Jaholatga qarshi ma’rifat


Download 1.51 Mb.
Sana31.01.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1144172
Bog'liq
“Jaholatga qarshi ma’rifat”


UrDU Jismoniy madaniyat fakulteti tyutori Xayitboyev Xasanboyga berkitilgan guruh talabalari bilan “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida o‘tkazilgan tadbir
Bayonnomasi
09.11.2021y. Urganch sh.
Qatnashdilar: Jismoniy madaniyat fakulteti o‘quv ishlash bo‘yicha dekan muovini
N. Ro‘zmetov, Jismoniy madaniyat fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan
muovini B.Satipov, Ko‘zli Ota Jome Masjidi imom xatibi noibi Qurbonov
G‘ulomjon, Jismoniy madaniyat fakulteti tyutori Xayitboyev Xasanboy.

KUN TARTIBI

  1. Talaba-yoshlarga “Jaholatga qarshi ma’rifat” haqida tushuncha berish.

  2. Ilm olish v a kitob o‘qish haqida tushuncha berish .

So‘zga chiqdi: Yigilishni Jismoniy madaniyat fakulteti tyutori Xayitboyev Xasanboy ochib berdi. U yigilish mavzusi va ma’ruzachi bilan tanishtirdi.
Yuqoridagi masala yuzasidan Ko‘zli Ota Jome Masjidi imom xatibi noibi Qurbonov
G‘ulomjon belgilangan ma’ruza matni asosida talabalarga tushuncha berdi. Ma’ruzachi oz ma’ruzasida “Jaholatga qarshi ma’rifat” turkumidan o’tkazilgan suhbatlar yuzasidan umumlashtirib tushuncha berib o’tdi. Unda Islom dinining boshqa dinlardan farqli tomonlari, Payg’ambarlar haqida,ularning ezgu amallari haqida aytib o’tdi.
Shuningdek ilm olish har bir musulmon kishining ham farz ham qarzi ekanligi, har qanday ilm xoh u dunyoviy bo’lsin, xoh diniy bo’lsin barchasi Ollohning ilmi ekanligi, farzandlar voyaga yetguncha olgan ilmlarining savobi ota-onasiga, voyaga yetgandan keyin olgan ilmlari o’zlari uchun yozilishini aytib o’tdi.
Shuningdek Islom olamidagi eng so’ngi payg’ambarimiz Muhammad s.a.v haqida,uning kitobi “Qur’oni Karim”da keltirilgan hadislardan namunalar keltirib o’tdi.
Ma’ruza yuzasidan Jismoniy madaniyat fakulteti o‘quv ishlash bo‘yicha dekan muovini
N. Ro‘zmetov oz fikr-mulohazalarini bildirdi. Yigilishni Jismoniy madaniyat fakulteti o‘quv ishlash bo‘yicha dekan muovini N. Ro‘zmetov yopiq deb e’lon qildi.









Qaror qabul qilindi:
1.Talaba-yoshlarimiz o‘z vaqtlarini mazmunli o‘tkazilsin.
2.Yuqoridagini nazorat qilish maktab ma’naviy-ma’rifiy tarbiya ishlari boyicha direktor orinbosari X.Xayitboyevga yuklatilsin.


Jismoniy madaniyat fakulteti
yoshlar bilan ishlash bo‘yicha
dekan muovini: B. Satipov


Jismoniy madaniyat fakulteti tyutori: X.Xayitboyev
Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling