HUJJATLARDA JADVALLAR BILAN ISHLASH
Amaliyotda hujjatlarga rasmlar bilan bir qatorda jadvallarni ham joylashtirishga to‘g‘ri keladi. Jadvallar turli-tuman bo‘lishi mumkin. Masalan, maktabingizdagi dars jadvali, kundalik daftaringiz yoki sinf jurnali sahifasi, biror futbol turniri jadvali va hokazo. Bu jadvallarning ko‘rinishi ham, mazmuni ham turlicha bo‘lgani bilan ularning hammasi ma’lum miqdordagi ustun va satrlardan tashkil topgan.
JADVAL HAQIDA TUSHUNCHA
Tartib raqami
|
|
Rasmi
|
Vazifasi
|
1.
|
|
|
Ustiga harf, son va boshqa belgilar yozilgan klavishlardan iborat, uning yordamida kompyuterga turli ma’lumot va buyruqlar kiritiladi.
|
2.
|
|
|
Qurilma televizor ekraniga o‘xshash vazifani bajaradi, ya’ni chizilayotgan rasm, yozilayotgan harflar, ko‘rilayotgan film unda namoyon bo‘lib boradi.
|
3.
|
|
|
Kompyuterni qulay usulda boshqarish, ba’zi ishlarni osongina bajarish uchun mo‘ljallangan qurilma.
| Ixtiyoriy jadval n ta ustun va m ta satrdan iborat bo‘ladi. Ular o‘z navbatida kataklardan tashkil topadi. Jadvalning asosiy elementi — bu katak. Wordda katakni o‘ziga xos mikrohujjat deyish mumkin. Katakka matn yozish, uni formatlash, hatto rasmlarni joylashtirish ham mumkin. Misol sifatida Wordda hosil qilingan quyidagi 3 ta ustunli va 4 ta satrli, kataklar soni 12 ta (3*4 =12) bo‘lgan jadvalni keltiramiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |