Jahon adabiyoti
Download 1 Mb.
|
ЖА маърузаларининг қисқартирилган варианти (1)
Jek London 1876-1916 yillar. Jek London XIX asrning ikkinchi yarimi XX asr boshida yashab ijod etgan Amerika demokratik adabiyotining yirik vakili, keng xalk ommasining o‘z huquqlari uchun kurashini aks ettirgan mashhur realist yozuvchi.
Jek London Kaliforniya shtatining San-Fransisko shahrida kambag‘al fermer oilasida tug‘iladi. Yozuvchining ijodi 1899 yilda Amerika jurnallarida Shimol hayotidan olib yozilgan. «Yo‘ldagilar sharafi uchun», «Oq sukunat», «Bo‘rivachcha», «Qirq mil narida» va boshqa hikoyalari paydo bo‘ladi. «Otalar xudosi» 1901 yil «Sovuq bolalar» 1902 yil hikoyalari to‘plami yozuvchiga katta shuhrat keltiradi. Jek Londonning hayoti qisqa, lekin ijodi sermahsuldir. U juda ko‘p hikoya, qissa, ocherk, p'esa va romanlar yaratdi. Hikoyalarning aksariyati Uzoq Shimoldagi mashaqqatli turmushga bag‘ishlangan. Mangu sovuq va Ok sukunat ulkalaridagi og‘ir hayot romantik qahramonlardan tasvirlashga manba bo‘lib xizmat qiladi. Kapitalistik jamiyat illatlaridan uzoqdagi bu yerlarda haqiqiy insoniylik sinovidan o‘tadi. Egoistik intilishlar shaxsni kanday fojiali ahvolga olib borishi mumkinligi o‘zining real ifodasini topadi. Jek Londonning bu to‘plamiga ya'ni «Shimol hikoyalari»ga quydagi asarlari kiradi. «Smok Bellyu», «Ok sukunat», «Hayotga muhabbat», «Ayol jasorati» hikoyasida negr ayolining matonati, latofati va g‘amxur inson ekani chukur samimiylik bilan tilga olinadi. Shimol romantikasi bilan bir qatorda hayvonlar hayoti ta'sviri ham Jek London ijodida alohida o‘rin egallaydi. «Oq tish» 1906 yil qissasida yozuvchi hayvonlarning harakati va psixologiyasini mohirona ko‘rsatgan. Unda ovchi hindi Seriy Bobr o‘rmondan kichik bo‘ri bolasini topib uyiga olib keladi va unga «Oq tish» deb nom beradi. U ota qoniga tortib o‘rmonga qochib ketadi, biroq sovuq va ochlik uni yana ovchi kulbasiga qaytishga majbur etadi. Jek Londonning sotsial utopik romani «Temir tavon» 1909 yil romanning bosh qahramoni ishchi oilasidan kelib chiqqan inqilobchi Erist Evergard. «Martin Iden» (1909 y.) romanida Jek London xalq ichidan chiqqan qobiliyatli yozuvchilarning burjua jamiyatidagi og‘ir ahvoli va fojiali hayotini ko‘rsatadi. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling