Jahon banki tarixi va uni tashkil topish maqsadi
O’zbekiston va Jahon banki munosabatlarini rivojlantirish
Download 289.88 Kb.
|
jahon banki
O’zbekiston va Jahon banki munosabatlarini rivojlantirish.
O'zbekiston 1992 yilning sentyabridan Jahon bankiga a'zo bo'ldi, shu vaqtning o'zida Toshkentda tashkilotning vakolatxonasi ochildi. Ammo aynan so'ngi yillarda o'zaro munosabatlar sifat jihatdan boshqa darajaga ko'tarildi va Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilgan tub o'zgarishlar ila yangi tarkib bilan to'ldirildi. Jahon bankining O'zbekiston Respublikasi bilan 2016–2020 yillarga mo'ljallangan hamkorlik strategiyasi muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda, buning natijasida 2019 yilda Jahon bankining mamlakatimizdagi dasturi mintaqadagi kuchli uchlikka kirdi. O'sha yilning o'zida qabul qilingan O'zbekistonda 2019-2021 yillarda tarkibiy islohotlarning asosiy yo'nalishlarining "Yo'l xaritasi" Jahon banki ko'magida tayyorlandi. Makroiqtisodiy barqarorlik va bozor munosabatlariga jadal o'tish uning ustuvor yo'nalishlaridan biridir. O'zgartirishlar ayniqsa zarur bo'lgan sohalar sifatida energetika, qishloq xo'jaligi, moliya sektori, raqobat va tadbirkorlikni rivojlantirish, savdo va transport, urbanizatsiya, makrofiskal siyosat, mehnat bozori va inson kapitali sohalari belgilandi. Bularning barchasi Jahon bankining respublikadagi keng investitsiya portfelidan dalolat beradi. Aprel oyiga kelib, umumiy moliyaviy yordam hajmi 5 722 million AQSh dollarini tashkil etdi. Agar ilgari 1 527 million dollarlik 20 ta loyiha amalga oshirilgan bo'lsa, hozir esa 25 tasi amalga oshirilmoqda va ularga kiritilgan sarmoyalar 2,7 baravarga o'sib - 4,195 million dollarga etdi. Ular orasida: - 5 ta qishloq xo'jaligi sohasidagi loyihalar (1 100 million dollar); - 3 ta iqtisodiyot va moliya sohasida (1033 million dollar); - 3 ta energika sohasida (614 million dollar); - 3 ta ta'lim sohasida (166 million dollar); - 2 ta suv resurslarini boshqarish bo'yicha (359 million dollar); - 2 ta yo'l-transport sohasida (271 million dollar); - 2 ta sog'liqni saqlash sohasida (241 million dollar); - 2 ta suv ta'minoti va kanalizatsiya yo'nalishlari bo' yicha (241 million dollar); - 1ta shahar infratuzilmasini rivojlantirish uchun (100 million dollar); - 1 ta ijtimoiy sohada (50 million dollar); - 1 ta “Elektron hukumat” loyihasi doirasida kadastr bo'yicha (20 million dollar). O'tgan yilning o'zida Jahon banki 1056,8 million dollarlik yana 7 loyihani ma'qulladi. Masalan, Jahon banki (100 million) va Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki (88 million) ishtirokidagi “Obod qishloqlar” dasturi. U 2024 yil oxiriga qadar tanlangan 300 aholi punktlarida asosiy infratuzilmani yaxshilash va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan. Bu suv ta'minoti, kanalizatsiya, elektrlashtirish va energiya samaradorligi, ijtimoiy obyektlarni, yo'llar va ko'priklarni tiklashni ko'zda tutadi. Qiymati 200 million dollarlik "Farg'ona vodiysida tadbirkorlikni rivojlantirish" loyihasi ham ta'kidlashga loyiq. U 2025 yilgacha uchta viloyatning barcha 39 ta tumanini qamrab oladi hamda biznes-inkubatsiya va murabbiylik, klasterlar yaratish, texnologiyalarni sinash va ilgari surish, shuningdek, kredit berish mexanizmlaridan foydalanashni nazarda tutafi. Bu tadbirkorlik faoliyatini kengaytirishga va yangi ish o'rinlarini yaratishga yordam beradi. 73,8 million dollar – bu "Bolalarning erta rivojlanishini takomillashtirish" loyihasining budjeti va mamlakat rahbariyatining ta'limga ko'rsatayotgan e'tiborining yaqqol namunasidir. Uning vazifalari 1 million o'quvchiga mo'ljallangan maktabgacha ta'lim muassasalarining infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasini yaxshilash, o'qitishning ushbu bosqichi sifatini muntazam ravishda baholab borish, keyinchalik qishloq va olis hududlardagi bolalar uchun bilim olishni ta'minlaydigan davlat-xususiy sheriklik va muqobil modellarni joriy etishdan iborat. Shu bilan birga, 2024 yilgacha mo'ljallangan "Ijtimoiy himoya tizimini kuchaytirish" loyihasi ham mavjud. Uning doirasida, kam ta'minlanganlarni qo'llab-quvvatlash samaradorligini oshirish uchun 50 million dollar yo'naltiriladi. Ushbu maqsadda yagona ijtimoiy reestr yaratilinadi, ixtisoslashtirilgan xizmatlar ko'rsatish va imtiyozlarni tayinlash jarayonlarini takomillashtiriladi, shuningdek ish bilan ta'minlashga ko'maklashish markazlarining ish sifati yaxshilnadi. Yana 33 million dollar "O'zbekistonning institutsional salohiyatini oshirish" loyihasiga yo'naltirildi, bu davlat moliyaviy boshqaruvi va islohotlarni optimallashtirish, korporativ sektorning bozor faoliyati uchun sharoitlarni yaxshilash mexanizmlarini yaxshilashga qaratilgan. Joriy yil Jahon bankining Direktorlar kengashi yana ikkita yirik loyihani ma'qulladi. Birinchisi, 2020-2026 yillarga mo'ljallangan "Qishloq xo'jaligini modernizatsiya qilish va raqobatbardoshligini oshirish". Buning qiymati bizning tomonlarning iltimosiga binoan 200 milliondan 500 million dollargacha oshdi. Bu O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo'ljallangan strategiyasini amalga oshirish uchun muhim hisoblanadi, zero soha YaIMning qariyb 30 foizini va eksport tushumining 25 foizini ta'minlaydi. Ushbu tashabbus bozorga yo'naltirilgan qishloq xo'jaligiga o'tishni tezlashtiradi, ishlab chiqarish va savdo zanjirini yaxshilash bo'yicha ishlarning samaradorligini oshiradi. Urug'chilik va ixtisoslashtirilgan ilmiy-tadqiqot institutlarining amaliy tadqiqotlarini qo'llab-quvvatlash, yerlarning unumdorligini va fitosanitariya xavfsizligini oshirish, Buxoro va Xorazm viloyatlarida dehqonlarga kreditlar ajratish va agrologistik markazlarini tashkil etish bo'yicha chora-tadbirlar belgilandi. Bularning barchasi mahalliy mahsulotlarning sifati va assortimentiga yaxshi ta'sir qiladi va ularni ichki va tashqi bozorda kengayishini ta'minlaydi. Yarim milliondan ortiq mamlakat aholisi ikkinchi yangi loyiha - "Suv ta'minoti xizmatlarini rivojlantirish va institutsional qo'llab-quvvatlash dasturi" ning natijalarini his etadilar. Bu 239 million dollarlik xarajatlarni ko'zda tutadi. Ushbu mablag'lar Qoraqalpog'istonning uch shahri - Nukus, Taxiatosh va Xo'jaylida tozalash inshootlarini modernizatsiya qilishga, Kattaqo'rg'on va Sirdaryo viloyatidagi suv ta'minoti va kanalizatsiya tarmoqlarini rekonstruktsiya qilish va kengaytirishga yo'naltiriladi. Iste'molni hisobi bo'yicha dasturlar joriy qilinib, qimmatli manba yo'qotishlarini kamaytiradi. Shu oyning boshida Jahon banki O'zbekistonning koronavirus pandemiyasi oqibatlariga qarshi kurashish va uning ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga ta'sirini yumshatish, shuningdek, aholiga va qator sohalarga, ayniqsa tadbirkorlik va agrar sektorga yordam berishni qo'llab-quvvatlashini ma'lum qildi. Sog'liqni saqlash, ijtimoiy himoya va boshqa maqsadlarga 1,2 milliard dollar ajratish masalasi ustuvor masala sifatida hal qilinmoqda. Jahon banki respublikaga investitsiyalarni jalb qilish, budjet, soliq va bank siyosati, qonunchilikni modernizatsiya qilish va boshqa sohalarda maslahatlar beradi. Xususan, 2018-2019 yillarda fuqaro aviatsiyasini o'zgartirish maqsadida bunday xizmatlar ko'rsatildi. Shunga o'xshash yangi shartnoma hukumat bilan 2020 yil yanvar oyida imzolandi. Loyihalarni amalga oshirish va hamkorlikni kengaytirish masalalari Jahon banki delegatsiyalarining muntazam tashriflari mobaynida muhokama qilinadi. Doimiy ravishda Prezident, Vazirlar Mahkamasi va parlament a'zolari bilan uchrashuvlar o'tkazilmoqda. Bunday yuqori darajadagi so'nggi muzokaralar yanvar oyida bo'lib o'tdi. Va endi videokonferentsiyalar orqali aloqa davom etmoqda. Jahon banki ekspertlarining fikriga ko'ra, kelasi yil iqtisodiyotning tez tiklanishini va so'nggi besh yil ichida eng yaxshi 6,5% ga o'sishi kuzatiladi. Jahon banki kabi ishonchli xalqaro sheriklar tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan islohotlarni davom ettirish - oldinga siljishning kaliti hisoblanadi. 1-jadval
Xulosa Xulosa qilib aytganda, ohirgi yillarda bank oldingi yillardagi tajribalariga tayangan holda mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish bosqichlari darajalarini inobatga olib, loyihalarni tanlash jarayonida asosan rivojlanayotgan mamlakatlarning qoloq qatlamlarini qamrashga, ularning taraqqiyot darajalarini oshirishni nazarda tutgan holda olib borilyapti. Shuning uchun ham, Bank tomonidan texnik va moliyaviy jihatdan yordam berish va moliyalshtirish jarayonida BMT tomonidan belgilangan dastuga asosan ham texnik yordam beruvchi, ham loyihani ijro etuvchi sifatida qatnashadi. Bank tomonidan tanlanadigan loyiha, ularning yo'nalishlari milliy mamlakatlar, ularning mahalliy hokimiyatlari, boshqa tegishli tashkilotlar bilan har tomonlama kelishilgan holda amalga oshiriladi. Bank kredit ajratish jarayonida o'z mutaxassislari ishtirokida kredit oluvchi mamlakatlarning iqtisodini sinchkovlik bilan tahlil etish asosida qaysi sohaga asosiy e'tibor berish yoki qo'yilmalarni joylashtirish borasida u yoki bu sohani tanlash ikkoniyatidan foydalaniladi. Bunday tahlitda ish yuritish ushbu malakatlarning asosiy muammolari echimida qatnashib, uning rivojlanishiga yordamlashishni nazarda tutadi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda aholining jon boshiga yalpi mahsulot $1200 atrofida bo'lgan taqdirda ular Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankidan kredit olish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Bu kreditlar 12-15 yil ichida qoplanishi lozim. Ikkinchi tomondan, Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasini (XTA) kreditlarni qoloqroq mamlakatlarga, ya'ni ulardagi yalpi milliy mahsulot jon boshiga 800 dan kam bo'lgan mamlakatlarga beradi (asosan XTA tomonodan berilayotgan kreditlarning 80 %ini hozirgi vaqtda aholi jon boshiga $ 700 dan kam bo'lgan mamlakatlar oladi). Bu kreditlar bo'yicha foizlar olinmasdan, ko'pgina hollarda ular 35-40 yillar oralig'ida to'lash sharti bilan beriladi. Jahon banki o'z faoliyatini rivojlanayotgan va qoloq mamlakatlarga texnik loyihalarni, iqtisodiy dasturlarni moliyalashtirish jihatdan yordam berish orqali bu mamlakatlarning iqtisodiy salohiyatini oshirishga yordam beradi. Bu vazifalar bankining asosiy uzoq muddatli vazifasi hisoblanadi. Download 289.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling