Jahon bo‘yicha va biror alohida olingan mamlakat miqyosida turizmning rivojlanishi bir qator omillar bilan shartlashtiriladi
Download 166.16 Kb.
|
Amerika turizm bozori
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1,6 mlrd
2.2. O‘zbekiston turizm bozori
Bugungi kunda O’zbekiston maqsadli bozorlarni aniqlash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bundan kelib chiqib O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28 fevral kuni «Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanini 2017−2018 yillarda iqtisodiy rivojlantirish va bandlikni ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi. Bu haqda Mehnat vazirligi matbuot xizmati xabar qildi. Investitsion loyihalarning manzilli ro‘yxatiga sanoatda umumiy qiymati 30 mlrd so‘m bo‘lgan 28 ta, xizmat ko‘rsatish va servis sohasida 17,2 mlrd so‘mlik 28 ta, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘ycha 16 ta loyiha kiritilgan. Umumiy qiymati 52,3 mlrd so‘m, jumladan 990 ming AQSH dollariga teng bo‘lgan 72 ta loyiha amalga oshirilishi natijasida 1343 ta yangi ish o‘rini yaratilishi nazarda tutilgan. Tijorat banklariga tadbirkorlik sub’ektlari uchun Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foizi miqdoridagi foiz stavkasida kreditlar ajratish tavsiya etilgan. Qarorda sobiq «Mo‘ynoq baliq konserva kombinati» va sobiq 5-qurilish boshqarmasining 20,5 ga hududida elektrotexnika, qurilish materiallari, sug‘orish uskunalari, suv nasoslari, suv hisoblagichlari, suv quvurlari, tayyor trikotaj, tikuvchilik va boshqa zamonaviy mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha «Mo‘ynoq» kichik sanoat zonasini barpo etish ko‘zda tutilgan. Mo‘ynoq tumaniga investitsiya kiritishga qaror qilgan tadbirkorlar uchun respublikada muqobili bo‘lmagan o‘ziga xos soliq imtiyozlari va preferensiyalar taqdim etiladi. 2017 yil 1 apreldan 2027 yil 1 yanvargacha bo‘lgan qariyb 10 yillik muddat davomida «Mo‘ynoq» kichik sanoat zonasida yangi tashkil etiladigan va uning maydonida sanoat sohasida faoliyat yuritadigan tadbirkorlik sub’ektlari barcha turdagi soliqlardan, tuman hududida ro‘yxatdan o‘tgan va ushbu hududda faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar qat’iy belgilangan soliqdan ozod qilinishi belgilandi. Bundan tashqari, tadbirkorlar tumandagi foydalanilmayotgan davlat ob’ektlarini ish o‘rinlari ochish sharti bilan «nol» qiymatda ijaraga olishlari mumkin. Davlat mulki bo‘lgan yana 12 ta bo‘sh bino ish o‘rinlari ochish sharti bilan salohiyatli investorlarga «nol» xarid qiymatida sotiladi. Mo‘ynoqni rivojlantirish dasturida asosiy e’tibor sayyohlik salohiyatini shakllantirish bo‘yicha chora-tadbirlarga qaratilgan. Turizmni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar ro‘yxatiga quyidagilar kiritilgan: tuman markazida «Moynaq City Center» savdo-turizm kopleksini tashkil qilinishi va o‘ziga xos Orol dengizi qirg‘oqlari bo‘ylab kvadratsiklda uchish, Orol dengizi unikal minerallariga to‘yingan balchiq (gryaz) bilan davolash, Orolning sertuzli davolash vannalarini qabul qilish kabi turistik xizmatlar ko‘rsatuvchi «Turizm Markazi» faoliyatini yo‘lga qo‘yish; «Orol va Mo‘ynoqning qayta tiklanishi» mavzusida har yili xalqaro ekofestival o‘tkazish; «O‘lkashunoslik» muzeyini qayta rekonstruksiya qilish va shu orqali dengiz haqidagi tarixiy fotosur’atlar va videoyozuvlarni namoyish qiluvchi zamonaviy 3-D texnologiyalar bilan jihozlash; qurib borayotgan Orol dengizi ramzi sifatida uning qirg‘oqida Mo‘ynoq Mayakini qurish va uning yondosh holda «dengiz to‘lqini shovqini» musiqasi foni bilan kuy tartuvchi kafe-restorani qurilishi; «Orol dengizi baliqlaridan 99 turdagi taomlar» nomli Gastronomik festival o‘tkazish; Qoraqalpoq xalq shoirlari Berdax va Ajiniyazga bag‘ishlangan Xalqaro musiqiy-she’riy festivallarini tashkil qilish; Orol dengizining qurib qolgan hududidagi 11 ta kemani qayta tiklash va ularga qiziqish yuqori bo‘lgan turistlar keluvchi mamlakatlar nomini berish; Orol dengizining qurib qolgan chegarasi belgilarini tiklash va bu joylarda dengizning eski xaritasi tushirilgan katta masshtabli bilbordlarni joylashtirish; «Suvni tejash texnologiyalari», «Suvni muhofaza qilish tadbirlari», «Dengiz va daryo havzalarining bioekologiyasini saqlash va himoya qilish» va boshqa mavzularda konferensiyalar o‘tkazish; Orol mavzusi va dengizni tasvirlovchi suvenirlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish; Qoraqalpoq va Mo‘ynoq an’analari timsoli tushirilgan gilam to‘qish bo‘yicha hunarmandchilik faoliyatini yo‘lga qo‘yish; Mo‘ynoqning to‘qimachilik mahsulotlari va suvenirlarini sotish bo‘yicha Nukus, Urganch, Xiva, Buxoro, Samarqand, Toshkent va boshqa yirik shaharlarda savdo rastalari tashkil etish; Mo‘ynoq tumani va Orol dengizi turizm salohiyatini namoyish etishga doir yirik masshtabli bannerlar tayyorlash hamda Nukus, Urgench, Xiva, Buxoro, Samarqand va Toshkent shaharlarida bepul joylashtirish; Mo‘ynoq va Orol dengizi tarixi, hududning tabiati, hayvonot olami va tuman aholisining an’analari, urf-odatlari, Berdax va Ajiniyaz kabi qoraqalpoq xalq shoirlari va allomalari haqida hujjatli va badiiy filmlar hamda roliklar yaratish, ularni milliy televideniye orqali namoyish etib borish. Mo‘ynoq tumani va Orol dengizi hududiga turistlarni kengroq jalb qilish imkoniyatlari, hududning tabiati, hayvonot olami va tuman aholisining an’analari, urf-odatlari haqida videoroliklar tayyorlash uchun «Moya Planeta», «National Geographic», «Animal Planet», «Viasat Explore» kabi yetakchi telekanallarni taklif etish. Mo‘ynoq tumani hududini yanada obodonlashtirish, ko‘p qavatli uylarning tom, fasad qismlari, pod’ezd va yo‘laklarini ta’mirlash va o‘rindiqlar o‘rnatish, bolalar maydonchalari (o‘yingohlari) tashkil qilish hamda atrofini tartibga keltirish kabi tadbirlarni amalga oshirish ham mo‘ljallangan. Yurtimizdagi yana bir turistik hudud Xorazmga ham bu borada chora-tadbirlar qo'llanilmoqda. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4 may kuni «2017−2021 yillarda Xiva shahri va Xorazm viloyati sayyohlik salohiyatini kompleks rivojlantirish Dasturi to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi. Dasturda sayyohlarni muntazam qabul qilish uchun zamonaviy talablar va qo‘shimcha qulay sharoitlarni hisobga olgan holda Xiva hamda Xorazm viloyati turizm infratuzilmalarini rivojlantirish ko‘zda tutilgan. Jumladan, respublikaning asosiy sayyohlik markazlarini (Toshkent-Samarqand-Buxoro-Xiva) bog‘lovchi temir yo‘l tarmog‘ini qurish, Yevropa, Osiyo va MDH mamlakatlaridan charter reyslarini tashkil etish va muntazam aviareyslar sonini oshirish, Urganch-Xiva yo‘nalishida qulay sayyohlik avtobuslari qatnovini tashkil etish kabilar ko‘zda tutilgan. Sayyohlar oqimini oshirish hamda ularning hududda ko‘proq vaqt bo‘lishini ta’minlashga xizmat qiluvchi sayyohlik yo‘nalishlari va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini takomillashtirish, bunda Amudaryo daryosi qirg‘oqbo‘yi zonasida yangi ekzotik turizm turlarini joriy etish rejalashtirilgan. Turistlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha infratuzilmalarga yondosh ob’ektlar holatini yaxshilash va ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash belgilangan. Ichki turizmni rivojlantirish uchun Samarqand-Urganch, Buxoro-Urganch va Farg‘ona-Urganch ichki aviareyslarini ochish masalalarini ishlab chiqish rejalashtirilgan. Dasturni amalga oshirish natijasida 2017−2021 yillarda sayyohlik xizmatlar eksporti hajmini 2,3 barobarga (131,4 mln dollargacha), sayyohlar sonni esa 2,1 barobargacha (129,7 ming kishi) oshirish rejalashtirilgan. Mutasaddi vazirlik, mahkama va muassasalarga hamda joylardagi mahalliy hokimiyat organlariga «Ichan qal’a» majmuasi ichi va atrofida kompleks ravishda restavratsiya-tiklash ishlarini amalga oshirishni ko‘zda tutgan Xivani batafsil loyihalashtirish dasturini ishlab chiqish vazifasi topshirildi. Turizm sanoatining yuqori darajada raqobatbardosh bo’lishini hisobga olgan holda, yaxshi markеting muvaffaqiyatning asosi ekanligini qayd qilish kеrak. Turizm maskanlari turistlarni markеting xizmatisiz o’ziga jalb qila olmaydi. Xukumat tomonidan ilk bosqichda moliya bilan ta‘minlanmay turib, turizm maskani―jahon turistik supеrmarkеti pеshtaxtalaridan o’rin ololmaydi. Shuning uchun markеting masalalarida hukumatlar o’z mamlakatini rеklama qilish maqsadida Turizm vazirliklari yoki Milliy turizm tashkilotlarini fondlar bilan ta‘minlab, ular orqali faoliyat yuritadilar. Mamlakatda turizm markеtingi – xususiy sеktor uchun xarajatlar nuqtai– nazaridan ham, amalga oshirish nuqtai–nazaridan ham juda katta vazifadir. Xususiy sеktor asosan mеhmonxonalar, mеhmon uylari, transport opеratorlari, rеstoranlar va boshqalar bilan bog’langanligi bilan xaraktеrlanadi. Hozirgi paytda amalda shunday vaziyat yuzaga kеldiki, ko’pchilik mamlakatlarda xususiy tarmoq asosan hukumat tomonidan moliya bilan ta‘minlanadigan davlat markеtingi budjеtiga moliyaviy to’lovlarni amalga oshiradi. Moliyaviy to’lovlar turizm maskanining holatiga qarab 20–30% oralig’ida o’zgarib turadi, Masalan: Buyuk Britaniyada xususiy tarmoq to’lovlari 50%, Gollandiyada 50% va Irlandiyada 20% ni tashkil etadi. Bu turizm maskanlari mavqеining tiklanishiga yanada ko’proq imkoniyat bеradi. Xalqaro turizm tashkilotlarida faoliyat yurituvchi AQSH turoperatorlari tadqiqotlari ma`lumotlariga asoslanib shuni aytish mumkinki, 1987 – yil 78 turkompaniyalardan atigi 3 tasi yiliga 1000 dan ziyod mijozga xizmat ko`rsatgan. 1992 – yilgi o`sish 80 – yillar o`sishining 125% ni tashkil etgan. 1994 – yilga kelib 35 kompaniya yiliga 1000 dan ortiq xalqaro turistlarga xizmat ko`rsatgan, bozorni 40%ini yiliga 49012 mijozga xizmat ko`rsatgan firmalar o`z qo`liga olgan. Nepalda 1980 – 1991 yillar mobaynida trekking turlarga qatnashgan turistlar soni 255%ga ortdi. Masalan, 2000 – yil bahorida Everest hududi atrofida 50 ta xalqaro ekspeditsiyalar o`tkazilgan. Har yili Qirollik turizmdan 200 mln AQSH dollari foyda ko`radi. Kosta – Rika, turistlar qabul qilish bo`yicha yetakchi bo`lgan mamlakat, har yili turizm tashtiflari soni 781 ming ta ortadi. Mamlakatga tashrif buyuruvchi sayyohlarning 66%i QQTHda sayohat qiladilar. Gondurasda har yili turistlardan keladigan daromad yiliga 13–15% gacha o`sadi. Keniyada 1983– 1993 – yillar oralig`ida turistlar soni 45% ga o`sdi. Mamlakatga tashrif buyuruvchi 80% dan ortiq sayyoh tabiiy turistik resurslarga qiziqish bildirgan. Ma`lumki, turmahsulot istemolchisining marketing profilini aniqlashda uning turni tanlashdagi psixologik, xulq– atvor va motivatsion aspektlari xususiyatlarini namoyon etish zarur. Bu tur firmalarga marketing strategiyasining 5 asosi (tovar, narx, joy, olg`a surish, omma bilan aloqa) ni belgilab olishga imkon yaratadi. Xalqaro turist marketing profilini yaratish Xalqaro Ekoturizm Jamiyati (TIES) buyurtmasiga asosan Amerika konsalting firmasi ―HLA & ARA tomonidan olib borilgan. Keyingi tadqiqotlar mijoz tanlovini amalga oshiruvchi turning eng muhim 3 elementlarini bilishga imkon yaratgan: 1) bo`lajak sayohat hududining unikalligi; 2) professional gid hamrohligiga ega bo`lish; 3) aktiv dam olish imkonining mavjudligi (sayrlar, piyoda yoki otda yurish, sport turizmi mashg`ulotlari bilan shug`ullanish va h.k.). Mahalliy aholi madaniyatiga qiziqadigan ekoturistlar uchun qadimiy vayronalar, muzeylar va mahalliy aholi vakillari bilan uchrashuvlar ehtimoli yuqori bo`ladi. 10% dan ziyod tajribali turistlar gidning malakasini sayohatga chiqish motivatsiyasida eng yuqori o`rinlarga qo`yadilar. Bu ko`pchilik tur firma mijozlarining ular tashtif buyuradigan joy tabiati, madaniyati va tarixi haqidagi ma`lumotlar kamligidan qilgan shikoyatlari bilan bog`liq. Turistlarning rekreatsion ehtiyojlari jadallik bilan o`zgarishi alohida e`tiborga molik: Faqatgina 45% turist o`zining keyingi sayohatini oldingiday o`tishini xohlaydi. Qolganlari har doim biror yangilik yoki sarguzashtni izlab murojaat etishadi. Shuning uchun turoperatorlar katta tajribaga ega bo`lgan turistlar ehtiyojiga nozik yondoshib, ular uchun doimiy ravishda yangi programmalar yaratib eskilarini esa havaskor turistlar uchun qoldirishlari kerak. Tajribali turistlar, yuqorida qayd etganimizdek, bir necha faol hordiq chiqarish elementlarini o`zida qamrab olgan, ayniqsa, suvda kechadigan turlarga e`tiborlarini qaratishadi. Joylashuv maskanlari tanloviga kelganda, 40% turistlar qishloq uylarida, 27%i palatali lagerlarda, 21% qulay mehmonxonalarda, 33%i esa oddiy ma`lumotlariga ko`ra, sarguzasht turizmi ixlosmandlarining 41%i kottej yoki mehmonxonalarda tunashni afzal ko‘rishadi. Kanada turizm xizmati qishloq kulbalarida, 40% dan ortig`i esa palatkali lagerlarda yo maxsus qisqa muddatli yotoqlarda tunashni xohlashlarini qayd etishgan. Xalqaro sayohatlar dinamikasini, xalqaro turistik tashkilotlar (WTO, WTTC) prognozlarini, xalqaro ekspertlar fikrlarini analiz etib, hozirgi kun xalqaro turizmva ekoturizmning quyidagi tendensiyalarni belgilash mumkin. BTT ―Tourism Vision 2020‖ prognoziga ko`ra, 2020 – yilga kelib xalqaro turistik tashriflar soni 1,6 mlrd birlikkacha o`sadi. 2000 – yilda 702 mln xalqaro tashriflar kutilgan bo`lsa, 2010 – yilda bu ko`rsatkich 1,018 mlrd bo‘ldi, 2020 – yilda esa 1,6 mlrd tashrif kutilgan. Bu 1996 – yildagidan 3 marta ko`p (592 mln tashrif) degani. Shu o`rindamamlakatlarda turizm sohasini rivojlantirish yanada oshayotganiga tayanib, bu ko`rsatkichlar yanada ortadi degan farazlar ham yo`q emas. Yaqin kelajakda turizmning eng ommabop turlari kruizlar, ekologikturlar, sarguzasht, bilish hamda tematik turizm bo`lishi nazarda tutilyapti. XULOSA Ushbu bitiruv malakaviy ishini yozish jarayonida quyidagilarni bilib oldim va xulosa chiqardim. Segmentlash– bu eng istiqbolli maqsadli bozorni tanlash demakdir. Turizm bozorini segmentlash esa so'zsiz, turizmdagi marketingning eng muhim dasturlaridan biri. Hozirgi jadal va shiddat bilan rivojlanayotgan bozor iqtisodiyoti sharoitida marketing va uning tadqiqot izlanishlari, ya'ni bozorni o'rganish, uni segmentlarga ajratish asosidan kelib chiqib har qanday sohada balki turizmda ham katta muvafaqiyyatlarga erishishi hamda dunyo bozorlarida mamlakatning turizm sohasidagi o'rnini belgilab beradi. Segmentlashning asosiy maqsadi turistik mahsulotga yo'nalish berishdir. Segmentlash yordamida potensial iste'molchilarning umumiy miqdoridan turistik mahsulotga u yoki bu darajada bir xil talablarga ega bo'lgan aniq turlar (bozor segmentlari) tanlab olinadi. Bundan kelib chiqqan xulosam shuki, O'zbekistonda turizmni segmentlash: Yurtimizga qanday yosh, jinsdagi ya'ni demografik belgili turistlar tashrifini; Biz qanday va qay darajada turistik potensial imkoniyatga ega ekanligimizni; Nima sababdan mamlakatimizga yosh sayyohlarning tashrifi yo'qligi va ularni jalb qilishda qanday ichki imkoniyatlarga ega ekanligimizni; Kelajakda yana qanday turizm turlarini rivojlantirish mumkinligini va talabni; Nima uchun yurtimizga faqat o'rta yoshlilar tashrif buyurishini bilib olishimiz mumkin. Demakki, O'zbekistonda turizmni segmentlash orqali yurtimizda turizm sohasida: Qanday ichki imkoniyatlarga ega ekanligimiz O'z maqsadiga ega istiqbolli bozorni tanlay olish imkoniyatimiz paydo bo'lishi Sayyohlarimizni eng ko'p(maksimal) darajada qoniqtirish quvvatiga ega bo'lishimiz Turizm bozorida raqobatlashish kuchiga va raqobatbardoshlikka erishishimizga olib keladi. Albatta har qanday sohada bo'lgani kabi turizm sohasida ham muvaffaqiyatga erishish kalitimiz avvalo davlatning turizm sohasiga bo'lgan munosabati va siyosatidadir. Bu borada esa davlatimiz ayniqsa hozirgi paytda turizm sohasini yanada jadal rivojlantirishda ko'plab ustuvor qaror va qonunlar ishlab chiqmoqda hamda amalda tadbiq etilishini nazoratga olmoqda. Qonun–farmonlarga to'xtaladigan bo'sak: O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning " O'zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlanishini ta'minlash chora–tadbirlari to'g'risida"gi farmoni (2016–yil 2–dekabr). O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Qoraqalpog'iston Respublikasi Mo'ynoq tumanini 2017–2018 yillarda iqtisodiy rivojlantirish va bandlikni ta'minlashga doir qo'shimcha chora–tadbirlar to'g'risida"gi qarori (2017–yil 28–fevral). O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "2017–2021yillarda Xiva shahri va Xorazm viloyati sayyohlik salohiyatini kompleks rivojlantirish Dasturi to'g'risida"gi qarori (2017–yil 4–may). Va bundan tashqari yana bir qancha qaror–farmonlarimiz bo’lib, yurtimizda turizm tarmog'ini jadal rivojlantirishni ta'minlash, turizmga iqtisodiyotning strategik sektori maqomini berish, uni mamlakat iqtisodiyotini barqaror o'stirishning, mintaqalarda turizm salohiyatidan samarali foydalanish, aholi turmush darajasi va sifatini oshirishda turizm rolini kuchaytirishning qudratli vositasiga aylantirishga qaratilgandir. Mamlakatimizning turizm tarmog'iga ochib berayotgan bunday katta imkoniyatlardan foydalanib yurtimizda turizmni yanada jadal rivojlantirishimiz mumkin. Yurtimizda esa turizmning qaysi yo'nalishlarini ko'proq shakllantirish va ishlab chiqish hamda sayyohlarni qay tarzda jalb qilishni mana shu segmentlash orqali amalga oshirish mumkin. Demak, O'zbekistonda turizmni segmentlash orqali mamlakatimizda turizmni tarqqiy etishiga birinchi bosiladigan qadam deyish mumkin. Download 166.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling