Jahon adabiyotshunosligi namoyondalari ilmiy konsepsiyasi


Download 430.73 Kb.
bet3/3
Sana15.06.2023
Hajmi430.73 Kb.
#1483138
1   2   3
Bog'liq
Aristotel poetika

“Poetika”da, asosan, tragediya, komediya, dramaning o‘ziga xos xususiyatlari tavsiflangan va ular haqida bayon qilingan mulohazalar zamonaviy adabiyotshunoslikda ham deyarli o‘zgarishsiz takrorlanadi. Chunki Arastu ushbu janrlarga mansub asarlarning mohiyatini aniq bayon qilgan.

  • “Poetika”da, asosan, tragediya, komediya, dramaning o‘ziga xos xususiyatlari tavsiflangan va ular haqida bayon qilingan mulohazalar zamonaviy adabiyotshunoslikda ham deyarli o‘zgarishsiz takrorlanadi. Chunki Arastu ushbu janrlarga mansub asarlarning mohiyatini aniq bayon qilgan.

Eng muhimi, “Poetika”da “Tragediyaning qahramoni kim?” degan savolga: “Tragediya bizdan ko‘ra yaxshiroq odamlarni gavdalantiradi”; “Tragediyalarda birovga misol (o‘rnak) bo‘la oladigan yaxshiliklar va maqtaniladigan fe’l-atvorlar zikr qilinadi; bu vaznda shaharni boshqaruvchi hukmdorlar madh etiladi”, deb aniq javob berilgan. Arastu “bizdan ko‘ra yaxshiroq odamlar” deganda hukmron tabaqa vakillari – shohlar, vazirlar va ularning atrofidagilarni nazarda tutgan. Chunki odamlar o‘tmishda hukmron tabaqa vakillarini o‘zidan ustun, deb qarashgan va xudo bu bandalariga bo‘lakcha marhamat ko‘rsatib, ularni har jihatdan boshqalardan baland qilib qo‘ygan, deb o‘ylashgan.

  • Eng muhimi, “Poetika”da “Tragediyaning qahramoni kim?” degan savolga: “Tragediya bizdan ko‘ra yaxshiroq odamlarni gavdalantiradi”; “Tragediyalarda birovga misol (o‘rnak) bo‘la oladigan yaxshiliklar va maqtaniladigan fe’l-atvorlar zikr qilinadi; bu vaznda shaharni boshqaruvchi hukmdorlar madh etiladi”, deb aniq javob berilgan. Arastu “bizdan ko‘ra yaxshiroq odamlar” deganda hukmron tabaqa vakillari – shohlar, vazirlar va ularning atrofidagilarni nazarda tutgan. Chunki odamlar o‘tmishda hukmron tabaqa vakillarini o‘zidan ustun, deb qarashgan va xudo bu bandalariga bo‘lakcha marhamat ko‘rsatib, ularni har jihatdan boshqalardan baland qilib qo‘ygan, deb o‘ylashgan.
  • Bunday qarash Sofokl, Arastu zamonida hozirgi davrdagiga qiyoslaganda ancha mustahkam va keng yoyilgan. Chunonchi odamlar shohning oldida tiz cho‘kib, ta’zim qilishni o‘zlari uchun yuksak sharaf deb bilishgan. Bunday ehtirom zaminida esa hukmdorni ulug‘lash, uni hammadan ustun, hammadan ko‘ra yaxshi, deb tan olish turadi. Nafaqat qadimgi yunon dramaturglari asarlari yoki Shekspir tragediyalarida, balki boshqa xalqlar jumladan, Sharq xalqlari folklori va yozma adabiyotida ham qadimdan hukmdorlar asosiy qahramon sifatida gavdalantirilgan va ular, albatta, qaysidir jihatlari bilan atrofdagilardan ustun ekani ko‘rsatilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar;

“G'arb adabiy tanqidiy tafakkuri tarixi ocherklari” Dilmurod Quronov, Bahodir Rahmonov

“jahon adabiyoti”

Hamdamov Ulug`bek

E’tiboringiz uchun rahmat!


Download 430.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling