Jahon adabiyoti tarixi
Download 2.24 Mb.
|
Nemis romantizmi. Germaniyada Fransiyada bo‘layotgan voqealarni zo‘r qiziqish bilan kuzatib bordilar. Germaniyaning ilg‘or vakllari ularning qoloq, o‘nlab mustaqil knyazliklarga bo‘lingan mamlakatida inqilobiy o‘zgarishlar bo‘lmasligiga ko‘zlari yetdi. Shuning uchun ular ma'naviy sohada inqilob qilishga harakat qildilar.
Nemis romantiklari idealist Fixte falsafiy qarashlarini yoqlab chiqdilar. «O‘z diqqat-etiboringni seni o‘rab turgan atrof-olamga emas, balki o‘zingga qarat» (Fixte). Inson o‘z hohish, intilish va harakatlari tufayli yanada yaxshiroq bo‘lishi mumkin va kerak. Bunda unga yordam berish kerak. Nemis romantiklarining asosiy vazifa va maqsadi ana shundan iborat edi. Nemis romantizmi tarixini 3 ta davrga bo‘lish mumkin. 1) 1795-1805-yillar – Yen romantiklari F. Shlegel, Novalis. L, Tiklar davri 2) 1806-1815-yillar – Geydelberg romantiklari K. Breyntano, A.Arnimlar nemis folpklorini yig‘ishga katta e'tibor berdi. Aka-uka Grimmlar ham ana shular to‘garagida edi. 3) 1815-1848 yillar – Napaleon inqirozidan so‘ng romantiklarning harakat markazi Berlingga ko‘chadi. Bu yerda Gofman, Shamisso, Hyeyne (ilk ijodi) va Byuxerlar ijod qiladi. Nemis romantiklarining katta ishlaridan biri-xalq og‘zaki ijodini o‘rganishlari bo‘ldi. Yakob (1785-1863) va Vilgelm (1786-1859) Grimmlar folpklorning estetik qimmati yuksak qadrlaganlardan edi: Ularning tarix, til tarixi, huquq va mifologiya bo‘yicha bir qancha ilmiy maqolalar mavjud. Ammo ularga xalqdan yozib olingan 3 tomli va 200 ta ertakdan iborat «Bolalar va xonadon ertaklari» (1812-1822) katta shuhrat keltirdi. Ertaklarni ular butun Germaniya bo‘ylab yurib turli toifa odamlardan yozib olishadi. Ertaklarni 3 guruhga bo‘lish mumkin: sehrli, hayvonlar haqidagi (Bo‘ri va yetti echkicha», «Bremen muzikantlari») va maishiy ertaklar. Barcha ertaklarda mehnatni sevuvchi, dono, sabr-toqatli qahramonlar doimo g‘alaba qozonishadi. A.S.Pushkin «Oltin baliq va baliqcha haqida» ertagi uchun «Kambala baliq haqidagi ertak» epizodidan foydalangan. Download 2.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling