Jahon banki O'zbekistonda qishloq xo'jaligi va mehnat amaliyotida olg'a siljish va taraqqiyot haqida xabar qiladi


Download 20.25 Kb.

Sana01.03.2018
Hajmi20.25 Kb.

 

 

Jahon banki O'zbekistonda qishloq xo'jaligi va mehnat amaliyotida 

olg'a siljish va taraqqiyot haqida xabar qiladi 

 

2015 yil paxta yig'im-terimida Uchinchi tomon monitoring va hisobot mexanizmi bo'yicha eng 

so'nggi ma’lumot

ni  taqdim etadi 

 

 



Vashington, 20 noyabr, 2015 yil -  Bugun Jahon banki 2015 yil paxta yig'im-terimida bolalar va majburiy 

mehnatdan foydalanishga oid Uchinchi tomon monitoring va hisobot mexanizmi 

topilmalarini ma’

lum etdi. 

Bunda Jahon banki tomonidan qo'llab-quvvatlangan loyihalari amalga oshiriliayotgan joylarga alohida 

e’tibor berilgan. 

Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) tomonidan o'tkazilgan monitoring davomida 2015 yil  

paxta yig'im-terim mavsumida Jahon banki ko'magida amalga oshirilayotgan loyihalar benefisiarlari 

bolalar va majburiy mehnatdan foydalanganligi haqida aniq dalil topilmadi.  

 

2013  yil  yig'im-terim  mavsumida  kabi,  bolalar  mehnatidan  muntazam  foydalanish  hodisalari  butun 



mamlakat bo'ylab topilgan emas, shu jumladan Bank qo'llab-quvvatlaydigan loyihalar maydonlarida. Shu 

bilan birga, Jahon banki va Xalqaro Mehnat Tashkilotida, keng tarqalgan paxta terimiga kattalarni tashkiliy 

yollash hodisalari kabi majburiy mehnat xavfi jiddiy tashvish uyg'otmoqda. Boshqa ishlar bilan bir qatorda, 

MT  tomonidan  o'tkazilgan  monitoring  majburiy  mehnat  xavfini  bartaraf  etish  uchun  yanada  mustahkam 

qadamlar  zarurligi  haqda  xulosa  qilib,  va  bunday  xavf  mavjudligi  O'zbekiston  hamkasblari  tomonidan 

e'tirof etilganini ta'kidladi.  

 

Markaziy Osiyo bo'yicha  Jahon banki mintaqaviy  direktori  Sarodj Kumar Jani 

so’zlariga ko’ra

:  "Biz 

O'zbekistonda paxta ishlab chiqarishda kattalar majburiy mehnati monitoringini  amalga oshirishga   2015 

yil  mavsumida  birinchi  marta  erishdik.  Bu  bizning  O'zbekiston  hukumati  bilan  uzoq  muddatli  strategik 

munosabatlarida  muhim  taraqqiyotni  belgilaydi  va  oxir-oqibatda  paxta  sektorida  mehnat  amaliyotlarini 

islohi  va  mamlakat  qishloq  xo'jaligi  sektori  diversifikatsiya  va  modernizatsiyalarini  qo'llab-quvvatlashga  

qaratilgan



.  

 

"Bolalar mehnatini bartaraf qilish,  jamoatchilik xabardorligini oshirish va Milliy Hisobot mexanizmi 



kampaniyasini boshlash,  hukumatning so'nggi majburiyatlaridan yig'im-terim vaqtida sog'liqni saqlash 

muassasalari, boshlang'ich va o'rta maktablarni ochiq qoldirib, ish faoliyatini ta'minlash kabi siljishlar bizni 

ruhlantiradi", - deb qo'shimcha qildi Sarodj Kumar Ja. "Shu bilan birga, monitoring davomida aniqlangan 

kattalar majburiy mehnat xavfi bizda jiddiy tashvish uyg'otmoqda va bunday xavf-xatarni samarali bartaraf 

etish uchun biz hukumat va hamkorlar bilan ishni davom etamiz. Bularni amalga oshirish uchun ko'p ish 

qilinishi kerak, lekin, biz to'g'ri yo'nalishda harakat qilyapmiz". 

 

Qishloq xo'jaligi modernizatsiyasi O’zbekiston  hukumat



ining ustuvor maqsadlaridan biri. Jahon banki

boshqa rivojlanish hamkorlari bilan birgalikda, hukumat bilan doimiy konstruktiv muloqotda bo’lib, ularga 

 

qishloq xo'jaligi sohasini muhim o'sish, fermerlar uchun daromad va sifat ish o'rinlari manbaiga 



aylantirishga qaratilgan strategiyani ishlab chiqish va amalga oshirishda yordam bermoqda.  

 

 



 

Matbuot  uchun xabar  

Bu uzoq muddatli dastur 

bo’lib


, ko'p jabhada harakatlarni talab etadi, shu jumladan: qishloq xo'jaligi ishlab 

chiqarishni diversifikatsiyalash; uning uchun paxta ishlab chiqarishni qisqartirib qo'shimcha qiymatli, 

masalan, sut, meva va sabzavot kabi mahsulotlarni yetkazib berish; paxta sanoatini erkinlashtirish, shu 

jumladan xususiylashtirish orqali; tegishli hollarda paxta terimini mexanizasiyalashtirish; va mavsumiy 

paxta terimchilar uchun bozor mexanizmlarga asoslangan mehnat safarbarlikni joriy etish. 

 

O'zbekiston xalqi va iqtisodiyoti manfaatlari uchun, hamda yuqorida aytib o'tilgan maqsadlarga erishish 



niyatida Jahon banki, O'zbekiston hukumati va rivojlanish hamkorlari bilan birgalikda, ishni davom etishga 

tayyor.  O'zbekiston Respublika Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 16 noyabrdagi qarorida  quyidagi besh 

sohada bayon  etilgan 

hukumatning yangilangan majburiyatlari bo’lgan 

faoliyatlari  bizni rag'batlantiradi.   

  



 

Mehnat munosabatlarini boshqarish milliy huquqiy bazasini yanada takomillashtirish;  

 

Qishloq xo'jaligi faoliyati va hosildorligini oshirish, mexanizasiyalashtirish va qishloq xo'jaligi 



sektorini diversifikatsiyasiga qaratilgan samarali chora-tadbirlarni amalga oshirilish; 

 



Fermer ish-harakatlar va bozor mexanizmlarga asoslangan mehnatlarni bajarish uchun bepul 

vaqtincha ishga qabul qilish mexanizmlarni kengaytirish va sharoitlarni yaxshilash

 

Bolalar va majburiy mehnatni oldini olish uchun samarali hisobot va monitoring tizimlarini 



ta'minlash; va 

 



Mehnat huquqlari va ishchi manfaatlarini huquqiy himoya qilishga oid jamoalar xabardorligini 

ta'minlash. 

 

 

 



Matbuot  uchun xabar  

2016/ECA/061 



 

Kontaktlar: 

Vashingtonda: Meriem Gray, +1-202-290-9611, 

mgray@worldbank.org 

 

Jahon bankining O'zbekistondagi loyihalari va faoliyati haqida ko'proq ma'lumot olish uchun: 



http://www.worldbank.org/uzbekistan

 

 



Facebookga tashrif buyuring: 

https://www.facebook.com/WorldBankEuropeCentralAsia

 

Twitter orqali yangiliklar bilan tanishing: 



http://www.twitter.com/worldbank

 

Bizning YouTube kanali uchun: 



http://www.youtube.com/worldbank

 

 


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling