Jadvallar munosabatlar
Tarmoqli ma’lumot modeli haqida tushincha bering
Download 393.17 Kb. Pdf ko'rish
|
Jadvallar munosabatlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarmokli MB turida ma’lumotlar bilan quyidagi ishlarni bajarish mumkin.
- 5. Ierarxik (shajara) ma’lumot modeli haqida tushincha bering.
4. Tarmoqli ma’lumot modeli haqida tushincha bering.
Agar munosabatdagi joriy element bir necha berilgan elementga ega bo`lsa, bunday bog`lanishlarni ierarxik strukturalar bilan tavsiflab bo`lmaydi. Bunday tuzilmalar tarmoqli graflar bilan tavsiflanadi. Tarmoqli strukturalarda element ixtiyoriy boshqa element bilan boglanishi mumkin. Ya’ni, tarmoqli bir necha kichkina ob’ektlardan to`plangan yirik ob’ekt deb qarash mumkin. Ushbu chizmada boglanishlarni tarmoqli modelda tasvirlanishi keltirilgan. Tarmokli MB turida ma’lumotlar bilan quyidagi ishlarni bajarish mumkin. - MB yozuvlarini qidirish - Yangi yozuvni yaratish - Joriy yozuvni olib tashlash - Joriy yozuvni tiklash - Yozuvni bog`lanishga qo`shish - Yozuvni boglanishdan olib tashlash - Bog`lanishlarni o`zgartirish 5. Ierarxik (shajara) ma’lumot modeli haqida tushincha bering. Ierarxik modellarda yozuvlar daraxtsimon strukturali ko‘rinishda bo‘ladi. MBBTlardan ba’zi birlari faqat ierarxik tuzilishga ega bo‘lganlari bilan ishlatiladi. Bo`lim Xizmatchi Boshliq Ierarxik tuzilishli ma’lumotlar sodda yaratiladi. Bu ko‘pincha tadbiqlarda qulay, lekin ma’lumotlarni ko‘plari daraxtsimon strukturali bog‘lanish tabiatiga ega emas. Ierarxik modelda ma`lumotlar strukturasi daraxtsimon formada bo`ladi. Eng yuqori satxda bitta ob`yekt bo`lib u ildiz deb nomlanadi.Ushbu ob`yekt ikkinchi satx ob`yektlari bilan bog`lanadi. Ikkinchi satx ob`yektlari faqat uchinchi satx ob`yektlari bilan bog`lanadi 6. Predmet sohani tavsiflash usullari haqida tushincha bering. Predmet sohasi deganda avtomatlashtirilgan boshqarishni tashkil qilish uchun o`rganilayotgan real muhitning ma’lum bir qismi tushiniladi. Masalan, korxona, zavod, oliy o`quv yurti va boshqalar. Hozirgi kunda axborot tizimlarini loyihalash va predmet sohasini tavsiflash uchun ko`p usullar mavjud. Shulardan biri ER ya’ni mohiyat – aloqa usulidir. Bu model 1976 yil Piter Chen tomonidan kiritilgan bo`lib, u o`ziga bir qator grafik diogrammalarni oluvchi bir necha har xil turdagi komponentlarni birlashtirgan. Piter Chen mohiyatlar to`plami va ular orasida bog`lanish sifatida relatsion ma’lumotlar strukturasini iteratsiya qilishni taklif qiladi. ER modelining asosiy komponentlari mohiyat, bog`lanish va atribut hisoblanadi. Predmet sohani mohiyat – aloqa usulida tavsiflaganda quyidagi bosqichlarda ish olib boriladi: 1. Predmet sohaning obyektlari aniqlanadi. Obyekt1 0.21 0.22 0.2i 0.2n 0.3.1.1 0.3.1.2 0.3.2.1 0.3.i.1 0.3.i.2 0.3.n.1 0.3.n.2 0.4.1.1 0.4.1.3 0.4.1.2 0.4.i.1 0.4.i.2 0.4.n.1 0.4.n.2 0.4.n.3 1-sath 2-sath 3-sath 4-sath 2. Obyekt sohalari (atributlari) belgilanadi va uning kalit predmetlari aniqlanadi. Kalit predmetlari obyektni identifikatsiyalaydi. 3. Obyektlar o`rtasida aloqa o`rnatiladi va ular sinflarga ajratiladi. 4. Maxsus belgilar kiritilib, mohiyat – aloqa diogrammasi o`rnatiladi. Bu diogramma predmet sohasining infologik modeli grafik tasviri hisoblanadi. Download 393.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling