"Jahon adabiyoti " jurnali o'zbek va jahon adabiyotida oid maqola taqriz sharxi Reja
Download 28.12 Kb.
|
"Jahon adabiyoti " jurnali o'zbek va jahon adabiyotida oid maqola taqriz sharxi Reja : Shuni alohida ta’kidlash joizki, “Jahon adabiyoti” jurnali o‘zining dastlabki sonlaridan boshlab shu kungacha zimmasidagi mazkur vazifalarni ixlos bilan bajarib kelmoqda. “Jahon adabiyoti” o‘z o‘quvchilarini xalqaro miqyosdagi adabiy jarayonda ro‘y berayotgan shu kungi ulkan hodisalar bilan tanishtirib boradi. “Jahon adabiyoti” kutubxonasi seriyasida 30 jildlik asarlar nashr etishga kirishilayotganini eshitib juda quvondik Mustaqil O‘zbekistonning jahonga yuz tutishi jahon xaritasida endigina paydo bo‘lgan yangi davlatga mutaraqqiy jahon xalqlari va davlatlari e’tiborini tortish hamda vatandoshlarimizni keng miqyoslardagi xalqlar, millatlarning tarixi, buguni, yashash tarzi, urf-odatiyu adabiyoti, madaniyati va ma’naviyati bilan tanishtirish, ular bilan oshno qilish istiqbolimiz oldida turgan vazifalardan edi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, “Jahon adabiyoti” jurnali o‘zining dastlabki sonlaridan boshlab shu kungacha zimmasidagi mazkur vazifalarni ixlos bilan bajarib kelmoqda. Sir emas, hozirgi zamonda noshirchilik, gazeta, jurnallarni chop etish, buni uddalash, ayniqsa, moliyaviy jihatdan o‘z-o‘zidan amalga oshadigan ish bo‘lmay qoldi. Shu ma’noda, davlatimiz jurnalga barcha masalalarda homiylik qilib kelayotgani va jurnal, uning jamoasi bu e’tiborga munosib javob berishga intilib kelayotganini ta’kidlash o‘rinli bo‘ladi. Zero, “Jahon adabiyoti” yigirma yildan buyon mo‘ljaldagi barcha sonlarini belgilangan muddatidan deyarli kechiktirmay chop etib kelayotgan nashrlardan biridir. Ushbu jurnal jahon adabiyotining o‘zbek tuprog‘idagi o‘ziga xos qo‘ng‘iroqchasidir. Uning sahifalarida jahon adabiyotining mumtoz namunalaridan tortib shu kunlarda yaratilayotgan sara namunalarigacha ona tilimizga o‘girilib chop etilmoqda. Avvallari tarjima ishi bizda ko‘pincha, rus tili orqali amalga oshirilguvchi edi. Mustaqillik sharofati bois mamlakatimizda o‘nlab Sharq va o‘arb tillaridan – asliyatdan o‘giruvchi tarjimonlar avlodi yetishib chiqdi. So‘nggi salkam chorak asr mobaynida “Jahon adabiyoti” jurnali sahnida yangi o‘zbek tarjimonlar maktabi tashkil topdi va o‘zbek adabiyoti va madaniyati tarixida o‘ziga xos, mustahkam o‘rin egalladi. Jurnal xorij adabiyoti namunalarini, shunchaki, bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilib chop etish bilan chegaralanadi, deb o‘ylagan kishi yanglishadi. Jurnalning o‘z ijodiy yuzi, o‘z uslubi va talablari, shu tipdagi boshqa jurnallar o‘rgansa, ibrat olsa arzigulik jihatlari bor. Masalan, u o‘zbek adabiyotining jahon miqyosiga chiqishga arzigulik mumtoz vakillaridan tortib, zamonaviy namoyandalarining asarlaridan ham namunalar berib boradi va to‘g‘ri qiladi. Zamonaviy mumtoz shoirimiz Erkin Vohidovning hali keng kitobxonlar ommasiga tanish bo‘lmagan – XX asrning nodir namunalaridan biri deb atashga arzigulik. “Ikkinchi tumor” tragikomediyasi; shoir va hukmdor aro munosabatlar avvalgi qarashlardan tubdan farqli o‘laroq va tarixan xolis, to‘g‘ri, ayni vaqtda jamiyat va saroy intrigalaridagi ayrim “sirli” jumboqlarning zamini badiiy gavdalantirilgan Muhammad Alining “Navoiy va Boyqaro” dramasi ana shunday asarlar sirasiga kiradi. “Jahon adabiyoti” sahifalari yozuvchi-shoirlarimiz uchun dunyoning turli burchidagi turli yo‘nalishdagi adiblarning mahoratlaridan saboq olish bilan birga, Nobel sovrindorlarining mukofot olish munosabati bilan so‘zlagan nutqlari bilan muntazam ravishda tanishtirib borishi, qolaversa, mamlakatimizdagi kattadan-kichik qalam ahlining, adabiyot ixlosmandlarining ham milliy, ham bashariy ma’noda o‘zligini anglash, ham gumanist inson, ham gumanist ijodkor bo‘lish borasida nihoyatda qimmatli saboqlar beradi. “Jahon adabiyoti” o‘z o‘quvchilarini xalqaro miqyosdagi adabiy jarayonda ro‘y berayotgan shu kungi ulkan hodisalar bilan tanishtirib boradi. Belarus adibasi Svetlana Aleksievichning “Urush ayollar ishi emas” romanining jurnalda e’lon qilinishi jurnalning kitobxonlar talabiga sezgirligiga dalil bo‘la oladi. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Jurnal o‘zbek kitobxonlari qarashlari va tushunchalariga ayrim yangi adabiy-badiiy ma’lumotlarni ham olib kirmoqda. Kichik bir misol. Jurnal Bernard Shou qalamiga mansub “Pigmalion” nomli roman-pesaning ikki variantdagi tarjimasini e’lon qildi. To‘g‘ri, asar aslida drama janriga mansub va sahnaga mo‘ljallangan. Biroq uning o‘qilish uchun mo‘ljallangan xususiyatlari ham bisyor ekan. Shu bois uni mutaxassislar roman-pesa deb ataydilar. Jurnal shu tariqa bizga ko‘p ham ma’lum bo‘lmagan roman-pesa tushunchasini olib kiradi. Men bu, arzimasdek tuyuluvchi misolni nima uchun keltiryapman. Shuning uchunki, yaqinda, “Sharq yulduzi” jurnalimizning yangi sonlaridan birida Erkin A’zamovning “Tanho qayiq” dramasini o‘qib qoldim. O‘qidim-u, “Jahon adabiyoti”da tanishganim Shouning “Pigmalion”i xususidagi roman-pesa degan fikr xotiramga keldi. Men bu bilan, ana, E.A’zam bu masalada B.Shoudan ta’sirlanibdi, demoqchi emasman. Balki Erkin bu asarni o‘qimagandir ham. Bu – tipologik hodisa bo‘lishi ham mumkin. Men ushbu o‘rinda boshqa bir fikrni aytmoqchiman. Gap shundaki, “Jahon adabiyoti” jurnalida e’lon qilinayotgan so‘z san’atining nihoyatda rang-barang palitrali namunalari bizga o‘z adabiyotimizning mumtoz davrlaridan to shu kungacha yaratilgan va yaratilayotgan namunalarini ular bilan solishtirishga, qiyoslab o‘rganishga juda katta imkoniyatlar yaratadi. Bu nihoyatda muhim va kerak imkoniyatdir. O‘zbek badiiy tafakkurining jahon miqyosidagi shu jarayonda tutgan o‘rnini, unga qo‘shayotgan hissasini, o‘zligini, bu masaladagi ta’sir va tipologiyalarni aniqlash va ko‘rsatishga imkon beruvchi muhim va katta imkoniyatdir. Bu masalaga chuqurroq e’tibor bersak va uni chuqurroq o‘rgansak, badiiyat masalasida ham, ijtimoiy muammolar talqinida ham adabiyotimiz xalqaro miqyosdagi so‘z san’atining ilg‘or saflarida bo‘lgani va hozir ham shunday ekaniga guvoh bo‘lamiz. Bu esa, o‘z navbatida ijtimoiy-iqtisodiy nuqtai nazardangina emas, adabiy-madaniy yo‘nalishda ham O‘zbekiston nufuzini jahon miqyosida mustahkamlash bo‘ladi. Biz jahon adabiyoti namunalarini o‘zbek tiliga o‘girish borasida ko‘plar havas qilsa arzigulik ishlarni amalga oshirayotganimizni e’tirof etgan holda, afsuski, o‘zbek adabiyotining xorij tillariga o‘girilishi masalasi shunga adekvatgina emas, hech bo‘lmasa, yaqin deya olmaymiz. To‘g‘ri, bizning adabiyotimizni boshqa tillarga o‘girish masalasi, o‘zimizdan tashqari, ko‘p jihatdan o‘zgalarga ham bog‘liq, albatta. Lekin bu borada, biz tashqaridagi sustkashlikdan ibrat olmasligimiz kerak, deb o‘ylayman. Bu – o‘zimiz ham tashabbus ko‘rsatishimiz mumkingina emas, zarur bo‘lgan masaladir. Bu borada Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning “Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to‘g‘risidagi” hamda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini takomillashtirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish” masalalariga bag‘ishlangan farmoyishida belgilangan vazifalar bu masalaga ham alohida e’tibor berishni taqazo qiladi. Bu boradagi ishni jonlantirish va jadallashtirish uchun “Jahon adabiyoti” jurnaliga ilova tarzida yoki alohida bir kichik muntazam nashr tarzida o‘zbek adabiyotining sara namunalarini chet til(lar)da chop etish masalasini o‘ylab ko‘rish kerak emasmikan? “Jahon adabiyoti” kutubxonasi seriyasida 30 jildlik asarlar nashr etishga kirishilayotganini eshitib juda quvondik. Shu mo‘ljalning oxiridagi 5 jild yoki uning davomidagi 5 jild o‘zbek adabiyotining, deylik, ingliz tiliga o‘girilgan sara namunalaridan iborat bo‘lsa, degan taklifimiz bor. Turon, Turkiston, O‘zbekiston hayotiga daxldor hodisalar hamda qahramonlarga bag‘ishlab yozilgan xorijiy mualliflarning asarlari jurnal sahifalarida yoritib borish tajribasi ham e’tirofga munosibdir. Ozarboyjon adibi Husayn Jovidning “Amir Temur” dramasi, Amin Maalufning “Samarqand”, turk adibi Yavuz Bahodir o‘g‘lining “Xorazm o‘t ichida” kabi asarlarni o‘qib, kitobxonlarimiz vatanimiz va uning farzandlari siymosi jahon adabiyotida yoritilishidan voqif bo‘ladilar. Biroq shuni ham ta’kidlash kerakki, xalqimiz va uning mashhur farzandlari, tarixi, madaniyatiga bag‘ishlangan xorij mualliflariga mansub asarlar uch-to‘rt sanoq bilan chegaralanmaydi. Ular, bisyor, shu ma’noda, “Jahon adabiyoti” jurnali bu masalaga ahyon-ahyon emas, muntazam ravishda e’tibor bersa, va hatto alohida rukn ochib, uning deyarli har bir sonida badiiy asarlar bilan bir qatorda publitsistik asarlar, maqolalarni ham chop etib borsa va keyinchalik bu yo‘nalishdagi asarlar bir rukn ostida jamlanib nashr etilsa, yomon bo‘lmasdi, deb o‘ylayman. Jurnalning, hech shubhasiz, yangi davr o‘zbek adabiyotiga yangi shakllar kirib kelishi, qaror topa boshlashi, yangi oqimlar kirib kelishida faol va barakali ta’siri bor. Bizga Kafka, Kamyu, Joys, Sartr asarlari bir necha o‘n yillar ilgari ham tamomila begona emas edi. Ularni o‘qiganmiz. Lekin o‘arbda va umuman, butun dunyoda mashhur bo‘lib ketgan bu adiblarning asarlari bilan “Jahon adabiyoti” jurnali sahifalari orqali yanada yaqinroq, qunt bilan tanishish, nainki yozuvchilarimiz uslubi, balki keng kitobxonlarimiz ommasi badiiy didining boyishiga faol ta’sir ko‘rsatdi. Shu o‘rinda bir masalani alohida ta’kidlab o‘tish o‘rinli bo‘ladi. Yuqorida nomlari zikr etilgan adiblarning ijodiy tajribasi bilan yaqinroq tanishgan adiblarimiz hamda asarlarini o‘qigan kitobxonlarimiz ulardan bizni ma’naviy va badiiy jihatdan boyitishi mumkin bo‘lgan nimalarni o‘rganishimiz o‘rinli-yu, nimalar bizning mentalitetimiz, milliy adabiy-badiiy tafakkurimizga mos emasligini idrok etishga harakat qiladigan bo‘ldilar. Bu masalada ko‘r-ko‘rona taassub natijasida ayrim muvaffaqiyatsiz asarlar paydo bo‘la boshladi. Matlub ta’sirlanish va tajribalarga ijodiy yondashuv natijasida esa O.Muxtor, X.Do‘stmuhammedov, E.A’zam, O.Otaxon, N.Eshonqul, A.A’zam, I.Sulton kabi yozuvchilarimiz ijodi va umuman, ularning ayrim asarlari misolida zamonaviy o‘zbek adabiyotida yangi uslub, yangi shakl, yangi ohanglar paydo bo‘ldi. Yana bir masala. Kafka, Kamyu, Joys, Sartr, Folkner hamda o‘arb modern she’riyatidagi ayrim ilg‘or, tushunarli badiiy hodisalar bizning o‘zbek, ayniqsa, mumtoz adabiyotimiz, xususan, she’riyatimiz, xossatan, tasavvuf g‘oyalari ifodalangan va ilgari surilgan asarlarimiz uchun begona emasligi ma’lum bo‘lib qoldi. Bu yo‘nalishda tegishli ilmiy tadqiqotlar olib borish, nazarimda, yangi-yangi ilmiy samaralar bera oladi, deb o‘ylayman. Ayni vaqtda, deyarli muntazam ravishda e’lon qilinib kelayotgan badiiyat va falsafa uyg‘unligiga doir o‘arb mutaxassislari, adabiyotshunos va adiblari qalamiga mansub E.Frommning “Mening e’tiqodim”, J.P.Sartrning “Ekzistentsializm to‘g‘risida”, A.Bretonning “Syurrealizm haqida” singari o‘nlab maqolalar orqali adiblarimiz, turli bosqichdagi adabiyot muallimlari, talabalar va magistrantlar, shuningdek, adabiyot ixlosmandlarini dunyo miqyosidagi yangi va bahsli adabiy-nazariy bilimlar haqida qimmatli ilmiy ma’lumotlar bilan tanishtirish borasida muhim ishlarni amalga oshirayotganini ta’kidlash o‘rinlidir. Va nihoyat, “Jahon adabiyoti” jurnalining siyosatdan, turli mafkuraviy zug‘umlardan xoli, mustaqil ijodiy yo‘lni tanlagan nashr ekanini tasdiqlovchi bir misol keltirish bilan ushbu fikr-mulohazalarimni yakunlamoqchiman. Fotih Chingizning O‘rta Osiyo hududlariga, xususan, hozir O‘zbekiston deb ataluvchi bizning muqaddas tuproqqa qilgan qirg‘inbarot yurishlari tarixan barchaga ma’lum. Shu ma’noda u haqdagi asar bizning mamlakatda chop etilmasligi o‘zini to‘la oqlashi mumkin edi. Lekin fotihning murakkab va ziddiyatli qiyofasi aks ettirilgan Isay Kalashnikov qalamiga mansub, jahonning ko‘pdan-ko‘p tillariga o‘girilgan va nasrning katta janrida yozilgan “Qattol asr” hamda uning uzviy davomi bo‘lgan “Quvg‘uvchilar” romanini chop etib, siyosat, mafkura yoxud tarixiy ixtiloflar emas, adabiy-badiiy luzumlar (printsip)lar o‘zining yetakchi va asosiy printsipi, respublikamiz esa bu masalalarda tolerantlik va gumanistik munosabat bo‘lishini hamda badiiy ijod masalalarida cheklanishlarga yo‘l qo‘ymay, erkinlikka alohida e’tibor berishini namoyish etdi. V.Yanning deyarli sakson yil avval yaratilgan “Chingizxon” romanidan so‘ng Kalashnikov asari bu fotih haqida o‘zbek adiblari o‘z ona tilida o‘qiyotgan ilk salmoqli asarlardan biridir. Faoliyatining 20 yilligi mamlakat miqyosida adabiy bayram sifatida keng nishonlanayotgan “Jahon adabiyoti” jurnalining ijodiy jamoasiga yangidan-yangi yutuqlar tilab qolamiz. Shumer tamadduni hozirgi Iroq territoriyasida joylashgan ikki daryo oralig‘ida paydo bo‘lgan. Bu daryolarning nomi Dajla (Tigr) va Frot (Yefrat) dir. Lekin olimlarni “shunday katta tamaddunni barpo etgan xalk, shaharlar qayerga g‘oyib bo‘ldi?” degan savol o‘ylatib keladi. Chindanam, ular qayerga ketishgan? Undan ham qizig‘i, shumerlar qayerdan kelishgan? Ular kim o‘zi?.. Yuqorida nomlari zikr etilgan tadqiqotlar bashar ahlining tarix haqidagi qarashlariga jiddiy tahrirlar kiritadi, uni o‘ylashga, fikr yuritishga chorlaydi. Ulardan kelib chiqadigan xulosalardan asosiysi shuki, dunyo tamaddun o‘choqlaridan biri, balki eng qadimiysi bo‘lmish shumerlar madaniyati hamda shumerlarning qadim ajdodlari turkiy qavmlardir. Ayniqsa, Toir Eftining “Shumerlar va etruslar – insoniyat tamadduni ibtidosidagi qadimiy turkiylar” nomli tadqiqotida bugun Markaziy Osiyoda yashayotgan o‘zbeklar, qozoqlar, turkmanlar, qirg‘izlar, Kavkazdagi ozarbayjonlar, Turkiyadagi turklar va boshqa turkiy qavmlar bilan shumerlarning ildizi bir ekanligi to‘g‘risidagi fikr har tomonlama himoya qilinadi. Buning qay darajada haqiqat ekanligini hali yangidan yangi ilmiy tekshirishlar aytib beradi, lekin nima bo‘lganda ham shumerlar madaniyatining borligi va u hozirgacha topilgan madaniyatlar ichida eng qadimiysi ekanligining o‘ziyoq uning barcha madaniyatlarning sarchashmasi mavqeyiga olib chiqadi. O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning “O‘zbegim” qasidasida shunday satrlar bor: Tarixingdir ming asrlar Ichra pinhon o‘zbegim. Senga tengdosh Pomiru Oqsoch Tiyonshon o‘zbegim. Xalqi tarixidan faxr hissini tuygan, uni behad sevgan shoir bu she’ri bilan “Ey o‘zbegim, sening tarixing ko‘hna Pomiru Tiyonshonga teng!” demoqda. Ammo she’r yozilgan payt – sobiq 9 sho‘rolar imperiyasi davrida shumerlar haqida ko‘p gapirilmas, shumerlarning turkiy qavmlarga aloqasi haqida, boz ustiga, lommim deyilmas edi. Shuning uchun ham “O‘zbegim” qasidasida tarixning shumerlar qismiga e’tibor qilinmaganini to‘g‘ri tushunish lozim. Binobarin, shoir Erkin Vohidov “O‘zbegim” qasidasini bugun yozganda, shumerlarni chetlab o‘tmasligi haqiqatga yaqin. Chunki she’rda tilga olingan O‘rxun-yenisey obidalari eramizning VI va VII asrlariga to‘g‘ri keladi, shumerlar tarixi esa eramizdan oldinggi to‘rt minginchi yillarning ikkinchi yarimiga borib taqaladi. Oradagi farq juda katta. Bugungi sana bilan shumerlar ilk paydo bo‘lgan davr orasidagi farq esa, ayrim olimlarning qayd etishicha, qariyb 6000-yilga teng. Xo‘sh, qanday asoslarga tayanilib, shumerlar turkiylarning ajdodi degan inqilobiy fikr maydonga tashlanmoqda? Avvalo, tilga. Shumerlar va turkiy tillar orasidagi qarishdoshlikka. Ma’lumki, sobiq sho‘ro davrida shumer tilining turkiy tillar bilan solishtirilishiga qarshilik qilib kelingan edi, bu qarash hozirgacha postsovet territoriyasida saqlanib qolgan. “Nima uchun?” degan savol tug‘iladi. Balki qadim tamaddunning ildizlari bilan turkiy xalqlar ildizlaridagi qarindoshlikni, demakki, turkiylarning dunyoga ilk madaniyat bergan xalqlardan bo‘lib chiqishini qabul qilish birdaniga oson kechmagandir. Lekin, baribir, oyni etak bilan yopib bo‘lmaydi. Nihoyat, ming-ming yillar osha bo‘lsa-da, bu borada dadil ilmiy fikrlar o‘rtaga tashlandi: AQSh va Ovrupa olimlari bunday to‘siqlarni yengib o‘tib, ilk bor bu ishga qo‘l urdi, shumer-etruslarning turkiylardan kelib chiqqanini isbotlaydigan qator dalillarni ilmiy jamoatchilikka ma’lum qildi. Etruslar Italiya madaniyatiga asos solgan xalq ekanligini, yana shumerlar, etruslar va qadimgi Misr xalqlarining ruhiy aloqadorligi haqida ham kitobda so‘z yuritiladiki, bularning bari turkiy xalqlar tarixining naqadar ajabtovurligiyu teran tomirlarga egaligidan xabar beradi. Javoharlal Neru 1955 va 1961-yillarda O‘zbekistonga kelganida olgan taassurotlarini “Hindistonning kashf etilishi” kitobida 10 qoldirgan edi. Kitobda aytilgan quyidagi ma’lumotga e’tibor qiling: “Mening asl urug‘– aymog‘im kelib chiqishi jihatidan kashmirlik hisoblanadi. Kashmirga bundan 4300-yil avval O‘rta Osiyodan kelganlar sug‘orma dehqonchilikni yo‘lga qo‘yib, yangi yerlar ochganlar, ekinzorlarni tashkil etib, xo‘jalik yuritishni yo‘lga qo‘yganlar va bu bilan dunyo tamaddudini rivojiga katta hissa qo‘shganlar. Bu haqda olimlarimiz tomonidan chuqur kuzatishlari asosida ko‘plab asarlar yozilgan”6 . Chindan ham shumerlar hozirgi Iroq territoriyasida joylashgan ikki daryo oralig‘ida eramizdan oldingi 4 va 3 ming yillik oralig‘ida o‘z madaniyatiga asos solib, taxminan m.o. 1750-yillargacha hukm surgan. Keyin tashqi kuchlar ta’sirida sekinasta parchalangan. Bu parchalarning bir qismi Misrga, bir qismi Hindistonga, bir qismi esa Italiyaga o‘tib ketadi. Bir qismi ikki daryo oralig‘ida qoladi. Javoharlal Neru ilgari surayotgan 4300-yil oldingi o‘rta osiyoliklar haqidagi fikr 4000–5000-yil nari-berisida shumerlarning dunyoga o‘tkazgan ta’sirini yodga soladi. Dunyoda birinchi yozuv shumer mixxatlari hisoblanadi. Mixxatlar loydan yasalgan g‘ishtchalar (tablitsalar)ga bitilgan. U keyingi 100 yil ichida topilgan. Manbalar Bobil (Vavilyon) madaniyati tilidan tashqari bus-butun holda shumerlardan (mixxatlardan) ko‘chirilgani aytiladi. Demak, Bobil dunyoga madaniyat berdi, deganda bu madaniyatning asli shumerlarga oid ekanligi endi ayon bo‘lib qoldi. Shumerlar deyarli hamma narsani ilk bor yaratganlar. Dunyoning yaratilishi haqida miflar to‘qishgan, dehqonchilik, chorvachilik, ustachilikni kashf qilishgan. Qum va tuproqdan g‘ishtlar yasab, imorat solishni eplashgan. Yana savdo-sotiqni, ayirboshlashni, o‘rmonchilikni puxta egallashgan, urush va tinchlik, sulh va uning shartlarini, er va xotin haqlarini yaxshi tushunib, kerak bo‘lganda ularning huquqlarini hozirgi notarial idoralarda amalga oshirilganidek, qonun bilan himoyalab qo‘yishgan, deyiladi manbalarda. Download 28.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling