Jahon adabiyotshunosligi namoyondalari ilmiy konsepsiyasi
Download 430.83 Kb.
|
Aristotel poetika slayd mt 1.
Teran ilmiy-nazariy tahlilga asoslangan “Poetika” ham, olimning boshqa asarlari ham shu bois alohida ta’limot sifatida e’tibor qozongan. Arastu ta’limoti, uning asarlarida ilgari surilgan g‘oya va qarashlar xususida bahslar G‘arbda ham, Sharqda ham asrlar bo‘yi to‘xtamasdan davom etgan. Jumladan, Ibn Sino Arastuning “Osmon haqida” va “Fizika” asarlari xususida mulohaza yuritib, shogirdi Baxmanyor bilan shu xususda yozishmalar qilgani manbalarda ko‘rsatiladi.
“Poetika”, “Axloqi kabir” asarlarining e’tiborli jihati shundaki, Arastu hech bir o‘rinda o‘quvchiga o‘zining fikr va xulosalarini o‘tkazishga urinmaydi. Alloma boshqa asarlarida ham kishilarga biror bir masala xususida saboq berishga kirishib ketmaydi. Ammo u tabiat va jamiyat hodisalari, inson dunyosi murakkabliklari xususida shunday teran mushohada yuritadiki, har qanday o‘quvchi beixtiyor uning fikriga qo‘shiladi.
“O‘tmishning yirik va tugal poetikalari – Aristotel, Goratsiy va Bualo poetikalari adabiyotning yaxlitligini va bu yaxlitlik ichida barcha janrlarning mukammal uyg‘unlik hosil qilishini chuqur his etish ruhi bilan sug‘orilgan. Ular mazkur janrlar uyg‘unligini go‘yo ayon eshitib turadilar. Bu poetikalarning kuchi, betakror yaxlitlik sifatidagi mukammalligi va tugalligi shunda”, deb ta’kidlaydi.
Download 430.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling