Жадваллар редакторида иқтисодий
Download 351 Kb.
|
Excel dasturida iqtisodiy masalalarni yechish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Excel elektron jadvali va uning imkoniyatlari. Excel
- Excel muhitiga kirish, fayl yaratish va uni yuklash.
Mavzu: Excel dasturida iqtisodiy masalalarni yechish Reja: 1.Excel elektron jadvali va uning imkoniyatlari. 2.Excel muhitiga kirish, fayl yaratish va uni yuklash. 3.Excel da jadvallarni tahrirlash. 4.Excel da menyu bilan ishlash. 5.Excel ning funksiyalar va diagrammalar konstruktorlari. Excel elektron jadvali va uning imkoniyatlari. Excel – bugungi kunda eng ommaviylashgan elektron jadvalli programmadir. Undan ishbilarmon va olimlar, buxgalterlar va jurnalistlar foydalanadilar. Excel elektron jadvali quyidagi ko`rinishga ega: Uning yordamida turli ro`yxatlar, kataloglar va jadvallar yuritiladi, moliyaviy va statistik hisobotlar tuziladi, jamoat fikrini so`rash natijalari va savdo korxonasi holati haqida ma`lumotlar hisob-kitob qilinadi, ilmiy tadqiqotlar natijalari qayta ishlanadi, uchyotlar yuritiladi. Excel jadval ustunlari va satrlari bo`yicha yig`indini hisoblaydi, foizlarni, o`rta arifmetiklarni hisoblaydi, unda turli standart funksiyalar - moliyaviy, matematik, mantiqiy va statistik funksiyalardan foydalanish mumkin. Jadvallarni shakllantirish turlicha bo`lishi mumkin, ma`lumotlarni formatlash imkoniyatlari eng yaxshi tekst-protsessorlaridagi kabidir. Shriftlarni o`zgartirish, aloxida satr, ustun yoki kataklarni alohida rang bilan ajratish, jadval ma`lumotlari bo`yicha grafiklar va diagrammalar tuzish, jadvalga rasmlar qo`shish mumkin. Programmaning keyingi versiyalari juda keng imkoniyatlarga ega. Excel jadval ma`lumotlari ustida bajara oladigan matematik, mantiqiy, buxgalteriya va statistik funksiyalarning o`zi ikki yuzdan ortik. Elektron jadvallar hisobot va schyotlarni bosmadan chiqarish imkoniyatiga ega. Shuningdek, grafik va diagrammalar tuzish tizimlari bilan ta`minlangan. Excel muhitiga kirish, fayl yaratish va uni yuklash. MS Excel ni har bir ishga tushurishda avtomatik ravishda yangi ishchi hujjat yaratiladi va u Book1 (kitob 1) nomga ega bo`ladi. Excel ning uch ulchovli elektron jadvalining xar bir varag`i 256 ta ustunga va 16384 ta qatorga ega. Ustunlar harflar va harflar kombinatsiyalari bilan nomlangan, bu nomlar ustunlarning sarlavhalari deyiladi. EXCEL - ning ishchi ekrani quyidagi rasmda keltirilgan Download 351 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling