Jahon iqtisodiyoti globallashuvning xususiyatlari va rivojlanish tendensiyalari


-jadval Boshqarish tizimining rivojlanishi


Download 403.05 Kb.
bet8/12
Sana28.12.2022
Hajmi403.05 Kb.
#1019035
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
4. JAHON IQTISODIYOTI GLOBALLASHUVINING ASOSIY MEXANIZMLARI

1-jadval
Boshqarish tizimining rivojlanishi



Boshlang’ich davr

Urushdan keyingi davr

Hozirgi davr

Makroiqtisodiy boshqarish

XVF (bag’olarni sun’iy qo’llab quvvatlash)

Katta ettilik mamlakatlari Evropa Ittifoqi (IXRT, XVF)

Erkin savdo tartiblari

GAAT

JST(VTO), hududiy bojxona ittifoqlari va erkin savdo hududlari.

To’g’ridan-to’g’ri xorij investistiyalarini rag’batlantirish uchun tartiblar

BMT

JST, IXRT, EI, JB

Kapital bozorlari va xalqaro bank xizmatlarini tizimli barqarorlashtirish

Valyutani almashtirish nazorati

XVF, Xalqaro Hisob-Kitoblar Banki

Iqtisodiy rivojlanish

Jahon Banki, BMT

JB, XVF, BMT, hududiy banklar

Xalqaro kelishuvlar

Xalqaro Mehnat Tashkiloti

JB, XVF, BMT, vakolatxonalari va hududiy kelishuvlar

Tovarlarga baho barqarligi

BMT (tovarlar harakatini nazorat qilish)

JB, XVF, o’z o’zini boshqarish (OPEK)

Manba: Globalization and Global Governance, Vincent Ca, Le Royal Institute Attains, London UK. 1999, 47 bet

Shunday qilib, boshqaruv tizimi bir necha usullar bilan rivojlangan:



  • Murakkablashgan holda institutlarning sonini va ularning hududiy va xalqaro bitimlarga binoan ta’sirining ortib borishi;

  • Asosan kapital oqimlari va iqtisodiy sohaning erkinlashuvi bilan bog’liq, yangi masalalarni echish;

  • Kapital bozorining o’z-o’zini boshqarishga va standartlar qabul qilnishiga yordam bergan holda.

Ushbu tadqiqotning asosiy vazifalaridan biri O’zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatini isloh qilish sharoitida iqtisodiy integrastiya va globallashuv jarayonlari xalqaro tajribasidan foydalanish imkoniyatlarini o’rganish hisoblanadi.
Jahondagi hozirgi taraqqiyot jarayonlarining eng taniqli tadqiqotchilari asarlarida berilgan ta’riflarni umumlashtirib, xulosa qilishimiz mumkinki, globalizastiya kishilik jamiyatidagi mahalliy jamiyatga molik madaniy, axborot, iqtisodiy, geosiyosiy makonlarning bir tizimga birlashuvi jarayonidir14.
II bob. Globallashuv sharoitida jahon iqtisodiyoti rivojlanishining asosiy tendenstiyalari
2.1. Jahon iqtisodiyotining globallashuvi sharoitida xalqaro korporastiyalarning o’rni
Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichi globallashuv jarayonlarining jadal rivojlanishi orqali tavsiflanadi. Globallashuvni iqtisodiy jihatdan qaraydigan bo’lsak, u jahon xo’jaligining butun makonini qamrab oluvchi iqtisodiy munosabatlar tizimining tashkil topishi va rivojlanishini anglatadi.
Globallashuv jarayonlarining kengayishi jahon mamlakatlari o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning yanada takomillashuviga olib keladi. Jumladan, globallashuv natijasida transmilliy korporastiyalar, ularning turli ko’rinishdagi xalqaro birlashmalari faoliyatining tarkib topishi va kengayishi, xalqaro ishlab chiqarish kooperastiyasi va mehnat taqsimotining nisbatan yuqori darajaga o’tishi, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar faoliyatining yanada kuchayishi ro’y beradi15.
Jahon xo’jaligi internastionallashuvi – mehnatni xalqaro taqsimlashni har tomonlama rivojlantirishga asoslangan turli mamlakatlar milliy iqtisodiyotining o’zaro bog’liqligi va bir-birining kam-ko’stini to’ldirishni chuqurlashtirish jarayonidir.
Tarixda xo’jaliklarning internastionallashuvi ayriboshlash sohasiga borib taqaladi. Xolbuki, savdoda mahsulotlarni ayriboshlash bosqichidan keyin hududiy xalqaro bozorlarga yo’l ochilgan. Ancha keyinroq, dastlabki sarmoya yig’ish davriga kelib, tarmoqlararo savdoning hududiy markazlari yagona jahon bozoriga aylana borgan.
Evolyustiya natijasida ayriboshlash sohasidagi internastionallashuvidan kapital va ishlab chiqarishning internastionallashuviga o’tila boshlandi16:

Download 403.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling