Jadval ko‘rinishidagi miqdorlar
Download 50.24 Kb.
|
root videos 9-SINF-Jadval ko rinishidagi miqdorlar.docx filePath 9-SINF-Jadval ko rinishidagi miqdorlar
2 – misol. A nomli 7 ta elementdan iborat chiziqli jadvalni tasvirlang.
Ikki o‘lchovli massiv elementlari ikkita indeks orqali aniqlanib, ular o‘zaro vergul bilan ajratib yoziladi va birinchi indeks satr tartib raqamini, ikkinchi indeks ustun tartib raqamini bildiradi. Masalan, jadval[12,8] yozuvi – jadval nomli massivning 12-satri va 8-ustuni kesishgan katakda joylashgan elementini bildiradi. 3 – misol. S nomli 4´5 elementdan iborat to‘g‘ri to‘rtburchakli jadvalni tasvirlang.
Dasturda massivlar o‘zgaruvchilar kabi tavsiflanishi zarur. Buning uchun Paskal dasturlash tilining Array –xizmatchi so‘zi ishlatiladi. Bu so‘zdan keyin kvadrat qavs ichida massivning birinchi va oxirgi elementlarining tartib raqamlari o‘zaro ikkita nuqta bilan ajratib yoziladi. Davomida Paskalning Of – xizmatchi so‘zi, undan keyin massiv elementlarining turi yoziladi. Masalan: var alifbo: Array[1..29] of Char; {1 dan 29 gacha tartib raqamli elementlari belgili miqdorli bo‘lgan alifbo nomli massiv} b5: array[-2..100] of integer; {b5: -2 dan 100 gacha tartib raqamli butun sonli massiv} bma: array[1..10,1..20] of string; {bma – satrli miqdorlardan iborat ikki o‘lchamli massiv} Demak, massiv (jadval ko‘rinishidagi miqdor) deganda, yagona nom bilan belgilangan, bir turdagi, tartiblangan miqdorlarning majmui tushuniladi. 4 – misol. Bir o‘lchovli A jadval beshta elementga ega bo‘lsin:
Paskalda bu jadval elementlari quyidagicha tasvirlanadi: a[1] := 3; a[2] := 2; a[3] := 12; a[4] := 10; a[5] := -8; Massiv elementlari indeksini biror butun qiymatli o‘zgaruvchi (masalan, i) orqali ifodalash mumkin. Agar i = 3 bo‘lsa, a[i] = 12, i = 5 bo‘lsa, a[i] = -8 bo‘ladi va hokazo. 5 – misol. Ikki o‘lchovli butun sonli qiymatlar qabul qiluvchi B massiv berilgan bo‘lsin: bu yerda i = 0, 1 va j = 0, 1, 2 (i – satr tartib raqami, j – ustun tartib raqami). U Paskalda quyidagicha tavsiflanadi: var b: array[0..1,0..2] of Integer; Massivning elementlari B[0,0], B[0,1], B[0,2], B[1,0], ... kabi yoziladi. Umumiy holda indeks sifatida o‘zgaruvchi yoki ifoda qo‘llaniladi. Masalan, I = 0, J = 2 bo‘lsa, B[I,J] = 5, B[I+1, J-2] = 2 bo‘ladi. Biz jadvallarning faqat chiziqli va to‘g‘ri to‘rtburchakli shakllari bilan tanishdik. Aslida Paskal tilida ko‘p o‘lchovli (255 tagacha) jadval ko‘rinishidagi miqdorlardan ham foydalanish mumkin. Bunday jadvallarni tavsiflashga bir necha misollar keltiramiz. 1) var s: array[1..4, 1..7, 0..10] of Byte; {s – Byte turli 3 o‘lchovli jadval} 2) var t, k: array [1..100, 1..80, 1..50] of string; {t va k – 3 o‘lchovli satrli jadvallar} 3) var f: array [-5..10, 0..10, 2..10] of char; { f – 3 o‘lchovli belgili jadval} Shuni ta’kidlash joizki, Paskal dasturlash tilida juda ko‘p masalalarni hal etishda massivlardan foydalanish dasturchiga katta imkoniyatlar ochib beradi. Download 50.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling