Jadvallar orasidagi bog’lanish
Jadvallar orasidagi bog’liqlik turlari
Download 0.63 Mb.
|
malumotlar bazasi jadvallar bilan ishlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Konstruktor” (“Loyihalash”)
- Bog’lanish uchun jadval yoki so’rovlarni qo’shish . Bog’lanish uchun jadval yoki so’rovlarni qo’shish “Konstruktor” (“Loyihalash”)
- Jadval va so’rovlar orasida bog’liqlikni o’rnatish. Bog’liqlik turlari.
- Tip otnosheniya” (“Bog’liqlik turi”)
- Birga-bir” bog’liqlik (“odin-k-odnomu”)
- Ko’pga-ko’p” bog’liqlik (“mnogiye-ko-mnogim”)
- “Ma`lumotlar to’liqliqligini ta`minlash”
- Kaskadnogo obnovleniya svyazannx poley” (“Bog’langan maydonlarni bosqichma-bosqich yangilash”)
- Kaskadnogo udaleniye svyazannx poley” (“Bog’langan maydonlarni bosqichma-bosqich o’chirish”)
- “Sozdat” (“Hosil qilish”)
Jadvallar orasidagi bog’liqlik turlari.
Ma`lumotlar bazasini loyihalashda jadvallar orasidagai mantiqiy bog’lanishga alohida e`tiborni qaratish kerak. Bog’lanish bir necha jadvallardagi ma`lumotlarni umumlashtirish, takrorlanadigan ma`lumotlarni kiritish, ma`lumotlarni tahrilash va ko’rsatishda keng qo’llaniladi. Jadvallar orasidagi mantiqiy bog’lanishni grafik ko’rinishdagi ifodasi “Rabota s bazami dannx” (“Ma`lumotlar bazasi bilan ishlash”) ilovasidagi “Sxema dannx” (“Ma`lumotlar tuzilishi”) orqali ko’riladi. Hosil qilayotgan ma`lumotlar bazamizning jadvallari orasidagi bog’lanish quyidagi ko’rinishda ifodalanmoqda. Bog’liqlik “Asosiy”, “Millatlar”, “Kurslar” jadvallari orasida o’rnatilgan. “Sxema dannx” (“Ma`lumotlar tuzilishi”) faqatgina jadvallar orasidagi mantiqiy bog’lanishni grafik ko’rinishdagi ifodasini ko’rsatib qolmasdan, ma`lumotlar bilan ishlashda MS Access tomonidan foydalaniladi. Shuningdek, ko’plab jadvallardan tuzilgan forma, so’rov, hisobotlarni shakllantirishda ishlatiladi. “Konstruktor” (“Loyihalash”) – ilovasi bilan tanishaylik:
Bog’lanish uchun jadval yoki so’rovlarni qo’shish. Bog’lanish uchun jadval yoki so’rovlarni qo’shish “Konstruktor” (“Loyihalash”) ilovasi orqali birinchi usul bilan bajarilsa, ikkinchi usulda kontekst menyudan “Dobavit tablitsu...” (“Jadvalni qo’shish...”) ni tanlash orqali ham bajarish mumkin.
Bog’lanish uchun jadval yoki so’rov nomini tanlab olib “Dobavit” (“Qo’shish”) tugmasini bosamiz. Jadval va so’rovlar orasida bog’liqlikni o’rnatish. Bog’liqlik turlari. Jadval va so’rovlar orasidagi bog’liqlik relyatsion bazamizni mantiqiy tuzilishidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Yuqorida aytib o’tganimizdek, jadvallar va so’rovlar orasidagi bog’liqlik kalit maydonlarni o’zaro bog’lash orqali amalga oshiriladi. Jadvallar va so’rovlar bir yoki bir nechta kalit maydonlar bilan bog’alanishi mumkin. Bog’liqlik chizig’i jadvallar yoki so’rovlarning qaysi maydonlari o’zaro bog’langanligini ko’rsatib turadi. Bog’liqlik “Asosiy” jadvalning “Millati” maydoni va “Millatlar” jadvalining “MK” kalit maydoni o’rtasida, shuningdek Asosiy” jadvalning “Kursi” maydoni va “Kurslar” jadvalining “Kod” kalit maydoni o’rtasida mavjud. Bog’liqlik chizig’i ustiga sichqoncha qo’rsatkichini olib kelib chap tugmani ikki marotaba bosish orqali, bog’liqlikni ko’ramiz . “Tip otnosheniya” (“Bog’liqlik turi”) – maydonlardagi yozuvlarning bir-birlari bilan mosligiga qarab 3 turga bo’linadi. “Birga-ko’p” bog’liqlik (“odin-ko-mnogim”) – bu bog’liqlik turida birinchi jadvalimizdagi bitta yozuvga ikkinchi jadvalimizdan bir nechta yozuvlar mos keladi. Misolimizga ko’ra “Millatlar” jadvalimizdagi har bir millat nomiga “Asosiy” jadvalimizdagi “Millati” maydonida bir qancha millati bir xil bo’lgan yozuvlar mos keladi. Bu bog’liqlik qisqa 1 : M (One-To-Many), 1: ko’rinishlarda ifodalanadi. “Birga-bir” bog’liqlik (“odin-k-odnomu”) - bu bog’liqlik turida birinchi jadvalimizdagi bitta yozuvga ikkinchi jadvalimizdagi bitta yozuv (yoki uning teskarisi ikkinchi jadvalimizdagi bitta yozuvga birinchi jadvalimizdagi bitta yozuv) mos keladi. Bu bog’liqlik qisqa 1 : 1 ko’rinishda ifodalanadi. “Ko’pga-ko’p” bog’liqlik (“mnogiye-ko-mnogim”) – bu bog’liqlik turida birinchi jadvalimizdagi bir nechta yozuvga ikkinchi jadvalimizdan ham bir nechta yozuvlar mos keladi. Bu bog’liqlik qisqa M : M (Many-To-Many), : ko’rinishlarda ifodalanadi. “Obespecheniye tselostnosti dannx” (“Ma`lumotlar to’liqliqligini ta`minlash”) - jadvallar orasida 1 : 1 yoki 1 : M turidagi bog’liqlik bo’lgan hollarda ishlatiladi. “Ma`lumotlar to’liqliqligini ta`minlash” tanlansa quyidagi shartlar bajariladi: bog’langan jadvalda mavjud bo’lmagan kalitni saqlovchi yozuvni asosiy jadvalimizga qo’sha olmaymiz; avval asosiy jadvaldagi barcha bir xil kalitli yozuvlarni o’chirsak, undan keyingina bog’langan jadvaldagi aynan shu kalitli yozuvni o’chirishimiz mumkin; bog’langan jadvaldagi biror kalitni o’zgartirish uchun, asosiy jadvalda shunday kalitli yozuvlar mavjud bo’lmasligi kerak.
Ma`lumotlar to’liqliginii ta`minlash joriy etilganda bog’liqlik chizig’ining asosiy jadvalga ulangan qismida belgisi tizim tomonidan qo’yiladi. “Kaskadnogo obnovleniya svyazannx poley” (“Bog’langan maydonlarni bosqichma-bosqich yangilash”) – bog’langan jadvaldagi biror yozuvni o’zgartirsak, asosiy jadvaldagi barcha shu qiymatlar o’zgaradi. Bog’langan jadvaldagi o’zgargan yozuvlar yana boshqa jadvallarda ham ishtirok etgan bo’lsa, ular ham yangilanadi. “Kaskadnogo udaleniye svyazannx poley” (“Bog’langan maydonlarni bosqichma-bosqich o’chirish”) – bog’langan jadvaldagi biror yozuvni o’chirsak, asosiy va shu yozuv mavjud bo’lgan boshqa jadvallardagi shu qiymatlar ham o’chadi. Foydalanuvchi tomonidan bog’liqliklar hosil qilish. Siz bilan avvalgi mavzuda tizim tomonidan hosil qilingan bog’liqliklarni ko’rib chiqdik. Bog’liqlik chizig’i avvaldan tanlangan maydonlarimiz o’rtasida tizim tomonidan o’rnatilgan. Foydalanuvchi tomonidan jadvallardagi maydonlarni “Sxema dannx” (“Ma`lumotlar tuzilishi”) orqali bog’lash uchun quyidagi amallarni bajaradi: 1.birinchi jadvaldagi biror maydonni sichqonchaning chap tugmasini bosish orqali belgilanadi; 2.belgilangan maydonni surish orqali, ikkinchi jadvalning maydoni ustiga sichqon ko’rsatkichini olib boriladi va sichqonchaning chap tugmasini qo’yib yuboriladi; 3.Bog’liqlikni o’zgartirish oynasidagi “Sozdat” (“Hosil qilish”) tugmasini bosish orqali tasdiqlanadi. Jadvallar orasidagi bog’liqlikni hosil qilish va ma`lumotlar to’liqliqligini ta`minlash uchun quyidagi: jadvallar o’zaro kalit maydonlar orqali bog’lanishi; jadvallardagi bog’lanadigan kalit maydonlar turi bir xil bo’lishi; bog’lanadigan maydon jadvallari bitta Acces MBda bo’lishi shartlari bajarilishi kerak. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling