Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti


Download 411.89 Kb.
Pdf ko'rish
Sana02.01.2022
Hajmi411.89 Kb.
#199839
Bog'liq
JIDU 1-kurs talabasi Nag'matullayeva Mo‘tabar



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI TASHQI ISHLAR

VAZIRLIGI

JAHON IQTISODIYOTI VA DIPLOMATIYA UNIVERSITETI

“Xalqaro Huquqiy faoliyat” fakulteti

“O’zbek va rus tillari” kafedrasi

«Huquqshunosning nutq madaniyati. Notiqlik san’ati» fanidan

Ijodiy ish

MAVZU:


 «

Qidiryapman...

»

Topshirdi : Nag'matullayeva M / 0-1a-16 guruh



Tekshirdi : Abdurahmonova M.

Toshkent-2019

Qidiryapman...



Qidiryapman… Bu dunyoning g’avg’olari ichra xursandchilik

qidiryapman. Shunday xursandchilikki, toki g’amlarimni yuva olsin,

umrimning so’ngiga qadar bardavom bo’lsin, yuragimda shu qadar

to’lib-toshsinki, bir chimdim kulgiga zor qalblarga-da ulasha olay.

Shunday xursandchilik bo’lsinki, toki u ko’zimni ko’r, xushimni mast

qilmasin. Quyosh muzni eritgani kabi, hasratlarimni eritsin. Dardli

olamim aro uchib yurgan dard qushlarini umrim osmonidan daf qila

olsin.Soniya sanab o'tayotgan bu alamli, sog'inchli kunlarimning

mazmuniga aylansin.Nafaqat meni balki butun g'am olamining

asirlarini yorug' nurafshon kelajak sari boshlay oladigan

xursandchilik bo'lsin.

Qidiryapman… Insonlar ichra inson qidiryapman. Diogendek kunduz

kunda sham ko’targancha, Qalbim ichra tug'yon urayotgan hislarim

ila sof, samimiy yurak sohib u sohibalarini qidiryapman. Mehr-

shafqat kamyob, moddiyatning qadri baland bo’lib ketayotgan bu

zamondan, insof-diyonatli, qalbida iymonni jo etgan komil inson

qidiryapman.Sog'inganda sog'inchi, Mehr bersa mehri chin bo'lgan

qadrim bilib qadrdonimga aylanguvchi o'sha sirli olam egasini

qidiryapman.

Qidiryapman… Zulmat ichra nur qidiryapman. Shunday nurki,

ko’zlarni ko’r qilmas, soyasi yo’q, charog’on bo’lsin. Poyoni yo’q bo’lsin.

Quyosh nuriday iliq bo’lsin, ko’z nuriday tiniq bo’lsin.

U shunday bo'lsinki,Men izlagan va hamon izlayotgan buyuk bir

baxtning sof yog'udularini o'zida mujassam eta olgan, Oppoq orzular,

samimiy tilaklar jilosi bilan yo'g'rilgan U shunday nur bo'lsinki,qalbi

zulmatda qotib qolgan yurkka ziyo,Yovuzlikdan so'qirga aylangan

ko'zlarga ezgulik nuridan shifo bera olsin.

Qidiryapman… Hayotimdan ma’no qidiryapman. Shunday ma’noki, bu

hayot qimmatbaho in’om ekanligiga va ikki dunyo mavjud ekanligiga

ishonchimni saqlay olsin, iymonimni but, taqvoimni mustahkam etsin.

Toki yashashdan ma’no yo’q deguvchilarning

Qalbida hayotga

qiziqish har bir kuniga shukronalik hissini uyg'ota olsin. Uning

yuzidagi g'amlarni haydash uchun,"Hayoting ma'nosi bu o'zingda bor

narsalarni qadrlay olishing qalbingdagi ezgu hislar ila o'zga



qalblarda ham mehr uyg'otishing qadr topishingdir"degan so'zlarni

ochiq va baralla ayta olsin.Insonlar qalbiga shunday his bersinki

dunyoning o'tkinchi hoy-u havaslari inson qadridanda baland

emasligini anglata olsin.

Qidiryapman...Hayotimda, BAXT deb atalmish bu ajib so'zdan menga

baxt bera olgan insonlarimning qalbiga yo'l qidiryapman. Mehr berib

charchamagan mehribonimning ko'zlaridagi ajib bir samimiyat,meni

deb yonib yashayotgan onajonim qalbiga eltguvchi nurli yo'lni.

Panada mehr so'rab yalinayotgan ojiz yuraklarning qo'liga bir

chimdim chin mehrni berish uchun tezroq eltib qo'yadigan, dunyo

bozorlaridagi moddiyat baxt degan yozuvlarni mohiyat baxt degan

so'zga almashtirish uchun yaqinroq yo'lni qidiryapman.

Men tog'ning eng cho'qqisidaman deya kibrlanayotgan har bitta

kimsaning qulog'iga "Ey inson oddiy odamsan kimligingni unutma

"degan sehrli so'zlarni baralla ayta olishim uchun imkon qadar

yaqinroq yo'lni qidiryapman

Moddiyatni Baxt deya nomlayotgan ba'zi manqurt kimsalarning

qalbiga mehr urug'larini sochish uchun, yaqinroq yo'lni hamon

izlayapman.

Hayotda yana bir narsa borki, uni hammamiz qidirmoqdamiz. Bu-

hayotdagi o’rnimiz. Umr ibtidosidan to intihosigacha inson bu

hayotda o’z o’rniga ega bo’lmoqqa intilib keladi. O’zingdan zarracha

bo’lsa-da bu dunyoda iz qoldirishingning eng muhim sharti- bu o’z

o’rningga ega bo’lish. Sendan keyingilarning sen haqingda eslashlari

uchun o’z o’rningga va ahamiyatingga ega bo’lmog’ing shart va

zarurdir. Xoh nihol ek, xoh bino barpo et, xoh xayr-u sahovat et. Har

ne ezgu amalni qilginki, bu amalingning natijasi hayotda o’z o’rningni

yaratsin va nomingni o’chmas qilib, insonlar xotirasida saqlab qola

bilsin.

Har kimga bu hayotdan neki ezgu orzuni

qidirgan bo’lsa, uni

topmoqlik baxtini chin qalbimdan tilayman. Zero:

G’urbat izlaganga g’urbatdir dunyo,



Kulfat izlaganga kulfatdir dunyo.

Kim neni izlasa topgay begumon,



Hikmat izlaganga hikmatdir dunyo.

Download 411.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling