatlarida faol qatnashgan, politsiya nazorati ostida boʻlgan.
Turkiyadagi „Yosh turklar“ harakatidan ilhomlanib, Buxoroda „Yosh buxoroliklar“ partiyasini tuzgan, uning maʼnaviy rahnamosiga aylangan. Doʻsti va maslakdoshi Munzim bilan hamkorlikda buxorolik 70 nafar yosh turkistonliklarni Germaniyaning bir qator oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga yuborgan (1922)[1].
Hayoti[tahrir]
1886-yilda Buxoro shahrida ziyoli oilasida tug‘ilgan, adibning otasi savdogarchilik bilan shug‘ullangan bo‘lib, 1918-yilgacha Qashqarda turib qoladi. Yosh Abdurauf asosan onasi Mustafo Bibi (Bibijon) tarbiyasida qoladi, undan Navoiy, Uvaysiy, Zebunniso, Bedil, Fuzuliy kabi yirik shoirlarning g‘azallarini tinglaydi.[2]
Dastlab eski maktabda, keyinchalik, Buxorodagi Mir Arab madrasasida tahsil olgan. 1902–1903-yillarda haj safariga chiqqan, uni ado etgach Arabiston, Anatoliya (zamonaviy Turkiya), Kavkazorti, Eron, Afg‘oniston, Hindiston bo‘ylab sayohat qilgan. 1906–1908-yillarda Rossiyaning Qozon, Nijniy Novgorod, Yaroslavl, Moskva, Petrograd shaharlarida bo‘lgan. XX asr boshlarida bujudga kelgan „Tarbiyai atfol“ jamiyati ko‘magida 1908–1913-yillarda Istanbuldagi Voizon madrasasida tahsil olgan va qizg‘in ijod qilgan.

Fitrat (o‘rtada) maslakdoshlari bilan. Buxoro. tm. 1908-yil


1908–1913-yillarda Turkiya dorilfununida o‘qiyotganda uning zukko, bilimdonligi professor-o‘qituvchilarni hayratga soladi. Unga Fitrat — Donishmand taxallusini beradilar.
Fitrat o‘qishni Istanbulda davom ettirib yurgan kezlarida, hamyurtlari bilan birgalikda „Buxoro ta’limi maorif jamiyati“ni tuzgan. Bu jamiyat buxoroliklarning o‘zaro moddiy-maʼnaviy uyushmasi vazifasini bajargan hamda Buxoro va Turkiston maorifining olg‘a siljishiga doir bir qator ishlarni amalga oshirgan.

Bu davrda Turkiya „Yosh turklar“ inqilobidan mast davrni o‘z boshidan kechirardi. Turkiyadagi bunday inqilobiy muhit albatta yosh Fitratga ham ijobiy taʼsir ko‘rsatdi. U siyosat maydoniga sho‘ng‘ib ketdi. Bu yerda Fitrat Sharq adabiyoti, sanʼati, tarixini chuqur va atroflicha o‘rganadi. Ilg‘or taraqqiyparvar turk adabiyoti vakillari, turk adabiyoti orqali esa G‘arb adabiyoti bilan yaqindan tanishadi. G‘arb va Sharq xalqlari madaniyati, adabiyotlari o‘rtasidagi farqlarni o‘z ko‘zi bilan ko‘radi, uning sabablarini teranroq anglaydi.
Download 19.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling