Jadval tuzish va guruhlash
Download 1.97 Mb.
|
Markaziy bankning mustaqilligi. Nazarov Mirjalol
Markaziy bankning mustaqilligiTayyorladi : Nazarov mirjaloMarkaziy bankning mustaqilligiReja:1.Markaziy bankning iqtisodiy mustaqilligi va uni Baxolash tartibi.2. Markaziy banklarning mustaqillik shkalasi.3. O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining mustaqillik darajasi.
Bu muammoni tahlil etishda asosiy jihat - mamlakat Markaziy bank siyosatining davlat iqtisodiy siyosati yo’nalishiga tobeligi, ya’ni aniqrog’i bu tobelikning darajasiga bog’liq. qachonki, mamlakat Markaziy banki siyosati davlatning iqtisodiyotni tartibga solish siyosati bilan chambarchas bog’liq bo’lsa, bunday bog’liqlikni samarali, deb hisoblash mumkin. Lekin, shu narsa katta ahamiyatga egaki, bu ittifoq Markaziy bank tomonidan qanchalik ixtiyoriy ravishda tuzilgan va u kimga hisobdor va bank tizimida pul-kredit siyosatini tartibga solishdagi usullarni va yo’nalishlarni tanlashda hamda qonun bo’yicha Markaziy bank mustaqilligi darajasi va bunga haqiqatda erishilganligiga ahamiyat berish lozim.
Markaziy bankning mustaqilligi va iqtisodiyotni tartibga solishdagi o’rni ko’p hollarda milliy urf-odatlardan va bank tizimining milliy xususiyatlaridan kelib chiqadi. Lekin, umumiy yo’nalish (tendentsiya)larni ham asosiy iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga taqqoslagan holda ko’rib chiqish mumkin. 70-yillar o’rtalaridan 80-yillar o’rtalarigacha bo’lgan davr mobaynida davlatning iqtisodiyotga amaliy aralashuvi natijasida jahonning ko’pgina etakchi mamlakatlarida markaziy banklarning “qudratlilik” nazariyasi tasdiqlandi, markaziy banklarning obro’-e’tibori, nufuzi oshdi va bu ma’muriy boshqaruv usullarining kengayishida namoyon bo’ldi. 2. Markaziy banklarning mustaqillik shkalasi. Sanoati rivojlangan mamlakatlar Markaziy banklari mustaqilligining ob’ektiv omillariga baho berishda quyidagi mezonlarni kiritish mumkin:Markaziy bank kapitalida va foydani taqsimlashda davlatning ishtiroki;bank rahbarlarini tayinlash (saylash) dagi tartib va ularning faoliyat ko’rsatishi muddati hamda davlat tomonidan milliy bankning faoliyatini nazorat qilish shakli;Markaziy bank vazifalarini aniqlashning qonunchilikda yoritilish darajasi;Markaziy bank rahbariyati qarorini davlat organlari o’rnatilgan qonun bilan to’xtatishini yoki davlatning umumiqtisodiy yo’nalishi bilan Markaziy bankning pul-kredit doirasidagi tadbirlarni tartibga solishning mavjudligi;mamlakat Markaziy bankining davlat xarajatlarini to’g’ri va egri moliyalashtirishini tartibga soluvchi qoidaning mavjudligi va uning shakllari. Download 1.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling