yuzaga keltirish. Jahon xo‘jaligining rivojlanishi to‘g‘risidagi ilmiy konsepsiyalar
To‘lig‘icha jahon iqtisodiyotining rivojlanishiga bag‘ishlangan ilmiy nazariyalar
mavjud emas. Ammo jahon iqtisodiyotining rivojlanishiga alohida e’tibor qaratilgan
ko‘psonli iqtisodiy, sotsiologik va ijtimoiy-madaniy nazariyalar mavjud. Ushbu
nazariyalarga quyidagi rivojlanish nazariyalarini kiritish mumkin:
• Iqtisodiy rivojlanish bosqichlari nazariyalari.
• Yagona industrial va yangi industrial jamiyat nazariyasi.
• Postindustrial jamiyat nazariyalari.
• Yagona sivilizatsiya nazariyasi.
• Sivilizatsiyalar to‘qnashuvi nazariyasi.
Iqtisodiy rivojlanish bosqichlari nazariyalari. Amerikalik iqtisodchi, sotsiolog va tarixchi Uilyam Rostou 1960-yilda «Iqtisodiy o‘sish bosqichlari: nokommunistik manifest» deb nomlangan kitobida iqtisodiy o‘sish bosqichlari nazariyasini
Iqtisodiy rivojlanish bosqichlari nazariyalari. Amerikalik iqtisodchi, sotsiolog va tarixchi Uilyam Rostou 1960-yilda «Iqtisodiy o‘sish bosqichlari: nokommunistik manifest» deb nomlangan kitobida iqtisodiy o‘sish bosqichlari nazariyasini
yaratdi. Unda iqtisodiy o‘sishning quyidagi besh bosqichi ajratib ko‘rsatiladi:
• an’anaviy jamiyat;
• o‘sish uchun shart-sharoitlarni yaratish bosqichi;
• o‘sish (siljish, ko‘tarilish);
• yetuklikka intilish bosqichi;
• yuqori ommaviy iste’mol davri.
Iqtisodiy o‘sish bosqichlarini ajratishda, quyidagi mezonlardan foydalanildi: texnikaning rivojlanish darajasi, iqtisodiyotning tarmoq tarkibi, jamg‘armaning milliy daromaddagi ulushi, iste’mol tarkibi va h. k.
Do'stlaringiz bilan baham: |